-
Psixologiya,
-
-
-
Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat
X.Bekchanov, Z.Ibragimova, K.Sabirova, S.Pirjonov,Psixologiya, -
-
-
-
Psixologiya,
-
-
Psixologiya,
-
-
-
-
-
-
Huquq tartibot idoralari va harbiy sohada psixologik xizmat
Χ.Κ. Bekchanov, B.K. Ko'shakova,Psixologiya, -
-
-
-
-
Kitobxonlikka qiziqtirishning psixologik mexanizmlarini takomillashtirish
M.B.Saidmuratova,Mazkur qo'llanmada keltirilgan ma'lumotlar bugungi kunda dolzarb boʻlgan yoshlarda kitob o'qishga qiziqishni shakllantirish, kitob mutoalasi bilan intellekt sohasining aloqasi, bolalalrni maktab davridan boshlab nazariy dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirish masalalariga bag'ishlanadi. Ushbu qo'llanmadan "Amaliy psixologiya", "Pedagogika va psixologiya" ta'lim yo'nalishlarida o'qitiladigan "Rivojlanish psixologiyasi va pedagogik psixologiya" "Umumiy psixodiagnostika", "Psixologik xizmat" kabi fanlarni o'qitishda, shuningdek, pedagogika sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar va amaliy psixologlar foydalanishi mumkin.
-
Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi
Sh.A. Togonova, B.X.Avezova,Mazkur darslik maktabgacha ta'lim sohasining bakalavriat ta'lim yo'nalishi DTS, o'quv reja va o'quv dasturlari asosida pedagogika universiteti va institutlarining bakalavr: 60110200 - Maktabgacha ta'lim ta'lim yo'nalishi talabalari uchun "Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi" fani bo'yicha bo'lajak maktabgacha ta'lim mutaxassislari uchun mo'ljallangan bo'lib unda bolalar psixologiyasiningning nazariy asoslari: Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi fanida bolaning ruhiy rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar, xususan, ta'lim-tarbiya jarayonida shakllangan boy psixologik tajribalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalar psixologiyasining tarixiy rivojlanishi jarayonida bolalar psixikasini hisobga olgan holda tarbiya usullari, ta'limiy ta'sir vositalari va shaxs kamolotiga xizmat qiluvchi yondashuvlar shakllangan.
-
Kognitiv psixologiya
M. R. Sultonova,Mazkur darslikda "Kognitiv psixologiya" fanining mavzulari boʻyicha asosiy ma'lumotlar keltirilgan. Darslikda barcha mavzular uchun ma'ruza va seminar mashg'ulotlarni bajarishga qaratilgan nazariy materiallar va topshiriqlar berilgan. Darslik talabalar, o'qituvchilar, ta'lim-tarbiya, psixologik xizmat ko'rsatish jarayoni bilan bog'liq masalalarga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat
X.Bekchanov, Z.Ibragimova, K.Sabirova, S.Pirjonov,Mazkur darslikda boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmatni tashkil etishning nazariy-metodologik hamda amaliy asoslari yoritilgan. Unda psixologik xizmatning shakllanish tarixi, zamonaviy rivojlanish bosqichlari, dolzarb muammolari, gumanistik psixologiya va eksperimental paradigma asosida olib boriladigan tadqiqotlarning boshqaruv tizimidagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, shaxsning o'z-o'zini anglash jarayoni, o'zini boshqarish ko'nikmalari, o'z-o'zini kamol toptirish va rahbarlik salohiyatini rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. Darslikda amaliyotchi-psixolog faoliyatining oʻziga xos jihatlari, psixologik xizmat ko'rsatishning zamonaviy konseptual asoslari, sotsial-psixologik xizmatning ijtimoiy tizimdagi o'rni hamda ta'lim va boshqaruv sohalaridagi asosiy yo'nalishlari bayon etilgan. Ushbu darslik talabalar, magistrantlar, amaliyotchi-psixologlar, rahbar kadrlar va psixologik xizmat sohasida ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar uchun mo'ljallangan.
-
Muhandislik psixologiyasi
0. A.Abdurasulov,Ushbu oquv-uslubiy qo'llanmada muhandislik psixologik bilimlami о rganishda talabalaming nazariy materiallami о ‘zlashtirishda va bu bilimlami amaliyotda qo'llay olishga, muhandislik psixologiya haqida tasawurga va tushunchalarga ega bo'lishga e’tibor qaratilgan bo‘lib, undo o'quv kurslari bo ‘yicha о ‘tiladigan har bir mavzuga nazariy bilimlami mustahkamlash uchun ко rsatmalar tavsiya etilgan. Ushbu uchun о quv-uslubiy qo llanma bakalavriat yo nalishi bo'yicha ta lim olayotgan talabalar uchun mo ‘Ijallangan.
-
Muhandislik psixologiyasi.
