-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
Олма меваларини қуритишда тайёр маҳсулот сифатини ошириш учун технологик жараёнларни такомиллаштириш
Kimyoviy texnologiya. Kimyo sanoati
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Xalqaro munosabatlar. asoslari 1-jild
"Xalqaro munosabatlar asoslari" qoʻllanmasida bugungi kunda dolzarb boʻlgan ma- salalar koʻrib chiqiladi. Jumladan kitobda xalqaro siyosat va siyosiy iqtisodiyot, xalqa- ro va nodavlat tashkilotlar, inson huquqlari, atrof-muhit va inson xavfsizligi, migratsiya. aholining oʻsishi va sogʻliqni saqlash masalalariga ahamiyat berilgan
-
Texnologiya yo`nalishi talabalarining badiiy loyihalash qobiliyatlarini shakllantirish
Monografiyada badiiy loyihalash kursining mazmuni, o`qitish shakli, metodlari va vositalari, uning o`quv metodik majmuasi tuzilishi va mazmuni tahlil qilingan.
-
-
Tut genetikasi
Ushbu kitob tut daraxti (Morus L.) haqidagi hozirgi bilimlarni oʻz ichiga olgan birinchi keng qamrovli toʻplamdir. Unda botanika, sitogenetika, biologik xilma-xillik, genetika va seleksiya, biotexnologiya va genetik transformatsiya, biotik va abiotik omillar, molekulyar xaritalash, QTL aniqlash, toʻliq genom ketma-ketligi hamda faol genomikaga oid izohlar keltirilgan.
-
Qishloq xoʻjaligi muhandislik asoslari
Qo'llanmada tuproq va suv muhandisligi, qishloq xoʻjaligi texnikasi hamda va mexanizat- xoʻjalik inshootlari kabi mavzular keng qamrab olinib, bu ayniqsa, qishloq xoʻjaligi sohasidagi bakalavriat talabalari uchun qimmatli adabiyot sifatida xizmat qiladi. Chunki aksariyat imtihonlarning tuzilishi test (ko'p variantli savollar) asosida boʻlib, mazkur kitob ham aynan shu shaklda tayyorlangan.
-
Библиотека логопеда логопедический массаж при дизартрии
Массаж - это метод лечения и профилактики, представляющий собой совокупность приемов механического воздействия на различные участки по-верхности тела человека. Механическое воздействие изменяет состояние мышц, создает положительные кинестезии необходимые для нормализации произносительной стороны речи. В комплексной системе коррекционных мероприятий логопедический массаж предваряет артикуляционную, дыхательную и голосовую гимнастику.Массаж в логопедической практике используется при коррекции раз-личных нарушений: дизартрии, ринолалии, афазии, заикания, алалии. Пра-вильный подбор массажных комплексов способствует нормализации мышеч-ного тонуса органов артикуляции, улучшает их моторику, что способствует коррекции произносительной стороны речи.
-
Oʻzbek tilini sohada qoʻllash
Darslik talabalarga agrar sohaga terminlar bilan ishlash, ularning lug'atini tuzish, ilmiy maqolalarda terminlardan toʻg'ri foydalanish hamda ilmiy uslubni mukammal egallashda amaliy yordam beradi.
-
Huquqshunoslik
Jon V. Salmondning "Huquqshunoslik" nazariyasi asari XX asr boshlarida yozilgan huquq mutaxassislari va ilm-faniga oid ilmiy risoladir. Kitobda huquqshunos talabalarga, soha haqida va huquq nazariyasiga qiziqqan oddiy o'quvchilarga huquqiy tamoyillar huquqshunoslikning tushuncha berilgan.
-
Олма меваларини қуритишда тайёр маҳсулот сифатини ошириш учун технологик жараёнларни такомиллаштириш
Ушбу монография Д.З.Каримова томонидан тайёрланган. Мазкур қишлоқ қишлоқ хўжалик мутахассислари, маҳсулотларни қайта ишлаш бўйича тадбиркорлар, олий таълим муассасалари профессор-ўқитувчилар, докторантлар, магистралар учун тавсия этилади. Монография Кимёвий технологиялар факултети, Озиқ-овқат технологияси кафедрасининг 2025 йил 26-июнь №11 сон баёни билан нашрга тавсия этилган.
