-
Tabiiy fanlar,
-
-
-
Umumiy biologiya,
-
Шаҳар кўчалари, йўллари ва транспорт
Хотамов Асадулла Тоштемирович, Шахидов Абдубори Фаттоҳович,Avtomobil yo‘li transporti, -
-
Iqtisodiyot nazariyasi. Siyosiy iqtisod. Makro iqtisodiyot. Mikro iqtisodiyot,
-
Tasviriy san’at sohasida badiiy havaskorlik,
-
-
-
-
-
-
-
Psixologiya,
-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
Turli iqlimiy va sun’iy sharoitlarda o‘simlikshunoslikning xususiyatlari,
-
-
-
Oziq-ovqat ishlab chiqarishning asosiy jarayonlari va apparatlari,
-
Tabiiy fanlar va geografiya o'qitish metodikasi
Abduraxmonov Botirjon Mirzamaxmudovich,Mazkur darslik 60530400–Geografiya ta‘limi yo'nalishi bo'yicha bakalavriat bosqichlarida tahsil olayotgan talabalarga mo'ljallangan bo'lib, u geograf-pedagoglarni tayyorlashda ilmiymetodik va amaliy asos sifatida xizmat qiladi. Darslikda geografiya ta‘limi metodikasining nazariy va amaliy asoslari, tarixiy shakllanishi, xorijiy davlatlar tajribasi, o'quv-metodik vositalar, innovatsion texnologiyalar, zamonaviy dars tashkil etish shakllari, baholash mezonlari va kompetensiyaviy yondashuvlar batafsil yoritilgan. Shuningdek, raqamli ta‘lim vositalari, GIS texnologiyalari, STEAM yondashuvi, fanlararo integratsiya va PISA baholash tizimi asosida amaliy topshiriqlarni tuzish bo'yicha metodik tavsiyalar ham keltirilgan.
-
Tasviriy san'at
Berdiyev Nurmon Ochilovich,Mazkur o'quv darsligi arxitektura va dizayn yo'nalishlariga ixtisoslashgan akademik lisey o'quvchilariga mo'ljallangan bo'lib, u "tasviriy san'at" fani bo'yicha amaldagi o'quv dasturi asosida tayyorlangan. Unda tasviriy san'at va uning jamiyatdagi o'rni haqidagi nazariy ma'lumotlar, tasvirlashning asosiy qoidalari bayon qilingan, amaliy ishlarni bajarish usullariga keng o'rin berilgan.
-
Mikrobiologiya va virusologiya
Vahobov A.H,Ushbu darslik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta‘lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va kadrlar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-son qarori talablarini inobatga olgan holda M.Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Biologiya fakulteti Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasida mavjud bakalavir talabalarni “Mikrobiologiya va virusologiya” o‘quv kursining ma’ruza mashg‘ulotlari mazmuni bilan tanishtirish hamda nazariy bilimlarni mustahkamlash uchun tuzilgan.
-
Biologik kimyo va molekulyar biologiya. 1-qism
Mirhamidova P., Valixonov M. N.,Mazkur darslikda oqsillarning strukturasi, xossalari, ularning biologik ahamiyati, nuklein kislotalar, lipidlar va ularning almashinuvi, tirik oganizmlardagi boshqa muhim biologik birikmalar haqida ma’lumotlar berilgan . Shuningdek , fermentlarniing tuzilishi, xossalari, gormonlar va ularning moddalar almashinuvidagi ahamiyati ham yoritilgan.
-
Шаҳар кўчалари, йўллари ва транспорт
Хотамов Асадулла Тоштемирович, Шахидов Абдубори Фаттоҳович,Дарсликда шаҳар транспорти инфраструктураси ҳақида, хусусан: шаҳар кўчалари, йўллари, уларнинг классификациялари, кўча-йўл тармоғининг асосий элементлари, зичлиги, унга қўйиладиган талаблар ва уларни режалаш асослари, кўча-йўлларда транспорт харакатининг назарий асослари, ўтказиш қобилияти, ташқи транспорт тармоги, шаҳар майдонлари, чорраҳалар, тармоқда жойлашувчи шаҳар ер ости мухандислик тармоқлари, автомобиллар сақланадиган жойлар ҳамда йўл пойиниқуриш тўҳрисидаги асосий маълумотлар келтирилган.
