Psixologik konsultatsiya va psixokorreksiya

Kitob mualliflari Qudratullayeva R.B.,

Psixologik konsultatsiya va psixokorreksiya oʻquv kursi M.Ulug bek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetining "Ijtimoiy fanlar" fakulteti psixologiya boʻlimi, "Yoshlar psixologiyasi", "Oilaviy psixologiya", “Amaliy psixologiya" bakalavriat ta'lim yoʻnalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun umumiy kasbiy oʻquv fani hisoblanadi. Ushbu kurs uchinchi kurs talabalariga oʻqitiladi. Psixologik konsultatsiya va psixokorreksiya amaliy psixologiyaning yoʻnalishlaridan biridir. O'quv qo'llanma psixologik konsultatsiya va psixokorreksiyaning eng muhim qoidalarini ochib berishga bag'ishlangan. Ushbu o'quv qo'llanmada yordam berish munosabatlarining turli shakllariga katta e'tibor beriladi, ulardan biri psixologik konsultatsiyadir. Psixologik konsultatsiya, psixoterapiya va psixokorreksiya oʻrtasidagi farqlar, mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi va huquqiy chegaralaridagi farqlar ham koʻrib chiqiladi. Ushbu kursda tadqiqotning predmeti, obyekti, maqsadlari, vazifalari, konsultativ psixologiya va psixokorreksiya funksiyalari oʻrganiladi. Psixolog-konsultant ishining axloqiy muammolariga, uning kasbiy malakasiga, psixologik muammoning kelib chiqishiga, emotsional holatlar bilan ishlashga, shuningdek, madaniyatlararo konsultatsiya berish masalalari va istiqbollariga alohida eʼtibor qaratiladi. Ushbu fan bakalavrlarning ilmiy faoliyati va amaliy ishlarida qoʻllaniladigan konsultatsiya, psixokorreksiya psixologiyasi sohasidagi talabalarning bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish uchun moʻljallangan.

Bilimlar sohasi: | Psixologiya |
UDK 159.9.07(075.8)
Kitob nashriyoti nomi: Ma'rifat
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9910-765-14-8
Kitob nashr qilingan yili: 2023 Yil
Betlar Soni: 140
Kitob tashqi havolasi (to‘liq matni): Yuklab olish
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Fayl formati: pdf
Fayl format turi: application/pdf
Fayl hajmi: 65.93 MB
Hujjat turi: O‘quv qo‘llanma
Nashr tili: O‘zbekcha
Kataloglashtirish manbai: O'zbek lotin
Hujjat tipi: Elektron shaklda
Kirish huquq turi: YOPIQ KIRISH

Kitobga aloqador kitoblar