-
Sonli qatorlar, funksional qatorlar, xosmas integrallar, parametrga bog’liq xos va xosmas integrallar
U. E.Mamirov R.Mardiyev A.B.Ne’matov A.M.Ibragimov,Matematika., -
-
-
-
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
Matematika.,
-
Iqtisodiy geografiya,
-
-
-
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
-
-
Fizikadan praktikum
Begimqulov U.Sh., Gadoyev O.A., Kamolov J., G'oibnazarova G.N., Toshxonova J.A.,Fizika, -
-
-
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
Sonli qatorlar, funksional qatorlar, xosmas integrallar, parametrga bog’liq xos va xosmas integrallar
U. E.Mamirov R.Mardiyev A.B.Ne’matov A.M.Ibragimov,Sonli qatorlar, funksional ketma-ketliklar, funksional qatorlar, xosmas integrallar va parametrga bog’liq xosmas integrallar bo’limi matematik analiz fanining asosiy bo’limlaridan bo’lib hisoblanadi. Bu bo’limlarni chuqur o’rganish matematikaning ko’pgina sohalarini o’zlashtirishni va amaliy masalalarni yechishni osonlashtiradi. Sonli qatorlar bo’limida sonli qatorlarga oid ta’rif va tushunchalar, xossalari, yaqinlashish alomatlari keltirilgan, hamda bu xossalar misol va mashqlar yordamida batafsil tahlil qilingan. Funksional ketma-ketliklar va qatorlar, xosmas integrallar va parametrga bog’liq integrallar bo’limida ham ular haqidagi ta’rif va tushunchalar, va ularning xossalari keltirilgan. Misol va nazariy mashqlarni yechish yo’llari ko’rsatilgan holda ko’pgina tushuncha va ta’riflar yoritilib o’tilgan. Mustaqil yechish uchun ham yetarli darajada misol va nazariy mashqlar keltirilgan. Ushbu metodik ko’rsatma (qo’llanma) 2-kurs talabalariga va bu bo’limlarni mustaqil o’zlashtiruvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, talabalarga sonli qatorlar, funksional ketma-ketliklar, funksional qatorlar, xosmas integrallar, parametrga bog’liq integrallarni o’rganishning asosiy metodlarini, hamda funksional ketmaketlik va qatorlarning, xosmas integrallar va parametrga bog’liq xosmas integrallarning yaqinlashishga tekshirish texnikasini yaxshiroq o’zlashtirib olishga yordam beradi. Shuningdek, funksiyalarni qatorlar yordamida tekshirish, xosmas integrallarning qo’llanishiga doir amaliy ahamiyatga ega bo’lgan malaka va ko’nikmalarni egallashda ham asosiy manbalardan biri bo’lishi mumkin
-
Мадаминбек
ҚАҲРАМОН РАЖАБОВ,Ушбу тарихий рисолада Туркистон мустақиллиги учун курашган Мадаминбек қўрбошининг суврати ва сийраги яхши очиб берилган. Навқирон истеъдодли олимнинг бу асарида Туркистон қўрбошилари ўртасида алоҳида ажралиб турган Мадаминбекнинг ҳарбий ва сиёсий фаолияти, юрт озодлиги йўлида олиб борган курашлари батафсил ёритилган. Муаллиф архив ҳужжатлари ва бошқа манбалар асосида илк маротаба Мадаминбекнинг тўлақонли сиймосини ярата олган. Мазкур тарихий рисола кенг китобхонлар оммасига мўджалланган.
-
Ўзбекистон ХХ асрда. Биринчи жилд.(1900-1939)
Ражабов Қ,Ушбу йирик асар бир асрлик тарихий босқичнинг илмий таҳлилига бағишлангандир.Икки жилддан иборат китобнинг биринчиси 1900-1939,иккинчиси эса, 1939-2000 йилларни ўз ичига олади
-
Баҳоуддин Нақшбанд
Наврўзова Гулчехра,Мазкур фалсафий рисола нақшбандия тариқатининг асосчиси, машҳур авлиё Баҳоуддин Нақшбанднинг ҳаёти ва фаолияти ҳамда унинг таълимоти хусусида сўз боради.Рисола сўнгида Баҳоуддин Нақшбанд рубоийларидан намуналар ҳамда Бухорои шарифнинг етти пири-хожатон-нақшбандия тариқати назариётчиларининг номлари келтирилган.
