-
-
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
Web dasturlash
Alimov R. X., Sobirov A. A., Saydullayeva S. A., Sharipov B. A., Akromov A. A,Ilmiy axborot faoliyati. Informatika, -
Transport logistikasi asoslari
Soliev E.A., Qulmuxamedov J.R., Mirzaev F.R., Adilov O.K., Mirgiyazov X.A., Nazarov K.M.,Umumtexnikaviy fanlar, -
Умумий фитопатология ва микробиология
Саттарова Р. К., Хакимова Н. Т., Холмурадов Э. А., Аллаяров А. Н.,Mikrobiologiya, -
Ўсимликлар физиологиясидан амалий машғулотлар
Абдуллаев P .А., Асомов Д .К ., Бекназаров Б .О ., Сафаров К.С.,Umumiy biologiya, -
-
Texnologik jarayonlarni boshqarish va pochta xizmati
Mo`minov N. A., Nazarova G .N.,Umumtexnikaviy fanlar, -
-
Texnologiya ta'limida ilg'or pedagogik texnologiyalar
Oʻ.Y. Qalandarova, A.N. Xudayberganov.,Pedagogika va metodikalar, -
-
-
Yengil sanoat ishlab chiqarishi,
-
Engil sanoat jihozlarini ta’mirlash va tiklash asoslari
Olimov Q.T. , Nurboyev R.X. , Uzoqova L.P., Bafoyev D.X.,Yengil sanoat ishlab chiqarishi, -
Yengil sanoat ishlab chiqarishi,
-
-
Yengil sanoat ishlab chiqarishi,
-
-
Antropologiya
Yunusxodjayeva X.M, Isayeva D.X,Ushbu darslik bakalavrlar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda odamninig anotomikya va marfologiya elementlari, odom tanasi tashqi shaklining umumiy tasvifi, odom tanasi tashqi shaklining asosiy morfologik belgilari, odom gavdasining o'lchamlarini tekshirish usullari keltirilgan.
-
Kiberxavfsizlik siyosati
Q.S.Raxmonov , F.A. Bekkamov,Darslik bugungi kunning eng dolzab masalalaridan biri bo‘lgan kiberxavfsizlik siyosati tushunchasining dolzarbligi va uning ahamiyati kabi muhim masalalarini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan bo‘lib, axborot tizimlari va texnologiyalaridagi ma’muriy, apparat va dasturiy ta’minotda qo‘llaniladigan siyosatlarni yoritib beradi. Xususan, darslikda kiberxavfsizlik tushunchasi, evolyutsiyasi, maqsadlari, qaror qabul qiluvchilar uchun zarur hujjatlar va kataloglar, kiberxavfsizlik siyosatini ishlab chiqishda kiberxavfsizlikni xalqaro yondashuvlar, ta’minlashda milliy geopolitikaning qonunchilik, ahamiyati, kiberxavfsizlik siyosatini amalga oshirish va rivojlantirish masalalari, korporatsiya, jismoniy shaxslar va huquqni muxofaza qilish organlarining kiberxavfsizlikni ta’minlashdagi o‘rni, axborot tizimlari va ularni boshqarish jarayonlaridagi siyosatlar, kiberxavfsizlik vositalari, xodimlarni kiberxavfsizlik bo‘yicha o‘qitish kabi qator masalalar keltirib o‘tilgan.
-
Замонавий почта алоқаси
Л.Н.Жўраев, Ғ.Р.Маматқулов, Р.Ф.Худойбердиев,Ушбу ўқув қўлланма “Замонавий почта алоқаси” фани маъруза машғулотлари учун тайёрланган бўлиб, ўлкамизда почта алоқасининг ривожланишининг яқин тарихи, унинг хизматларини тақдим этиш бўйича технологик жараёнлар, Ўзбекистон Республикаси почта алоқасининг янги хизмат турлари ва почта алоқаси объектларини замонавийлаштириш орқали яратилган янги, замонавий технологиялар ва дастурий таъминотлар юзасидан билимларни ўз ичига олган. Ўқув қўлланма “Почта алоқаси технологияси” йўналиши талабалари учун мўлжалланган.
