-
Huquq sohalari,
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Huquq sohalari,
-
-
-
-
Huquq sohalari,
-
-
-
-
-
Сайлов тўғрисидаги Ўзбекистон қонунларининг қарор топиши ва ривожланиши
Э.Ҳ.Халилов,Ушбу рисола Ўзбекистон парламентига сайлов тўғрисидаги қонунларнинг қарор топиши, ривожланиши ва такомилига етказилишининг таҳлилига бағишланган. Унда мамлакат сайлов тизимини ислоҳ қилишнинг асосий йўналишлари ҳақида фикр юритилади.
-
Мустақиллик ва маҳаллий ҳокимият
Хусанов О.,Маҳаллий вакиллик ва ижроия органларининг янгича ташкил қилиниши, ўз-ўзидан улар ўртасида янгича муносабатларни вужудга келишини тақозо этди. Ана шу муносабатлар, уларнинг ҳуқуқий асосларини таҳлилига муаллиф алоҳида эътибор қаратган. Ўзбекистон Президенти Олий Мажлиснинг сессиясидаги маърузасида, фуқароларнинг ўзини-ўзи бошқариш органларига катта умид қилинаётганлигини алоҳида таъкидлади. Рисолада эса фуқароларнинг ўзини-ўзи бошқариш органлари; уларнинг маҳаллий бошқарувдаги тутган ўрни, маҳаллий давлат органлари билан муносабатлари етарлича таҳлил қилинган. Маҳаллий давлат органларининг конституциявий вазифалари ҳали деярли ўрганилмаган масалалардан ҳисобланади. Муаллиф бу масалалар борасида ҳам тегишли иш қилган ва маҳаллий ҳокимият органларининг вазифаларини кўрсатиб бера олган. Рисоладаги муаллиф мулоҳазалари, фикрлари, тавсия ҳамда таклифлари, маҳаллий ҳокимият органлари тўғрисидаги қонунчиликни, маҳаллий давлат ҳокимияти органларининг тизими, фаолияти ва ваколатларини янада такомиллаштиришга ёрдам бериши мумкин.
-
Ўзбекистон ва инсон ҳуқуқлари бўйича вена декларацияси
А.Х.Саидов,Ушбу тўплам 1993 йил 25 июнда Инсон ҳуқуқлари умумжаҳон конференциясида қабул қилинган Вена декларацияси ва Ҳаракат дастурини ўн йиллигига бағишланган илмий-амалий конференция иштирокчиларининг маърузалари асосида тайёрланган.
-
Введение в гражданское право
Сохиба Фазиловна Иноятова,Настоящий учебник раскрывает основные темы такого важного модуля, как «Введение в гражданское право». В нём содержатся все темы, включённые в рабочую учебную программу по данному предмету. Так, рассматриваются предмет, объекты, субъекты гражданских прав, вопросы гражданско-правовыхотношений, понятия сделки и признания ей недействительной, сроков и исковой давности. Учебник включает и другие темы, представляющие собой фундамент цивильного права. Предназначен для студентов юридических вузов, а также будет полезен юристам, практикующим в сфере гражданского права.
-
Введение в гражданское право
С.Ф.Иноятова,Настоящий учебник раскрывает основные темы такого важного модуля, как «Введение в гражданское право». В нём содержатся все темы, включенные в рабочую учебную программу поданному предмету. Так, рассматриваются предмет, объекты, субъекты гражданских прав, вопросы гражданско-правовыхотношсний, понятия сделки и признания ей недействительной, сроков и исковой давности. Учебник включает и другие темы, представляющие собой фундамент цивильного права. Предназначен для студентов юридических вузов, а также будет полезен юристам, практикующим в сфере гражданского права.
-
Юридическая служба
Р.Х.Хурсанов,Настоящий учебник представляет собой комплексное руководство, посвящённое основным аспектам организации и функционирования юридической службы, а также её роли в современном обществе. В нём подробно рассматриваются ключевые принципы, задачи, функции и методы работы юридической службы. Особое внимание уделяется вопросам формирования и развития правовых подразделений, а также проблемам профессиональной этики и ответственности юристов. Учебник предназначен для студентов, аспирантов и специалистов в области юриспруденции, а также для всех, кто стремится расширить свои знания и профессиональные навыки в сфере деятельности юридических служб с целью более эффективного решения практических задач.
