-
Sut-go'sht mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash
M.F. Radjabov, N.K. Sabirova, R.K. Babajanova, M.S. Xusainova,Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va apparatlari, -
-
-
Хорижий инвестициялар фанини ўқитишда замонавий янги атамалар ва тушунчалардан фойдаланиш
Бабаджанов Б.,Pedagogika va metodikalar, -
Arxitektura,
-
Pedagogika va metodikalar,
-
-
Ochiq ponasimon tasmali uzatma va yopiq bir pog'onali silindrik g'ildirakli qiya tishli uzatmani loyihalash
F.X. Mavlanov, I.R. Qadirov,Umumtexnikaviy fanlar, -
"Arxitekturaviy loyihalash" fanidan amaliy mashg'ulotlarda foydalanish
Sobirov A.S., Yusufov S.A.,Arxitektura, -
"Shahar qurilishi va loyihalash asoslari" fanidan amaliy mashg'ulotlarni bajarish uchun
A.A. Qutliyev, S.B. Boʻronov,Arxitektura, -
Umumtexnikaviy fanlar,
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
Tasviriy san’at sohasida badiiy havaskorlik,
-
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanidan amaliy mashg'ulotlar
A.G. Abdullayev, D.R. Ro'zmetov, A.K. Amanov, R.Z.. Boymurodov,Iqtisodiy geografiya, -
Iqlimshunoslik va gidrologiya fanidan amaliy mashg'ulotlar
A.G.Abdullayev, M.J.Shomurodov, H.Q.Allayorov,Tabiiy fanlar, -
Umumiy tabiiy geografiya fanidan amaliy mashg'ulotlar
Abdullayev, A.G., Matsaidova, S.X., Polotova Q.D.,Tabiiy fanlar, -
G'o'za agrobiotsenozida trixogramma entomofagini ko'paytirish va qo'llash texnologiyasi
B.Z. Ramatov, A.J. Ergashova.,Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi, -
-
Elektrotexnika va elektronika asoslari
Abdullayev B., Alimov A. A., Abdurayimov E. H.,Elektronika, -
-
Sut-go'sht mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash
M.F. Radjabov, N.K. Sabirova, R.K. Babajanova, M.S. Xusainova,Mazkur o'quv-uslubiy qo'llanma "Oziq-ovqat texnologiyasi" kafedrasi majlisida (bayonnoma №3, 2025 yil) va Kimyoviy texnologiya fakulteti o'quv uslubiy kengashida ko'rib chiqilgan (bayonnoma №3, 2025-yil 28-oktyabr) va UrDU ilmiy uslubiy kengashida tavsiya etilgan.
-
Landshaftshunoslik fanidan amaliy mashg'ulotlar
Dusanova SH.B.,Landshaftshunoslik fani bo'yicha amaliy mashg'ulotlar ishlanmasi namunaviy dastur asosida tuzilgan boʻlib, unda fanning o'quv mashg'ulotlari, amaliy topshiriqlar, nazorat savollari, test topshiriqlari, zamonaviy pedagogik metodlardan foydalangan holda tayyorlangan. Shuningdek, Yer yuzasidagi tabiiy va tabiiy-antropogen hududiy majmualarning shakllanishi, tuzilishi, rivojlanishi hamda ularning makon va vaqt bo'yicha o'zgarish qonuniyatlari boʻyicha amaliy topshiriqlar berilgan..
-
Yosh tarjimonga saboqlar
Sobirova Sh., Yusupova G.,Mazkur uslubiy go llawna Xorijiy filologiya fakulteti tarjima nazariyasi va amaliyoti va gid hamrohligi va tarjimondik faoliyati yo'nalishining 1-2-3-kurs talabalari va barcha tarjimonlik faoliyatiga qiziquvchilar uchun yaratilgan bo'lib, unda torjimonlikni endi boshlagan yosh torjimonga tarjima turiari, usullari, ilk tarjimonler, Sharqning buyuk tarjimonlari, o'zbek ijodkor tarjimonlari, tarjimon.ar turlari va tarjimonga qo'yilgan talablar tartibi mazmunli ifodalangan va ba'tajsil yoritib berilgan.
