-
Ommaviy kommunikatsiya. Jurnalistika. Ommaviy axborot vositalari
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Ommaviy kommunikatsiya. Jurnalistika. Ommaviy axborot vositalari
-
San’at. San’atshunoslik
-
Kimyoviy texnologiya. Kimyo sanoati
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
So'z o'zlashtirishning lingvokulturologik xususiyatlari
Monografiyada oʻzlashgan soʻzlar taraqqiyotining hozirgi bosqichida sodir boʻlayotgan muayyan bir oʻzlashmaning nutq jarayonida yondosh ma'noga ega boʻlishi kabi polisemantik jarayonlar leksik aspektda ochib berilgan. Hamda, tilimizga oʻzlashgan inglizcha oʻzlashma so'zlarning ijtimoiy-siyosiy, ilm-fan, iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy va sport sohalarining semantik maydoni aniqlanib, mazkur sohalar doirasiga kiruvchi turli soʻzlashuv sohalarida toʻliq kalka, yarim kalka hamda ogʻzaki, toʻgʻridan-toʻgʻri va grafik kabi soʻz oʻzlashtirish shakllari dalillangan bo'lib, XX asr oxiri – XXI asr boshlarida til adabiy me'yorlariga ta'sir qiluvchi fan-texnika taraqqiyotidagi tildan tashqarida boʻlgan nolisoniy omillar ijtimoiy-psixologik, ekvivalent birlik orqali aniqlangan. Shu bilan birga, tillarning hozirgi holati va oʻzlashma soʻzlar taʼsirida tilda sodir boʻlayotgan oʻzlashgan so'zlarning lingvomadaniy jihati soʻz kognitiv tuzilmasidagi assosiativ tushunchalar asosida og'zaki va yozma nutq shakllari orqali asoslangan. Qo'llnma shu sohada o'qiyotgan talabalar, magistrantlar va keng kitobxon ommasiga mo'ljallangan. Shu bilna birga, filologiya yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar, tilshunoslik sohasida ilmiy tadqiqod olib boruvchilar, tarjimonlar va ingliz tili oʻqituvchilari uchun amaliy qoʻllanma vazifasini o'tashi bilan birga, tadqiqot natijalaridan tilshunoslikning kognitiv tilshunoslik, grammatika, tarjima nazariyasi, umumiy tilshunoslik, til nazariyasi kabi nazariy va maxsus kurslar boʻyicha ma'ruza matnlarini tuzishda, tarjima va izohli lugʻatlar yaratishda, tildagi oʻzlashma soʻzlarning semantik xususiyatlarini yoritishda foydalanish mumkin.
-
Чизиқли дастурлаш масалаларини ечишда ЭХМдан фойдаланиш
Ушбу китобда чизикли дастурлаш масалаларини ечишнинг график усули, чизикли дастурлаш масалаларини симплекс усул билан ечиш алгоритми ва бошқа маълумотлар берилган.
-
Semantografiya asoslari
Ushbu o'quv qo'llanmaning maqsadi bo'lajak tarjimonlarni tarjimonlik sohasidagi professional kompetensiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri boʻlgan semantografiya bilan, ya'ni tezkor tarjima yozuvi bilan tanishtirishdir. Qo'llanma tarjima yozuvining nazariy asoslarini o'rganadi va uni rivojlantirish bo'yicha bosqichma-bosqich tavsiyalar beradi. Bu ilm filologiya yo'nalishidagi barcha oliygohlarning tarjimonlik fakultetlarida tahsil olayotgan barcha tinglovchilarga, magistratura talabalariga, xorijiy til yo'nalishida o'qiyotgan barcha tinglovchilarga, shuningdek, gid tarjimonlar uchun ham foydadan holi emas.
-
Rejissura, tasvirga olish va montaj amaliyoti
Olam go'zalligini mangulikka muhrlash, ko'z ilg'amas hayot lahzalarini aks ettirish uchun tasvirga olish, suratga olingan materialdan yaxlitlik hosil qilishda telerejissura, tasvirga olish va montaj amaliyoti ko'nikmalariga ega bo'lish lozim. Bugungi kunda nafaqat televizion jurnalistlar, balki qo'lida mobil qurilmasi bo'lgan istalgan muxlis jozibali hikoyalarni suratga tushirish qobiliyatiga ega bo'lishni istaydi. Mazkur qo'llanma televizion rejissura ko'nikmalarini shakllantirishda soha mutaxassislari, talabalar va barcha qiziquvchilar uchun o'ziga xos qo'llanma bo'lib xizmat qiladi.
