-
Боғловчи моддалар кимёвий технологиясига оид лаборатория ишлари
Т. А. Отақўзиев, Э. Т. Отақўзиев, И. Н. Махмаёров,Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va apparatlari, -
Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va apparatlari,
-
-
Elektroenergetika. Elektrotexnika,
-
Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va apparatlari,
-
-
-
-
-
-
-
Iqtisodiyot nazariyasi. Siyosiy iqtisod. Makro iqtisodiyot. Mikro iqtisodiyot,
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Боғловчи моддалар кимёвий технологиясига оид лаборатория ишлари
Т. А. Отақўзиев, Э. Т. Отақўзиев, И. Н. Махмаёров,Ушбу қўлланма боғловчи моддаларни ишлаб чиқариш учун дастлабки хом ашёларнинг, шунингдек тайёр маҳсулотларнинг яъни портландцемент, охак, гипс боғловчиларининг кимёвий таҳлили ва портландцемент минерало-гик таркибини аниклашнинг усуллари келтирилган.
-
Konstruksion va lak- boʻyoq materiallari
Matkarimov K.J.,O'quv qo'llanmada qora va rangli metallar ishlab chiqarish, metallshunoslik asoslari, plastmassalar, quymakorlik, metallarni bosim bilan ishlash, payvandlash va kavsharlash, metallarni kesib ishlash va metall qirquvchi dastgohlar, lak-bo'yoq materiallari haqida umumiy ma'lumotlar, lak-bo'yoq qoplamalari va ularning vazifalari, lak-bo'yoq materiallari komponentlari, lak-bo'yoq materiallari turlari, bo'yaladigan yuzalarni tayyorlash uchun materiallar, lak-bo'yoq qoplamalarini parvarishlash, bo'yashning texnologik jarayoni masalalari yoritilgan.
-
Автотранспорт воситалари сервиси
М. Икрамов,Дарсликда автотранспорт воситалари сервисининг назарий асослари, тизими, автосервис корхоналари турлари, улардаги техник хизмат кўрсатиш ва таъмирлаш технологик жараёнлари, диагностикани ташкил этиш, ишлаб чиқариш бўлинмалари ва устахоналарларида бажариладиган ишлар, автосервис жараёнини меъёрий-технологик таъминлаш, сервис сифатини бошқариш, автосервис корхоналарини моддий техник таъминоти ҳамда автотранспорт воситалари сервисининг ривожланиш истиқболлари масалалари ёритилган
-
Elektr-gaz payvandlash texnologiyasi
N.K.Dadaxonov,O'quv qo'llanmada "Elektr-gaz payvandlash texnologiyasi" fanidan nazariy ma'lumotlar berilgan. U 060001- qishloq xo'jaligi mashinalari va jihozlaridan foydalanish hamda ta’mirlash ta’limi yo‘nalishida va shu fanni o‘qiydigan boshqa yo‘nalishdagi o‘quvchilar uchun ham mo‘ljallangan.
-
Korroziyadan himoya qilish
H.B.Do'stov,O'quv qo'llanma 5321400 "Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi" ta'lim yo'nalishi fan dasturlari asosida yozilgan. Qo'llanmada metallar korroziyasining nazariy asoslari, korroziya ko'rinishlari, mashina va jihozlarning korrozion yemirilishiga konstruktiv faktorlarning ta'siri, metallar va qotishmalarning korrozion tavsiflari, nometall materiallar va himoya qoplamalari, kimyoviy hamda neft-gaz sohasi ishlab chiqarish mashina va jihozlarini korroziyadan himoya qilish usullari to'g'risida ma'lumotlar bayon etilgan. O'quv qo'llanma oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarining neft-gaz sanoati texnologiyalari, kimyoviy texnologiyalar, mashinasozlik yo'nalishlari bo'yicha tahsil olayotgan talabalar, shuningdek muhandis-texnik xodimlar uchun mo'ljallangan.
-
Turli qomatlarga kiyimlarni konstruksiyalash
D.U.Aripdjanova,Ushbu o'quv qo'llanmada turli qomatlarga kiyim konstruksiyalash nazariyasi va amaliyotiga oid materiallar bayon etilgan. Yelkali va bet kiyimlari konstruktiv asoslarini qurish usullari, tipaviydan farq qiluvchi qomatlarga kiyindari loyihalash xususiyatlari, trikotaj tabiiy va sun'ly mo'yna, tabiiy va sun'iy charından zamonaviy kiyimlarni konstruksiyalash sususiyatlari, kiyimlarni loyihalashes avalashtirish masalalarini yechish usullari keltirilgan.
