-
-
-
-
Inson resurslaridan foydalanish
D.K.Xakimdjanova, Sh.M.Sadikov, J.M.Djalalov, S.G.Raximova,Iqtisodiy geografiya, -
Suv xo'jaligida menejment psixologiyasi
O'.P.Umurzoqov, R.Z.Asamova, Z.K.Ismailova, J.X.Rashidov, Q.O.Shovazov, B.U. Hasanov, В . X. Shafqarov, Z.M.Muqimov, U.E.Xoliyorov, I.L.Abdurahimov,Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil, -
Iqtisodiyot nazariyasi. Siyosiy iqtisod. Makro iqtisodiyot. Mikro iqtisodiyot,
-
-
-
Iqtisodiyot nazariyasi. Siyosiy iqtisod. Makro iqtisodiyot. Mikro iqtisodiyot,
-
Fizikaviy Kimyo fanidan laboratoriya mashg'ulotlari
X.M.Rajabov, X.O.Eshchanov, A.K.Eshchanova,Fizikaviy kimyo. Kimyoviy fizika, -
Ipakning tolali chiqindilaridan olingan kukunsimon fibroinning sorbsion xossalari
X.O.Eshchanov, M.M.Baltayeva,Tabiiy fanlar, -
-
-
-
-
-
-
-
-
-
НАВОИЙ „ФАРҲОД ВА ШИРИН" ВА УНИНГ ҚИЁСИЙ ТАҲЛИЛИ
Эркинов Содир,Улур ўзбек шоири Алишер Навоийнинг «Фарҳод ва Ширин» достони Шарқдаги кўпгина адабиётлардаги Хамса анъанаси асосида яратилган бўлиб, уни форс-тожик, озарбайжон, уйғур ва турк адабиётларидаги Фарҳод ўрин олган асарлар билан қиёсий ўрганиш, бир томондан, адибнинг бу мавзуни ишлашдаги катта маҳоратини намойиш қилса, иккинчи томондан, адабиётлар ўртасида қадимдан давом қилиб келаётган ўзаро алоқаларни ҳам бирмунча кенг тасаввур қилишга имкон беради. Қўлингиздаги монографияда шу масала диққат марказига қўйилган. Бундан ташқари, Навоий анъаналарининг кейинги давр адабиётидаги ўрни масаласи ҳам тадқиқ этилади. Китоб илмий ходимлар, адабиёт ўқитувчилари, олий ўқув юртлари филология факультети студентларига мўлжалланган.
-
Алишер Навоий лирикаси ва халқ оғзаки ижоди
МУҲАММАДЖОН ҲАКИМОВ,Мазкур асарда Алишер Навоийнинг халқ оғзаки ижоднга илмий-назарий қарашлари, Навоий лирикасининг етакчи жанри бўлган ғазалга халқ ижодининг таъсири ҳамда Навоий лирикасида халҳ афоризмларининг ўрни ва аҳамияти ёритилган. Асар илмий ходимлар, олий ўқув юртлари филология факультетларининг ўқитувчи ва студентлари, кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
-
-
Inson resurslaridan foydalanish
D.K.Xakimdjanova, Sh.M.Sadikov, J.M.Djalalov, S.G.Raximova,«Inson resurslarini boshqarish» tushunchasi XX asrning o‘rtalarida yuzaga keldi va shu asr oxirlarida rivojlandi. Bu davrda yirik korxonalar kadrlarga ehtiyoj seza boshladi. Kadrlar tayyorlashni rejalashtirish va ulardan samarali foydalanish yo‘llarini izlab topish harakati kuchaydi. Har bir xodimning qobiliyatini oshirish maqsadida kata mablag‘lar ajratila boshlandi. Ishchi kuchining tarkibi va unga qo‘yiladigan talablar oshib bordi. Ishchilarda yuqori egiluvchanlik, turli imtiyozlarga moyillik, kasbiy tayyorgarlik va kompyuterlashgan ishlab chiqarishda ishtirok etish ishtiyoqi paydo bo‘ldi. Fan-texnika taraqqiyotining tezlashishi iqtisodiyotda ham tub burilishlar yasadi. Inson texnologik jarayonlarni nazorat qiluvchi va tartibga soluvchiga aylandi. Undan yangi bilimlarni egallash, kasbiy malakasini oshirish, mustaqil fikrlash, ijodiy faollik va tashabbuskorlik talab etila boshladi.