-
Ekologiya huquqi
J.T.Xolmo`minov,Ushbu darslikda 0‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (yangi tahrirdagi) talablari asosida ekologiya huquqi, o'simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va o'rmonlarning huquqiy holati, muqobil energiya manbalaridan foydalanish, antropogen o'zgargan hududlarda va chiqindilardan foydalanish jarayonida atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilishning huquqiy tartibi va O'zbekiston Respublikasining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi xalqaro hamkorligi masalalariga alohida e'tibor berilgan.
-
Ekologiya huquqi
H.I. To`xtashev,O'quv qo'llanma ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va undan foydalanishni huquqiy ta'minlash sohasidagi ilmiy konsepsiyalar, sohada qabul qilingan dastur va strategiyalarni inobatga olgan holda tayyorlangan bo'lib, uning mavzulari an'anaviy yondashuvlar bilan bir qatorda yangi muammo va nuqtayi nazarlar talqini asosida yoritilgan. Unda mamlakatimizda ekologik-huquqiy munosabatlar obyektlari, subyektlari hamda ular o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik va farqli jihatlarga alohida e'tibor qaratilgan. Binobarin, ekologiya huquqining shakllanishi va rivojlanishi, usullari, ekologik nazorat, monitoring va ekspertiza o'tkazish shartlari va tartibi, ekologik-huquqiy javobgarlik, yer, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi, yer osti boyliklari va atmosfera havosini muhofaza qilish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish, antropogen o'zgargan hududlar, chiqindi hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi eng muhim jihatlar yoritib berilgan. O'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining talabalari, o'qituvchilari, mutaxassislar, ilmiy izlanuvchilar, magistrlar hamda ekologiya va atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilish masalalariga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo'ljallangan.
-
Ekologiya huquqi
O. Narzullayev, A. Nigmatov,Mazkur darslik milliy ekologik qonunchilikka oid so'nggi o'zgarish va qo'shimchalarni inobatga olgan holda tayyorlangan. Darslikda ekologiya huquqi tushunchasi, predmeti, metodi va tizimi, ekologiya huquqi manbalari, tabiiy resurslarga nisbatan mulk huquqi, ekologiya sohasida boshqaruv, ekologik me’yorlash asoslari, ekologik nazorat va ekspertizaning huquqiy holati ko'rsatib o'tildi. Ekologiya huquqiga doir o'quv adabiyotlaridan farqli ravishda mavzularni bayon etishda urg'u huquqshunoslikning oddiy, lekin bo'lg'usi ekologlar uchun yetarli ravishda ma’lum bo'lmagan jihatlariga e’tibor qaratilgan. U tahliliy va qiyosiy materiallarga boyligi, savol va topshiriqlar hamda rasm-sxemalar bilan boyitilgani, tavsiya etiladigan normativ hujjat va adabiyotlar tabaqalashgan ravishda berilgani, ya'ni ta'limning zamonaviy talablari keng ko'lamda qo'llangani bilan ajralib turadi.
-
O`zbekiston respublikasining Ekologiya huquqi
Asqar Nig`matov,Ushbu darslik muallifning oliy o‘quv yurtlari uchun chop etilgan «Ekologiya huquqi: sxemalar va tushunchalarda», hammualliflarning «Ekologiya huquqi» kabi o'quv adabiyotlarini tayyorlash mobaynida orttirgan tajriba, internet global axborot tizimi, chct el olimlarining mazkur sohada crishgan yutuqlari va ma’lumotlaridan foydalanib yozilgan. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, fan va ta’lim doimo rivojlanishda, uning yutuqlaridan foydalanib, kelajakda yangi o'quv adabiyotlarini yaratish nuqtai nazaridan Sizning taklif va mulohazalaringiz biz uchun doimo asqatadi, degan umiddamiz.