-
Interyer loyihalash va arxitekturaviy grafika
G'.A.Zoyirov,Kadrlar tayyorlash milliy modelida Oliy ta‘lim maxsus o'rin egallaydi, hamda uzluksiz ta‘lim tizimining mustaqil turi hisoblanadi. Oliy ta‘limning maqsadi Respublikamizning ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy rivojini ta‘minlashga, o'zi tanlagan mutaxassislik bo'yicha bozor iqtisodiyoti sharoitida mustaqil ishlashga layoqatli, yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdan iboratdir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida oliy ta‘lim oldiga qo'yilgan vazifalarning ijrosi sobiq Sho'rolar davridan qolgan munosabatlarga chek qo'yadi.
-
Maketlashtirish
Kalanov A., Umarov A., Rashidov J.,«Maketlashtirish» fanidan ilk bor yaratilayotgan ushbu o`quv qo`llanmada kitobning paydo bo`lish tarixidan hozirgi eng rivojlangan kitob dizayni va maketini tayyorlashgacha bo`lgan jarayon bosqichma-bosqich ilmiy va amaliy mashg`ulotlar orqali batafsil ochib berilgan. Kitobning ichki va tashqi elementlari kitob grafikasi qonun-qoidalariga asoslanib tuzilgan. Mazkur o`quv qo`llanma grafik rassom va talabalarga o`z mutaxassisligini mukammal egallashda juda foydalidir. Qo`llanma kitob nashriga aloqador talaba va o`qituvchilarga foydalanish uchun tavsiya etiladi.
-
Архитектуранинг махсус масалалари
Шукуров Ғ.Ш.,Ушбу ўқув қўлланмада бино ва иншоотлар ҳамда уларнинг ташқи тўсиқ конструкцияларини иссиқлик-физик жиҳатдан лойиҳалашнинг назарий асослари ёритилган. Биноларда мажбурий микроиқлим яратишнинг назарий услублари баён этилган.
-
Архитектуравий конструкциялаш
Юсупов Р.А.,Архитектуравий конструкциялар фани бошқа техник фанлар билан ҳам ўзаро боғлиқдир, айниқса "Архитектуравий материалшунослик", "Асос ва заминлар", "Темирбетон конструкциялари" ва ҳ.к. фаннинг назарий асослари ва принциплари икки семестрга мўлжалланган.
-
Физикадан практикум
Иверонова В,Иккинчи иашр бўлиб чиқаётган бу китоб М. В. Ломоносов номидаги Москва Давлат университети физика факультети умумий физика кафедраси ходимларининг кўп йиллик иши самарасидир.
-
Ҳизматлар соҳаси иқтисодиёти
Қ.Ж.Мирзаев, М.Қ.Пардаев,Ўқув кўлланмада хизматлар сохаси иктисодиётининг назарий масалалари, сохани тармокутар буйича ривожлантиришнинг асосий йуналишлари ва истиқболлари, хар бир тармокнинг ўзига хос хусусиятлари хамда ушбу соха фаолиятини бахолаш ва хисобга олиш йўллари караб чикилган. Олий ўқув юртларида тахсил олаётган магистрларга ва катта илмий ходим-изланувчиларга мўлжалланган. Ундан профессор-ўкитувчилар соха мутахассислари ва мавзуга кзизикадиган кенг китобхонлар оммаси хам фойдалапишлари мумкин.
-
Физика 1-китоб
Ўлмасова М. X., Ж. Камолов , Т. Лутфуллаева,Ушбу қўлланма олий ўқув юртларига кирувчилар учун мўлжалланган физикадан дастурлар асосида ёзилган бўлиб, унда физика курсининг назарий асослари баён қилинган. Назарий билимларни чуқурроқ ўзлаштириш мақсадида такрорлаш учун саволлар, масала ечиш намуналари ва мустақил ечиш учун масалалар берилган.
