Python dasturlash tilida tabiiy tilni qayta ishlashning amaliy usullari

Kitob mualliflari G'ayrat Matlatipov,

Mazkur o‘quv qo‘llanma Python dasturlash tilining NLTK (Natural Language Toolkit) kutubxonasi yordamida tabiiy tilni qayta ishlashning amaliy usullarini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda matnlarni oldindan qayta ishlash, tokenlarga ajratish, stemming, lug‘aviy shaklga keltirish, so‘z turkumlarini aniqlash, nomlangan obyektlarni tanish, xususiyatlarni ajratib olish hamda matnlarni tahlil qilish va tasniflash masalalari yoritilgan. Qo‘llanmada NLTK kutubxonasining asosiy imkoniyatlari misollar asosida tushuntirilgan hamda tabiiy tilni qayta ishlash texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan. O‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasalarining 70230101 – Kompyuter lingvistikasi magistratura mutaxassisligi talabalari, magistrantlari, ilmiy tadqiqotchilar va tabiiy tilni qayta ishlash texnologiyalariga qiziquvchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.

Bilimlar sohasi: | Ilmiy axborot faoliyati. Informatika |
UDK 004.438(Python):004.912(075.8)
Kitob nashriyoti nomi: Khwarezm publication
Kitob nashr qilingan shahar: Urganch
ISBN: 978-9910-335-02-0
Kitob nashr qilingan yili: 2026 Yil
Betlar Soni: 160
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Fayl formati: pdf
Fayl format turi: application/pdf
Fayl hajmi: 3.81 MB
Hujjat turi: O‘quv qo‘llanma
Nashr tili: O‘zbekcha
Kataloglashtirish manbai: O'zbek lotin
Hujjat tipi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: YOPIQ KIRISH

Kitobga aloqador kitoblar