-
-
-
-
-
-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
Algoritm tillari va dasturlash 1
Mamadaliyev X, Turg'unov A, Matyakubov M, Sapayev Sh.,Ilmiy axborot faoliyati. Informatika, -
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
-
Maple7 dasturi yordamida oliy matematika masalalarini yechish 2-qism
E.M.Mirzakarimov,Ilmiy axborot faoliyati. Informatika, -
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
-
Алоқа қурилмаларининг электр таъминоти
Маҳкамжонов Б. М., Алиев У. Т., Сапаев М. С., Худайберганов Ш. К.,Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
Dasturlash
J.Yusupova,―Dasturlash‖ fanidan oʻquv qoʻllanma Oliy ta‘lim muassasalari bakalavr birinchi bosqich talabalari uchun moʻljallangan boʻlib, Oliy va oʻrta maxsus ta‘lim vazirligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Dj.Sultanov tomonidan 2024-yil 30-avgustdagi №138-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan oʻquv dasturi boʻyicha oʻrganish uchun moʻljallangan materiallarni oʻz ichiga oladi.
-
Latexga kirish
Allaberganova Muyassar,"LaTeXga kirish" o'quv qo'llanmasida LaTeX tizimining asosiy tushunchalari, rivojlanish tarixi, hujjat yaratish va formatlash tamoyillari yoritilgan. Qo'llanmada hujjat strukturasi va stili, sahifa parametrlarini sozlash, jadvallar, tasvirlar, grafik obyektlar hamda matematik formulalar bilan ishlash usullari nazariy va amaliy jihatdan bayon etilgan.
-
Multimedia aloqa tarmoqlari
M.Jumaboyeva,Ushbu o'quv qo'llanma 60611000- Telekommunikatsiya texnologiyalari ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada an'anaviy kanal kommutatsiyali aloqa tarmoqlaridan zamonaviy paketli kommutatsiya (VoIP/NGN) tizimlariga o'tish tamoyillari tizimli ravishda yoritilgan. Kitobda jismoniy sathdagi raqamli signallar va El oqimini shakllantirish, UKS7 (SS7) signalizatsiya protokollari, multimedia signallarini paketli tarmoqlarda uzatish hamda Softswitch (ZTE ZXSS10) arxitekturasida amaliy xizmatlarni sozlash masalalari qamrab olingan. Shuningdek, teletrafik nazariyasi asosida multimedia tarmoqlarida yuklamani hisoblash usullari amaliy misollar bilan ko'rsatib o'tilgan.
-
Dasturlash asoslari
Ashurov M.O‘.,O'quv qo'llanma ommalashib borayotgan yuqori darajadagi C++ tilida dasturlash asoslarini qamrab olgan va unda algoritmlar, dasturlash tillari haqidagi ma’lumotlar ham keltirilgan.
-
Axborot texnologiyalari: nazariya va amaliyot
Ma'lumotlarni uzatish va qayta ishlashda kompyuterlardan foydalanish ax-borot texnologiyalari sohasining asosini tashkil etadi. Ushbu yo'nalish kompyu-ter texnikasi, dasturiy ta'minot, elektron tijorat, internet va telekommunikatsiyani qamrab oladi.
-
Kompyuterli matematik tizimlar
Madatov Xabibulla,Mazkur o'quv qo'llanma "Kompyuterli matematik tizimlar" fanini o'rganayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda zamonaviy kompyuterli matematik tizimlarining nazariy asoslari, matematik va dasturiy imkoniyatlari hamda amaliy qo'llanilishi batafsil yoritilgan. Qo'llanmada kompyuterli matematik tizimlarining sinflari va tuzilmasi, MATLAB tizimining tarkibi, arifmetik, mantiqiy va simvolik ma'lumotlar sinflari, tuzilmalar va yacheykalar massivi, ma'lumotlar sinfini tekshirish, vektorlar, skalyar ko'paytma va vektor normasi kabi mavzular ilmiy-uslubiy jihatdan izchil bayon qilingan. Shuningdek, nazariy tushunchalar amaliy misollar, MATLAB dasturlash muhiti elementlari, nazorat savollari hamda test topshiriqlari bilan boyitilgan. Mazkur o'quv qo'llanma talabalar, magistrantlar, ilmiy izlanuvchilar hamda kompyuterli matematik tizimlari, matematik modellashtirish va ilmiy hisoblash texnologiyalari bilan shug'ullanuvchi mutaxassislar uchun foydali manba hisoblanadi.