-
Сувоқчилик ишлари
А.М.Шепелёв,«Сувоқчилик ишлари» (русча асл номи: «Штукатурные работы») — таниқли қурувчи-муҳандис ва педагог Александр Михайлович Шепелёв томонидан ёзилган, қурилиш соҳасидаги энг машҳур ва фундаментал дарслик ва қўлланмалардан биридир. Бу китоб узоқ йиллар давомида собиқ Иттифоқ даврида, шу жумладан Ўзбекистондаги ҳунар билим юртлари (ПТЎ) ва қурилиш мактабларида асосий қўлланма сифатида ўқитилиб келинган.
-
Ekonometrika-2
Abdullayeva D.K.,Regression tahlil – bu eng avvalo keng ma’noda omilli tahlildir. Iqtisodiy omilli tahlil deb, dastlabki omillar tizimidan (natijaviy ko‘rsatkich) pirovard omillar tizimiga o‘tish, natijaviy ko‘rsatkichning o‘zgarishiga ta’sir o‘tkazuvchi to‘g‘ri miqdoriy o‘lchanadigan omillarning to‘liq to‘plamini o‘rganib, ochib berish tushuniladi.
-
Diniy va ziyorat merosi
M.Jumaniyazova, U.I.Abdullayev, I.Nurmetov.,Ushbu darslik zamonaviy turizm tizimida muhim yo'nalishlardan biri bo'lgan diniy va ziyorat merosining mazmun-mohiyati, tarixi, o'ziga xos xususiyatlari hamda uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini yoritishga qaratilgan. Darslikda diniy ziyoratlar tarixi, ularning turizm sohasidagi o'rni, dunyo va O'zbekistondagi asosiy ziyorat obyektlari, ularni boshqarish va rivojlantirish usullari ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. Shu bilan birga, darslikda ziyorat turizmining madaniy merosni saqlash, milliy an'analarni asrab-avaylash va yosh avlodni ma'naviy tarbiyalashda tutgan o'rniga alohida e'tibor qaratilgan. Turizm industriyasida xizmat ko'rsatish sifatini oshirish, ziyoratchilar uchun qulay muhit yaratish, ilmiy asoslangan marketing va menejment usullarini qo'llash bo'yicha tavsiyalar ham berilgan. Mazkur darslik turizm, madaniyat va dinshunoslik yo'nalishlarida tahsil oluvchi talabalar, ilmiy izlanuvchilar hamda amaliyotchilar uchun mo'ljallangan boʻlib, ularga diniy va ziyorat turizmining nazariy asoslari hamda amaliy qirralarini puxta o'zlashtirish imkonini yaratadi.
-
Jismoniy madaniyat va sport
Karimov A.K.,Mazkur darslik "Jismoniy madaniyat va sport" fani doirasida sport turlarining nazariy asoslari, tasnifi hamda ularning jismoniy, funksional va psixologik tayyorgarlikni shakllantirishdagi o'rni va ahamiyatini yoritishga bag'ishlangan. Unda sport turlari zamonaviy ilmiy-nazariy yondashuvlar asosida tizimlashtirilib, har bir sport turining harakat faoliyati xususiyatlari, asosiy texnik-taktik elementlari, jismoniy sifatlarni rivojlantirishga ta'siri va mashg'ulot jarayonini tashkil etish tamoyillari batafsil tahlil qilingan.