-
Web dasturlash
Alimov R. X., Sobirov A. A., Saydullayeva S. A., Sharipov B. A., Akromov A. A,O‗quv qo‗llanma ―Web – dasturlash‖ fani dasturiga muvofiq tayyorlangan bo‗lib, unda web texnologiyalari asoslari, Gipermatn belgilash tili – HTML haqida ma‘lumot, JavaScript tilining imkoniyatlaridan foydalanish, Visual Studio tizimi to‗g‗risida umumiy tushuncha, CSS (Cascading Style Sheets) texnologiyasi to‗g‗risida ma'lumot kabi mavzularga e‘tibor qaratilgan bo‗lib, u 5111000 - Kasb ta'limi (5330200 - informatika va axborot tеxnologiyalari) hamda 5330200 - Informatika va axborot tеxnologiyalari (iqtisodiyot) bakalavriat ta‘lim yo‗nalishlari talabalari uchun ―Web – dasturlash‖ fanidan o‗quv qo‗llanma sifatida tavsiya etiladi.
-
Transport logistikasi asoslari
Soliev E.A., Qulmuxamedov J.R., Mirzaev F.R., Adilov O.K., Mirgiyazov X.A., Nazarov K.M.,O'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining "Tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi" mutaxassisligi bo'yicha ta`lim olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, undan logistika sohasida faoliyat olib borayotgan barcha mutaxassislar foydalanishlari mumkin.
-
Умумий фитопатология ва микробиология
Саттарова Р. К., Хакимова Н. Т., Холмурадов Э. А., Аллаяров А. Н.,Мазкур дарслик ўсимликларда учрайдиган турли хил юқумли ва юқумсиз касалликлар, уларни кўзғатувчиларининг систематикаси, биологияси, морфологик хусусиятлари, кўпайиш усуллари ва бошқалар тўғрисидаги маълумотларни ўз ичига олган. Дарсликда ўсимликларни юқумли ва юқумсиз касалликлардан ҳимоя қилишнинг услуби ва назарий асослари келтирилган. Дарслик "Умумий фитопатология ва микробиология" фани юзасидан тузилган намунавий дастур асосида ёзилган бўлиб, у олий ва ўрта махсус билим юрти талабалари, профессор-ўқитувчилар ва қишлоқ хўжалиги тизимида ишловчи ходимлар учун мўлжалланган. Дарсликдан кенг китобхонлар оммаси ҳам фойдаланиши мумкин
-
Ўсимликлар физиологиясидан амалий машғулотлар
Абдуллаев P .А., Асомов Д .К ., Бекназаров Б .О ., Сафаров К.С.,Ушбу қўлланмада ўсимликлар физиологиясининг асосий бўлимлари ҳисобланган ҳужайра физиологияси, сув алмашинуви, фотосинтез, нафас олиш, минерал озиқланиш, ўсиш ва ривожланиш, ўсимликларнинг чидамлилиги, ҳужайранинг физиологик фаол моддаларига тегишли лаборатория ишларини классик ҳамда замонавий услубларда бажариш йўллари тўла баён қилинган
-
Logistika
Tairova M.M, Abdulloev A.J,O`quv qo`llanma mavjud namunaviy dastur asosida tuzilgan. Keskin raqobat kurashi sharoitida har qanday korxona faoliyatida logistika muhim ahamiyat kasb etadi, shu jihatdan, ushbu o`quv qo`llanma logistika faoliyatining asosiy usullari, amalga oshirish tartibi, firmaning raqobat sharoitida logistika strategiyasini tanlash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu o`quvqo`llanma dan o’qituvchilar, mustaqil izlanuvchilar, talabalar, tadbirkorlar va marketingga qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.
