-
-
Алоқа қурилмаларининг электр таъминоти
Маҳкамжонов Б. М., Алиев У. Т., Сапаев М. С., Худайберганов Ш. К.,Ilmiy axborot faoliyati. Informatika, -
Geometriya,
-
-
-
-
-
Matematika,
-
Inson va atrof muhit. Inson ekologiyasi tabiatni muhofaza qilish,
-
-
-
Televidenie,
-
-
-
-
-
Fuqarolar va savdo huquqi. Oilaviy huquq,
-
-
Huquqning umumiy nazariyasi,
-
-
Коммуникация тизимлари
М.Х.Нуруллаева,Телекоммуникациялар сўзи масофадан туриб мулоқат қилиш воситаси деганини англатади (яъни ахборот алмашинувини) ва бундай мулоқотнинг турли усулларини амалга оширувчи технологиялар йиғиндисини кўзда тутади. Телефония ва телекоммуникациялар деган атамалар билан аталувчи тушунчаларни баъзида адаштиришади.
-
Алоқа қурилмаларининг электр таъминоти
Маҳкамжонов Б. М., Алиев У. Т., Сапаев М. С., Худайберганов Ш. К.,Ўқув қўлланмада анъанавий энергия манбалари, электр энергиясини ишлаб чиқариш ва уни тарқатиш ҳақида умумий маълумотлар келтирилган. Электр таъминоти тизимининг қисмлар ва алоҳида элементлари, уларнинг тузилиши ва ишлаш принциплари кўриб чиқилган. Шу билан бирга, трансформаторлар, тўғрилагичлар, стабилизаторлар, ўзгартиргичлар схемалари, шунингдек, аппаратуралар, электр таъминоти қурилмалари ва алоқа корхоналари электр таъминоти тизимлари қурилмаларининг умумий қуриш принциплари кўрсатилган. Ноанъанавий ва қайта тикланувчан энергия манбаларида қайта тикланувчан энергияни ўзгартириш принциплари ва схемалари кўриб чиқилади.
-
Геометриядан масалалар тўплами
Х.Х.Назаров, Х.О.Очилова, Е.Г.Подгорнова,Тўплам педагогика институтлари геометрия курси программа- сининг 2 ва 3-курс талабалари учун мўлжалланган материалини уз ичига олади. Унда геометрик ясашлар, проектив геометрия, тасвирлаш усуллари, топология элементлари, дифференциал гео- метрия на геометрия асосларига доир масалалар берилган. Кўп масалаларнинг жавоблари кўрсатмалар билан, баъзилари муфассал ечимлари билан берилган. Тупламдан кечки на сиртқи бўлим талабалари ҳам фойдала- нишлари мумкин.
-
Аналитик геометриядан қўлланма
Т.Шодиев,Ушбу китобда тўғри чизиқда координаталар методи, текисликда координалар методи ва бошқа геометрияга оид мавзулар берилган.
-
Геометрик ясаш методлари
Р.К.Отажонов,Ўқувчиларнинг фазовий тасаввурларини кенгайтиришда, ижодий ва конструкторлик қобилиятларини ривожлантиришда ва уларни мантиқий фикрлашга ўргатишда ясашга доир гео- метрик масалалар ечишнинг ғоят катта аҳамияти бор. Ўқувчиларда бундай қобилиятларни тарбиялаш, айниқса, бизнинг социалистик Ватанимизда катта аҳамиятга эга, чунки техникамизнинг кенг миқёсда ривожланиб бориши келажакда инженер, техник ва конструктор бўлиб етишувчи ўқувчилари- миздан шундай қобилиятга эга бўлишни талаб этади. Аммо конструктив масалалар ечишга доир адабиётнинг ўзбек тилида жуда камлиги педагогика институти студентларининг конст- руктив геометриядан етарли даражада пухта билим олишла- рини ва ўрта мактаб ўқитувчиларининг ишини анча қийинлаш- тирмоқда.
-
Beton texnologiyasi 1 qism
H.A.Akramov, H.N.Nuritdinov,O`quv qo`llanmada beton va temir-beton buyumlarni tayyorlashda ishlatiladigan beton turlari va xususiyatlari, beton qorishmasini tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallar, ularning sifati, tarkibini hisoblash, beton qorishiasining xossalari va ularga ta`sir еtuvchi omillar batafsil tahlil qilingan.
-
Qurilish materiallari
Xabibullayev Sh.A.,O'quv qo'llanmada bino va inshootlar qurilishida ishlatiladigan qurilish materiallari va buyumlarining turlari, xossalari va ishlab chiqarish texnologiyalari berilgan. Mazkur o'quv qo'llanma o'rta va o'rta maxsus professional ta'lim muassasalarining 3340200-"Bino va inshootlar qurilishi" tayyorlov yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan o'quvchilari uchun mo'ljallangan.
