-
San’at. San’atshunoslik
-
-
San’at. San’atshunoslik
-
-
-
San’at. San’atshunoslik
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
Fizikadan laboratoriya ishlari
O‘quv qo‘llanma fizikadan laboratoriya ishlarini bajarishga bag‘ishlangan. Laboratoriya qurilmalarida tajribalar o‘tkazish, natijalar olish, o‘lchov xatoliklarini hisoblash va xulosalar chiqarish orqali talabalar olgan nazariy bilimlarini mustahkamlaydilar. Shu sababli ushbu o‘quv qo‘llanma fizika fanidan bajariladigan zamonaviy va yangi laboratoriya ishlariga bag‘ishlandi. Qo‘llanma oliy texnika o‘quv yurtlarining bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha Davlat ta’limi standartlari talablariga mos holda tayyorlandi. O‘quv qo‘llanma oliy texnika o‘quv yurtining 60710600 –“Elektr energetikasi” (elektr ta’minoti yo‘nalishining bakalavriat bosqichida ta’lim olayotgan talabalarga mo‘ljallangan o‘quv reja va fan dasturiga muvofiq ishlab chiqildi. O‘quv qo‘llanma fizikani o‘qib o‘rganayotgan barcha talabalar uchun ham foydali ilmiy manba bo‘ladi.
-
Elektr yoritish
Ushbu o‘quv qo‘llanma “Energetika” (atom elektr stansiyalari) mutaxassisliklari uchun o‘quv rejasi va fan dasturi asosida yaratilgan. O‘quv qo‘llanmada yoritish texnikasining kattaliklari va o‘lchov birliklarini, yorug‘lik texnikasida o‘lchash usullarini, keng tarqalgan yorug‘lik manbalari va asboblarini, yoritish sifati masalalarini, yoritish texnikasi asoslarini, sanoat, shahar va qishloq xo‘jaligining elektr ta’minoti sistemasini bir bo‘lagi sifatida ko‘rish, hamda yoritish uskunalarini loyihalash va quvvatlarini hisoblash masalalari bayon etiladi. Mazkur o‘quv-qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etiladi. Shu bilan birga o‘quv qo‘llanmadan professor- o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, aspirant-tadqiqotchilar va korxonalarning mutaxassislari ham foydalanishlari mumkin.
-
Альбом начинающего домриста четырехструнная домра выпуск 3
Альбом начинающего домриста четырехструнная домра выпуск 3
-
Fizika va agrometeorologiya
Darslik fizika va agrometeorologiya faniniga bag‘ishlangan. Mazkur darslikda fizika qonunlaridan qishloq xo‘jaligida foydalanish hamda agrometeorologik omillarning qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish mahsuldorligiga ta’sirini meteorologiyaga bog‘langan holda bayon qilingan.
-
ХАЛҚАРО ҲУҚУҚ
УШБУ КИТОБ ХАЛҚАРО ХУҚУҚ ФАНИ БЎЙИЧА ЎҚУВ ҚУЛЛАНМА СИФАТИДА ТАВСИЯ ЕТИЛМОҚДА УНДА ХОЗИРГИ ЗАМОН ХАЛҚАРО ХУҚУҚИНИНГ КЕЛИБ ЧИҚИШИ ВА РИВОЖЛАНИШИ УНИНГ АСОСИЙ ТУШУНЧА ВА ПРИНСИПЛАРИ ИНСТИТУТЛАРИ ВА СОХАЛАРИНИНГ ТАРАҚҚИЁТ ҚОНУНЛАРИ ЎЗ АКСИНИ ТОПГАН.
-
Go'sht-sut mahsulotlari texnologiyasi
O’quv qo’llanmadа go’shtning morfologik tuzilishi, qoramol, yirik va mayda mollarni so’yish texnolgik sxemasi, go’sht va go’sht mahsulotlariga past temperaturaning asosiy konservalashga ta’siri, go’sht va go’sht mahsulotlari ishlab chiqarish texnologiyasi, hayvon yog’lari, sut va sut mahsulotlari umumiy texnologiyasi sut, nordon sut mahsulotlari, muzqaymoq texnologiyasi, konservalangan sut mahsulotlari texnologiyasi, sariyog’, pishloq texnologiyalar, ikkilamchi xomashyo va uni qayta ishlash kabi mavzular hаqidа bаtаfsil mа’lumоtlаr bеrilgаn.
