-
-
Oila tarbiyasi va pedagogikasi,
-
Folklor. Folklorshunoslik,
-
Folklor. Folklorshunoslik,
-
Folklor. Folklorshunoslik,
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
-
-
-
-
Sog‘liqni saqlash. Meditsina fanlari,
-
-
Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat
X.Bekchanov, Z.Ibragimova, K.Sabirova, S.Pirjonov,Psixologiya, -
-
-
Ingliz, o‘zbek, nemis va rus tillarida hissiyotni ifodalovchi so`zlarning izohli lug`ati
Q. Xalliyeva, D. Yusupova,Tilshunoslik, -
Geografik azborot tizimda algoritmlash fani
M.Q. Sultanov, F.Schulse, R.O.Ismoilov, E.Xamrayev, D.Allanazarov,Tabiiy fanlar, -
-
Xorazm tarixi (Xorazmning poytaxt shaharlari tarixiy topografiyasi)
I.Nurmetov, Y.Karimov,Tarix, -
-
Jadidlar faoliyatida alifbo va imlo masalalari
INOMJON AZIMOV,Istiqloldan so'ng jadidlar faoliyatini o'rganishga ham etibor qaratilgan bo'lsa-da, xozirgacha Fitrat, CHo'lpon, Ashurali Zohiriy, Elbek singari sanoqli jadidlarning tilshunoslik merosi tadqiq qilindi. 0'tgan asrning boshlarida millatning yorqin ziyolilari yetishib chiqdiki, ular millatni savodli qilishga, ma'lum qonun-qoidalarga еда bo'lgan adabiy til yaratishga, alifboni isloh qilishga bel bog'ladilar. Ular tarix sahifalariga ”jadidlar” nomi bilan kirdilar.
-
OILA PEDAGOGIKASI
ІSMАІLОV M.K, ESHNAZAROV M.K, ЕRGАSHЕVА O.N,Darslikda “Oila pedagogikasi” fanning maqsad, vazifalari, ilmiy-nazariy asoslari, ilmiy tadqiqot metodlari, oila va uning turlari, asosiy vazifalari, oilaning asosiy funksiyalari, zamonaviy oilalar, xorijiy davlatlarda va mamalakatimizda оіlа реdаgоgіkаsі fаnіnіng rіvојlаnіsh tаrіxі, oilaning іјtіmоіy – іqtіsоdіy, mе’yоrіy – huquqіy аsоslаrі, bоlаlаrnіng іqtіsоdіy sаvоdxоnlіgіnі оshіrіshdа оіlаnіng tutgаn o‘rnі, oіlаdа bоlаlаrnі mеhnаtgа o‘rgаtіsh. Oіlаdа еkоlоgіk tаrbіyа, oіlаdа bоlаlаrnі mіllіy іftіxоr vа mіllіy g‘urur ruhіdа tаrbіyаlаsh, oіlаdа bоlаlаr bіlаn mulоqоtnі yo‘lgа qo‘yіshnіng реdаgоgіk – рsіxоlоgіk shаr–shаrоіtlаrі, o‘quvchіlаrdа mіllіy fаzіlаtlаrnі rіvојlаntіrіshnіng реdаgоgіk asoslari, ta’lіm muаssаsаsі o‘quvchіlаrnіng оtа – оnаlаrі bіlаn оlіb bоrаdіgаn іsh shаkl vа mеtоdlаrі, iјtіmоіy іsh xоdіmіnіng оіlаlаr bіlаn оlіb bоrаdіgаn іsh shаkllаrі, oila tarbiyasida germenevtik yondashuvning o‘rni va ahamiyati hamda ijtimoiy institutlarning o‘zaro hamkorlikdagi faoliyati mohiyatiga doir nazariy va amaliy ma’lumotlar o‘rin olgan.
-
Ўзбек халқ ижоди ёдгорликлари. Таркибадахшон. 56-жилд
Ш.Турдимов, М.Жўраева, Ф.Жабборов,“Ўзбек халқ ижоди ёдгорликлари” 100 жилдлигининг барча ҳуқуқлари амалдаги қонунлар асосида ҳимояланади. ЎзР ФА Ўзбек тили, адабиёти ва фольклори институтининг ёзма рухсатисиз “Ўзбек халқ ижоди ёдгорликлари” 100 жилдлигини тўла, қисман ёки муайян парчалар ҳолида чоп эттириш, шунингдек, мазкур нашрга киритилган фольклор асарларини тижорат мақсадида бошқа нашриётларда, оммавий ахборот воситаларида кўчириб босиш ҳамда интернет сайтларига жойлаштириш тақиқланади.