-
Материаллар қаршилиги
Р.С.Кинасошвили,Ушбу китоб материаллар қаршилиги курси бўйича қисқача ва соддалаштирилган классик дарслик ҳисобланади. Китобда машинасозлик бўлмаган (қурилиш, технологик ва бошқа) олий ва ўрта махсус таълим йўналишлари талабалари учун деформацияланувчи қаттиқ жисмлар механикасининг асослари баён этилган. Унда чўзилиш, сиқилиш, силжиш, буралиш, эгилиш каби оддий деформация турлари, шунингдек, мураккаб қаршилик ва устуворлик назарияси мустаҳкамлик ва бичилиш мезонлари асосида тушунарли тилда ёритилган. Назарий маълумотлар кўплаб амалий мисоллар, чизмалар ва назорат саволлари билан бойитилган бўлиб, фанни мустақил ўрганиш ва муҳандислик ҳисоб-китобларини ўзлаштиришда қулай қўлланма бўлиб хизмат қилади.
-
Саноат жиҳозлари ремонти
Б.Т.Гельберг, Г.Д.Пекелис,Китоби касб-ҳунар таълими муассасалари ва ўқув юртлари учун мўлжалланган асосий дарслик ҳисобланади. Слесарь-ремонтчиларни тайёрлаш ҳамда соҳа мутахассислари учун ўқув қўлланма. Ушбу китобнинг 1981 йилги 8-нашри ва 1988 йилги 9-қайта ишланган нашрлари кенг тарқалган бўлиб, унда жиҳозларни режали-огоҳлантириш таърифи, уларнинг деталларини тиклаш усуллари батафсил баён этилган.
-
Big data va berilganlar tahlili
Bekchanov Sh.K.,Mazkur "Big data va berilganlar tahlili" darsligi raqamli iqtisodiyot, sun'iy intellekt va ma'lumotlarga asoslangan boshqaruv texnologiyalarining jadal rivojlanishi sharoitida katta hajmdagi ma'lumotlarni saqlash, qayta ishlash, tahlil qilish va ulardan samarali foydalanish bo'yicha nazariy hamda amaliy bilimlarni shakllantirishga qaratilgan.
-
Zamonaviy psixologiyada miqdor va sifat tadqiqot metodlari
Bekchanov Χ.Κ.,Darslik oliy ta'lim muassasi Psixologiya mutaxassislgi magistrantlari uchun mo'ljallangan. Darslikdan Zamonaviy psixologiyada miqdor va sifatli tadqiqot metodlari ma'ruza matni va seminar ishlanmasi o'rin olgan. Har bir mavzuda bilimlarni mustahkamlash uchun svollar, innovatsion pedagogik texnologiyalar asosidagi metodlar, tayanch tushunchalar, test topshiriqlari keltirilgan. "Zamonaviy psixologiyada miqdor va sifat tadqiqot metodlari" fanini o'rganishda an'anaviy usulda tahlil qilish hamda amaliy jihatdan tahlil qilishga doir bilimlar bilan boyitilgan.
-
Механизм ва машиналар назарияси
Усмонхўжаев Ҳ. Ҳ.,Дарсликнинг иккинчи қисми механизмлар динамикасига бағишланиб, бунда, асосан, ясси механизмларнинг кинетостатикаси, Кинематик жуфт элементларидаги ишқаланиш масалалари, берилган кучлар таъсиридаги механизмларнинг ҳақиқий ҳаракат қонунини топиш, машина ва механизмлар назариясида электрон моделлашга оид ва бошқа материаллар берилган.
-
Sotsial psixologiya
E.A.Naumenko, M.X.Djumaniyazova, Sh.O.O'ktamova, E.G.Iskandarov.,Oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun mo'ljallangan ushbu darslik eng muhim ijtimoiy-psixologik hodisa insonlarning guruhlar, jamoalar va jamiyatga birlashishi muammosini yoritadi. Unda bunday guruhlarda insonlarning o'zaro munosabatlarining nazariy, uslubiy va mazmuniy jihatları, shuningdek ijtimoiy ishning eng muhim va zarur hodisasi sifatida ishbilarmonlik aloqalari ko'rib chiqilgan. Insonlar o'rtasidagi guruhiy o'zaro ta'sir mexanizmlari va qonuniyatlari mavzusi ushbu voqelikning fundamental asosi bo'lgan va uning miqdoriy hamda sifat ko'rsatkichlarini belgilaydigan ijtimoiy-psixologik bilim nuqtai nazaridan yoritilgan. Darslikda ommaviy boshqaruv amaliyotida universal ta'sir va hokimiyat jarayonini aks ettiruvchi guruhiy dinamika, guruhiy effektlar va guruhiy kommunikatsiyalarning xususiyatlari tahlil qilingan.