-
Algoritm tillari va dasturlash 1
Mamadaliyev X, Turg'unov A, Matyakubov M, Sapayev Sh.,Mazkur o'quv qo'llanma 60540200 Amaliy matematika ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda zamonaviy dasturlash texnologiyalari va C++ dasturlash tilining nazariy hamda amaliy asoslari yoritilgan. Qo'llanmada dasturlash tillarining rivojlanishi, C++ tilining tuzilishi, Net platformasi, Microsoft Visual Studio muhiti, shuningdek tilning asosiy tushunchalari, operatorlari va ma'lumotlar turlari keng bayon etilgan. Amallar ustivorligi, mantiqiy va razryadli operatorlar, matematik funksiyalar hamda tur almashtirish qoidalari amaliy misollar asosida tushuntirilgan. Har bir mavzu bo'yicha masalalar, ularni yechish algoritmlari, C++ va Python dasturlash tillarida tuzilgan dasturiy namunalar keltirilgan. Shuningdek, talabalar bilimini mustahkamlash va baholash uchun nazorat savollari berilgan.
-
Dasturlash
F. Yusupov, D.F.Y Usupov, I.Sh. Nafasov.,Ushbu o'quv qo'llanma Axborot tizimlari va texnologiyalari ta'lim yo'nalishi talabalariga "Dasturlash" faniga oid ma'ruza mashg'ulotlari, amaliy ishlar va mustaqil ishlash uchun topshiriqlar ham keltirilgan. O'quv qo'llanmada C# dasturlash tilinining tarixi, dastur tuzish va uni ishlatish, uning strukturasi, ma'lumotlar turlari va berilganlar, operatorlar, sikllar, massivlar va obyektga yo'naltirilgan dashturlashga oid mavzular boʻyicha nazariy mashg'ulotlarni tashkil etish uchun mo'ljallangan bo'lib, har bir nazariy ma'lumotlar majmuasi, mavzular boʻyicha nazorat savollari, fanga doir glossariy va adabiyotlar ro'yxatidan iborat.
-
Raqamli axborot texnologiyalari
Burxiyev Olimjon,Raqamli axborot texnologiyalari kursi bo'yicha nazariy ma'lumotlar fanning har bir inson hayotidagi va jamiyatning rivojidagi rolini ochib berish, kompyuterning texnik va dasturiy vositalarining imkoniyatlari, axborot tizimlari ba texnologiyalarini qo'llash haqida ma'lumotlar berilgan
-
Ma'lumotlar muhandisligi
U.I. Salayev,Mazkur o'quv qo'llanma 70610304-"ma'lumotlar ilmi (Data Science)" magistratura ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, katta hajmdagi ma'lumotlarni yig'ish, saqlash, qayta ishlash va tahlil qilish uchun samarali ma'lumot infratuzilmasini loyihalash va boshqarishni o'rgatadi. Ushbu qo'llanmada Ma'lumotlar muhandisligi (Data Engineering) fani va uning komponentlari, O'zbekistonda fanning rivoji, uzluksiz ta'lim tizimi, davlat ta'lim standartlari, didaktik tamoyillar, elektron resurslardan foydalanish usullari, dars va amaliyotlarning tashkiliy shakllari, nazorat va baholash metodlari hamda zamonaviy ma'lumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish yondashuvlari va dasturiy ta'minot bilimlari batafsil tahlil qilinadi. Ushbu qo'llanma muhandis-dasturchi, pedagog-tadqiqotchi, magistratura talabalari uchun muhim nazariy asos hamda amaliy ko'rsatmalar manbai hisoblanadi.