-
Интеграл ҳисоб курсидан амалий машғулотлар
Э.Ф.Файзибоев, Н.М.Цирмиракис,Қўлланма техника олий ўқув юртларининг кундузги ва сиртқи бўлимлари студентлари учун мўлжалланган.
-
Ekologiya
X.V.Salimov,O‘quv qo'llanmada ekologiya fanining o‘quv dasturi doirasida umumiy va amaliy ekologiyaga doir mavzular yoritilgan bo'lib, ularda hozirgi kunning global va regional ekologik muammolariga bag'ishlangan materiallar berilgan. Texnik va biologik yo'nalishdagi Oliy o‘quv yurtlari hamda o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlarl, va akademik litseylar uchun mo‘ljallangan.
-
Олий алгебра
А.Я.Окунев,Шу устунларнинг (йўлларнинг) ўринларини алмаштирамиз. Бир томондан, детерминант ўз шпорасини қарама- каршисига ўзгартириши керак (II хоссага қаралсин); агар олдин у D га тенг бўлган бўлса, иккита устунни алмаштир- гандан кейин—D} га тенг бўлиб қолади.
-
Алгебра ва элементар функциялар
Р.А.Калнин,Ихтиёрий бурчакнинг тригонометрии функциялари векторнинг проекциялари сифатида киритилади, Қўшиш формулалари эса вектор синиқ чизиқни проекциялаш билан келтириб чиқарилади. Бундай баён қилиш табиийдир, чунки бундан олдинги „Векторлар“боби ўқувчиларни проекциялар методидан фойдаланишга тайёрлайди.
-
Operatsion tizimlar
U.R.Xamdamov, Dj.B.Sultanov, S.S.Parsiyev, U.M.Abdullayev,Mazkur fan talabalarga maxsus fanlarni o‘zlashtirishda, keyinchalik ishlab chiqarish, loyihalash va tadqiqot ishlarida kerak bo‘ladigan asosiy negiz tushunchalarni o‘rgatadi. O‘quv qo‘llanmada “Operatsion tizimlar” fanini o‘zlashtirish jarayonida talabalar tomonidan o‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan bilimlar: operatsion tizim tushunchasi va ularning ahamiyati, ularning tuzilishi va asosiy komponentlari, operatsion tizimlarning asosiy funksiyalari bo‘lgan jarayonlarni boshqarish, protsessorni boshqarish, xotirani tashkil etish va boshqarish usullari, tashqi qurilmalarni boshqarish, fayl tizimi va fayllarni boshqarish masalalari, tarmoq operatsion tizimlari va ularning imkoniyatlari, tarmoq xizmatlari va ularni tashkil etish, xavfsizlik va himoya vositalari va dasturlari, amaliyotda keng qo‘llaniladigan Linux, Windows, Android operatsion tizimlari, ularning qurilish tamoyillari va imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. O‘quv qo‘llanma 5350100 - “Telekommunikatsiya texnologiyalari” (Telekommunikatsiyalar, Teleradioeshittirish, Mobil tizimlar) yo‘nalishi bo‘yicha oliy o‘quv yurtlari talabalari, hamda kredit ta’lim tizimi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarning “Tarmoqni dasturlash asoslari”, “O‘rnatilgan tizimlar” v.b. fanlarni tayanch fani hisoblanadi va shu fanlar bilan mantiqan bog‘langan.
-
Алгебра ва сонлар назарияси. 1-қисм
Искандаров Р.И, Назаров Р,Мазкур қўлланма ҳозирги замон алгебрасининг асосини ташкил этувчи тўпламлар назарияси ва математик логика тушунчаларидан бошланади. Қўлланмада натурал, ҳақиқий ва комплекс сонлар назарияси дедуктив-аксиоматик метод асосида баён қилинади.
-
Автомобилларда юк ташиш ва уни ташкил қилиш
Э.Каримов,Ушбу қўлланмада автомобил транспортида юк ташиш жараёни ва уни ташкил қилиш масалалари, транспорт экспедиция ишларини бажариш, юк ташишни бошқариш ва режалаштириш, ташилган юк ва кўрсатилган хизмат учун ҳисоблашиш тартиби, халқ хўжалигининг турли тармоқлари юкларини ташиш, маълумотнома норма материаллари ва ҳужжатлари, ўқувчилар билимларини текшириш дастури тўғрисида маълумотлар ва фикрлар баён қилинган.
-
Математик мантиқ ва дискрет математика 1-қисм
Ҳ.Т.Тўраев,Мазкур ўқув қўлланмаси олий ўқув юртларининг математика, амалий математика ва информатика, математика ва информатика, информатика ва информацион технология йуналишлари (бакалавриатура ва магистратура) бўйича таълим олаётган талабаларга мўлжалланган. Китобдан аспирантлар ҳамда радиотехника, электротехника ва амалий математика соҳаларида ишлаётган муҳандис-математиклар ва мутахассислар ҳам фойдаланишлари мумкин.