-
Suv xo'jaligida menejment psixologiyasi
O'.P.Umurzoqov, R.Z.Asamova, Z.K.Ismailova, J.X.Rashidov, Q.O.Shovazov, B.U. Hasanov, В . X. Shafqarov, Z.M.Muqimov, U.E.Xoliyorov, I.L.Abdurahimov,Mazkur o'quv qo’llanmasida sug'orma dehqonchiligi sharoitida suv xo‘jaligi menejmenti psixologiyasining nazariy muammolari, muayyan nazariy tayyorgarlikka ega bo'lgan xodimlarda suv xo‘jaligi menejmentining o'ziga xos ko’nikmalarini hosil qilish, bu borada o’z mahoratini oshirish, zamonaviy texnologiyalami o‘zlashtirishga doir nazariy-amaliy masalalar o‘z yechimini topgan, Suv xo'jaligida menejment psixologiyasida asosiy e'tibor iqtisodiy islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun insonlarning ijtimoiy qarashlarini o‘zgartirish, menejment psixologiyasi mahorati va ilmini egallash masalalariga qaratilgan. Bu insonlarning muvaffaqiyatli boshqarish. ishlab chiqarish jamoasida psixologik iqlimni yaxshilash orqali mehnat samaradorligiga erishish imkonini beradi va shu yo'nalish bo‘yicha to'laroq bilimlarga erishishni ta’minlaydi O‘quv qo’llanma niagistratura muiaxassisliklari uchun tavsiya etilgan Qo‘llanmadan ilmiy xodimlar. malaka oshirish kursi tinglovchilari va suv xo’jaligi sohasi mutaxassislari uchun ham foydali bo'lishi mumkin.
-
Iqtisodiyot nazariyasi
A.M.Umarjonov,“Iqtisodiyot nazariyasi" faridan tayyorlangan ushhu ma’ruza matnini yozishda kadrlar tayyorlash milliy dasturi va oliy oquv yurtlarida bakalavrlar tayyorlash davlat andozasining ikkinchi bosqichi (alablari hisobga ohngan. Наг bir mavzu mazmunini yoritishda Respublika Prezidenti l.A.Karimov asarlaridan, Respublika qonualari va boshqa me’yoriy hujjatlardan foydalanilgan. Ma’ruza matni bir - biri bilan mantiqan bog’langan to’rt qismdan iborat ho’lib, ularda iqtisodiyotning omumiy asoslari, bozor iqtisodiyoti, rnakroiqtisodiyot va jahon xo’aligida oid mavzular o’rin olgan. Ayniqsa. hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyotining qonun - qoidalariga, moliya, kredit. bank va pultizimining roliga katta e’tiborberilgan. Ma’ruza matnida o’qitishning yangi texnologik xususiyatlari hisobga olinib, har bir mavzudan keyin asosiy tayanch tushunchalar va atamaiar, takrorlash va munozara uchun savollar berilgan hamda asosiy va qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati keltirilgan. Ma’ruza matni barcha yo’nalishdagi bakalavrlar uchun mo’Ijallangan.
-
Матонат
В.Голанд, В.Желтов,Ушбу китоб Владимир Молодцовнинг ҳаёти ва жасоратига бағишланган. Москва атрофидаги кўмир ҳавзаларида шахтёрлик қилган Молодцов, уруш бошланишидан сал илгари комсомол йўлланмаси билан НКВД қўшиндаларида хизмат қилишга жўнади. Владимир Молодцов душман билан бўлган тенгсиз олишувда қаҳрамонларча ҳалок бўлди.
-
Эргаш шоир ва унинг достончиликдаги ўрни. Тадқиқотлар
Тўпламда этоқли ўзбек халқ шонри Эргаш Жуманбулбул ўғлининг санъаткорлик маҳорати, достончиликдаги ўрни ва совет фольклори ривожига қўшгин ҳиссасини ёритувчи мақолалар ўрин олган. Асар адабиётшунослар, фольклористлар, олий ўқув юртлари филология факультетларининг ўқитувчилари ва студентлари, шунингдек, халқ ижоди билан қизнқупчи кент катобхонлар оммаси учун мўлжалланган.