-
Fizika optika, atom va yadro fizikasi 3-kitob
M.H. 0‘lmasova,Mazkur o‘quv qo‘llanma fizika chuqurlashtirilgan fan sifatida o‘rganiladigan aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishidagi akademik litseylar uchun mo‘ljallangan dastur asosida yozilgan. Qo‘llanma fizikaning elektromagnit tolqinlar, optika, atom va yadro fizikasi, elementar zarralar fizikasi bo‘limlari, olamning yagona fizik manzarasi bayoni bilan yoritilgan hamda fizika masalalarining izohli yechimlari namunalari bilan boyitilgan.
-
Falsafa
G. Tulenova,Mazkur o‘quv qo'llanmada falsafa fani, uning predmeti va xususiyatlari, falsafiy dunyoqarash va uning tarixiy turlari, qadimgi Sharq va antik dunyodagi ilk falsafiy fikrlar, Markaziy Osiyo, G’aibiv Yevropa, Rossiyada falsafiy fikriaming rivcjlandu tarixi, shurringdek, borliq hamda olamni falsafiy anglash muammolari, olamni bilish nazariyasi, jamiyatni falsafiy anglash asoslari, taraqqiyotning omillari, insoniyat istiqboli bilan bog'liq dolzarb muammolar o‘rin olgan.
-
Fizika 2- kitob
O‘lmasova M. H.,Mazkur qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari qoshida tashkil etilgan aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha akademik litseylar uchun tasdiqlangan fizika kursi o‘quv dasturi asosida yozilgan. Unda fizikaning elektrostatika, o‘zgarmas tok, elektromagnitizm, tebranishlar va to‘lqinlar bo‘limlarining nazariy asoslari bayon qilingan.
-
Arxitektura falsafasi
M.B.Setmamatov,Mazkur o'quv qo'llanmadan magistrantlar, bakalavrlar, tadqiqotchilar, shuningdek, estetika va falsafa tarixi sohalari mutaxassislari foydalanishlari mumkin.
-
Педагогика назарияси ва тарихи 1-қисм
М.Х Тўхтахўжаева,Ушбу ўқув қўлланмада асрлар давомида болаларда ўз шахсий мақсадини амалга оширишга интилиш туйгусини ўстиришга эътибор берилгани, тарбия ва ўз-ўзини тарбиялаш инсоният цивилизациясининг ривожида бирдан-бир шарт бўлгани, бола тарбияси ҳақида тўпланган тажриба, билим авлоддан-авлодга ўтиб, педагогик тизим яратилгани, натижада педагогик назария юзага келгани ифодаланди.
-
Юридик хизмат
Нарзиев.О.С.,Ушбу ўқув қўлланма Тошкентдавлат юридик университети ҳамда унинг ҳузуридаги Юридик кадрларни халқаро стандартлар бўйича профессионал ўқитиш маркази ўқув режасига киритилган“Юридикхизмат”фанидан маъруза ва амалиётмашғулотлариниўтиш,шунингдек битирувчиларнинг амалий фаолиятларида қўллашда муҳим аҳамиятга эга бўлади. Бунга ўқув қўлланмада ёритилган масалаларнинг замонавий, халқаро тажрибага асослангани, соҳанинг назарий ва амалий жиҳатларини қамраб олганлиги муҳим аҳамиятга эга. Мазкур ўқув қўлланма юридик хизмат ходимлари фаолиятига оид назарий масалалар; хорижий ва миллий тажрибадан келиб чиққан ҳолда амалий маслаҳатлар; юрисконсульт фаолиятида зарур бўлган ҳуқуқий ҳужжатларнинг намуналари; соҳага оид асосий норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар таҳлиллари; ҳар бир мавзуга оид казуслар, мантиқий саволлар ва тестлар; ҳамда фойдаланилган ва тавсия этиладиган адабиётлар рўйхати каби ҳам назарий, ҳам амалий жиҳатдан фойдали маълумотлардан тузилган.
-
Atom fizikasi
Xudayberganov A.M., Mahmudov A.A.,Ushbu o'quv qo'llanmada atom fizikasining asosiy ma’lumot, tushuncha, qonun va formulalari qisqartirilgan shaklda keltirilgan. Shuningdek, atom fizikasiga oid tajribalar ham berilgan. Ushbu o'quv qo'llanma universitet va pedagogika oliy o'quv yurtlarining fizika yo'nalishi hamda texnika oliy o'quv yurtlarining studentlari uchun mo'ljallangan.