-
Хорижий инвестициялар фанини ўқитишда замонавий янги атамалар ва тушунчалардан фойдаланиш
Бабаджанов Б.,шбу услубий қўлланма талабаларга умумкасбий "Хорижий инвестициялар" фанига оид янги билимлар ва амалиёт масалаларини эгаллашда кўникмаларга эга бўлишларига ёрдам бериш мақсадида яратилди. Мазкур қўлланма талабаларнинг бизнесни бошка-риш фаолиятидаги билимларининг кенгайишига, ҳозирги ўзгариб бораётган шиддатли замонда уларнинг дунёкарашининг шаклланишига ёрдам беради.
-
Bitiruv malakaviy ishini loyihalash fanidan loyihalash ishlarini bajarish uchun
Yusufov S.A.,Bitiruv malakaviy ishi loyihasini bajarish uchun ma'lumotlar: Mavzu bo'yicha berilgan bino yoki inshootni o'rganish, obyekt yuzasidan eng zarur arxiv, yozma, chizma va boshqa manba materiallarini yig'ish va o'rganish, ta'mirlash va qayta qurish va zaruratini aniqlash, yangi zamonaviy maqsadlarda foydalanish takliflarini aniqlash va yangi funksiyaga moslashtirish vazifasini hal qilish, arxitektura yodgorliklari atrofidagi muhofaza maydoni tartibini belgilash va obodonlashtirish rejasini taklif etish.
-
Kreativ pedagogik yondashuv asosida "Design thinking" texnologiyasi orqali o'qituvchilarning innovatsion kompetensiyasini rivojlantirish
F.M.Ruzimova,Ushbu uslubiy qo'llanmada kreativ pedagogik yondashuv asosida "Design Thinking" texnologiyasidan foydalanish orqali o'qituvchilarning innovatsion kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Qo'llanmada zamonaviy ta'lim jarayonida ijodkorlik, muammoli vaziyatlarni hal etish, tanqidiy va dizayn fikrlash ko'nikmalarini shakllantirishning nazariy asoslari hamda amaliy usullari bayon etilgan. Shuningdek, "Design Thinking" bosqichlari empatiya, muammoni aniqlash, g'oya yaratish, prototiplash va sinovdan o'tkazish jarayonlarini ta'lim amaliyotiga joriy etish bo'yicha tavsiyalar berilgan. Qo'llanma o'qituvchilarning innovatsion faoliyatini rivojlantirish, dars samaradorligini oshirish hamda ta'lim oluvchilarning faolligini kuchaytirishga xizmat qiladi.
-
Qurilish konstruksiyalari
Savutov R, . Nurimetov Sh.,Qurilish konstruktsiyalari fanidan kurs loyiha ishini bajarishga oid uslubiy qo'llanma, 60730200-"Shahar qurilishi hamda kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish", 60730700-"Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish" 60730100 - "Arxitektura (turlari bo'yicha)"ta'lim yo'nalishlari bo'yicha ta'lim olayotgan talabalarga o'quv jarayonida qo'llash uchun tasdiqlangan o'quv dasturiga muvofiq tuzilgan. Uslubiy qo'llanmada rama kaskasni binolarning quyma qovurg'ali oroyopmalarini loyihalash, ikkinchi darajali to sinlarni hisoblash, bosh to'sin ko'ndalang kesim o'lchamlari va ustunlarning ko'ndalang kesimi, ularning armatura yuzalarini tanlash, poydevorlarni hisoblash haqida keltirilgan.
-
Ochiq ponasimon tasmali uzatma va yopiq bir pog'onali silindrik g'ildirakli qiya tishli uzatmani loyihalash
F.X. Mavlanov, I.R. Qadirov,Ushbu kurs loyihasi ishi oliy texnik ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar uchun "Mexanika (Mashina detallari)" fanidan mexanik uzatmalarni loyihalashni o'rganishga mo'ljallangan. Loyihada ochiq ponasimon tasmali uzatma hamda yopiq bir pog'onali silindrik g'ildirakli qiya tishli uzatmaning tuzilishi, ishlash prinsipi va asosiy hisoblash usullari yoritilgan.