-
Ekologiya huquqi
A.U. Nishonov,O'quv qo'llanma Toshkent davlat yuridik universiteti ekologiya huquqi fani dasturi asosida tayyorlangan bo'Iib, unda Ekologiya huquqi fanining tushunchasi, predmeti, metodlari, tizimi, prinsiplari va manbalari, tabiat resurslariga nisbatan mulkchilik, ekologiya sohasida davlat boshqaruvi va nazoratining ekologik-huquqiy holati, ekologik huquqbuzarlik sodir etganlik uchun javobgarlik, yer, suv, yerosti boyliklari, o'simlik va hayvonot dunyosi, o'rmon, atmosfera havosini muhofaza qilish, tabiiy hududlarning ekologik-huquqiy tartibi hamda ekologik-huquqiy muhofaza qilish masalalari atroflicha yoritilgan.
-
Fuqarolik protsessual huquqi (savollar va javoblar)
D.Y.Xabibullayev,Mazkur o'quv qo'llanmada Fuqarolik protsessual huquqi moduliga tegishli bo'lgan va o'quv dasturidagi barcha mavzularni qamrab olgan savollar va javoblar, har bir mavzuni to'liq o'zlashtirishga oid adabiyotlar ro'yxati berilgan. O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual huquqi fanini o'rganish bo'yicha yozilgan mazkur o'quv qo'llanma professor-o'qituvchilar tomonidan o'qitishning interaktiv usullaridan keng miqyosda foydalangan holda ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarni qiziqarli va samarali o'tkazishga, talabalarni mavzularning asosiy mazmun-mohiyatini tez anglab olishi va tushunishiga, fuqarolarga huquqiy maslahatlar va boshqa turdagi yuridik yordam ko'rsatishda, olgan bilimlarini amalda qo'llashga yordam beradi. Mazkur o'quv qo'llanma nafaqat talabalar uchun, balki fuqarolik ishlari bo'yicha sudyalikka nomzodlar, sudyalar, prokuratura xodimlari, advokatlar, shuningdek, keng kitobxonlar ommasi uchun ham mo'ljallangan.
-
Biznes huquqi
M.R. Tadjibayeva,Mazkur o'quv qo'llanma Biznes huquqi fani bo'yicha talabalarning o'quv salohiyatini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan bo'lib, undagi tushunchalar soddalashtirilgan tarzda taqdim etilgan va mavzu bo'yicha mustahkam poydevor yaratish uchun zarur bo'lgan asosiy bilimni qamrab oladi. O'quv qo'llanmada noan'anaviy yondashuvga amal qilingan bo'lib, har bir bobda asosiy huquqiy atamalar va tushunchalar, keyinchalik o'qish uchun havolalar, mavzu yakuni bo'yicha savollar, kazuslar va video materiallar uchun QR-kodlar mavjud.
-
Biznes huquqi
J. Askarov,Ushbu o'quv qo'llanmada tadbirkorlik huquqi va tushunchalari, tadbirkorlik subyektlari, ularning tashkiliy-huquqiy shakllari, tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish, faoliyatini amalga oshirish, qayta tashkil etish, tugatishning huquqiy asoslari va tartibi, tadbirkorlik huquqi subyektlarining mulkka nisbatan huquqlari, tadbirkorlik shartnomalari, ularning o'ziga xos xususiyatlari, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini moliyaiashtirish va kreditlash, ularni soliqqa tortish, tadbirkorlik subyektlarining davlat tomonidan qo'llab-quwatlanishi, ularning huquqiy himoya tizimi va javob-garlik asoslari kabi mavzular yoritilgan.