-
Birinchi Renesans Allomalari
Xolmuradov R., Rahmatov M.,Ushbu o'quv qo'llanma O'zbekiston zamini tarixda buyuk Uyg'onish davrlariga beshik bo'lgan, dunyo ilm-fani rivojiga ulkan hissa qo'shgan ulug' mutafakkirlarni yetishtirib bergani qalamga olingan.Ushbu "Birinchi Renessans allomalari" nomli o'quv qo'llanmasi uchta kitobdan iborat turkumning dastlabkisidir. U jonajon Vatanimizning yangi tarixiga dastlabki chizgilar ekanligi bilan ham alohida ahamiyatga ega."Birinchi Renessans allomalari" nomli o'quv qo'llanmasi Vatanimiz taqdiriga befarq bo'lmagan keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan bo'lib, barcha ta'lim muassasalari, xususan, oliy o'quv yurtlari, tashkilot va idoralar, har bir xonadonga kirib borishimaqsadga muvofiqdir.Ushbu o'quv qo'llanma barcha oliy o'quv yurti talabalariga tavsiya qilinadi.
-
Soliq nazariyasi
Toshkulov A, Xudoyqulov S,Mazkur darslik bakalavriat bosqichining "Soliqlar va soliqqa tortish" yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan. Darslik haqidagifikr-mulohazalar, uni mukammallashtirishga doir takliflar mamnuniyat bilan qabul qilinadi.
-
Oliy matematikadan individual topshiriqlar to‘plami (ikkinchi qism)
Axmedov A.B.,Qo‘llanma ushbu nomdagi boshqa qo'llanmalarga nisbatan keltirilgan misollaming xilma- xilligi hamda texnikaning deyarli barcha sohalarini qamrab olishi bilan farqlanadi, ushbu sabablarga ko‘ra taijima mualliflari tomonidan ko‘p yillardan buyon keng foydalanilmoqda.
-
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya metodologiyasi
Komilova N.K., Jumaxonov Sh.Z.,Ushbu darslikda iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning hozirgi zamon mazmuni, tadqiqot obyekti va predmeti, shakllanishi hamda rivojlanish xususiyatlari, ichki tuzilishi, tadqiqot usullari ko‘rib chiqilgan. Darslik O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlari A5140600-Geografiya mutaxassisligi magistrantlariga mo‘ljallangan. Shuningdek, undan tayanch doktorant, doktorant va boshqa iqtisodiy va ijtimoiy geografiya bilan qiziquvchilar ham foydalanishi mumkin.
-
Analitik geometriya
Narmanov A.Y.,u darslik universitetlarning matematika, mexanika, tadbiqiy matematika va informatika, statistika yo'nalishlari uchun mo'ljallangan.
-
Ekoturizm
L.SH.Egamverdiyeva,Qo`llanmada zamonaviy ekologik muammolar, O`zbekistonda ekoturizmning resurslari va turlari, shuningdek, dunyo mintaqalari va ekoturizm markazlari yoritilgan.
-
Integral tenglamalar.
Solohiddinov M,Darslikda integral tenglamalarning klassik nazariyasi bir o`lchovli funksiyalar sinfida bayon qilingan.
-
Institutsional iqtisodiyot
Berkinov B.B,Ushbu darslik "Institutsional iqtisodiyot" fani dasturiga muvofiq yozilgan bo`lib,unda ushbu fanning metodologik asoslari,predmeti va asosiy tushunchalarining mazmun-mohiyati yoritilgan. Shuningdek,darslikda jamiyatda rasmiy va norasmiy institutlarning roliga, bozor instituti,shartnomalar,transaksiya xarajatlari,xufiyona iqtisodiyot, mulkchilik, firma, davlat va uy xo`jaligi rivojlanishining institutsional nazariyalarining asoslarini yoritishga keng o`rin berilgan.
-
Назарий механика
Ёқубов Ю.Н., Саидов С.А,Ушбу ўқув қўлланма педагогика институтларн учун назарий механика бўйича белгиланган дастур асосида ёзилган. Қўлланмада бутун курс статика, кинематика ва динамика қисмларига ажратилган ҳолда баён этилди. Кўпгина мавзулардан сўнг масалалар ечиб кўрсатилган ҳамда мустақил ечиш учун масалалар берилган
-
Astrofizika 1-qism
Sattorov I.,Ushbu darslik universitetlar va pedagogika institutlari "fizika-astronomiya" bakalavriyat yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan "Astrofizika" kursining 1-qismi bo'lib, u 7ta bobga bo'lingan va ularda hozirgi zamon astrofizik teleskoplarning turlari va ularni qo'llashdan maqsad, shuningdek, astrofizik tekshirish usullari bayon etilgan. 1-bobda astrofizikada qo'llaniladigan fizik fotometrik va spectral tahlil tushunchalari, ular bilan shunday astronomik tushunchalar orasidagi bog'lanishlar keltirilgan.