Mustafayeva I.N., .Muhammodiyev.Sh.M,Ushbu uslubiy ko„rsatma ta‟lim standartlarini hamda “Muhandislik psixologiyasi” fanining o„quv dasturi asosida darslikdagi mavzularni zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida talabalarga yetkazib berish uchun tayyorlangan. Mazkur uslubiy ko„rsatmadan ToshDTUning barcha texnik ta‟lim yo„nalishlari uchun foydalanishlari mumkin.
-
Stress psixologiyasi
Iskandarov E.G'.,Stress psixologiyasi insonning tashqi va ichki omillarga nisbatan bildiradigan ruhiy hamda fiziologik reaksiyalarini, stressning yuzaga kelish mexanizmlarini va shaxsning emotsional barqarorligiga ta'sir etuvchi omillarni o'rganuvchi psixologiya fanining muhim yo'nalishlaridan biridir. Ushbu soha stressorlarning tabiati, ularning kognitiv baholanish jarayonlari, shaxsning moslashuv strategiyalari hamda stressni boshqarish usullarini ilmiy asosda izohlaydi. Stress psixologiyasi shaxsning psixik salomatligini mustahkamlash, stressni kamaytirish va sog'lom moslashuvni rivojlantirishga xizmat qiluvchi nazariy hamda amaliy tamoyillarni yoritadi. Mazkur qoʻllanmada stressning psixologik jarayonlari ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilinib, ularni samarali boshqarish bo'yicha zarur bilimlar bayon etilgan.
-
O'smirlik davrida aybdorlik hissi namoyon bo'lishning psixologik xususiyatlari
Atamuratova Z.I.,Mazkur monografiyada o'smirlik davrining o'ziga xos psixologik xususiyatlari, tadqiqotlarda oʻrganlik holati va o'ziga xosligi ilmiy-nazariy manbalar yordamida tahlili, o'smirlik davrida aybdorlik hissi namoyon bo'lishi, uning kichik va katta o'smirlik yosh davrida emperik o'rganish natijalari, tadqiqotning metodologik asosi va metodikalar tavsifi, o'smirlarda aybdorlik hissining psixodiagnostik tahlili keltirilgan.
-
Zamonaviy psixologiyada miqdor va sifat tadqiqot metodlari
Bekchanov Χ.Κ.,Darslik oliy ta'lim muassasi Psixologiya mutaxassislgi magistrantlari uchun mo'ljallangan. Darslikdan Zamonaviy psixologiyada miqdor va sifatli tadqiqot metodlari ma'ruza matni va seminar ishlanmasi o'rin olgan. Har bir mavzuda bilimlarni mustahkamlash uchun svollar, innovatsion pedagogik texnologiyalar asosidagi metodlar, tayanch tushunchalar, test topshiriqlari keltirilgan. "Zamonaviy psixologiyada miqdor va sifat tadqiqot metodlari" fanini o'rganishda an'anaviy usulda tahlil qilish hamda amaliy jihatdan tahlil qilishga doir bilimlar bilan boyitilgan.
-
Sotsial psixologiya
E.A.Naumenko, M.X.Djumaniyazova, Sh.O.O'ktamova, E.G.Iskandarov.,Oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun mo'ljallangan ushbu darslik eng muhim ijtimoiy-psixologik hodisa insonlarning guruhlar, jamoalar va jamiyatga birlashishi muammosini yoritadi. Unda bunday guruhlarda insonlarning o'zaro munosabatlarining nazariy, uslubiy va mazmuniy jihatları, shuningdek ijtimoiy ishning eng muhim va zarur hodisasi sifatida ishbilarmonlik aloqalari ko'rib chiqilgan. Insonlar o'rtasidagi guruhiy o'zaro ta'sir mexanizmlari va qonuniyatlari mavzusi ushbu voqelikning fundamental asosi bo'lgan va uning miqdoriy hamda sifat ko'rsatkichlarini belgilaydigan ijtimoiy-psixologik bilim nuqtai nazaridan yoritilgan. Darslikda ommaviy boshqaruv amaliyotida universal ta'sir va hokimiyat jarayonini aks ettiruvchi guruhiy dinamika, guruhiy effektlar va guruhiy kommunikatsiyalarning xususiyatlari tahlil qilingan.
-
Тафаккур психологияси
Ғозиев Э,«Тафаккур психологияси» номли ушбу ўқув қўлланмаси университетларнинг студентларига мўлжалланган бўлиб, психология программасида кўзда тутилган талаб ва принциплар асосида ёзилган.
-
Фидойилик — ҳаёт мазмуни
Фатхулла Э., Ибодулла Э,Ушбу рисолада фидойилик ҳаёт мазмуни, уни идрок этиш инсоннинг Ватанга, эл-юртга садоқат туйғуси сифатида миллий истиқлол ғояси билан уйғун ҳолда таҳлил этилади.