-
Ўзбек халқ ижоди ёдгорликлари.Тоҳир ва Зуҳра. 57-жилд
М.Жўраев, М.Жўраева,“Ўзбек халқ ижоди ёдгорликлари” 100 жилдлигининг барча ҳуқуқлари амалдаги қонунлар асосида ҳимояланади. ЎзР ФА Ўзбек тили, адабиёти ва фольклори институтининг ёзма рухсатисиз “Ўзбек халқ ижоди ёдгорликлари” 100 жилдлигини тўла, қисман ёки муайян парчалар ҳолида чоп эттириш, шунингдек, мазкур нашрга киритилган фольклор асарларини тижорат мақсадида бошқа нашриётларда, оммавий ахборот воситаларида кўчириб босиш ҳамда интернет сайтларига жойлаштириш тақиқланади.
-
Ўзбек халқ ижоди ёдгорликлари. Сунбул қиз. 19-жилд
Муаллифлар жамоаси,Ўзининг қадимий ва бой миллий маданияти билан жаҳон цивилизациясига улкан ҳисса қўшган ўзбек халқи ғоят бой фольклор анъаналарини яратган.
-
Moliyaviy savodxonlik asoslari
J.S. Malikov,Pulning nima ekanligini hamma biladi. Lekin u bilan qanday muomala qilish, afsuski, barchaning ham qo'lidan kelavermaydi. Ko'pchilikning fikricha, eng asosiysi - pulni ishlab topish. Uni sarflash (xarj qilish) esa - bosh qotirishga arzigulik muammo emas. Natijada yirik xaridlarni amalga oshirish murakkablashadi. Ko'zda tutilmagan xarajatlar uchun ham doim pul yetishmay qolaveradi.
-
Latexga kirish
Allaberganova Muyassar,"LaTeXga kirish" o'quv qo'llanmasida LaTeX tizimining asosiy tushunchalari, rivojlanish tarixi, hujjat yaratish va formatlash tamoyillari yoritilgan. Qo'llanmada hujjat strukturasi va stili, sahifa parametrlarini sozlash, jadvallar, tasvirlar, grafik obyektlar hamda matematik formulalar bilan ishlash usullari nazariy va amaliy jihatdan bayon etilgan.
-
Elektron pedagogika
M.Allaberganova,Ushbu darslik 60611300 AKT sohasida kasb ta'limi bakalavriat ta'limi yo'nalishi talabalari, pedagogika, informatika va axborot texnologiyalari sohasida tahsil olayotgan talabalar, magistrantlar, o'qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar hamda elektron ta'lim tizimi bilan shug'ullanuvchi mutaxassislar kasbiy kompetensiyalarni oshirishda foydalanishlari mumkin. Fanni o'qitishdan maqsad talabalarga ta'lim jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) integratsiyalashuvining nazariy. metodologik va amaliy asoslarini o'rgatish; zamonaviy elektron ta'lim vositalari, platformalari va texnologiyalaridan samarali foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish; raqamli o'qituvchi va talaba kompetensiyalarini rivojlantirish hamda ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan tadqiqotlar olib borishga tayyorlash bo'yicha chuqur bilimlar egasi boʻlishida asosiy o'rin tutadi.
-
Multimedia aloqa tarmoqlari
M.Jumaboyeva,Ushbu o'quv qo'llanma 60611000- Telekommunikatsiya texnologiyalari ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada an'anaviy kanal kommutatsiyali aloqa tarmoqlaridan zamonaviy paketli kommutatsiya (VoIP/NGN) tizimlariga o'tish tamoyillari tizimli ravishda yoritilgan. Kitobda jismoniy sathdagi raqamli signallar va El oqimini shakllantirish, UKS7 (SS7) signalizatsiya protokollari, multimedia signallarini paketli tarmoqlarda uzatish hamda Softswitch (ZTE ZXSS10) arxitekturasida amaliy xizmatlarni sozlash masalalari qamrab olingan. Shuningdek, teletrafik nazariyasi asosida multimedia tarmoqlarida yuklamani hisoblash usullari amaliy misollar bilan ko'rsatib o'tilgan.