-
Dasturiy ta`minot qurilmasi va evalyusiyasi
M.F.Ibragimov,Ushbu “Dasturiy ta’minot qurilmasi va evolyutsiyasi” fanidan o‘quv qo‘llanma bakalavriatning “Dasturiy injiniring” yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 3-kurs talabalari uchun o‘zbek tilidagi o‘quv dasturi bo‘yicha o‘rganish uchun mo‘ljallangan zamonaviy materiallar, savol va topshiriqlarni hamda boshqa zaruriy maʼlumotlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, ushbu o‘quv qo‘llanma hozirda yirik hajmli dasturiy tizimlarning ichki tuzilishi asoslarini, kod darajasidagi sifat standartlarini va tizimlarni uzoq muddatli moslashtirish hamda rivojlantirish algoritmlarini o‘rgatishni o‘zida qamrab olgan bo‘lib, bundan tashqari axborot texnologiyalari sohasiga oid barcha yaratiladigan dasturiy mahsulotlar evolyutsiyasini, ularni refaktoring qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini tahlil qilish qobiliyatlarini shakllantiradi hamda bilim, ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.
-
Kompyuter tarmoqlari
S.T.Qilichev,Ushbu o'quv qo'Ilanmada "kompyuter tarmoqlari'' faniga tegishli bo'lgan, kompyuter tarmoqlari haqida umumiy tushunchalar, kompyuter tarmoqlarida qo'llanilgan kommunikatsion qurilmalar, tarmoq topologiyalari, axborot o'tkazish muhitlari, mobil tarmoqlari, global tarmoq internet haqida asosiy ma'lumotlar keltirilgan.
-
Maple7 dasturi yordamida oliy matematika masalalarini yechish 2-qism
E.M.Mirzakarimov,Ushbu uslubiy qo‘llanma, barcha oliy o‘quv yurtidagi texnika yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarning, 1-semestrdagi Oliy matematika fanidan, mustaqil ishlarni MAPLE7 dasturidan foydalanib bajarishlari uchun mo‘ljallangan. Uslubiy qo‘llanma Oliy matematika fanidan bir va bir necha o‘zgaruvchili funktsiyalarning limiti, hosilalari va ularning tadbiqlariga bag‘ishlamgan. Har bir bo‘limda nazariya bo‘yicha zaruriy ma’lumotlar keltirilgan, ularga mos namunaviy masalalarning yechimlari berilgan va bu yechimlarni MAPLE7 dasturi yordamida bajarish yo‘llari ko‘rsatilgan, shuningdek mustaqil ishlash uchun variantlar tuzilgan.
-
Maple7 dasturi yordamida oliy matematika masalalarini yechish
E.M.Mirzakarimov,Ushbu uslubiy qo‘llanma, barcha oliy o‘quv yurtidagi texnika yo‘nalishlari bo‘yicha tahlim olayotgan talabalar uchun, 1-semestrdagi Oliy matematika fanidan, mustaqil ishlarni MALE7 dasturidan foydalanib bajarishlari uchun mo‘ljallangan. Uslubiy qo‘llanma Oliy matematika fanidan analitik geometriya bo‘limining chiziqli tenglamalar sistemasini echish usullari, vektorlar, tekislikda to‘g‘ri chiziq, egri chiziq, fazoda tekislik, to‘g‘ri chiziq va ikkinchn tartibli sirtlar masalalariga bag‘ishlangan. Нar bir bo‘limda nazariya bo‘yicha mahlumotlar keltirilgan, ularga mos namunaviy masalalarni MALE7 dasturi yordamida echish yo‘llari ko‘rsatilgan, shuningdek mustaqil ishlash uchun variantlar tuzilgan.