-
"Arxitekturaviy loyihalash" fanidan amaliy mashg'ulotlarda foydalanish
Sobirov A.S., Yusufov S.A.,Arxitekturaviy loyihalash fanini o'qitishda uning mavzulari loyiha tadqiqot tashkilotlarida bajariladigan amaliy loyiha ishlariga bog'liq holda belgilanadi. Arxitekturaviy loyihalash fani mavzulari va topshiriq vazifalari oldindan tayyorlanadi. Har bir talaba shaxsiy-ijodiy arxitekturaviy loyiha ishini bajaradi.
-
"Shahar qurilishi va loyihalash asoslari" fanidan amaliy mashg'ulotlarni bajarish uchun
A.A. Qutliyev, S.B. Boʻronov,O'quv-uslubiy qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyrug'i bilan tasdiqlangan "Shahar qurilishi va loyihalash asoslari" fani o'quv dasturiga mos holda tayyorlangan. Mazkur o'quv-uslubiy qo'llanma "60730900 Shahar qurilishi va loyihalash asoslari" ta'lim yo'nalishida o'qiyotgan bakalavr talabalarga amaliy mashg'ulotlarini bajarishda asosiy ma'lumotlarni, hududlarni kompleks rejalashtirish, funksional zonalash, transport va muhandislik infratuzilmasini uyg'unlashtirish, yashil hududlarni shakllantirish hamda ekologik barqarorlikni ta'minlash masalalarini yoritadi. Zamonaviy urbanistik yondashuvlar asosida qulay, xavfsiz va samarali shahar muhitini loyihalash tamoyillarini shakllantirishga xizmat qilishini o'z ichiga olgan. Misollarda zaruriy grafik materiallar, sxemalar, jadvallar va formulalar keltirilgan boʻlib nazariy va amaliy maqsadlarda foydalanishlari mumkin.
-
Don va don mahsulotlari ekspertizasi
Baltayeva I.K, Qurayazov Z.R,Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma «Oziq-ovqat texnologiyasi» yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarga laboratoriya mashg'ulotlarini bajarish uchun uslubiy qoʻllanma sifatida foydalanishga mo'ljallangan.
-
Jamoat binolarini loyihalash
A.S. Sobirov, S.A. Yusufov, X.A. Madirimov.,Savdo va maishiy xizmat binolari. Univermag, supermarket, maishiy xizmat majmuasi va Yopiq bozor loyihasi. Arxitekturaviy loyihalash to'g'risida ma'lumot. Univermag, Yopiq bozor binolari mavzusini o'rganish, eskizlar chizish, maketlar yasash, g'oyani yaratish va uni shakllantirish usullarini o'rganish.
-
Qalamtasvir
Ibadullayeva N.E., Begnazarov Sh.M.,Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma tasviriy san'at va muhandislik grafikasi ta'li-mi yo'nalishi talabalari uchun tuzilgan va tasdiqlangan amaldagi standartlar asosi-dagi yangi dastur mazmuniga mos tarzda yozilgan bo'lib qalamtasvirdan nazariy va amaliy bilimlarni berishga mo'ljallangan.
-
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanidan amaliy mashg'ulotlar
A.G. Abdullayev, D.R. Ro'zmetov, A.K. Amanov, R.Z.. Boymurodov,Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanidan uslubiy qo'llanma namunaviy dastur asosida tuzilgangan bo'lib, unda fanning o'quv mashg'ulotlari, amaliy topshiriqlar, nazorat savollari, test topshiriqlari zamonaviy pedogogik metodlardan foydalangan holda tayyorlangan. Shuningdek, mavzular kesimida iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaning rivojlanishi hamda shakllanish xususiyatlarini o'rganish bo'yicha amaliy topshiriqlar berilgan.
-
Iqlimshunoslik va gidrologiya fanidan amaliy mashg'ulotlar
A.G.Abdullayev, M.J.Shomurodov, H.Q.Allayorov,Iqlimshunoslik va gidrologiya fanidan uslubiy qo'llanma namunaviy dastur asosida tuzilgangan bo'lib, unda fanning o'quv mashg'ulotlari, darsning texnologik xaritasi, amaliy topshiriqlar, nazorat savollari, test topshiriqlari zamonaviy pedogogik metodlardan foydalangan holda tayyorlangan. Shuningdek, mavzular kesimida iqlimni shakllantiruvchi omillar va jarayonlar o'zaro ta'sirlari natijasida ro'y beradigan hodisalar hamda iqlim prognozini o'rganish bo'yicha amaliy topshiriqlar berilgan.
