-
-
-
Тилшунослик назарияси ва методологияси
Ўзбекистон Республикаси Олий ва Ўрта Махсус Таълим Вазирлиги,Tilshunoslik, -
-
Tilshunoslik,
-
-
QURILISHDA METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SIFAT NAZORATI
Q.S.Abdurashidov, B.A.Hobilov, M.Q.Nazarova,Qurilishning ayrim turlari, -
Tarix,
-
Boshlang'ich matematika kursi nazariyasi
B.S.Abdullayeva, A.V.Sadikova, N.A.Xamedova, N.M.Muxitdinova, M.I.Toshpulatova,Matematika., -
-
Iqtisodiyot nazariyasi. Siyosiy iqtisod. Makro iqtisodiyot. Mikro iqtisodiyot,
-
-
-
Tilshunoslik,
-
-
-
-
УМУМИЙ ЭЛЕКТРОТЕХНИКА ВА ЭЛЕКТРОНИКА АСОСЛАРИ
А. ХОНБОБОЕВ, Н. ХАЛИЛОВ,Ушбу дарслик содда ва равон тилда ёзилган бўлиб, ўқувчиларга электротехника ва электроника асосларини ўзлаштиришда қулайлик яратади.
-
Фуқаролик ҳуқуқининг субъектлари
Ҳ. Раҳмонқулов,Ўқув қўлланманинг асосий юридик олий ўқув юртларида таҳсил олаётган магистрларнинг фуқаролик ҳуқуқининг субъектлари хусусида бакалавриат тизимида олган билимларини янада такомиллаштириш ва мустаҳкамлашдан иборат.
-
Тилшунослик назарияси ва методологияси
Ўзбекистон Республикаси Олий ва Ўрта Махсус Таълим Вазирлиги,Мазкур ўқув қўлланма "Умумий тилшунослик" курсига бевосита алоқадор "Тилшунослик методологияси" баҳси бўйича тузилди. назарияси ва Қўлланма университетларнинг магистрант-талабаларига мўлжалланган. Бироқ ундан бакалаврлар, сиртқи бўлим талабалари, аспирантлар, тадқиқотчилар ҳам фойдаланиши мумкин.
-
Олий математикадан масалалар ечиш
Ш.И.Тожиев,Ушбу дарслик 8 бобдан иборат бўлиб, 7 та боби биринчи курсда амалий машғулот дарсларида ўтиладиган "Олий математика" курсини тўлиқ ўз ичига олади. Ҳар бир параграф бошида зарур бўлган қисқача назарий маълумотлар сўнгра мисол ва масалалар батафсил ечиб кўрсатилган.
-
O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi
G‘. ABDURAHMONOV, SH. SHUKUROV, Q. MAHMUDOV,Darslikning «Kirish», «Sintaksis», «Jadvallar», «Testlar», «Tekshirish uchun savollar», «Tayanch tushunchalar», «Mustaqil ish mavzulari», «Tahlil uchun matnlar», «Lug'atlar» qismini akademik G‘.A. Abdurahmonov, «Fonetika» bo'limini professor Q.Mahmudov, «Morfologiya» qismini professor Sh.Shukurov yozgan
-
O'zbekiston Respublikasida yuridik xizmat
F.Otaxonov,Muallif darslikda bilishning tarixiy-huquqiy va dialektik uslublaridan foydalanib, yuridik xizmat haqidagi qonunchilikning rivojlanishi, uning tizimi va tuzilishi, huquqiy holati, davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida yuridik xizmatning asosiy yo'nalishlari va boshqa bir qator mavzularni batafsil yoritib bergan. Darslikda mustaqillik davrida tashkil topgan ayrim davlat hokimiyati organlari yuridik xizmatning xususiyatlari va faoliyat yo'nalishlari tahlil qilingan.
-
QURILISHDA METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SIFAT NAZORATI
Q.S.Abdurashidov, B.A.Hobilov, M.Q.Nazarova,XX oxiri va XXI boshlarida qurilish amaliyotiga temir-beton qubba-qobiqlar, metal yig'ma temirbeton konstruksiyaiari, oldindan zo'riqtirilgan temirbeton va metal konstruksiyalar, yelimlangan yog'och konstruksiyalar singari qator yangi konstruksiya turlari kirib keldi. O'ta mustahkam sement va beton, yuqori sifatli alumin qotishmalari, yog'och va sintetik plastikalar, yog'och va metall konstruksiyalarni biriktiradigan yelimlarning turlari tarkiblari va boshqa xilma-xil qurilish materiallari paydo bo'ldi.
