-
-
-
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
Kadastr: yer resurslarini boshqarishda geo-axborot innovatsiyalari
Tahsin Yomralioglu, Jon Makloflin,Tabiiy fanlar, -
Madaniyatshunoslik nazariyasi,
-
-
-
Sog‘liqni saqlash. Meditsina fanlari,
-
-
-
BIOZARARLANISH
J.X.Berdiyev, A.Y.Raxmatullayev, J.P.Sherqulova, Z.I.Izzatullayev, Y.I. Ametov, A.R.Jаbborov,Umumiy biologiya, -
-
QISHLOQ XO’JALIK EKINLARINING KASALLIK VA HASHORATLARGA QARSHI IMMUNITETIDAN AMALIY MASHGYLOT
A.S. Sheraliyev,Qishloq xo‘jalik biologiyasi, -
O'tloqli-allyuvial tuproqlar sharoitida sho'r yuvish me'yorlarining tuproqning sho'rlanish darajasiga ta'siri
Kadirov Sh. Yu.,Qishloq xo‘jalik biologiyasi, -
Mashinasozlik ishchi chizmalarini tayyorlashda kompas-3D grafik muharriridan foydalanish
H.M. Raximov, M.Q. Normatov,Umumtexnikaviy fanlar, -
-
-
-
-
Mikrobiologiya virusologiya va immunologiya
I.M.Muhamedov, SH.R.Aliev,Ushbu darslikda O'zbekistonda birinchi marta bakterial virusli infeksiyalar sodda jonivorlar mikologik kasalliklar byndan tashqarb o'giz bo'shligi kasalliklari va shifoxona infeksiyalarini zamonaviy tashxis usullari davlat tilida keltirilgan.
-
Umumiy astronomiya I jild.
Hannu Karttunen va boshq.,Ushbu kitobni o'zbek tiliga tarjima qilishdan ko'zlangan asosiy maqsad - yurtimizda astronomiyani o'rganyotgan talabalar, o'qituvchilar va mustaqil o'quvchilar uchun za-monaviy, ishonchli va mukammal manbani ona tilimizda taqdim etishdir. So'nggi o'n yilliklarda astronomiya sohasida yuz bergan ulkan ilmiy yutuqlar, yangi kuzatuvlar va nazariy ishlanmalar ushbu kitobning dolzarbligini yanada oshirdi. Mualliflar tomonidan kiritilgan o'zgarishlar ekzoplanetalar, kosmologiya, galaktika dinamikasi, astrofizika-ning yuqori energiyali sohalari boʻyicha yangilangan materiallar tarjimada asl matn bilan bir xil bo'lishiga e'tibor qaratildi.
-
Metrologiya boʻyicha qoʻllanma
Sarah Hudson,O'quv qo'llanma zamonaviy taraqqiyot sharoitida o'lchashlar ilmi metrologiya-ning o'rni va ahamiyatiga bag'ishlangan. Unda sohaning uchta asosiy tarmog'i: naza-riy, amaliy va qonunlashtiruvchi metrologiya yo'nalishlari atroflicha yoritilgan. Shu-ningdek, ushbu kitobda har bir bob muayyan mavzuni yorituvchi mustaqil matn shaklida bayon etilgan bo'lib, ular yaxlit bir ilmiy g'oya atrofida birlashgan. O'lchash birlik-larini belgilash, yangi usullarni ishlab chiqish, standartlarni joriy etish va sohaga oid huquqiy-me'yoriy talablar tahlil qilingan.
-
Shiglining mashinasozlik loyihalash asoslari I jild.
Richard G. Budinas.,Mazkur kitob mashinasozlik sohasidagi yetakchi qo'llanmalardan biri bo'lib, mexanik konstruksiyalarni loyihalashning nazariy asoslari va amaliy usullarini tizimli ravishda yoritib beradi. Ushbu kitobda mashina detallarini hisoblash va loyihalashga oid muhim masalalar mustahkamlik, toliqish, ishonchlilik, material tanlash, turli xil uzatmalar, vallar va o'qlar, podshipniklar, vintli birikmalar hamda boshqa mexanik elementlarning konstruktiv yechim-lari batafsil bayon etilgan. Kitobda nazariy tushunchalar bilan bir qatorda ko'plab misollar, amaliy hisoblash usullari va muhandislik masalalari yechimi boʻyicha tavsiyalar keltirilgan bo'lib, bu o'quvchilarga muhandislik bilimlarini shakllantirishga yordam beradi.