-
Iqtisodiy protsessual huquq
R.T. Berdiyarov, D.Y.Xabibullayev,Iqtisodiy protsessual huquqi moduli asosida tayyorlangan o'quv qo'llanma ikki qismdan iborat bo'lib, birinchi qismida iqtisodiy ishlarni birinchi instansiya sudida ko'rish masalalari hamda ikkinchi qismida sud hujjatlarini qayta ko'rish institutlari bilan bog'liq mavzular savollar va javoblar tarzida bayon etilgan. O'quv qo'llanmani tayyorlash jarayonida sohaga doir amaldagi normativ-huquqiy hujjatlari, o'quv va ilmiy adabiyotlar hamda sud amaliyoti materiallaridan foydalanildi. Mazkur o'quv qo'llanma yurisprudensiya yo'nalishida ta’lim olayotgan oliy o'quv yurtlari talabalari hamda soha qonunchiligiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
Iqtisodiy protsessual huquqi
Esanova Z., Xabibullayev D., Xolboyev S., Kalandarova M.,Ushbu darslikda Iqtisodiy protsessual huquq va iqtisodiy ishlarning taalluqliligi va sudlovga tegishliligi, iqtisodiy sud ishlarini yuritish ishtirokchilari, iqtisodiy protessda isbotlash va dalillar, da`vo, sud xarajatlari kabi ko`plab boshqa ma`lumotlar berilgan.
-
Iqtisodiy va korporativ nizolarni hal etish
Ibratova Feruza,Mazkur darslikda har bir niavzu bo'yicha o'z-o'zini tayyorlash va seininarlarda niuhokama qilisli uchun kazuslar, tcstlar, adabiyotlar ro'yxati, shuningdck biliinlarni mustahkanilash uchun tekshirish savollari ko'rsatilgan. Darslik "Iqtisodiy va korporativ nizolami hal etish” fanining niagistratura mutaxassisligi o'quv dasturi asosida ishlab chiqilgan bo'lib, amaldagi qonunchilik. sud ainaliyoti, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlari asosida tayyorlangan. Darslik 70420101 - Advokatlik faoliyati yo'nalishi magistratura mulaxassisligi uchun. shuningdek iqtisodiy va korporativ nizolami hal etish masalalari bilan qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Biznes huquqi
D. Abduazizov,Darslikda tadbirkorlik huquqi va tushunchalari, tadbirkorlik subyektlari, ularning tashkiliy-huquqiy shakllari, tadbirkorlik subyektlarini tashkil etish, faoliyatini amalga oshirish, qayta tashkil etish, tugatishning huquqiy asoslari va tartibi, tadbirkorlik huquqi subyektlarining mulkka nisbatan huquqlari, tadbirkorlik shartnomalari, ularning o'ziga xos xususiyatlari, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini moliyalashtirish va kreditlash, ularni soliqqa tortish, tadbirkorliksubyektlariningdavlattomonidanqo'llab-quwatlanishi, ularning huquqiy himoya tizimi va javobgarlik asoslari kabi mavzular yoritilgan. "Biznes huquqi" darsligi bozor munosabatlarini rivojlantirishda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari yaratilib, takomillashib borayotganligi, tadbirkorlarga keng imkoniyatlar, imtiyoz va preferensiyalar berilayotganligining mazmun-mohiyatini yanada chuqurroq bilishga hamda ularni tahlil qilishga qaratilgan.
-
Economic process of Uzbekistan
Ibratova F.B,This textbook incorporates changes and additions introduced by recent legislation, offering a comprehensive analysis of economic procedural law based on current laws, judicial practice, and decisions of the Plenum of the Supreme Court of the Republic of Uzbekistan.The book covers the following topics: the concept and principles of economic procedural law; jurisdiction and venue of economic disputes; economic procedural legal relations and their subjects; claims and other forms of legal protection; evidence in economic proceedings; legal costs and fines; procedural deadlines in economic proceedings; procedures for case consideration in the first instance; review of judicial acts in appellate, cassation, and supervisory instances; and enforcement of judicial acts. The textbook is designed for law students and anyone interested in the economic procedural law of the Republic of Uzbekistan.
-
Солиқ қонун ҳужжатларидаги янгиликлар 2
В. Беганов,Тўпламда 1998-йилдан Ўбекистон Республикаси қонунийлигида кўзда тутилган солиқларни бюджетга ҳисоблаш ва тўлаш тартиби тўғрисидаги йўриқномалар тақдим этилган.