-
Umumiy tabiiy geografiya fanidan amaliy mashg'ulotlar
Abdullayev, A.G., Matsaidova, S.X., Polotova Q.D.,Ta'lim jarayonlarini takomillashtirishda zamon talablariga javob beradigan malakali mutaxassislarni tayyorlashda amaliy mashg'ulotlarning ahamiyati katta. Hozirgi kunda nazariy bilimlardan ko'ra amaliy bilimlarning ahamiyati oshib bormoqda. Bu esa o'z navbatida dars jarayonlarida amaliy mashg'ulotlardan ko'proq foydalanishni talab etadi. Tabiat va jamiyat o'rtasidagi munosabatlarning yildan-yilga keskinlashib borishi insonning tabiat qonuniyatlarini chuqur bilishini, shuningdek, tabiatdan hamda uning resurslaridan tejab-tergab, oqilona foydalanishni talab etadi. Bu esa geografik bilimlarni chuqur bilishni, tabiatdan foydalanishda ularga amal qilishni, shuningdek amaliy mashg'ulotlardan keng foydalanishni taqozo etadi.
-
G'o'za agrobiotsenozida trixogramma entomofagini ko'paytirish va qo'llash texnologiyasi
B.Z. Ramatov, A.J. Ergashova.,Ushbu uslubiy qo'lannma: O'simliklarni himoya qilish. Agronomiya yo'nalishi talabalari, magistrlar, biolaboratoriya xodimlar, fermerlar, dehqonlar, ilmiy xodimlar va shirkat xo'jalik nazoratchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda G'o'za agrobiotsenozida trixogramma entomofagini ko'paytirish va qo'llash texnologiyasi haqida qisqacha ma'lumotlar va aniqlash uchun rangli tasvirlar berilgan.
-
Yo'nalishga kirish
Sa'dullayev M.,Bu fan yagona fan bo`lib,umumiy elektroenergetika qonuniyatlari energetikaning hamma bo`limlari, ularning o`zaro bog`lanishi energetik tizimlari, ulardagi o`zgarishlar (bir turdan ikkinchi turga almashishi)uzatish va taqsimlash,ishlash (printsipi)tamoyili,elektr qurilmalarni konstruktiv bajarilishi, hozirgi zamon va uning kelajakdagi taraqqiyoti kabilar haqida tushunchalar beradi.
-
Elektrotexnika va elektronika asoslari
Abdullayev B., Alimov A. A., Abdurayimov E. H.,Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma “Elektrotexnika va elektronika asoslari” fani bo'yicha yozilgan laboratoriya ishlari to'plami noelektrotexnik yo'nalishlar bakalavriat ta‟lim yo'nalishi talabalariga mo'ljallangan. O'quv-uslubiy qo'llanmada elektrotexnika va elektronika asoslariga doir laboratoriya ishlari keltirilgan va ularning hajmi o'quv rejasiga asosan belgilangan bo'lib, nomlari esa mutaxassislik kafedralari bilan kelishilgan holda bajariladi.
-
Legal terminology. Methodological guide.
A.S. Jumabayeva,Ushbu uslubiy qo'llanma xorijiy til fani o'qituvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, B2 darajasidagi 60420100 - Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo'yicha) yo'nalishi talabalariga ingliz tilida yuridik terminlarni o'rgatishda amaliy va innovatsion strategiyalarni taklif etadi. Mazkur uslubiy qo'llanma 8 ta yuridik mavzuga asoslangan bo'limlar orqali to'rtta asosiy til ko'nikmasi(tinglab tushunish, o'qish, gapirish va yozish) boʻyicha topshiriqlarga asoslangan mashqlarni taqdim etadi. Qo'llanma zamonaviy o'qitish texnologiyalari va fanlararo metodlar yordamida kommunikativ kompetensiya va kasbiy nutqni rivojlantirishga xizmat qiladi.