-
Kadastr: yer resurslarini boshqarishda geo-axborot innovatsiyalari
Tahsin Yomralioglu, Jon Makloflin,Mazkur o'quv qo'llanma dunyoning turli hududlaridan olingan misollar asosida tadqiqot va amaliyotning fanlararo mavzularini qamrab oladi. Bu misollar zamonaviy muammolar, qiyinchiliklar va imkoniyatlar uchun «oyna» bo'lib xizmat qiladi. Shuning-dek, yer sayyorasini yashash uchun munosib makonga aylantirish yo'lidagi kelgusi sa'y-harakatlarda e'tibor qaratilishi lozim bo'lgan tamoyil va yangi uslublarni yoritib beradi. Nashrda kadastr sohasidagi so'nggi yangiliklar geodeziya, yer resurslarini boshqarish, masofadan zondlash va geoaxborot fanlari kabi yo'nalishlar mujassamlashgan. Bir nech-ta qit'adan yig'ilgan mualliflar jamoasi milliy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda kadastr bo'yicha mukammal ilmiy muloqot maydonini yaratishga muvaffaq bo'lganlar.
-
Madaniyatshunoslik: nazariya va amaliyot I jild
Kris Bar-ker, Emma A. Jeyn,Kris Barker va Emma A. Jeynning "Madaniyatshunoslik: nazariya va ama-liyot" (5-nashr) asari keng qamrovli darslik bo'lib, unda madaniyatshunoslik tushunchasi va umuman madaniyat sohasi to'liq qamrab olinadi. Kitobda naza-riy asoslarni zamonaviy misollar bilan uyg'unlashtirish orqali madaniy mafkura, madaniy nutq va oʻziga xoslik kabi asosiy tushunchalar yoritiladi.
-
Ўзбек тили дарслари
Х. Асалов,Хамдам Асалов — таълим бошқа тилларда (асосан рус тилида) олиб бориладиган мактаблар ва гуруҳлар учун ўзбек тилини ўқитиш методикаси соҳасига улкан ҳисса қўшган таниқли ўзбек олими, методист ва филология фанлари номзоди ҳисобланади.Унинг «Ўзбек тили дарслари» ва шу йўналишдаги услубий ишлари, айниқса, рус мактабларида ўзбек тилини тизимли ва коммуникатив тарзда ўргатишнинг илмий-амалий асосини яратиб берган.
-
Ўзбек тилида гапнинг коммуникатив турлар
А. Аҳмедов,Ўзбек тилида гаплар айтилиш мақсадига кўра (коммуникатив турлари бўйича) тўртта асосий турга бўлинади. Ҳар бир тур маълум бир вазифани бажаради ва ўзига хос оҳанг (интонация) билан айтилади.
-
Veterinariya meditsinasi va farmatsevtikasi
Samuel Oppong Bekoe,Veterinariya preparatlari hayvonlar sog'lig'ini saqlashda muhimdir. Hayvonlarni mukammal parvarish qilish uchun xavfsiz, yuqori sifatli dori-darmonlar kerak. Chorvachilik mahsulotlarining iqtisodiy foydasini e'tiborsiz qoldirib bo'lmaydi. Veterinariya preparatlari insonlarning hayvonlar oqsiliga bo'lgan talabini qondirish uchun zarurdir. Fermerlar, hayvonlar salomatligi boʻyicha mutaxassislar, mikrobiologlar va siyosatchilar o'rtasida veterinariya preparatlarini qo'llash bo'yicha zarur ko'nikmalar, bilimlar va xabardorlik barcha uchun xavfsiz va sog'lom oziq-ovqat zanjirini ta'minlashning kalitidir. Ushbu kitobda assit, o'n ikki barmoqli ichak kasalligi, mastit kabi hayvonlarda, jumladan itlarda ko'p uchrovchi kasalliklar borasida eng yangi ma'lumotlar taqdim etiladi. Har bir mavzuda muhim kasalliklarni tashxislash va davolash bo'yicha amaliy tavsiyalar mavjud. Shu bois bu kitob veterinariya shifokorlari uchun juda foydali bo'ladi.