-
Reading and writing for independent learning
This "Reading and Writing for independent learning" coursebook is designed for the first and second-year students in the Foreign Language and Literature (English) program (specialty code 60111800) at Uzbekistan State World Languages University. The coursebook aligns with Uzbekistan's ongoing educational reforms, addressing the critical language skills required for academic and professional success. It reflects the directives outlined in the Presidential Decrees on educational development, contributing to the preparation of a globally competitive generation. The book is structured to enhance students' reading and writing proficiency through a series of 30 comprehensive lessons. These lessons cover various types of written discourse, including descriptive, analytical, and narrative writing, as well as reading tasks that build comprehension and analytical skills. The inclusion of both reading and writing exercises ensures that students can approach texts critically and develop well-rounded language skills. A key feature of this manual is its progressive approach, where each lesson builds upon the previous one, guiding students from foundational concepts to more complex tasks. The lessons are designed to foster idea development, paragraph structuring, critical analysis, and cohesive writing. By engaging with different text types, students gain versatility in their written communication, preparing them for academic writing and real-world applications. The coursebook follows the flipped classroom methodology, encouraging students to engage with theoretical material independently before class. This structure allows students to reinforce their learning through guided exercises, helping them to develop autonomy and deepen their understanding of the writing process. Each lesson includes activities for both individual and group work, fostering collaborative learni
-
Qiyosiy adabiyotshunoslik
"Qiyosiy adabiyotshunoslik" fani o'zining geografik qamrovi, xronologik davrlashtirilishiga koʻra global miqyosni egallaydi. Jahon xalqlari badiiy tafakkuri namunalarining barchasi qiyosiy adabiyotshunoslik manbai boʻlishi mumkin. Komparativistika yoʻnalishidagi tadqiqotlar keng qamrovli tahlilni amalga oshirishni taqozo etadi. E'tiboringizga havola qilinayotgan ushbu darslikda qiyosiy adabiyotshunoslik metodologiyasiga oid eng muhim ilmiy-nazariy tushunchalar, jahon xalqlariga xos tarixiy, madaniy, falsafiy, estetik, adabiy hodisalar oʻrtasidagi tipologik xususiyatlar, adabiy aloqalar, tarjimashunoslik masalalari, komparativist olimlar va qiyosiy adabiyotshunoslik markazlari yoritilgan. Mazkur darslik davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan IL-27-4722022413-sonli "Qiyosiy adabiyotshunoslik" fanining "Komparativistika" elektron platformasini yaratish" mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida tayyorlangan.
-
Milliy identivlik va oav
Mazkur darslikda milliy identivlikning nazariy asoslari va OAVda bu mavzu kesimida material tayyorlashning o'ziga xosligi tahlil etiladi. Millliy identivlik OAVda namoyon bo'lishining spesifik xususiyatlari haqida ma'lumot beriladi. Darslik jurnalistika ixtisosligi bo'yicha oliy ta'lim muassasalari magistrlari, talabalari, soha mutaxassislari hamda mavzuga qiziqqan barcha kitobxonlarga mo'ljallangan.
-
Microsoft Access ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimida ishlash
Ushbu oʻquv qoʻllanma oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari talabalarining "Informatika" va "Informatsion texnologiyalar" fanlarini oʻzlashtirish jarayonida amaliy yordam berishga mo'ljallangan. Oʻquv qoʻllanma ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimidan, Microsoft Access dasturidan foydalanuvchi turli soha mutaxassislariga ham koʻmak berishi mumkin.
-
Ingliz va oʻzbek tillari soʻzlashuv nutqining funksional-semantik tahlili
Mazkur monografiya og'zaki soʻzlashuv nutqining (SN) ingliz va oʻzbek tillaridagi funksional-sintaktik, semantik, pragmatik va strukturaviy xususiyatlarini qiyosiy-tipologik tahlil qilishga bag'ishlangan. Tadqiqotda hozirgi kungacha so'zlashuv nutqi boʻyicha olib borilgan ilmiy izlanishlar chuqur tahlil qilinib, ularda asosiy e'tibor SNning informatsion hajmi, mazmuni, uslublararo oʻrni kabi parametrlariga qaratilgan bo'lsa-da, uning semantik va pragmatik jihatlari yetarlicha o'rganilmaganligi qayd etiladi. Shu bois, ushbu monografiyada soʻzlashuv nutqining kommunikativ-semantik mohiyatini aniqlash, uning qardosh boʻlmagan ingliz va oʻzbek tillaridagi ifoda vositalari orqali qanday namoyon bo'lishi tadqiq etilgan. Ushbu monografiya tilshunos olimlar, doktorant va magistrlar, shuningdek, soʻzlashuv nutqi boʻyicha ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar uchun muhim ilmiy-amaliy manba hisoblanadi.