-
Fizikadan praktikum
Begimqulov U.Sh., Gadoyev O.A., Kamolov J., G'oibnazarova G.N., Toshxonova J.A.,Ushbu qo‘llanma pedagogika universiteti va institutlarining «Fizika va astronomiya», «Matematika - informatika» yo‘nalishlari dasturi asosida yozilgan bo‘lib, unda bakalavriat talabalari umumiy fizikaning «Optika» hamda «Kvant fizika» bo‘limlari bo‘yicha bajarishlari lozim bo‘lgan laboratoriya ishlarining tavsifnomalari berilgan. Qollanma optika va kvant fizikaga oid laboratoriya ishlari va mashqlarni o ‘z ichiga olgan. Mazkur qo‘llanmadan tabiyot fanlari, kasb-ta’limi fakultetlari talabalari, oliy texnika o ‘quv yurtlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, o‘rta umumta'lim maktab fizika o‘qituvchilari va o ‘quvchilari ham foydalanishlari mumkin.
-
Mexanika
Abdumalikov A. A., Sattorov H.M.,Ushbu o'quv qo'llanma Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan universitetlar fizika va astronomiya ta’lim yo'nalishlari uchun tasdiqlangan o'quv dasturiga mos holda yozilgan. Unda moddiy nuqta va qattiq jism kinematikasi va dinamikasi, kuch va energiya tushunchalari, saqlanish qonunlari, suyuqlik kinematikasi va dinamikasi qonunlari keng va atroflicha ko'rib chiqilgan hamda ularning tatbiqlariga katta e’tibor berilgan. Bundan tashqari, mavzularni mustahkamlash maqsadida har bir bobning oxirida nazorat uchun savollar va shu bobga tegishli masalalar joylashtirilgan.
-
Umumiy astronomiya.
Mamadazimov M.,Darslikni Pedagogika oliy o`quv yurtlarining fizika, fizika va astranomiya ixtisosliklari talabalari uchun umumiy astranomiya kursidan o`quv materiallari o`rganishda ham undan muhim o`quv vositasi sifatida foydalanishlari mumkin.
-
Kvant mexanikasi
M. M. Musaxanov, A. S. Rahmatov,Mazkur darslik “Nazariy fizika kursi'’ darsliklar majmuasining III jildi bo‘lib, asosan norelyativistik kvant mexanikasiga bag‘ishlangan.Darslikda kvant mexanikasining asosiy g'oyalari, matematik apparati,bir o'lchamli va markaziy maydonlardagi harakatlar, g‘alayonlanish va sochilish nazariyalari,spin va atomlar nazariyalari keltirilgan.Mavzularni tanlash va ulani bayon qilishda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Yadro va nazariy fizika” kafedrasida ishlab chiqilgan namunaviy o'quv dasturaga amal qilingan.Darslikda fizikaning zamonaviy yutuqlari o‘z aksini topgan. Har bir bobning masalalari va ularning yechimlari keltirilgan.
-
Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti
O.Shermatov,Ushbu darslikda raqamli iqtisudiyot sharoitida agrosanoatda integratsiya munosabatlarining yanada takomillashuvi natijasida shakllanadigan agrosanoat majmuasining mohiyati, uning tarkibi, iqtisodiyotda tutgan o`rni, majmuaga kiruvchi sohalarning hozirgi holati, rivojlanish yo'nalishlari, ulaming iqtisodiy resurslari va ulardan foydalanish darajasi hamda iqtisodiy samaradorligini oshirishning asosiy yo'nalishlari yoritilgan. darslikda agrosanoat majmuasining asosiy bo'g'ini hisoblanadigan qishloq xo'jaligi tarmog'ining уег-suv, mehnat, moddiy-texnika resurslaridan samarali foydalanish masalalari, tarmoqda ishlab chiqarishni tashkil etishning shakllariga oid mavzular batafsil yoritilgan.
-
Mintaqaviy iqtisodiyot
Yakubov I.О., Islomov A.A., Sunnatov M.N.,Darslik mazkur fan bo'yicha ma'ruza mavzularining konspekti, mustaqil ta'limga oid topshiriqlar, oraliq nazoratga oid o'quv loyihalarining namunaviy mavzulari, yakuniy nazoratga oid namunaviy savollar va topshiriqlar, fan bo’yicha videomaTuzalar va roliklar, har bir mavzu bo’yicha talabalarning mustaqil ishlashi uchun zarur bo’lgan adabiyotlar ro'yxatini hamda glossariylarni o‘z ichiga olgan. Darslik talabalarning amaliy bilim, malaka va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.