-
Иммунология
R. М. ХАИТОВ, Ш. Н. НАЗАРОВ, А. Т. ИСХ.ОКОВ,тиббиёт институтларининг талабалари, иммунология со^асида иш олиб бораднган ходимлар учун м^лжалланган ушбу дарслик иммуноло» гия ва унинг айрим масалаларига тааллукли маълумотларни ?эида мужас- самлаган. Дарсликни Узбекистон Реслубликаси Олий ва £рта махсус таъ- лим вазнрлиги тасдицлаган.
-
ЮКСАК ЎСИМЛИКЛАР СИСТЕМАТИКАСИ
Ў.ПРАТОВ, Қ. ЖУМАЕВ,Қўлланма ЎзРФА Ботаника илмий-ишлаб чиқариш марказининг илмий кенгаши ва Термиз давлат университети ўқув, илмий методик кенгаши томонидан нашрга тавсия этилган.
-
BIOZARARLANISH
J.X.Berdiyev, A.Y.Raxmatullayev, J.P.Sherqulova, Z.I.Izzatullayev, Y.I. Ametov, A.R.Jаbborov,Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining biologiya, o‘simliklarni himoya qilish yo‘nalishi talabalari hamda tegishli o‘rta maxsus o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lsa-da, undan kimyo va biotexnologiya sohasidagi talabalar hamda muayyan darajada texnologlarni tayyorlashda foydalanish imkoniyatlari mavjud. Mazkur o‘quv qo‘llanmada texnika, mahsulot va materiallarni, mikroorganizm lar, kemiruvchilar va boshqa organizimlardan himoyalash bilan bog‘liq ilmiy va amaliy masalalar muhokama qilingan. Turli materiallarni, sintetik buyumlardan boshlab yer osti inshootlari va san’at asarlarini biozararlovchi organizmlar ma’lum bir tizim shakliga solingan. Biozararlovchi organizmlardan muhofaza qilishning ekologo-toksikologik asoslariga muhim e’tibor qaratilgan.
-
Botanika fanidan o'quv dala maliyoti ucgun
E.S. Sulaymonov,Aniqlagich Samarqand viloyatida o‘sadigan yuksak o'simliklami o‘z ichiga oigan. 0 ‘quv qo‘llanmada mumtazam gerbariy tayyorlash usullari, oila, turkum va turlarini aniqlash yo‘llari hamda o‘simliklarning fotosuratlari keltirilgan. Mazkur aniqlagich oliy o‘quv yurtlarining 5140100-Biologiya, 5630100-Ekologiya yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan talabalar uchun 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy o‘quv reja va fan dasturi asosida yozilgan
-
QISHLOQ XO’JALIK EKINLARINING KASALLIK VA HASHORATLARGA QARSHI IMMUNITETIDAN AMALIY MASHGYLOT
A.S. Sheraliyev,Darslikda qishloq xo'jaligi va yangi ekinlarga zarar keltiruvchi hasharotlar va kasalliklarga qarshi kurashish usullari ishlash metodlari haqida yoritilgan.
-
O'tloqli-allyuvial tuproqlar sharoitida sho'r yuvish me'yorlarining tuproqning sho'rlanish darajasiga ta'siri
Kadirov Sh. Yu.,Monografiyada Xorazm viloyatining o'tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida sho'r yuvish me'yorlarining tuproq sho'rlanish darajasiga ta'sirini o'rganish va optimal sho'r yuvish me'yorlarini ilmiy asoslash yuzasidan amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari keltirilgan. Shuningdek, sho'r yuvish me'yorlarining tuproqlarning suv-fizik xossalariga ta'sirini o'rganish, sho'r yuvish jarayonida sarf bo'lgan suvning tuproqdagi tuzlarni yuvish samaradorligiga ta'sirini baholash, sho'r yuvish tadbirlarining iqtisodiy samaradorligini aniqlash, optimal sho'r yuvish me'yorlarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga tavsiya etish kabi masalalar ham yoritilgan.