-
Oila huquqi
М.Х.Вагаtоv, F.А.Ibroximov,Mazkur Oila huquqi nomli o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Oila kodeksi va ular asosida qabul qilingan normativ huquqiy hujjatlar, Prezident Farmon va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, rahbariy va ilmiy adabiyotlar asosida yozildi. O'quv qo'llanmada oila huquqining umumiy qismigaoid nazariy muammolar, oila, oila huquqi tushunchasi va predmeti, metodi, oila qonunchiligi tarixi, oilaviy-huquqiy munosabatlar, oila va fuqarolik huquqining nisbati, shuningdek, oila huquqining maxsus qismigaoid asosiy masalalar: nikoh, er vaxotinning huquqiy munosabatlari, ota-onalar va bolalarning huquq va majburiyatlari, aliment majburiyatlari, ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni joylashtirish shakllari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar ishtirokidagi oilaviy-huquqiy munosabatlarni tartibga solish, O'zbekistonda oila huquqi sohasida amalga oshirilgan islohotlar, ularning mazmuni va ahamiyati kabi masalalar yoritilgan.
-
Oila huquqi
Botirov Muzaffar Shodmonovich,Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Fan dasturida keltirilgan mavzular asosida tuzilgan. Keltirilgan ma’lumotlar Respublikamizning ushbu sohadagi yetuk olimlari, jumladan F.Otaxo‘jayev, O.Oqyulov, O.Karimova, Sh.Yuldosheva, D.Karaxodjayeva, N.Akayeva va boshqalarning mavjud darsliklari, o‘quv qo‘llanmalari, ilmiy izlanishlariga tayanib, hamda uzoq yillik shaxsiy pedagogik tajriba asosida yozilgan. Mazkur nashr “60112100-milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishi talabalari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etiladi.
-
Inson huquqlari
Endryu Klafam,"Inson huquqlari: Oʻta qisqa tanishtiruv" dastlab 2015-yili ingliz tilida chop etilgan. Ushbu tarjima Oksford universiteti nashriyoti bilan kelishilgan holda nashrga tayyorlandi. Tarjima mas'uliyatini Oʻzbekiston Yoshlar ishlari agentligi toʻliq oʻz zimmasiga oladi. Undagi biror xato, qisqartirish yoki noaniqliklar va buning oqibatida kelib chiqadigan savollar uchun Oksford universiteti nashriyoti javobgar hisoblanmaydi.
-
Konstitutsiyaviy huquq
B.T.Musayev, K.R.Aliyeva, B.А.Narimanov,Konstitutsiyaviy huquq bo‘yicha tayyorlangan darslik, yuridik kollejlarning talabalari ta’lim standartlari asosida yaratilgan. Darslikda Konstitutsiyaviy huquq fani predmeti doirasiga kiruvchi mavzular yoritilgan. Darslikning tuzilishi (tizimi) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tuzilishiga mos keladi. Unda Konstitutsiyaga kiritilgan barcha o‘zgartirishlar e’tiborga olingan.Darslik kollejlarning talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan boshqalar ham Konstitutsiyani o‘rganishda foydalanishlari mumkin.
-
Jinoyat huquqi
Mallayev Normamat,Ushbu oʻquv qoʻllanma ”Jinoyat huquqi” (Umumiy qismi) oʻquv kursining dasturi asosida tayyorlangan boʻlib, qoʻllanmada jinoyat qonuni prinsiplari, jinoyat tushunchasi va uning belgilari, jinoiy javobgarlik va uning asoslari, jinoyat tarkibi va uning elementlari, tamom boʻlmagan jinoyatlar, ishtirokchilik, bir qancha jinoyat sodir etish, qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar, jazo tushunchasi, maqsadi va uning turlari, jazo tayinlash, javobgarlikdan va jazodan ozod qilish, voyaga yetmaganlar javobgarligi hamda tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash kabi masalalarni oʻz ichiga qamrab oladi. Ushbu oʻquv qoʻllanma Jinoyat huquqi Umumiy qismi boʻyicha kerakli maʼlumotlarni olishga, oliy yuridik oʻquv yurtlarining professor oʻqituvchilariga dars jarayonlarini tashkil etishga, talabalarning oʻquv mashgʻulotlar va imtihonlarga, amaliyotga tayyorgarlik koʻrishida yordam beradi. Oʻquv qoʻllanma oliy oʻquv yurtlarining bakalavr va magistratura talabalariga qoʻllanma sifatida tavsiya etiladi. Ushbu oʻquv qoʻllanma amaldagi Jinoyat kodeksining 2024 yil may oyigacha boʻlgan holatiga koʻra yozilgan.