-
Janna D'ark haqida uning safdoshi va kotibi Ser Lui de Kontning esdaliklari
Mark Tven.,Atoqli Amerika yozuvchisi Mark Tvenning bu romani fransuz xalqining nomi tillarda doston, o‘n yetti yoshida Fransiya qurolli kuchlarining bosh qo‘mondoni boigan (1412-yilda tug'ilib, 1431-yilda Ruan shahrida o'tda kuydirib oidirilgan) Janna d’Arkning ajoyib hayot yo‘li haqida yozilgan. Bu shijoatli donishmand qizchani tarixda Orlean qizi, Fransiyaning haloskori va boshqa yuksak nomlar bilan atashadi. Mark Tven 1908-yilda yozgan maqolasida: «Yozgan kitoblarim ichida eng yaxshi ko'radiganim «Janna D’ark»dir... - deb ta’kidlagan edi.
-
Texnologik jarayonlarni boshqarish va pochta xizmati
Mo`minov N. A., Nazarova G .N.,Ushbu kitobda O'zbekistonda pochta xizmatini rivojlantirish yo'llari, soxaga oid texnologik jarayonlarni boshqarish, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari hamda robototexnologik kom plekslam ing qo'llanilishi berilgan. K ito b pochta xizm atini avtomatlashtirish soxasidagi mutaxassislar, aspirantlar va talabalar uchun mo'ljallangan.
-
Chizmachilik
E.I.Ro'ziyev, R.A.Latipov,O'quv qo'llanmada kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun chizmachilik fani bo'yicha grafik topshiriqlar variantlari keltirilgan. Topshiriqlar chizmachilik fanining asosiy mavzulari bo'yicha tuzilgan boʻlib, ta'lim mazmunining majburiy minimumiga to'la mos keladi. Ushbu qo'llanmada chizmachilik fanining asosiy vazifalaridan boʻlgan texnika ta'limi yo'nalishini kuchaytirish, grafik tasvirlarning rivojlanishi va zamo-naviy grafikada milliylik komponentlari bilan tanishtirish maqsadida ilk bora o'quvchilarning konstruksiyalash va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan topshiriqlar variantlari alohida bo'limlar sifatida kiritildi. Bu bo'limlar materiallaridan fan o'qituvchilari chizmachilikdan olimpiada topshi-riqlarini tuzishda, shuningdek, fakultativ va to'garak mashg'ulotlarida ham sama-rali foydalanishlari mumkin.
-
Texnologiya ta'limida ilg'or pedagogik texnologiyalar
Oʻ.Y. Qalandarova, A.N. Xudayberganov.,Ushbu darslik hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib tayyorlandi, unda pedagogika, psixologiya, umumkasbiy hamda maxsus fanlardan olgan bilim va ko'nikmalarini amalga tadbiq etish, texnologiya ta'limi darslarini samarali hamda no'ananaviy tarzda tashkil etishni o'rgatishdan iborat. Texnologiya ta'limi dars jarayonlarida texnologiyalashtirish va ilg'or pedagogik texnologiyalami qo'llashni tadbiq etishni o'rgatishdan iborat.
-
Саодат саройининг калити
Тохир Малик,Ёзувчи Тоҳир Маликнинг ахлод-одобга доир рисолалари китобхонларга яхши таниш. Унинг уч фаслдан иборат “Одамийлик мулки” ахлоқ китоби кўпчилик диққатини тортди. Бу рисола асосида тартиб берилган “Келинлар дафтарига”, “Куёв бола, сизга айтар сўзим бор” китоблари ҳам нашр этилган. Адиб китобхонлар, хусусан, ота-оналар, мактаб, лицей, коллеж устозларининг таклифларини инобатга олиб, “Одамийлик мулки” асарини қисқартириб, тадқиқ қилиб, ўсмирларнинг талаби ва дидига, қизиқишига мослаган ҳолда қўшимчалар киритиб, “Умидимиз юлдузларига” тарзида нашрга тайёрлади.