-
Mashinasozlik ishchi chizmalarini tayyorlashda kompas-3D grafik muharriridan foydalanish
H.M. Raximov, M.Q. Normatov,Mazkur qo'llanma mma tasdiqlangan fan dasturi asosida tayyorlangan bo'lib talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash va KOMPAS-3D dasturida ishlash ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. Qo'llanmada ikki o'lchamli ishchi chizmalarni yaratish, kesim va qirqimlarni bajarish, o'lchamlarni qo'yish, sirt tozaliklarini belgilash hamda ESKD talablariga muvofiq rasmiylashtirish bosqichma-bosqich yoritilgan.
-
Odam anatomiyasi
Odam anatomiyasi tibbiyotning fundamental fanlaridan biri hisoblanadi. U talabalami bo‘lajak mutaxassislik fanlarini chuquro‘rganishlariuchunzam in yaratadi. Darsiik tibbiyot oliy o‘quvyurtlarining bakalavriyat ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha davolash ishi (60910200), pediatriya ishi (60910300), tibbiy profilaktika ishi (60910400), stomatologiya (60910100), tibbiy biologiya ishi (60910600) va xalq tabobati (60911100) fakultetlarining o‘quv rejasiga mos ravishda tayyorlangan. huningdek, undan tibbiyot texnikumlarining talabalari ham foydalanishlari mumkin. Kitob hozirga qadar respublikamizda odam anatomiyasi fanidan nashr etilgan darsliklardan bir muncha farq qiladi. Unda keltirilgan ko'p sonli rangli rasmlarda mushaklar va ichki a’zolaming anatomik tuzilishi bilan bir qatorda ularni qon va nerv bilan ta’minlanishi, vena hamda limfa tomirlari yo‘nalishlari keltirilgan.
-
Umumiy pedagogika
R .A.M av lo n o v a,Darslik pedagog kadr tayyorlashga qaratilgan ta ’lim yo'nalishlariga mo ‘ljallangan,unda pedagogika fanining asoslari, maqsad, vazifaiari, tadqiqot m etodlari. didaktika va tarbiya nazariyasining umumiy mazmuni (chunonchi, tamoyil, shakl, metod va vositalari, ijtimoiy tarbiya turlari, ularning o ‘ziga xos jihatlari, samarali tashkil etish omillari, 0 ‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta ’lim tizimi, pedagogika tarixi va pedagogik mahorat, ijtimoiy pedagogika va maktabshunoslik xususida so ‘z yuritiladi.
-
Muhandislik psixologiyasi
0. A.Abdurasulov,Ushbu oquv-uslubiy qo'llanmada muhandislik psixologik bilimlami о rganishda talabalaming nazariy materiallami о ‘zlashtirishda va bu bilimlami amaliyotda qo'llay olishga, muhandislik psixologiya haqida tasawurga va tushunchalarga ega bo'lishga e’tibor qaratilgan bo‘lib, undo o'quv kurslari bo ‘yicha о ‘tiladigan har bir mavzuga nazariy bilimlami mustahkamlash uchun ко rsatmalar tavsiya etilgan. Ushbu uchun о quv-uslubiy qo llanma bakalavriat yo nalishi bo'yicha ta lim olayotgan talabalar uchun mo ‘Ijallangan.
-
Muhandislik psixologiyasi.
Mustafayeva I.N., .Muhammodiyev.Sh.M,Ushbu uslubiy ko„rsatma ta‟lim standartlarini hamda “Muhandislik psixologiyasi” fanining o„quv dasturi asosida darslikdagi mavzularni zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida talabalarga yetkazib berish uchun tayyorlangan. Mazkur uslubiy ko„rsatmadan ToshDTUning barcha texnik ta‟lim yo„nalishlari uchun foydalanishlari mumkin.