-
-
-
-
Уйғур халқ мусиқаси Ўзбекистон композиторлари ижодида («Бу чинор» халқ қўшиғи талқинида)
Хашимов А.,Musiqa va tomosha san’ati, -
-
Musiqa va tomosha san’ati,
-
Musiqa va tomosha san’ati,
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Musiqa va tomosha san’ati,
-
-
-
Ovoz rejissyorligi akustikasi asoslari
Yunusova X.N.,“Ovoz rejissyorligi akustika asoslari” fanidan ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi Musiqiy ovoz rejissorligi ixtisosligi bo‘yicha tahsil oladigan talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, san`at sohasidagi talabalarga mos holda mavzularni texnik aspekti muhandis yoki boshqa texnik kasb egalariga qaraganda chuqur ko‘rsatilinmagan. Har bir ovoz yozuvida yozib olinadigan muhit muhim hisoblanadi. Shunday ekan, obyektni akustikasini bilish, u yerdagi tovush yutuvchi va qaytaruvchi materiallar haqida ma’lumotga ega bo`lish ovoz rejissyori uchun majburiy hisoblanadi. Ovoz rejissori bevosita tovush bilan ishlaydi, shunday ekan tovushning hususiyatlari, arqalishi, yutilishi va hokazolar haqida aniq tasavvurga ega bo`lishi lozim, Ushbu o‘quv qo‘llanmada talabalaming ushbu sohadagi bilimlarini yanada oshiradi, ko‘nikma va malakalarini boyitadi va O‘zbekistonda har tomonlama yetuk, malakali mutaxassislar yetishib chiqishiga zamin yaratadi.
-
Bastakorlar ijodi
Soibjon Begmatov,O‘quv qo‘llanma Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlari, musiqa san’ati sohasidagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, «Bastakorlik ijodi» fan dasturi asosida yaratilgan. Unda o‘zbek bastakorlik ijodiyotining shakllanish jarayoni, tarixiy manbalar va namoyandalar, bastakorlik amaliyotining tarixiy shakllanishi va rivojlanishi, ilmiy o‘rganilishi, yaratilgan manbalar, musiqa ijodiyotida samarali faoliyat olib borgan bastakorlarning hayoti, faoliyati va ijodi yoritilgan.
-
Ритмика казахской традиционной песни
A. E. Байгаскина,Вниманию читателей предлагается музыкально-теоретическое исследование по ритмике казахской традиционной песни.
-
Уйғур халқ мусиқаси Ўзбекистон композиторлари ижодида («Бу чинор» халқ қўшиғи талқинида)
Хашимов А.,Тақдим этилаётган ушбу ўқув-услубий қўлланманинг мақсади консерваториянинг композиторлик факультети магистратура босқичи талабаларини («Халқ куйларини қайта ишлаш» фанидан) композиторлик ижодида фольклор материалидан қай тарзда фойдаланиш мумкинлиги билан таништиришдан иборатдир. Уйғур фольклорининг намунаси бўлмиш «Бу чинор» қўшиғи мисолида композиторларнинг фольклордан фойдаланиш усуллари кўриб чиқилади. Ўзбекистон композиторлари мусиқий тафаккурининг кенгайишида халқ ижодий ресурсларининг роли белгилаб берилади. Қўлланма олий таълим муассасалари ўқитувчи ва талабаларига мўлжалланган, шу билан бир қаторда ундан санъат ва маданият коллежлари, лицейлари ўқитувчи ва ўқувчилари, фольклор билан шуғулланадиган композиторлар ҳам фойдаланишлари мумкин.