-
Покорители каспия Поэма для хора и симфонического оркестра
Покорители каспия Поэма для хора и симфонического оркестра
-
Inklyuziv ta'limda sinergetika
Bugungi kunda jamiyatda inson huquqlari, teng imkoniyatlar va inklyuzivlik tamoyillari tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, ta'lim sohasida har bir bolaning individual ehtiyojlarini inobatga olgan holda, teng sharoitda sifatli bilim olishini ta'minlash dolzarb masalalardan biriga aylangan. Shu nuqtai nazardan, inklyuziv ta'lim tizimini rivojlantirishda zamonaviy ilmiy yondashuvlardan biri sinergetik yondashuv muhim o'rin tutadi. Mazkur darslikda inklyuziv ta'lim jarayonida sinergetik yondashuvning nazariy-metodologik asoslari, uning ta'limiy hamkorlik, o'zaro bog'liqlik va barqarorlikni ta'minlashdagi roli yoritilgan. Sinergetika murakkab tizimlar o'rtasidagi uyg'unlik va o'zaro ta'sir qonuniyatlarini o'rganuvchi fan sifatida pedagogik jarayonda o'qituvchi, o'quvchi, ota-ona va ijtimoiy muhit o'rtasida samarali aloqalarni yo'lga qo'yish imkonini beradi.
-
GIDROMETALLURGIYA JARAYONLARINAZARIYASI
Mazkur darslikda suvning xossalari, gidratlanish termodinamikasi, suvli eritmalarda metall birikmalarning erish shart-sharoitlari termodinamika va kinetik nuqtai nazardan tahlil qilingan. Ruda va boyitmalardan metallami tanlab eritish usullari to‘g‘risida toTiq ma’lumot berilgan. Eritmalardan metallarni ekstraksiya, ion almashuv, durlash. tiklash. elektroliz va boshqa usuliar bilan ajratib olish usullari nazariy tahlil qilingan va texnologiyani amalga oshirish yo‘llari ko‘rsatilgan.
-
-
Prokatlash va kiryalash texnologiyalari
Darslikdan texnika oliy o‘quv yurtlari, asosan “Metallar texnologiyasi (prokatlash texnologiyalari)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari, shuningdek turdosh soha xodimlari foydalanishlari mumkin. Darslikda fanning asosiy tushunchalari, prokatlash va kiryalash texnologiyalari, hamda prokat va kiryalash stanlarining ishonchliligi bo‘yicha bilimlar yoritilgan.
-
Песни для голоса (хора) в сопровождении фортепиано
Песни для голоса (хора) в сопровождении фортепиано
-
TIFLOSHARXLASH METODIKASI
Ko'rish organizmning ko'rish a'zolari yordamida tashqi dunyo to'g'risida axborot olishdan iborat murakkab fiziologik jarayon. Ko'rish tashqi dunyoni bilishda asosiy ahamiyatga ega bo'lib, inson atrof muhitdan oladigan axborotning 90% ini ko'ruv sezgisi orqali qabul qiladi.Ko'rish bolaning hayotiy faoliyatida va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Ko'rish analizatori yordamida dunyoni idrok etish bolaning ruhiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Tevarak-atrof haqidagi eng kuchli taassurotlar ko'z bilan idrok etiladi. Bola ko'rish qobiliyati orqali narsalarning rangi, shakli, hajmi, harakati, uzoq-yaqinligi, fazodagi o'rni haqida tasavvurga ega boʻladi.
-
-
Iqlimshunoslik va gidrologiya
Ushbu "Iqlimshunoslik va gidrologiya" darsligi 60530200 - Geografiya ta'lim yo'nalishi o'quv rejasidan o'rin olgan "Iqlimshunoslik va gidrologiya" fani dasturi asosida yozilgan. Darslik shartli ravishda ikki qismga ajratilgan. Unda dastlab, o'quv yilining 1-semestrida o'qitiladigan "Iqlimshunoslik" fanida o'tiladigan mavzular keltirilgan. Ikkinchi qismida esa "Gidrologiya" ga oid mavzularni o'rganishga bag'ishlangan. Unda dastlab, atmosfera tarkibi va tuzilishi, asosiy iqlimiy jarayonlar, shamollar, havo bosimi, shuningdek, suvning tabiiy va kimyoviy xususiyatlari, tabiatda suvning aylanishi, atmosfera yog'inlari, bug'lanish, yer osti suvlari, daryolar, koʻllar, muzliklar va botqoqliklarlarining o'ziga xos gidrologik xususiyatlari, suv obyektlarida amalga oshiriladigan suv o'lchash ishlari hamda suv resurslari, ulardan samarali foydalanish va muhofazasi masalalari bilan bog'liq bo'lgan mavzular yoritilgan. Shuningdek, darslikda mazkur fan bo'yicha amaliy mashg'ulotlarni bajarish uchun uslubiy ko'rsatmalar berilgan.
-
Mexanika
Mazkur darslik 60110700 "Fizika va astronomiya" ta'lim yo'nalishi bakalavr talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, "Mexanika" fani boʻyicha nazariy qism, nazorat savollari, masalalar yechish namunalari, talabalar egallagan nazariy bilimlarini mustahkamlashga yo'naltirilgan test savollari va tavsiya etilgan mustaqil ta'lim mavzulari boʻyicha nazorat savollarini o'z ichiga oladi.