-
Iqtisodiyot nazariyasi
D.Tojiboeva,Kitobning mazkur to'ldirilgan nashrida iqtisodiyot nazariyasining asosiy bo'limlari iqtisodiyotning, bozor iqtisodiyotining, mikroiqtisodiyot nazariyasining uraumiy asoslari berilgan. Iqtisodiyotni nazariy jixatdan o'rganishda, jahon tajribasidan kelib chiqib, bozor iqtisodiyotining qonumyatlari, amal qilish mexanizmi, iqtisodiy jarayonlar dinamikasini tushunishni engillashtirish maqsadida grafiklar yordamida tahlil qilish orqali bayon qilingan. Iqtisodiyotdagi asosiy masalalar, muammolar etakchi nazariy maktablar, yo'nalishlar va ulaming namoyandalari fikrlari, kontseptsiyalariga qaratilgan holda ko'rib chiqilgan. Har bir bobda mavzuning mazmunini chuqurroq tushunishga yordam berish va o‘z bilimini mustaqil sinab ko'rishi maqsadida asosiy tayanch tushunchalar mashq tarzida, munozara uchun savollar, masala-mashqlar, testlar va ularning javoblari, tarqatma materiallardan namunalar berilgan. Qo'llanma oliy o‘quv yurti bakalavrlari, magistratura talabalari, aspirantlar, o'qituvchilar va hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining muammolarini o‘rganishga qiziquvchi kitobxonlarga moMjallangan.
-
Fizikaviy Kimyo fanidan laboratoriya mashg'ulotlari
X.M.Rajabov, X.O.Eshchanov, A.K.Eshchanova,Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma fizikaviy kimyoning nazariy asoslarini va laboratoriya mashg'ulotlarini o'z ichiga oladi. Ushbu qo'llanmaning asosiy maqsadi fizikaviy kimyo bo'yicha o'quv materiallarini faol o'rganishga, amaliy ko'nikmalarni rivojlantirishga va kimyoviy tahlil muammolarini hal qilishda mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam berishdir.
-
Ipakning tolali chiqindilaridan olingan kukunsimon fibroinning sorbsion xossalari
X.O.Eshchanov, M.M.Baltayeva,Monografiyada Ipakning tolali chiqindilarini o'ta yuqori chastatali nurlar ta`sirida kislatali sharoitda gidroliz qilish orqali kukunsimon gidrolizlangan fibroin olishning optimol sharoitlari, gidroliz mexanizmlari va tarkibiy o'zgarishlar haqida ilmiy asoslangan ma`lumotlar keltirilgan.
-
Ta`limga kirish
Zaripova D.A, Zaxirova N.N,Ushbu o'quv qo'ilanma talabalar bilimlarini mazmun jihatdan zamon talablariga mos yangilab borish hamda ta'lim tizimidagi xorijiy tajribalarini o'rganish masalalariga qaratilgan. Shuningdek dunyo reytingida yuqori o'rinlardan joy olgan AQSH, Yevropa, Osiyo. Sharq hamda MDH mamlakatlari yetakchi oliy ta'lim muassasalaridagi innovatsion ta'lim jarayoni haqidagi zaruriy ma'lumotlar ham keltirilgan.
-
Pedagogika.psixologiya
Zaripova D.A,0‘quv qo'llanmada psixologiya va pedagogika fanining predmeti, taraqqiyot yo’li, uning metodlari, ta’lim-tarbiya prinsiplari, psixologiya fanining o'ziga xoslik: shaxs, uning rivojlanishi, individual xususiyatlar, temperament xususiyatlari hamda milliy qadriyatlar haqida batafsil yoritib berilgan. “Pedagogika. Psixologiya" fani o'quv qo‘llanmasi, Muahammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (sirtqi va ikkinchi oliy ta’limning barcha yo'nalishijda foydalanish uchun tavsiyalar.
-
Elektron Pedagogika
Zaripova D.A,Ushbu о quv qo llanma zamonaviy АКТ muhitda o'qitish-ta'Iim jarayonini samarali tashkil etish, elektron ta'lirn tizimi sifatini baholash mezonlari va usullari o'qitish jarayoni sifatini boshqarishni amalga oshirishga imkon beruvchi, joriy etish va foydalanish bosqichiarini ishlab chiqishga qaratiigan boMib, bo'lajak mutaxassislarda elektron ta'lim va uni tashkil etish shakllari haqida tushuncha berishi bilan ahamiyatlidir. Mazkur o'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining 5350400 - АКТ sohasidagi kasb ta'limi yo'nalishida tahsil olayotgan bakalavr ta'lim yo'nalishi talabalari uchun "Elektron pedagogika" fani uchun tavsiya etilgan bo`lib, undan shu yo'nalishda ilmiy izlanishlar olib borayotgan magistrlar va tadqiqotchilar foydalanishi mumkin.
