-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
-
-
-
Kомпетентностный подход в обучении русскому языку
В учебном пособии предоставлены теоретические и практические учебные материалы по различным подходам в сфере педагогической деятельности в тематике которого имеются интересные сведения по вопросам использования компeнeнтностного подхода в обучении русскому языку, знакомит с основами в области изучения языка, даёт характеристику особенностей педагогической деятельности в наши дни, определяет основные понятия и базовые категории в данной области.
-
Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa o‘qitish metodikasi
Mazkur darslik Oliy o‘quv yurtlarning “Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa o‘qitish metodikasi” bakalavr yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Ushbu qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan, amaliyotga joriy etilgan “Maktabgacha ta’lim muassasalarida musiqa o‘qitish metodikasi” fan dasturi asosida tayyorlandi.
-
Qishloq xo‘jalik mikrobiologiyasi
Ushbu o‘quv qo‘llanmada fanning qishloq xo‘jaligi o‘simliklari hosildorligini oshirishdagi ahamiyati, qishloq xo‘jalik ekinlarini kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarini o‘simliklarda uchrashini o‘rgatish rivojlanishi, tarqalishini turli xil hamda ularni amaliyotda tatbiq etish, o‘simliklarda zamburug‘lar, bakteriyalar va viruslar qo‘zgatadigan kasalliklar va o‘simlik kasalliklarini rivojlanishi va ko‘payishi, qishloq xo‘jalik ekinlari kasalliklari rivojlanishini oldini olish usullari yoritilgan.
-
Umumiy pedаgоgikа
Ushbu о‘quv qо‘llаnmаdа pedаgоgikа tаrixi fаni g‘оyаlаrining kishilik jаmiyаti tаrаqqiyоti bilаn о‘zаrо аlоqаdоrligi, eng qаdimgi yоzmа mаnbаlаrdа tа’lim-tаrbiyа mаsаlаlаrining yоritilishi, VII аsrdаn XIV аsrning birinchi yаrmigаchа О‘rtа Оsiyоdа tаrbiyа, mаktаb vа pedаgоgik fikrlаr, Shаrq Uyg‘оnish dаvridа pedаgоgik fikrlаrning rivоjlаnishi, XIV аsrning ikkinchi yаrmi vа XVI аsrdа Mоvаrоunnаhrdа tаrbiyа vа mаktаb, Turkistоndа jаdidchilik hаrаkаti, mustаqillik yillаridа pedаgоgik fikrlаr rivоji, jаhоn pedаgоgikа fаnining rivоji, Hоzirgi dаvrdа jаhоn mаmlаkаtlаri tа’lim tizimi vа pedаgоgikа fаni rivоji hаqidа mа’lumotlаr berilgаn.
-
Dirijorlik
Dirijorlik fanida talabalarning badiiy ijrochilik tomonlarini puxta o‘zlashtirilishiga, dirijorlik san’ati orqali ovoz partiyalari ustida ishlashda xor asarlari bilan boyitib borishga alohida e’tibor berilgan. Darslik Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan, amaliyotga joriy etilgan “Fan o‘quv” dasturi asosida tayyorlandi.
-
Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uni o‘qitish uslubiyoti
Ushbu «Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uni o‘qitish uslubiyoti» nomli o‘quv qo‘llanmada umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litseular va kasb-hunar maktablarida Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish va uni o‘qitish uslubiyoti yoritib berilgan. O‘quv qo‘llanmada Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlikni tashkil etish asoslari va uning huquqiy-me’yoriy hujjatlarining mazmun-mohiyati korsatib o‘tilgan. O‘quv qo‘llanmada, shuningdek, o‘quv yurti ma’muriyatining ushbu fan bo‘yicha vazifa va majburiyatlari ham keltirib o‘tilgan.
-
Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat
Mazkur darslikda muloqotning boshqaruv jarayonidagi ahamiyati, boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmatni tashkil etish masalalari, sotsial-psixologik xizmat faoliyatini rejalashtirish hamda uni ijtimoiy tashkilotlarda samarali yo‘lga qo‘yish muammolari yoritilgan. Shuningdek, amaliyotchi psixologlar faoliyatida zarur bo‘lgan etik me’yorlar, kasbiy axloq tamoyillari va maxsus professional qobiliyatlar haqida ham to‘liq ma’lumotlar keltirilgan.
-
Методика преподавания национальных и подвижных игр
Данное учебное пособие предназначено для студентов высших учебных заведений и учителей общеобразовательных школ, обучающихся по направлениям 61010300 – Виды спортивной деятельности (по видам спорта) и 60112200 – Физическая культура. Целью является возрождение и развитие игр, в которые играли наши предки, содержание и сущность национальных и подвижных игр, а также обучение их организации и проведению на уроках физической культуры в образовательных учреждениях. Учебник охватывает необходимые знания, навыки и умения для организации народных подвижных игр, применяемых в школе, на уроках и во внеклассное время.
