-
Siyosat. Siyosiy fanlar
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
Янги Ўзбекистон орзуси (Қатъий ирода, инсон қадри, халқ ишончи)
Таниқли журналист ва олим Салим Дониёровнинг мазкур тўпламдан ўрин олган публицистик мақолаларида Ватанга муҳаббат. миллий урф-одатларга, умуминсоний қадриятларга ҳурмат туйғулари ажиб оҳангларда тасвирланади. Муаллифнинг ижтимоий-сиёсий йўналишдаги мақолаларида Янги Ўзбекистонни қуриш йўлида Президентимиз томонидан олиб борилаётган оламшумул ислоҳотларга камарбасталик акс этади.
-
Эстрадный вокальный ансамбль
Структура учебника помогает студентам и преподавателям правильно организовать занятие
-
МАКТАБГАЧА ЁШДАГИ ЭШИТИШИДА МУАММОСИ БЎЛГАН БОЛАЛАР ТАЪЛИМИ
Мазкур қўлланма оилада эшитишида муаммо бўлган фарзанди бор ота-оналар ва мактабгача таълим муассасаларида инклюзив таълим олиб бораётган тарбиячилар учун мўлжалланган.Кўлланмада эшитмайдиган (кар, заиф эшитадиган) болалар, уларнинг ривожланиш хусусиятлари кенг ёритилган. Эшитишида муаммоси бўлган болани дастлабки мулоқотга ўргатиш йўриқлари тафсилотлари билан берилган. Оила шароитида болани эшитишга ўргатиш, эшитишини текшириш ва бузилиш даражасини аниқ-лаш учун уй ва боғча шароитида амалга ошириладиган тайёргарлик ишлари учун қатор машғулотлар берилган. Шу билан бир қаторда берилган машғулотлар комплекс вазифаларга йўналтирилди: эшитишга ўргатиш;
-
Oziq-ovqat biokimyosi
Darslikda "Oziq-ovqat biokimyosi" fani talabalarga oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda uni tarkibidagi biokimyoviy moddalarni va texnologik ishlovda yuz beradigan jarayonlarni va inson organizmiga ta'sirini oʻrganishdan iborat bolib, talabalarga barcha biokimyoviy jarayonlar ularni qayta ishlash hamda saqlash davridagi biokimyoviy jarayonlarning borishi, oqsillar, fermentlar, yoglar, uglevodlar, vitaminlar, nuklein kislotalar asosiy moddalar almashinuvini organizmda kechishi, barcha organik moddalar sintezining borish jarayonlarining biokimyoviy oʻzgarishlariga alohida e'tibor qaratilgan.
-
Lotin tili va veterinariya атамаlari
Qo'llanmada tilshunoslikning muhim boʻlimlari - fonetika va grammatika masalalari izchil yoritilgan.
-
Falsafiy antropologiya.
Mazkur darslikda falsafiy antropologiya fanining falsafiy-tarixiy va nazariy asoslari, inson muammosini falsafiy jihatdan o‘rganish masalalari hamda hozirgi zamon ilm-fan taraqqiyotining inson va jamiyat rivojlanishiga ta’siri haqida yoritish maqsadida yozilgan. Darslik davlat standarti asosida, Farg‘ona davlat universitetining “Falsafa va milliy g‘oya” kafedrasi namunaviy o‘quv rejasiga mos ravishda, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi falsafa mutaxassisligi talabalari uchun tayyorlangan. Darslikdan ta’limning barcha yo‘nalish talabalari, magistrlar, tadqiqotchi va fan o‘qituvchilari hamda falsafiy antropologiyani mustaqil ravishda o‘rganmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar ham foydalanishlari mumkin. Darslikda “Falsafiy antropologiya” faniga oid asosiy masalalar, asosiy tushunchalar, nazariy matn, mavzularni mustaqil o‘zlashtirish uchun savolnoma, testlar, glossariy, shuningdek, asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati berilgan.
-
ENGLISH FOR IT STUDENTS
Mazkur uslubiy qo'llanma oliy o'quv yurtlarining mutaxassisligi chet tili bo'lmagan fakultetlarining Informatika o'qitish metodikasi yoʻnalishi I-II-III-kurs talabalariga ingliz tili fanidan mustaqil o'qib o'rganish uchun mo'ljallangan.Mazkur uslubiy qo'llanma Chirchiq davlat pedagogika universiteti Uslubiy kengashining 2024 yil 26 sentaybr 2-sonli qaroriga asosan nashrga tavsiya etilgan.
-
Асаларилар учун қўлланма
Ушбу китобда асаларичиликка қизиқувчиларга асаларичиликнинг Ўзбекистонга кириб келиш тарихи, уларнинг биологияси, ривожланиши, маҳсулотлари, ўсимликларни чанглантириши, уялари ҳамда касалликлари ва қишлаш жараёнлари тўғрисида тушунча берилади.