-
Методические основы преподавания концертмейстерского мастерства
Данное учебно-методическое пособие посвящена исследованию методических основ преподавания концертмейстерского мастерства. В пособии содержатся примеры наиболее исполняемых вокальных произведений концертмейстерского искусства
-
English grammar and history of language: theory and practice
This textbook, 'ENGLISH GRAMMAR AND HISTORY OF LANGUAGE: THEORY AND PRACTICE,' is tailored for bachelor's students in 'Foreign Language and Literature (English)' (60111800) at O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti. It offers a comprehensive exploration of English grammar's theoretical underpinnings and the historical evolution of the language, encompassing morphology, syntax, phonetics, and vocabulary across Old, Middle, and New English periods. The resource integrates theoretical knowledge with practical applications, preparing students for advanced linguistic studies and qualification papers in Theoretical Grammar and History of Languages.
-
Asosiy texnologik jarayon va qurilmalar 1-qism
0'quv qo llanmada asosiy texnologik jarayonlar, gidrodinamik jarayonlar, oqimning uzluksizlik tenglamasi, bernulli tenglamalari, gidravlik qarshiliklar, turli jinsli sistemalarni ajratish, o'xshashlik nazariyasini asoslash,elektr maydonida cho ktirish , filtrlash jarayonlardan foydalanish, suyuqlik muhitlarini aralashtirishning usullari, qattiq materiallarini sinflash va saralash, jarayonlardagi issiqlik o'tkazuvchanlik, issiqlik almashtirish qurilmalarini ishlatish jarayonlari, asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalarning ishlatish to'g'risidagi ma'lumotlar keltirilgan.
-
Book on critical thinking in reading and writing
The book 'Critical Thinking in Reading and Writing' is a guide that compiles passages from scientific materials, focusing on developing critical thinking, reading, and writing skills for contemporary issues. It teaches students to write and critique scientific articles, enhance their analytical abilities, and effectively utilize arguments for inquiry and communication, thereby improving their understanding of information selection and presentation.
-
Atoqli ot komponentli frazeologizmlarning semantik-stilistik va lingvostatistik talqini
Ushbu monografiya ingliz va oʻzbek tillarida uchraydigan atoqli ot komponentli frazeologizmlarning chog'ishtirma-tipologik tadqiqiga bag'ishlangan. Tadqiqot doirasida mazkur frazeologizmlarning tasniflanish mezonlari hamda ularning lingvokulturologik jihatlari tizimli ravishda tahlil qilinadi. Shuningdek, monografiyada frazeonimlarning semantik-stilistik xususiyatlari va lingvostatistik ko'rsatkichlari aniqlanib, ingliz va oʻzbek tillari kesimida o'xshash hamda farqli jihatlar ochib beriladi. Monografiyada olingan ilmiy xulosalar va amaliy tahlillar frazeologiya, onomastika, qiyosiy tilshunoslik hamda lingvokulturologiya sohalarida olib borilayotgan tadqiqotlar uchun muhim nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Mazkur monografiya natijalaridan tilshunos olimlar, nazariy tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrantlar hamda filologiya yoʻnalishida ta'lim olayotgan talabalar foydalanishlari mumkin.
-
Хукукий маданият назарияси
Дарсликнинг махсус қисмида ҳуқуқни муҳофаза қилиш органларининг ҳуқуқий маданияти, қонунга итоаткорлик ва ҳуқуқий тарбия, судлов ҳуқуқий маданияти ҳамда ёшлар ҳуқуқий маданияти ва тарбиясига оид муаммолар таҳлил этилади. Китоб ички ишлар вазирлиги олий ўқув юртларининг ўқитувчилари, адъюнктлари ва тингловчиларига мўлжалланган.
-
Ҳуқуқий маданият назарияси
Дарсликнинг умумий қисмида ҳуқуқий маданият назарияси фанининг предмети, методлари, асосий тушунчалари ва тузилиши баён этилади. Шунингдек унда ўзбек миллий давлатчилиги ва ҳуқуқий тарихий тажрибалари, ҳуқуқий маданият ривожланишининг асосий тамойиллари, Ўзбекистон Конституциясининг ҳуқуқий маданият таянчи эканлиги ва республика ташқи сиёсати маданияти асослари ёритиб берилади.