-
Ижтимоий психология ва ижтимоий амалиёт
Каримова.В,Қўлланма амалдаги "Психология" ихтисослиги дастурларининг талаблари ва тамойиллари асосида ёзилган. Унда амалиётчи психологлар учун ижгимоий психологиянинг асосий татбиқий соҳалари, ёшларни янгича ўзаро муносгкбатларга ўргатиш йўллари ва усуллари юзасидан назарий ҳамда амалий тажрибаларнинг якунлари умумлаштирилган.
-
Шахс психодиоагностикасининг проектив методлари
Ниязметова Г.,Китобчада шахснинг ички дунёсидаги узи англамаган, онг остида ётган холатларни диагностика киладиган методикалар тупланган. Йигилган тестлардан катталар ва болаларни диагностика килишда фойдаланиш мумкин. Ушбу тестлар шахсни ўз-ўзини билишига ва ўзини-ўзи англашнга ёрдам беради.
-
Ғайриихтиёрий онг мўъжизалари
Жон Кехо,Мен ўзимнинг оғзаки маьрузаларимни қоғозга туширишга ёрдам берган Жойс Гамильтондан миннатдорман. Унинг раҳбарлигида 6у китоб дунёга келди. Шунингдек, рисолани нашр қилишга маслаҳат ва ёрдамлари учун Рик ва Дженнифер Беайсгрога , "Китоб яратилиши керак" - деган қаьтий талаб билан мени ёзишга ундаган ҳамкорим ва дўстим Сорайне Отманга, ниҳоят муҳаббати, қўллаб-қувватлашлари ва ғамхўрлиги учун Силвияга ташаккур билдираман.
-
Huquq tartibot idoralari va harbiy sohada psixologik xizmat
Χ.Κ. Bekchanov, B.K. Ko'shakova,Huquq-tartibot idoralari va harbiy sohada psixologik xizmat inson omilini chuqur anglash, kasbiy barqarorlikni ta'minlash va stressli vaziyatlarda samarali faoliyat yuritishni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli faoliyatdir. Ushbu sohada xizmat qiluvchi mutaxassislar o'z faoliyati davomida yuqori darajadagi emotsional bosim, xavfli sharoitlar va mas'uliyatli qarorlar qabul qilish zaruratiga duch keladilar. Shu bois, psixologik xizmat xodimlarning ruhiy tayyorgarligini mustahkamlash, stress va travma oqibatlarini bartaraf etish, jamoada sog'lom psixologik muhitni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur o'quv qo'llanma huquq-tartibot va harbiy tizimda psixologik xizmatni tashkil etishning nazariy asoslari, amaliy yo'nalishlari hamda zamonaviy psixoprofilaktika va reabilitatsiya usullarini yoritishga xizmat qiladi.
-
Ta`lim muassasalarida psixologik xizmat
Odamova O'g'iljon Kenjayevna,Mazkur darslik "Ta'lim muassasalarida psixologik xizmat" fanining fan dasturiga asoslanib tayyorlangan bo'lib, ma'ruza mavzulari bo'yicha nazariy ma'lumotlar keltirilgan. Ma'ruza mavzularini to'ldirisga yordam beruvchi psixologik xizmatga doir lug'atlar, testlar to'plami va barcha mavzular uchun seminar mashg'ulotlarni bajarishga qaratilgan nazariy savollar va topshiriqlar berilgan. Darslikda ma'ruza va seminar mashg'ulotlarini samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi pedagogik texnologiyalarning to'plami ham o'rin olgan.
-
XXI asr psixologiyasi
N.Salayeva S.D.Pirjonov,Mazkur darslikda "XXI asr psixologiyasi" fanining mavzulari boʻyicha asosiy ma'lumotlar keltirilgan. Barcha mavzular uchun seminar (amaliy) mashg'ulotlarni bajarishga qaratilgan nazariy materiallar va topshiriqlar berilgan. Darslik professor-o'qituvchilar, talabalar, ta'lim-tarbiya va inson ruhiyati bilan bog'liq masalalar bilan qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Ниятнинг кучи
Синельников В.,Бу китоб ҳаётдаги истакларингизга муносабатингизни ўзгартиришга, иродангизни кучли, ҳаётингизни эса-ёрқин ва бахтли қилишга ёрдам беради
-
Стрессдан эмланиш
Валерий Синелников,В. В. Синелников машҳур амалиётчи психотерапевт, психолог, минглаб одамга соғлиғини тиклаш, моддий фаровонлигини ошириш, ҳаёт қувончини ҳис қилишга ёрдам берган оддий ва самарадорлиги билан ўзига хос бўлган психологик методикалар муаллифи. Унинг бу китобидан қандай қилиб онг остингиз имкониятидан куч ва энергия тўплаш, муаммоларингизни тушуниш, стресс ва касаллик нималигини батамом унутиш учун фойдаланиш мумкинлигини билиб оласиз. Китоб шифобахш кучга эга. Унинг ижобий таъсири китобни қўлга олган пайтингизданоқ бошланади