-
Algoritmik tillar va dasturlash asoslari
Q.I. Jo‘rayev,Ushbu o‘quv qo‘llanma - amaliy matematika ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda bo‘lajak mutaxassislarga jamiyatni informatizatsiyalashni mos holda informatsion resurslardan foydalanish asosida informatsion talablarni qondirishning algoritmik nazariyasini rivojlantirish va savodxonligini oshirish, takomillashtirish yuzasidan amaliy malaka hosil qilishda o‘z ifodasini topgan.
-
Algoritmik tillar va dasturlash
T.Q.Xojiyev, I.O.Xajiyev,Ushbu o'quv qo''lanma Amaliy matematika va Matematik injiniring yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, o'quv rejadagi Algoritmik tillar va dasturlash predmeti dasturlariga mos keladi. Mazkur o'quv qo'llanma C# da dasturlash bo'yicha talabalarda nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash bilan bir qatorda, dasturlashni endi o'rganayotganlar uchun ham foydali adabiyot bo'lib xizmat qiladi.
-
Geografik axborot tizimlari
Mirmaxmudov E.R., Abdumo`minov B.O., Hasanov Sh.I.,Ushbu uslubiy qo'llanmada GIS PANORAMA dasturida klassik topografik xaritalardan foydalanib, relycfning fazoviy raqamli modelini yaratishning asosiy bosqichlari ko`rib chiqilgan. Gauss-Kruger ko’ndalang silindrsimon proyeksiyasida ma’lum masshtab uchun trapetsiya ramkalarini hosil qilish usullari va topografik xaritaning rastr tasvirini o’zgartirish usuli ko’rsatilgan. Raqamli modelni shakllantirish va balandliklar matritsasini qurishda optimallashtirish usullarini shakllantirish, shuningdek, ulami fazoviy koordinatalar tizimi bilan bog'lash uchun asosiy e’tibor izoliniyalarni scgmentatsiyalashga qaratilgan.
-
Ta'limda axborot texnologiyalari
T.Yu.Turayev,O'quv qo'llanma bakalavriat darajasi uchun maktabgacha tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish usullari ofis dasturlaridan foydalanishning yaxlit tizimini yaratishga qaratilgan bo'lib, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etishning imkoniyatlari, afzalliklari axborotlarni qayta ishlash va hisob-kitoblarni amalga oshirish, hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirish tamoyil va ulardan samarali foydalanishning ahamiyati haqida ma'lumotlar berilgan.
-
Коммуникация тизимлари
М.Х.Нуруллаева,Телекоммуникациялар сўзи масофадан туриб мулоқат қилиш воситаси деганини англатади (яъни ахборот алмашинувини) ва бундай мулоқотнинг турли усулларини амалга оширувчи технологиялар йиғиндисини кўзда тутади. Телефония ва телекоммуникациялар деган атамалар билан аталувчи тушунчаларни баъзида адаштиришади.
-
Алоқа қурилмаларининг электр таъминоти
Маҳкамжонов Б. М., Алиев У. Т., Сапаев М. С., Худайберганов Ш. К.,Ўқув қўлланмада анъанавий энергия манбалари, электр энергиясини ишлаб чиқариш ва уни тарқатиш ҳақида умумий маълумотлар келтирилган. Электр таъминоти тизимининг қисмлар ва алоҳида элементлари, уларнинг тузилиши ва ишлаш принциплари кўриб чиқилган. Шу билан бирга, трансформаторлар, тўғрилагичлар, стабилизаторлар, ўзгартиргичлар схемалари, шунингдек, аппаратуралар, электр таъминоти қурилмалари ва алоқа корхоналари электр таъминоти тизимлари қурилмаларининг умумий қуриш принциплари кўрсатилган. Ноанъанавий ва қайта тикланувчан энергия манбаларида қайта тикланувчан энергияни ўзгартириш принциплари ва схемалари кўриб чиқилади.