Diniy va ziyorat merosi
Kitob mualliflari
M.Jumaniyazova,
U.I.Abdullayev,
I.Nurmetov.,
Ushbu darslik zamonaviy turizm tizimida muhim yo'nalishlardan biri bo'lgan diniy va ziyorat merosining mazmun-mohiyati, tarixi, o'ziga xos xususiyatlari hamda uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini yoritishga qaratilgan. Darslikda diniy ziyoratlar tarixi, ularning turizm sohasidagi o'rni, dunyo va O'zbekistondagi asosiy ziyorat obyektlari, ularni boshqarish va rivojlantirish usullari ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. Shu bilan birga, darslikda ziyorat turizmining madaniy merosni saqlash, milliy an'analarni asrab-avaylash va yosh avlodni ma'naviy tarbiyalashda tutgan o'rniga alohida e'tibor qaratilgan. Turizm industriyasida xizmat ko'rsatish sifatini oshirish, ziyoratchilar uchun qulay muhit yaratish, ilmiy asoslangan marketing va menejment usullarini qo'llash bo'yicha tavsiyalar ham berilgan. Mazkur darslik turizm, madaniyat va dinshunoslik yo'nalishlarida tahsil oluvchi talabalar, ilmiy izlanuvchilar hamda amaliyotchilar uchun mo'ljallangan boʻlib, ularga diniy va ziyorat turizmining nazariy asoslari hamda amaliy qirralarini puxta o'zlashtirish imkonini yaratadi.
| Bilimlar sohasi: |
| Tasviriy san’at sohasida badiiy havaskorlik |
|
| UDK |
|
| Kitob nashriyoti nomi: |
Khwarezm publication |
| Kitob nashr qilingan shahar:
|
Urganch |
| ISBN: |
978-9910-280-61-0 |
| Kitob nashr qilingan yili: |
2026 Yil |
| Betlar Soni: |
328 |