-
Ўзбек миллий кийимлари XIX-XX асрлар
Содиқова Н.,Кийим - кечаклар ўзбек халқи тарихи билан узвий боғлиқ бўлиб, у моддий - маданий ёдгорликлар ичида халқларнинг миллий ўзига хослигини акс эттириб, этник белгилари билан ажралиб туради. Кийимларда бирон - бир эл - элат тарихига бориб тақала-диган анъаналар, ижтимоий муносабатлар, маърифий, дин ва эстетик шаклларнинг айрим унсурлари ифодаланади. Жамият турмуши, иқтисодиёти ва сиёсатида ўзгаришлар бўлиб туриши билан бир вақтда кийим шакллари ҳам ўзгариб боради, унда халқнинг моддий аҳволи, кишиларнинг диди, гўзаллик тўғрисидаги идеаллари, хўжалик юритишнинг ўзига хос жиҳатлари ҳам-да оилавий турмушнинг баъзи томонлари ҳам кўзга яққол ташланади. Ўзбек халқининг кийим - кечаклари жуда хилма - хил, ранг - баранг ва жозибалидир. Маълумки, кийимлар бирон - бир байрамларда, маросимларда кийиладиган ҳамда кўчалик, уй-лик, кундалик кийимларга ажратилади. Кийимлар ўз навбатида ички, устки, бош - оёқ кийимларга бўлинади. Асосий мақсад: Мустақил Ўзбекистон Республикаси халқига миллий ўзлигини англатиш, унинг қадимдан то ҳозирги давргача бўлган анъана-вий, бетакрор кийимларини кўрсатиш, туман, қишлоқ ва шаҳарларда сақланиб келаётган фарқларни акс эттириш ва уларнинг давомийлигини англатишдан иборатдир. Ушбу асар мусаввирлар, театршунослар, кино арбоблари, санъатшунослар, этнограф олимлар, халқ ижодий ҳаваскорлар гуруҳлари раҳбарлари ва маданий меросимизга қизиққан кенг китобхонлар оммасига мўл-жалланган.
-
Aktyorlik san'ati va badiiy o'qishda ijro mahorat
Rollo Anson Tallkott,Ushbu o'quv qo'llanma aktyorlik san'ati va havaskorlik ijrosiga erishish yo'lida qilinishi lozim bo'lgan ishlarni o'z ichiga oladi. Bu esa talabadan o'qish va nutq texnikasini mukammal egallashni talab qiladi. O'quv qo'llanma oddiy o'quvchilar, kollej talabalari, nutq san'ati bo'yicha professional maktablar va shaxsiy studiyalar uchun mo'ljallangan.
-
An’anaviy cholg‘u ijrochiligi (dutor)
I. S. Toshpo'latova,Mazkur o‘quv qo'llanma O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “Cholg‘u ijrochiligi (an’anaviy cholg'ular)” bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. “Shashmaqom” tarkibidagi dutor cholg‘u ijrochiligiga xos bo‘lgan 24 ta maqom kuylari cholg'uga mos holda notaga olingan va ulardan 4 yil mobaynida kontsert-pedagogik repertuarlarni boyitishda foydalanish mumkin.
-
Хонандалик услубияти асослари
Галина МУХАМЕДОВА,Қўлланмада ашулачилик жараёнининг турли масалалари ёритилган. Вокал педагогикасининг асосий тамойил ва услублари, овоз ҳосил бўлишининг психологик, физиологик ва акустик асослари, ашулачилик малакалари шаклланишининг асосий йўллари кабилар шулар жумласидандир. Шу билимлар талабага замонавий илмий- услубий адабиётлар билан яқиндан танишиб олишга имкон яратиб беради.
-
SHARQ XALQLARI MAQOMLARI
Yunusov, Ravshan,Ushbu o‘quv qo‘llanma xorijiy Sharq xalqlari musiqa merosidan o‘rin olgan maqomot qamrovidagi janrlaming ilmiy asoslarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Ko’zlangan maqsadda ulaming yuzaga kelish omillari bilan tarixiy rivojlanish yo‘llarini yoritish barobarida tuzilish qonimiyatlari, ifoda vositalari, uslubiy va ijroviy xususiyatlari mumtoz milliy musiqa namunalari misolida ko‘rib chiqiladi.
-
Ansambl sinfi
Buriyeva Komilaxon,Mazkur o'quv qo'llanma musiqiy san at yo'nalishidagi Oliy ta'lim muassasalarida ansainbl sinfi bo'yicha saboq olayotgan bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan. O‘quv qo'llanma fan dasturi asosida yaratilgan bo'lib. unda talabalaniing jo'mavozlik, ansainbl bo ‘lib ijro etishlariga oid asosiy ma'lumotlar bayon etilgan.
-
Sahna nutqi
Maxsuma Hojimatova,Ushbu qo`llanma so`z san`atida mukammalikka erishishning dastlabki bosqichi - nutq texnikasi haqidagi so`z yuritiladi. U to`gri talaffuz, nafas olish, ertikulyatsiya, ovoz sozlash, va yaxshi diksiyani yo`lga qo`yishdagi mashqlar hamda multimediya bilan to`ldirilgan.