-
SPORT TIBBIYOTI
B. Аminov, B. Jovliyev,Mazkur o`quv - uslubiy qo`llanma 5112000 - Jismoniy madaniyat ta`lim yo`nalishi talabalari, shuningdek, jismoniy tarbiya o`qituvchilari va sport trenerlariga mo`ljallangan
-
ИЧКИ КАСАЛЛИКЛАР, ГЕРИАТРИЯ, РЕАБИЛИТОЛОГИЯ
Ш.А. Агзамова, Э.А. Шамансурова, Д.К. Ганиева,Дарслик давлат таълим стандартида белгиланган реабилитология фанининг ўқув дастури, услубияти ва дидактик талаблари асосида ѐзилган бўлиб, олий тиббий ўқув муассасалари талабалари учун мўлжалланган. Бунда сунъий ва табиий физик омилларнинг синдромал-патогенетик таъсир механизмига, даволовчи жисмоний тарбия ва даволовчи уқалашнинг асосий принципларига асосланган холда касалликларни даволашда реабилитацион муолажаларнинг замонавий назарий ва амалий кўникмалари тўлиқ ѐритилган. Санатор-курорт даво, реабилитацион муолажаларнинг кўрсатма ва монеъликлари, самарадорлик мезонлари, ҳамда физиомухофазалаш саволлари очиб берилган. Дарсликда реабилитацион тадбирлар махсус физиотерапия ва шифобахш жисмоний тарбия даволовчи уқалаш билан бирга иккита катта бўлимларга ажратилган холда, тизим касалликлари бўйича берилган: юрак қон томир касалликларида, бронх ўпка, ошқозон ичак тракти, буйрак ва сийдик чиқариш аъзолари, таянч ва харакат, асаб касалликларида, ҳамда акушерлик ва гинекологик касалликларида.
-
Kognitiv psixologiya
M. R. Sultonova,Mazkur darslikda "Kognitiv psixologiya" fanining mavzulari boʻyicha asosiy ma'lumotlar keltirilgan. Darslikda barcha mavzular uchun ma'ruza va seminar mashg'ulotlarni bajarishga qaratilgan nazariy materiallar va topshiriqlar berilgan. Darslik talabalar, o'qituvchilar, ta'lim-tarbiya, psixologik xizmat ko'rsatish jarayoni bilan bog'liq masalalarga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmat
X.Bekchanov, Z.Ibragimova, K.Sabirova, S.Pirjonov,Mazkur darslikda boshqaruv va ijtimoiy sohalarda psixologik xizmatni tashkil etishning nazariy-metodologik hamda amaliy asoslari yoritilgan. Unda psixologik xizmatning shakllanish tarixi, zamonaviy rivojlanish bosqichlari, dolzarb muammolari, gumanistik psixologiya va eksperimental paradigma asosida olib boriladigan tadqiqotlarning boshqaruv tizimidagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, shaxsning o'z-o'zini anglash jarayoni, o'zini boshqarish ko'nikmalari, o'z-o'zini kamol toptirish va rahbarlik salohiyatini rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. Darslikda amaliyotchi-psixolog faoliyatining oʻziga xos jihatlari, psixologik xizmat ko'rsatishning zamonaviy konseptual asoslari, sotsial-psixologik xizmatning ijtimoiy tizimdagi o'rni hamda ta'lim va boshqaruv sohalaridagi asosiy yo'nalishlari bayon etilgan. Ushbu darslik talabalar, magistrantlar, amaliyotchi-psixologlar, rahbar kadrlar va psixologik xizmat sohasida ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar uchun mo'ljallangan.
-
Хоразм фитонимлари
Х.А. Наримов,Ушбу монография ўзбек фитонимиясининг ўрганилиши ва таҳлили бўйича муҳим манба ҳисобланади. Китобда Хоразм минтақасига хос ўсимлик номлари (фитонимлар)ни ўрганиш, уларнинг тарихи ва маданий аҳамиятини аниқлаш, ўзбек ономастикасининг ўзига хос хусусиятларини чуқур таҳлил қилишга алоҳида эътибор қаратилган.
-
Til va mantiq
SH.A. Aqmanova,Ushbu o'quv qo'llanmaning bosh maqsadi bo'lajak filologlarni to'g'ri fikrlashning mantiqiy shakllari va qonun-qoidalari bilan tanishtirish, asosli xulosalar hosil qilish tamoyillarini o'rgatish hamda shu asosda ularda murakkab mantiqiy-lingvistik masalalar va mashqlarni yechish malakasini shakllantirishdan iborat. Qo'llanma talabalarning obyektiv borliq hodisalarini ilmiy-falsafiy tahlil qilish ko'nikmasini o'stirishga, mustaqil, erkin va ijodiy fikr yuritish qobiliyatini takomillashtirishga bevosita xizmat qiladi.