-
Xorazm ma`mun akademiyasining olis-yaqin yulduzlari
Rasulova F, Do`stjonov T,Ushbu o‘quv qoMlanmasida insoniyat tarixidagi dastlubki ilm-ma'rifat o'choqlaridan biri bo*lgan Xorazm Ma'mun Akademiyasi olimlarining va ulami izdoshlarining siyosiy-huquqiy, ma'naviy-axloqiy, ijtimoiy-iqtisodiy. ma’naviy- tarbiyaviy va didaktik qarashiari haqida solz yuritiladi. QoMIanma oliy o‘quv yurtlari va kasb-hunar kollcjlari ta I aba lari, akadcmik litscylar va umumta’lim maktablarining o'qituvchilari hamda kcng kitobxonlar ommasiga mo`jallangan
-
Boshlang'ich matematika kursi nazariyasi
B.S.Abdullayeva, A.V.Sadikova, N.A.Xamedova, N.M.Muxitdinova, M.I.Toshpulatova,Darslik matematikaning umumiy tushunchalar, nomanfiy butun sonlar, son tushunchasini kengaytirish, elementar algebra va geometriya elementlari, miqdorlar va ularni o'lchash boʻlim- larini o'z ichiga oladi. Bo'limlardagi mavzularning nazariy mazmunining ma'nosini ochib berish uchun ko'p miqdorda turli misol va masalalar keltirilgan hamda o'z-o'zini nazorat qilish savollari bilan ta'minlangan.
-
Ўзбек тилшунослиги масалалари
Б.Ўринбоев,Қулингиздаги рисолада проф. Б.Уринбоевнинг ХХ аср 60 - йилларидан то ҳозирги кунгача вақтли матбуот саҳифаларида эълон қилинган тақриз ва мақолалари ўрин олган. Рисола «Тил х,аl\ида мулох,азалар», «Алишер Навоий ва узбек адабий тили», «Такризлар», «Устозларга таъзим» қисмларидан иборат. Рисолага киритилган мақолаларда кўтарилган масалаларнинг айримлари мунозарали булиб, уларда тула қушилавериш мумкин булмаган уринлар мавжуд. Бундай уринлар тегишли хулоса чиқариш учун илмий жамоатчиликка, тилшунос олимларимизнинг муҳокамасига ҳавола қилинди.
-
Iqtisodiyot nazariyasi
A.O`lmasov, A.Vahobov,Mazkur kitob oliy o`quv yurtlari talabalariga mo`ljallangan muqobil, yangi avlod darsligi yozildi. Unda iqtisodiyot nazariyasidagi yangicha fikr-mulohazalar, bu fanni o`qitishda to`plangan tajriba hisobga olindi. Darslikda iqtisodiyotga xos qonun-qoidalar yoritishga urg`u berilib, ba`zibir iqtisodiy hodisalar yangicha talqin etildi, nazariyani amaliyot bilan bog`lanishini ko`rsatishga harakat qilindi, talabalar mustaqil bilim olishlari zarurligidan kelib chiqqan holda yangi mavzularga o`rin berildi.
-
Ijro ishi yuritish
Tuxtasheyva U.,Darslik «Ijro ishi yuritish» fani o‘quv dasturiga muvofiq va qonun hujjatlariga kiritilgan o'zgartish hamda qo‘shimchalar e'tiborga olingan holda tayyorlangan. Darslikda ijro ishi yuritish tushunchasi, mohiyati va predmeti; ijro ishi yuritishning umumiy qoidalari; ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar; ijro harakatlarini amalga oshirishning umumiy shartlari; sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish asosi va choralari; undimvni qarzdorning mol-mulkiga qaratishning xususiyatlari; undiruvni qarzdor yuridik shaxsning mol-mulkiga qaratishning xususiyatlari; qarzdor yuridik shaxsning mol-mulkini xatlash va realizatsiya qilish; qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan toiovlarga nisbatan undiruv; mulkiy xususiyatga ega boimagan nizolar bo‘yicha ijro hujjatlarini ijro etish; sud ijrochisining maqomi kabi masalalar yoritilgan. Ushbu nashr ilmiy xodimlar, amaliyotchi yuristlar, yuridik oliy o‘quv yurtlari va fakultetlarining talabalari, o‘qituvchilari hamda ijro ishi yuritish masalalari bilan qiziquvchilar uchun moijallangan.