-
Sahna nutqi
U.Boltaboeva,Mazkur o’quv qo’llanma asosan Qo’g’irchoq teatri aktyorligi yo’nalishlarida “Sahna nutqi” fanining nazariy – amaliy tizimlarini o’rganish va o’zlashtirishning uslubiy asoslarini o’qitish uchun mo’ljallangan bo’lib, unda nutq texnikasi, artikulyatsiya, diktsiya nafas va ovoz ustida ishlash bo’yicha umumiy mashqlar kiritilgan. O’quv qo’llanmaning so’z ustida ishlash boblarida esa turli janrdagi adabiy matnlar tahlili, manzaraviy parchalar, tez aytish, maqol va matallar ijrosida nutqiy ohangdorlikka erishish, monolog, dialoglar, she’r, masal, ruboiy va g’azallar ustida ishlash natijasida nutqda ifodaviylikka erishish usullari bo’yicha tavsiyalarni o’z ichiga olgan. O’quv qo’llanma san’at va madaniyat institutlari hamda kollejlari talabalari, shuningdek, sahna nutqi bilan qiziquvchi san’at ixlosmandlariga mo’ljallangan.
-
Musiqa yaratish asoslari
Aventuras De Viaje,Ushbu kitob musiqani yaratish, bastalash va kompozitsiya qilish jarayonining nazariy hamda amaliy asoslarini o‘rgatishga bag‘ishlangan. Unda musiqaning tuzilishi, ohang va ritm uyg‘unligi, akkordlar tizimi, hamda professional musiqiy asar yaratishda qo‘llaniladigan usullar haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Kitob musiqaga qiziqqan o‘quvchilar, talabalar va bastakorlik yo‘nalishida o‘zini sinab ko‘rmoqchi bo‘lganlar uchun foydali qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Unda nazariy bilimlar bilan birga amaliy mashqlar, misollar va ijodiy topshiriqlar ham joy olgan.
-
Мақомот
Отаназар Матёқубов,Ушбу китоб тарихан шаклланган Бухоро, Хоразм, Фарғона-Тошкент макомлари ҳамда Ўзбекистон ва Тожикистонда юзага келган Шашмақом намуналарини умумий илдизларга мансуб мақомот тизими сифатида урганишга қаратилган илмий тадқиқот. Муаллиф мақомотнинг туб масалаларини кенг маданий-тарихий, фалсафий-эстетик ва илмий-амалий жараён билан узвий боғлаган холда кўриб чиқишга интилади.
-
An'anaviy xonandalik
Norova Sh.U.,“An'anaviy xonandalik" fani talabalarning xalq qo‘shiqchiligiga xos o`quv malakalarini shakflantirish, ularga xalq qo’shiqlarini jamoa bo`lib va yakka holda kuylay olish va maqom guruhlarini tashkil qila olish psixologiyasi bo‘yicha mukammal bilim berish va jamoaga rahbarlik qila olish xususiyatlarini singdirishdan iborat.
-
Zamonaviy bayramlar rejissurasi muammolari
V.Rustamov,Tavsiya etilayotgan ushbu qo`llanmda zamonaviy bayramlar rejissurasining o`ziga xos xususiyatlari, bayram va tomoshalarni tashkil etish va turli xil ijodiy va tashkiliy jarayonlar keng yoritilgan.
-
Xor sinfi va kamer xor
Djumayeva L., Sharafíyeva N.,Mazkur o‘quv qo‘llanmaoliy musiqata’lim muassasalari talabalari uchun mo' ljallangan bo‘lib, xor dirijyorligi ixtisosligining “Xor sinfi” va akademik vokal ixtisosligining “Kamer xor” fanlarini o'rganish uchun tavsiya etilndi. O‘quv qo‘llanmaning maqsadi - talabalar amaliy o'zlashtirish shuroitlarida xor va ansambl ijrochiligining spetsifik ko'nikmalarini egallashlari va takomillashtirishlaridir.
-
O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari ijodi
Obidov D,Mzakur o'quv qo'llanma barcha oliy ta'lim talabalariga mo'ljallangan
-
Folklor musiqa ijrochiligi
Nozim Qosimov,Mazkur o'quv qo'llanma folklor musiqa ijrochiligi janrining mustaqil yo‘nalishlaridan boigan o‘zbek xalq laparlari va ularning ijrochiligi bilan bog4iq masaialarni o‘z ichiga oladi. Shular bilan birgalikda qo‘llanmaga turli janr va xarakterdagi xalq qo'shiqlarining she’r hamda nota matnlari, shuningdek, folklor musiqa (jamoa) ijrochiligi fani bo‘yicha uch variantli test savollari kiritilgan.
-
Xorazmlik dramaturglar
Amanbayev B, Amanbayeva M,Mazkur o'quv qo'llanma dramaturgiya bilan qiziquvchi yoshlar uchun mo'ljallangan