Diniy va ziyorat merosi
Kitob mualliflari
M.Jumaniyozova,
O‘. Abdullayev,
I.Nurmetov,
Ushbu o‘quv qo‘llanma zamonaviy turizm tizimida muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lgan diniy va ziyorat merosining mazmun-mohiyati, tarixi, o‘ziga xos xususiyatlari hamda uning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini yoritishga qaratilgan.
Qo‘llanmada diniy ziyoratlar tarixi, ularning turizm sohasidagi o‘rni, dunyo va O‘zbekistondagi asosiy ziyorat obyektlari, ularni boshqarish va rivojlantirish usullari ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilingan. Shu bilan birga,
qo‘llanmada ziyorat turizmining madaniy merosni saqlash, milliy an’analarni asrabavaylash va yosh avlodni ma’naviy tarbiyalashda tutgan o‘rniga alohida e’tibor qaratilgan. Turizm industriyasida xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, ziyoratchilar uchun qulay muhit yaratish, ilmiy asoslangan marketing va menejment usullarini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ham berilgan. Mazkur o‘quv qo‘llanma turizm, madaniyat va dinshunoslik yo‘nalishlarida tahsil oluvchi talabalar, ilmiy izlanuvchilar hamda amaliyotchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularga diniy va ziyorat turizmining nazariy asoslari hamda amaliy qirralarini puxta o‘zlashtirish imkonini yaratadi.
| Bilimlar sohasi: |
| Tasviriy san’at sohasida badiiy havaskorlik |
|
| UDK |
379.83:725.94:17(075.8) |
| Kitob nashriyoti nomi: |
Khwarezm publication |
| Kitob nashr qilingan shahar:
|
Urganch |
| ISBN: |
978-9910-232-96-1 |
| Kitob nashr qilingan yili: |
2026 Yil |
| Betlar Soni: |
120 |