-
O'ZBEKISTON JOY NOMLARINING IZOHLI LUG'ATI
R.Y.Xudoyberganov,O'zbekiston Respublikasidagi joy nomlari nihoyatda ko'p va rang-barang boʻlib, ular mazmunan boy hamda tarixiy sanaladi. Mazkur lug'atda katta obyektlar, tarixiy va ayrim zamonaviy nomlar jamlangan. Asosiy maqsad, ushbu joy nomlarining ma'nolarini aniqlash va belgilab olish hamda kelgusida shu sohada ilmiy-tadqiqot olib boruvchi izlanuvchilar uchun zamin hozirlash, eng asosiysi, yoshlarga mazkur nomlarning ma'nolarini bekam-u ko'st yetkazishdan iborat. Ayni paytda, ushbu kitob joy nomlarining lotin alifbosiga asoslangan o'zbek yozuvida yozilishi har bir kitobxonga, qolaversa, rasmiy idoralar va tashkilotlarga ko'mak beradi. Mazkur lug'at O'zbekiston Toponimika jamiyatining yig'ilishida muhokama qilinib, 2021-yilning 30-sentabrida 1-sonli bayoni bilan nashrga tavsiya etilgan. Ushbu kitob ilk nashr boʻlib, unga tarixiy joy nomlarining ayrimlarigina kiritildi. Kelgusida kitobxonlarning taklif va mulohazalarini inobatga olib to'ldirilib boriladi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O'zbek tilini rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan chop etildi.
-
Мустақиллик даври достонларининг лингвопоэтик тадқиқи
Қурбонова Муқаддас Омоновна,Мазкур монографияда ўзбек тилшунослиги тарихида илк бор мустақиллик даврида яратилган достонлар лингвопоэтик планда тадқиқ этилди. Шунинг билан бирга ёзма достонлар тилининг лексик-семантик хусусиятлари атрофлича очиб берилди. Рисола нафақат лингвистиканинг ушбу соҳасида илмий изланишдаги ёш тадқиқотчилар балки филологлар учун махсус тайёрланди.
-
DAVLAT TILIDA ISH YURITISH
M. Aminov,Ushbu qo'llanmada tashkilot va muassasalarning ish yuritish faoliyatida eng ko'p qo'llanadigan hujjatlar, ular-ni tuzish tartib-qoidalari masalalariga to'xtalindi, ular te-gishli namunalar bilan ko'rsatildi, ish yuritishga oid lug'at berildi. Qo'llanma, birinchi navbatda, tashkilotlar rahbar-lari va xodimlariga, boshqaruv faoliyatida bevosita hujjat ustida ishlovchilar, kotib-referentlar, kadr xizmati xodim-lariga mo'ljallangan, shuningdek, undan hisobchilar, ad-liya maslahatchilari, auditor, menejerlar ham foydalanish-lari mumkin.
-
Хоразмнома ўнинчи китоб. Хоразм қўҳна фан ва маданият маскани
Машарипов О.,Мазкур китобда қадимги ва ўрта асрларда Хоразм тарихига оид қизиқарли воқеалар шунингдек уларнинг энг қадимги маданият даврлари, давлатчилиги, дини, ёзуви тили ҳақида сўз боради
-
O'zbek tilining imlo muammolari
T.Tog'ayev,Ushbu ishlanma XX asr o'zbek yozuvi o'zbek alifbosi va imlosining shakllanish va rivojlanish bosqichlari haqida nazariy ma'lumot berish, joriy alifbo va imloni takomillashtirish muammolariga munosabat bildirish, amaliy va seminar mashg'ulotlari orqali o'zbek tilining asosiy imlo qoidalarini, shuningdek, oʻzbek punktuatsiyasini o'rgatishni ko'zda tutadi. Uni tayyorlashda o'zbek yozuvi islohotlari va o'zgarishlariga doir materiallar, tadqiqot ishlari, hozirgi o'zbek adabiy tili darsliklaridan, yangi o'zbek alifbosi va imlosini o'rgatishga qaratilgan qo'llanma kitoblardan foydalanildi.