-
Mehnat iqtisodiyoti va inson taraqqiyoti
B.Sulaymonov,Qo'llanmada mehnat munosabatlari sohasidagi qonuniyatlar, shu jumladan, mehnat mohiyati namoyon bo‘lishining o'ziga xos shakllari, chunonchi ish bilan bandlik, mehnatni tashkil etish, unga haq to'lash, uning samaradorligi, mehnat sotsiolo-giyasi bilan bog'liq bir qator muammolar keltirilgan. Mehnat va mehnat munosabatlari sohasidagi ham nazariy ham amaliy masalalar kiritilgan bo‘lib, ular qanday natijalar berishiga iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan baho berish nuqtai nazaridan qarab chiqilgan. Mehnat resurslarini boshqarish jarayoni korxona va tashkilotlarning faoliyatidagi maqsadlari bilan uzviy bog'langan bo'lib, unga amaliy tavsiyalar berilgan. Qo'llanma «Menejment» mutaxassisligi yo'nalishida ta’lim olayotgan bakalavr, magistrlar va ilmiy tadqiqotchilar foydalanishlari mumkin.
-
Statistika nazariyasi
N.M.Soatov, A.H.Ayubjonov,O'zbekistonda iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida, mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash hozirgi zamon dolzarb masalasi bo'lib, u barcha fanlar bo'yicha mazmunli darsliklar yaratishni taqazo qiladi.
-
Алишер Навоий ва Хоразм авлиёлари
Ҳамидхон Исломий,Рисола ҳазрати Нажмуддин Кубро ва унинг устозлари, шогирдлари тўғрисида Алишер Навоий ёзиб қолдирган манба асосида битилгандир. Рисолада Нажмуддин Кубронинг тасаввуф сулукида таълим ва тарбия олишидаги саргузаштлари баён этилган. Муаллиф Куброга боғлиқ тасаввуф сулуки аҳллари тўғрисида қалам тебратар экан, унинг нозик сиру-асрорларини ўқувчига тақдим этишга интилади, руҳият кароматларини инсоннинг ботини орқали такомиллашда ифода этади. Асарда Кубронинг устозлари ва шогирдлари орқали тасаввуфга боғли бўлган масалалар баён этилган. Рисолада илк бор Хоразм авлиёлари Абдуллоҳ Муборак, Паҳлавон Маҳмуд, Алауддин Аттор, Абул Вафо Хоразмий, Умра-атун Хоразмия, Шайх Алоуддин Хоразмий, Хубби Хожа, Шайх Абул Ҳасан Ишқий, Мукри Маҳмуд каби авлиёлар фаолияти тўғрисида фикр юритади.
-
"Мажолисун-нафоис" нинг таржималари
М.Ҳакимов,Ўзбек халқининг мутафаккир шоири Алишер Навоий мероси ўз давридаёқ мухлислар орасида кенг тарқалган эди. Шоир асарларидан айримлари эса форс-тожик тилига таржима ҳам қилинган эди. Қўлингиздаги рисолада Навонй «Мажолисун-нафонс» асарининг форс-тожик тилидаги икки таржимаси, уларнинг фазилатлари, бу асарларнинг адабиётлар ўртасидаги алоқаларни мустаҳкамлашдаги ўрни ҳақида сўз боради. Рисола кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
-
Навоийга талпинган юрак
О.Сафаров,Рисолада ўзбек мумтоз адабиётининг етук билимдони в аз аткаш тадқиқотчиси, сермаҳсул олим ва меҳрибон мураббий филология фанлари доктори, профессор Раҳим Жўра ўғли Воҳидовнинг ҳаёт ва ижод йўли ёритилган, унинг адабиётшуно сифатидаги фаолияти умумлаштирилган. Рисола барча адабиёт илми ҳавасмандларига мўлжалланган
-
Асрлар оша мушоира
С.Эркинов,Шарқда жуда эрта шаклланиб, такомил топа борган «Фарҳод ва Ширин» қиссасига кўплаб мумтоз сўз усталари: Фирдавсий, Низомий, Хусрав Деҳлавий, Ориф Ардабилий, Алишер Навоийлар мурожаат этганлар. Уларнинг мазкур қисса қаҳрамонлари ҳақидаги халқ қарашлари ва гуманистик адабиёт анъаналарини давом эттириб, ривожлантириб яратган асарлари Шарқ достончилиги такомилига, адабиётлар ўртасидаги алоқалар тараққиётига муносиб ҳисса бўлиб қўшилди. Қўлингиздаги китобчада шу масалалар борасида фикр юритилади. Рисола кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.