-
Tikuv buyumlarini ishlab chiqarish jihozlari
Xojiyev A.,Ushbu darslik ilg‘or yengil sanoat korxonalaridagi brend kompaniyalarning takomillashtirilgan zamonaviy jihozlari, o‘quv va ilmiy adabiyotlar, ma’ruza matnlari asosida yozilgan bo‘lib, materiallarni tikuv korxonasiga qabul qilib olish, omborlarga joylashtirish, nuqsonlarini, o‘chamlarini nazorat qilish, bichish va ularni tikuv mashinasida ip bilan biriktirish jarayonini amalga oshiradigan, tayyor buyumga ishlov beradigan individual texnologik jarayonlarni hisobga olgan holda tikuv ishlab chiqarishining texnologik jarayonlari, mashinalarning tuzilishi, tavsifi va ulardagi sozlashlar haqida ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.
-
Tikuvchilik korxonalarining uskunalari
X.H.Samarxo'jayev,Мазкур маълумотнома-ўқувқўлланмасида мамлакатимиз корхоналаридаги ва турли чет эл фирмаларидаги тикувчилик ишлаб чиқаришининг барча босқичларига мўлжалланган ускуналар тўғрисида маълумот берилган.
-
Engil sanoat jihozlarini ta’mirlash va tiklash asoslari
Olimov Q.T. , Nurboyev R.X. , Uzoqova L.P., Bafoyev D.X.,Ushbuo‘quv qo‘llanmasi yengil sanoat sohasiga doir mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim olayotgan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undayengil sanoatkorxonalaridaqo‘llanadigan mashina vajihozlarining mustahkamligini oshirish, ularni montaj qilish va sinovdan o‘tkazish qoidalari, detallaming yeyilishi va nuqsonlari, mashinalarda sodir bo‘ladigan titrash va undan muhofazalash usullari, jihozlarni ishlatish va ta’miriash texnologiyasi hamda detallami qayta tiklash usiublari bayon etilgan.
-
Yengil sanoat jihozlari puxtaligi
F. A. Qurbonov, Sh. X. Behbudov,Ushbu o„quv qo„llanmada yengil sanoat mashinalarining ishonchliligi, mashinalarning puxtaligi va ularni ta‟mirlash haqida asosiy tushunchalar, texnik xizmat ko„rsatish, mashina va apparatlarning barqarorligi, mashina detallarini tiklash texnologik jarayonlari, detallarning yeyilishi va uning sabablari, jihozlarni ta‟mirlash, mashinalarni qismlarga ajratish to„g„risida umumiy ma‟lumotlar berilgan. Bundan tashqari tayyor mahsulotning tarkibi tajribalar o„tkazish jarayonlari orqali tahlil qilingan va nazariy usullari bayon etilgan.
-
Анна Каренина I қисм
Толстой Лев,Анна тимсоли орқали ёзувчи ҳаёт-мамот, инсон тақдири, яшашдан мақсад, одамзотнинг маънавий камолоти, аъмоли кабиларга ўзининг ҳаққоний ва самимий муносабатини билдиради.
-
Yengil sanoat jihozlariga texnik xizmat ko'rsatish
A.R.Amonov, J.O.Sharipov,Ushbu o'quv qo'llanmada ishlab chiqarish jarayonida yengil sanoatda qo'llaniladigan mashina va apparatlarga servis faoliyati, uning turlari, yengil sanoat korxonalarida mashina va uskunalarining tuzilishi va ularni tiklashda texnik xizmat ko'rsatishni tashkil qilish usullari to'g'risida umumiy ma'lumotlar berilgan.
-
Metall konstruksiyalari
Q. Saydullayev, K. Shukurova,Metall konstruksiyalar darsligi 2002-yili «Po'lat qurilmalar» va 2004-yili nashr qilingan «Maxsus metall konstruksiyalari» o‘quv qo‘llanmalari asosida yaratildi, lekin shu soha mutaxassislari va professor o‘qituvchilari tomonidan bildirilgan taklif va fikr- mulohazalar inobatga olgan holda, mazmunan yangi ma’lumotlar bilan to’ldirildi. Darslik mavjud me’yoriy hujjatlar va yangi o‘quv dasturiari asosida yozildi hamda internetdan olingan ma’lumotlar bilan boyitildi.