-
Daktilologiya va imo-ishora nutqi
Mazkur o'quv qo'llanmada kar va zaif eshituvchi bolalarni daktil va imo-ishora nutqiga o'qitish tizimi tavsifi, daktil va imo-ishora nutqiga o'rgatish uslubiyati bayon etilgan. O'quv qo'llanmada daktil va imo-ishora nutqiga o'qitish metodikasining barcha bo'limlarida ishlar maxsus maktabda eshitishda nuqsoni bo'lgan o'quvchilarning nutqiy rivojlanishidagi o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda korreksion yo'nalishda tashkil etilishi yoritilgan. O'quv qo'llanma 60110400-Maxsus pedagogika: surdopedagogika (qo'shimcha surdotarjimon) yo'nalishi uchun daktil va imo-ishora nutqiga o'qitish metodikasi namunaviy dasturi asosida tuzilgan bo'lib, talabalar uchun mo'ljallangan. Mazkur o'quv qo'llanma kar va zaif eshituvchi bolalar maxsus maktab-internati o'qituvchilari tomonidan qo'llanilishi mumkin.
-
Асаларичилик (Услубий қўлланма)
Қўлланмада асалариларнинг ташқи ва ички тузилиши, асаларичиликда ишлатиладиган уяларни типлари ва классификацияси, асаларичилик фермаларидаги баҳорги, ёзги ва кузги ишлар, янги оила олиш ва она ари чиқариш, асалариларни кўчириб ўтказишга тайёрлаш, асалариларни асосий асал йиғишга тайёрлаш, асосий асал берувчи ўсимликлар ва озиқа тенглигини тузиш, асалари ка- салликлари ва уларни даволаш каби мавзулар ёритилган.
-
Yo'l harakatini modellashtirish va boshqarish
O'quv qoʻlanmada yo'l harakati talabining uzluksiz oshishi natijasida vujudga kela-yotgan bir qancha muammolar (tirbandlik, havo ifloslanishi va yo'l-transport xodisalari natijasida insonlarning xalok bo'lishlari va tan jarohatlari olishlari) va ularni hal etishning usullari bayon qilingan. Bunda ilg'or texnologiyalardan foydalanib, foydalanuvc hilar uc-hun transport vositalari va yo'l infratuzilmalari o'rtasida hamkorlikni yaratish orqali xavf-siz, samarali va ekologik toza transport tizimlarini yaratish qayd etilgan. Yo'l harakatini modellashtirish yordamida tirbandliklarni kamaytirish, manzilgacha yetib borish vaqtini qisqartirish va xavfsiz harakatni tashkil etishga erishish, hamda yo'l harakati jadalligi, tezlik, harakatlanish vaqti, transport vositalarining joylashuvini o'lchash orqali tirband-liklarni boshqarish va kamaytirishga erishish yo'llari ko'rsatilgan.
-
CURRENT APPLICATIONS IN BIOENNEERING RESEARCH
All rights reserved. No part of this publication may be reproduced, distributed or transmitted in any form or by any means, including photocopying, recording or other electronic or mechanical methods, without the prior written permission of the publisher, except in the case of brief quotations embodied in critical reviews and certain other noncommercial uses permitted by copyright law. UBAK International Academy of Sciences Association Publishing House®
-
Жиззах вилоятида ипак қуртини боқиш технологияси
Қўлланма Жиззах вилояти хўжаликларида ипак курти уруғини жонлантириш, жонланган қуртларни звеноларга тарқатиш, қурт боқишга тайёргарлик кўриш, кичик ёшдаги қуртларни парвариш қилиш, катта ёшдаги қуртларни боқиш, пилла ўраш ва пиллаларни териш, ипак қурти касалликлари ва зараркунандаларига қарши кураш чоралари ҳақида маълумотлар берилган бўлиб, пиллачилик агрономлари, мутахассислари ва пиллачилик сохасида ишлайдиган ходимларни фойдаланиши учун тавсия этилади.
-
Mutrib Xonaxarobiy she’riyati lingvopoetikasi
Ushbu monografiya oliy ta’lim muassasalarining filologiya yo‘nalishi talabalari, ilmiy tadqiqotchilar va ushbu sohaga qiziquvchi kitobxonlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda lingvopoetika sohasining nazariy va amaliy masalalari, badiiy matnning lingvopoetik xususiyatlari va tamoyillari, Mutrib Xonaxarobiy she’riyati lingvopoetikasining tahlili o‘rin olgan. Monografiyadan tadqiqotchilar, Oliy ta’lim muassasalarining filologiya yo‘nalishi talabalari, akademik litsey va maktab o‘qituvchilari, bundan tashqari badiiy adabiyotga qiziquvchi kitobxonlar qo‘shimcha adabiyot sifatida foydalanishi mumkin.
-
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
Ushbu o'quv qo'llanm asida kasb-hunar kollejlari, texnikumlar va akademik litseylar o‘quvchilari uchun yangi tahrirdagi 0‘zbekiston R espublikasi K onstitut- siyasini o‘rganish bo‘yicha kerakli barcha o‘quv-metodik materiallar, jumladan ma’ruza matni, mavzu mazmunini yorituvchi chizm alar, o'quvchilar bilimini mustahkamlashga qaratilgan savollar, test topshiriqlari, mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro'yxati taqdim etilgan.