-
Raqamli axborot texnologiyalari
Madatov Xabibulla, Allaberganova Muyassar.,Ushbu darslik 60310300 Psixologiya ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, psixologik faoliyatda qo'llaniladigan raqamli axborot texnologiyalarini o'zlashtirishga xizmat qiladi. Shuningdek, undan pedagogika, psixologiya va axborot texnologiyalari sohasida tahsil olayotgan talabalar, magistrantlar, o'qituvchilar hamda ilmiy tadqiqotchilar kasbiy kompetensiyalarini oshirishda foydalanishlari mumkin.
-
Sun'iy intellekt asoslari
Madatov Xabibulla, Abdullayeva G.,Darslikda sun'iy intellektning tarixi va rivojlanish bosqichlari, bilimlarni ifodalash usullari, izlash algoritmlari (BFS, DFS, A*), mantiqiy xulosa chiqarish, mashinaviy oʻrganish, neyron to'rlar, genetik algoritmlar hamda ekspert tizimlar mavzulari ketma-ket va izchil bayon etilgan. Har bir bob nazariy material bilan birga amaliy misollar, psevdokodlar va mustaqil ishlash uchun topshiriqlarni o'z ichiga oladi.
-
Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi
A.G. Matvapayev,Darslikda "Jismoniy tarbiya va sport pedagogikasi" fanining maqsad va vazifalari hamda fanning umumiy nazariy asoslari yoritilgan. Unda, shuningdek, ta'lim jarayonini tashkil etishning shakllari, metodlari, tamoyillari, vositalari va usullari keng bayon etilgan. Shu bilan birga, tarbiyaning asosiy turlari hamda pedagogik mahoratning nazariy va amaliy jihatlari haqida batafsil ma'lumot berilgan.
-
Etnologiya
Jumaniyozova, М.Т.,Mazkur darslik 60220300 Tarix ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan boʻlib, 4 ta modulga ajratilgan. Ushbu darslikda etnologiya fanining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda zamonaviy ilmiy-nazariy asoslari yoritilgan. Darslikda etnologiyaning asosiy tushunchalari, dunyodagi yirik etnologik maktablar va ularning ilmiy yo'nalishlari, shuningdek, O'zbekiston etnologiya fanining taraqqiyoti keng tahlil etilgan. Ikkinchi modulda etnologik manbalar, ilmiy tadqiqot metodlari, etnografik va kiberetnologik dala tadqiqoti usullari haqida ma'lumot beriladi. Uchinchi modul dunyo xalqlarining geografik, xoʻjalik-madaniy, diniy, irqiy va lingvistik klassifikatsiyasini o'z ichiga oladi. To'rtinchi modulda esa jahon xalqlarining etnologiyasi Avstraliya va Okeaniya, Osiyo, O'rta Osiyo va Qozog'iston, Afrika, Amerika hamda Yevropa xalqlarining etnomadaniy xususiyatlari tahlil etilgan.
-
Умумий овқатланиш корхоналарининг иссиқлик жиҳозлари
А.Н.Вишелесский,«Умумий овқатланиш корхоналарининг иссиқлик жиҳозлари» китоби умумий овкатланиш техникумларининг технология ва механика бўлимлари учун дарслик сифатида мўлжалланган. Бу китобдан умумий овқатланиш корхоналарининг инженер-техник ва амалиётчи ходимлари ҳам фойдаланиши мумкин.