-
Ingliz, o‘zbek, nemis va rus tillarida hissiyotni ifodalovchi so`zlarning izohli lug`ati
Q. Xalliyeva, D. Yusupova,Ushbu “Ingliz, o‘zbek, nemis va rus tillarida hissiyotni ifodalovchi so‘zlarning izohli lug‘ati”da so‘zlar ingliz, o‘zbek, nemis va rus tillaridagi tarjimalari hamda ularnnig izohlari bilan berilgan. Har bir his-tuyg‘uni ifodalovchi so‘zga mos emoji yoki tasvir, qisqa va tushunarli izohlari, so‘zlarning qo‘llanilishini aniqroq tushunishga yordam beradigan misollar va so‘zlar to‘rtta tilga (inglizcha, o‘zbekcha, nemischa, ruscha) tarjima qilingan, bu esa til o‘rganuvchilar yoki poliglotlar uchun foydalidir. Mazkur izohli lug’at tilshunoslar, talabalar, xorijiy tillarni o‘rganuvchilar va his-tuyg‘ular haqida chuqurroq bilim olishni istaganlar uchun mo‘ljallangan.
-
Geografik azborot tizimda algoritmlash fani
M.Q. Sultanov, F.Schulse, R.O.Ismoilov, E.Xamrayev, D.Allanazarov,Geografik axborot tizimlarida algoritmlash nomli ushbu o'quv qo'llanma zamonaviy geofazoviy tahlil hamda masofadan zondlash texnologiyalarini o'rganishga qaratilgan. Nazariy bilimlar va amaliy ko'nikmalarni uyg'unlashtiruvchi sakkizta bobdan iborat ushbu qo'llanma Google Earth Engine, R Studio hamda QGIS platformalarida dasturiy skriptlar yaratish hamda ma'lumotlarni tahlil qilish ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Amaliy mashg'ulotlar bevosita Xorazm viloyati misolida tuproq unumdorligi, ekinlar hosildorligi va qurg'oqchilik kabi dolzarb muammolarni geofazoviy usullar bilan hal qilishga yo'naltirilgan.
-
O'rta Osiyo shaharlari tarixiy topografiyasi
Y.A. Karimov,Ushbu darslik O'rta Osiyoning geografik joylashuvi, qadimgi davrdan tortih o'rta asrlar davomida tarixiy-geografik mintaqalarining shakllanish tarixi, ilk shaharlarning vujudga kelishi, topografik tuzilishi, shaharlar o'rtasida etnomadaniy munosabatlarning yo'lga qo'yilishi haqida ma'lumot beradi.
-
Xorazm tarixi (Xorazmning poytaxt shaharlari tarixiy topografiyasi)
I.Nurmetov, Y.Karimov,Mazkur o'quv qo'llanma Xorazmning qadimgi, o'rta asrlar va yangi davr shaharlari tarixining qadimgi davrlardan, o'rta asrlar davomida amalga oshirilgan bunyodkorchilik ishlar hamda bu davrda shaharlarning topografik tuzulishi va joylashish o'rni holati haqida ma'lumot yetkaziladi. Qadimgi davrlardan boshlab ajdodlarimizning binokorlik bilimlarini rivojlanib borishi, dastlabki shaharlarning vujudga kelishida bu bilimlarning mahalliy iqlim sharoitga qarab mintaqamizning tirli tarixiy viloyatlari, voha va vodiylarida o'ziga xos va alohida xususiyatlari, olib borilgan tadqiqot ishlari natijalari va tarixiy manbalar atroflicha o'rganilganli yoritilgan. Ushbu kitob oliy ta'lim muassasalarining tarix yo'nalishida tahsil olayotgan "Xorazm tarixi" fanidan o'quv qo'llanma sifatida tavsiya etiladi.
-
O`zbek toponimikasi
Alimova SH.M.,Mazkur oʻquv qo‘llanmada “O‘zbek toponimikasi” fanining maqsad va vazifalari, tavsifi haqida qisqacha ma’lumot berilib, asosiysi, fan doirasidagi ma’ruza hamda amaliy mashg‘ulotlar uchun oʻquv materiallari berilgan. Oʻquv qo‘llanmada toponimika ilmining nazariy asoslari, vazifasi, maqsadi, nomlarning paydo bo‘lishidagi mintaqaviy va umumiy qonuniyatlar to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi. Shuningdek, toponimikani o‘quv jarayonida qo‘llanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham berilgan. Unda ko‘plab nomlar haqida qiziqarli tahlillar va yangi topilmalar mavjuddir. Mazkur oʻquv qoʻllanma 60230100 – Filologiya va tillarni oʻqitish (oʻzbek tili), 60230700 – Amaliy filologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun moʻljallangan.