-
Differensial psixologiya
Ushbu darslik oliy ta’lim muassasasining Psixologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda “Differensial psixologiya”ning umumiy asoslari haqida ma’lumotlar yoritilgan.
-
Maxsus pedagogikaning klinik asoslari fanidan (oligofrenopedagogika). II-modul asosida II qısm
“Maxsus pedagogikaning klinik asoslari” fani defektologiya sohasi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarga klinik-pedagogik bilimlar, tibbiy-psixologik asoslar va sezgi, nutq, ruhiy faoliyatda kuzatiladigan buzilishlarning fiziologik va nevrologik mexanizmlarini o‘rgatadi. Fan orqali talabalar turli toifadagi imkoniyati cheklangan bolalarning (eshitishida, ko‘rishida, nutqida, aqliy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlar bo‘lgan) rivojlanish xususiyatlari, diagnostika metodlari, kasalliklarning simptomatikasi hamda reabilitatsiya va korreksiya uslublarini chuqur tahlil qilishga o‘rganadilar.
-
Magnetizm
O`quvchilar hukmiga havola etilayotgan ushbu darslik oliy ta’limning fizika, fizika-astronomiya va texnika universitetlarining fizika fani o`qitiladigan barcha yo`nalishlari bakalavrlari va ular ta’limini davom ettirishlari ruxsat etilgan magistratura mutaxassisliklari uchun mo`ljallangan. Bu adabiyotdan yuqorida qayd qilingan yo`nalishlarning kechki va sirtqi ta’lim bakalavrlari uchun mustaqil ta’limda foydalanishni tavsiya qilish mumkin.
-
Sport biomexanikasi
O‘quv qo‘llanmada odamning jismoniy harakatlar tizimining ishlashini tushunish uchun zarur bo‘lgan biomexanika sohasidagi sport turlari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Odam tanasi va uning alohida qismlari tizimlar harakatlarini biomexanik tahlil qilish uchun modellar tasnifi keltirilgan. Kinematik va dinamik darajadagi dasturiy boshqaruv bilan odam harakatlarini tahlil qilish uchun matematik modelning formulali ifodalari, jadvallar, rasmlar va chizmalar berilgan.
-
Jismoniy harakatlar biomexanikasi
Darslikda odamning jismoniy harakatlar tizimining ishlashini tushunish uchun zarur bo‘lgan biomexanika sohasidagi sport turlari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Odam tanasi va uning alohida qismlari tizimlar harakatlarini biomexanik tahlil qilish uchun modellar tasnifi keltirilgan. Kinematik va dinamik darajadagi dasturiy boshqaruv bilan odam harakatlarini tahlil qilish uchun matematik modelning formulali ifodalari, jadvallar, rasmlar va chizmalar berilgan. “Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)” yo‘nalishi bo‘yicha pedagog kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash maxsus kurslari tinglovchilari uchun mo‘ljallangan.
-
Sportda xorijiy til
Ushbu o‘quv qo‘llanmada ingliz tili o‘quvchilarning ingliz tilida og‘zaki va yozma ko‘nikmalarini egallashlari va takomillashtirishlari uchun zarur bo‘lgan grammatik ma’lumotlar, mashqlar va topshiriqlar o‘rin olgan. Jismoniy tarbiya va sport sohasi bo‘yicha ta’lim olayotgan va pedagogika oliy o‘quv yurtlarining jismoniy tarbiya fakulteti talabalari uchun mo‘ljallangan ushbu o‘quv qo‘llanma hozirgi zamon talablariga muvofiq chet tillarni o‘qitishning innovatsion metodlaridan foydalangan holda tayyorlangan.
-
ЭКОЛОГИЯ ВА ТАБИАТНИ МУҲОФАЗА ҚИЛИШ: ЭКОЛОГИК ЎЛКАШУНОСЛИК
Мазкур ўқув қўлланмада экология ва табиатни муҳофаза қилишнинг ўлкашунослик масалалари Қуйи Амударё минтақаси (Қорақалпоғистон Республикаси ва Хоразм вилояти) мисолида ёритилган акс эттирилган.
-
Элементарные задачи по физике
Основная цель предмета задачи элементарной физики - обеспечить глубокое и совершенное усвоение студентами основ физики. Благодаря этому предмету студенты изучают законы, принципы и практику физики, и в то же время расширяется их научный кругозор. Помочь учащимся освоить основы элементарной физики, ее законы и принципы. Повысить уровень знаний учащихся путем объяснения теоретических аспектов физики.