-
-
Rahbarlik san'ati
Ushbu o'quv qo llanmaning asosiy maqsadi -- kelajakda tashkilot va muassasalarda samarali rahbar boʻlishga intiluvchi shaxslarda nazariy bilimlar, amaliy ko'nikmalar va rahbarlik qobiliyatini shakllantirishdir. Shu bilan birga, rahbarlikning tarixiy evolyutsiyasi, asosiy vazifalari, funksiyalari, usullari va zamonaviy yondashuvlari haqida chuqur tushuncha berish ham nazarda tutilgan.
-
Mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning iqtisodiy-ekologik mexanizmlarini takomillashtirish (Xorazm viloyati misolida)
Ushbu monografiyada barqaror rivojlanish sharoitida mintaqa iqtisodiyotini iqtisodiy-ekologik rivojlantirishning nazariy asoslari yoritilgan, mintaqalarni barqaror rivojlantirishning iqtisodiy-ekologik ko‘rsatkichlari tahlil qilingan va mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishning iqtisodiy-ekologik mexanizmlarini takomillashtirish yo‘llari taklif qilingan. Monografiya natijalaridan oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar, magistrature talabalari va soha xodimlari foydalanishlari mumkin.
-
ЭШИТИШ АЪЗОЛАРИДА ФУНКЦИОНАЛ БУЗИЛИШЛАРИ БОР БЎЛГАН БОЛАЛАРНИНГ ЭШИТИШ ҚОБИЛИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ
Мазкур қўлланма эшитиш аъзоларида туғма ва орттирилган функционал бузилишлари бор бўлгани сабабли кохлеар имплантат ўрнатилган ёки қулоққа тақиладиган махсус эшитиш аппаратидан фойдаланадиган болаларда эшитиш қобилиятини ривожлантириш масалалари юзасидан ота-оналарга ва мутахассис шифокорларга амалий тавсиялар бериш учун мўлжалланган. Услубий қўлланмада эшитиш аъзоларида бирон бир нуқсони бор мактабгача таълим ва бошланғич мактаб ёшидаги болаларда эшитиш ҳамда ташқи оламдаги товушларни, нутқни тинглаб идрок этиш қобилиятларини ривожлантиришга ёрдам берадиган ўйин шаклидаги қизиқарли машқлар йигмаси баён этилган. Мажмуавий характердаги ушбу қўлланмада амалий тавсиялардан ташқари 4 та иллюстратив
-
Ўзбекистон: Учинчи Ренессанс-тараққиёт концепти. Бадиий публицистика. Урду тилидан бадиий таржима.
"Ўзбекистон: Учинчи Ренессанс — тараққиёт концепти" китоби Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёевнинг фалсафий фикрлари, ислоҳотлар йўлидаги ютуқлари ва стратегик қарашларини очиб берувчи бадиий публицистика намунаси ҳисобланади. Асарда ҳамкорлик — қарама-қаршиликни, билим — жаҳолатни, ишонч эса адоватни енга олиши ҳақидаги янги инсонпарварлик ғояси илгари сурилади. Муаллифнинг ўз ўқувчиларига йўллаган барча даъватлари айнан шу фикр замирида мужассам.
-
-
Energo audit
Ushbu qo‘llanma “Energoaudit” fanining mazmuni va amaliy ahamiyatini yoritishga qaratilgan bo‘lib, mavzular ketma-ketligi energetik tizimlarni chuqur tahlil qilish, energiya resurslaridan oqilona foydalanish va korxonalarda energiya tejamkorligini oshirishga xizmat qiladi. Unda energoauditning mohiyati, fanga kirish, asosiy tushunchalar va qonunchilik talablari bayon etilib, obyektlarda energiya auditi va ekspertizani o‘tkazish tartibi, audit metodlari hamda qisqa muddatli va detalli audit xususiyatlari tushuntiriladi.