-
Madaniyat taraqqiyotida vorislik. Madaniy meros tushunchasi,
-
Jihozlar va loyihalash asoslari
Otaqo`ziyev T. A., Iskandarova M., Rahimov R., Otaqo`ziyev E.,Qurilishning nazariy asoslari, -
-
-
-
-
Iqtisodiyotni boshqarish. Menejment. Marketing. Iqtisodiy statistika. Hisob. Milliy hisob tizimi. Iqtisodiy tahlil,
-
-
Siyosiy madaniyat. Madaniyat. Ma’naviyat va mafkura,
-
-
Qishloq xo‘jalik mikrobiologiyasi,
-
Pedagogika va metodikalar,
-
-
-
-
Pedagogika va metodikalar,
-
-
Silikat materiallar ishlab chiqarishda issiqlik jarayonlari va qurilmalari
D.I.Alimdjanova, M.X.Aripova, B, R, Ro`ziboyev, Sh.M.abdusattorov,Mexanika,
-
Xor va Xorshunoslik
I.B. Matyakubov,Ushbu o'quv qo'llanma Oliy ta'lim muassasalari " Musiqa ta'limi" kafedralarida o'tiladigan " Xor va xorshunoslik" fani uchun mo'ljallangan.
-
Jihozlar va loyihalash asoslari
Otaqo`ziyev T. A., Iskandarova M., Rahimov R., Otaqo`ziyev E.,Ushbu darslik 16 ta bobdan iborat bo‘lib, unda kimyo sanoati asbob-uskunalariga qo‘yiladigan umumiy talablar, noorganik moddalar ishlab chiqarish sanoatida qo‘llaniladigan konstruksion materiallar, aralashtirgichli qurilmalar, kristall va suspenziyali aralashtirgichlar, termo va elektrotexnologik materiallar, tegishli korxonalarning transport vositalari, omborxona jihozlari kabi mavzular o‘z aksini topgan.
-
Нон биокимёси
Айходжаев Н. К., Джахангиров Г. З.,Ушбу дарсликда нон тайёрлашнинг ҳар бир босқичида кечувчи биокимёвий жараёнларни ифодаловчи маълумотлар келтирилган. Китобда крахмал бўлмаган полисахаридлар ва уларнинг оксидланиш маҳсулотларининг аҳамияти кўрсатиб ўтилган. Буғдой ва жавдар ярим фабрикатларида бижғишни келтириб чиқарувчи турли микроорганизмлар, уларнинг ҳаёт фаолияти маҳсулотлари, шунингдек улар таъсирида муҳит кислоталилигини ўзгариши батафсил баён этилган.
-
Xalq Hunarmandchiligi Va Amaliy Bezak San'ati
O'quv qo'llanma oliy ta'lim muassasalarining "Texnologik ta'lim" yo'nalishidagi "Xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash" fanidan ta'lim jarayonlarini tashkil qilish uchun mo'ljallab tayyorlangan.Unda mashg'ulot mavzulariga oid nazariy ma'lumotlar, amaliy va grafik ishlarni bajarish bosqichlarining bayoni hamda ularning yoritish uchun zarur bo'lgan illyustrativ materiallar keltirilgan.Har bir mavzuga tegishli nazariy ma'lumotlar va amaliy ko'nikmalar rasmlantirishga bag'ishlangan materiallar o'rganilganidan keyin talabalarning shu mavzu bo'yicha bajarishlari tavsiya etiladigan amaliy va grafik topshiriqlari berilgan.
-
umumiy geologiya
B.T.Toshmuhemedov,Darslik kosmik, geofizik, izotop va boshqa yangi izlanishlar natijasida olingan ma`lumotlarni e`tiborga olib tuzilgan. Bu ma`lumotlar Yer, uning ichki tuzilishi, tektonik harakatlarning tabiati, deformatsiya, vulkanizm, seysmik harakatchanlik sabablari, qoplama muzliklar, dengizning geologik ishi va boshqa yangi fikrlar keltirilgan.
-
Ish yuritish
M Aminov. A Madaliev,Ushbu qo'llanmada tashkilot va muassasalarning ish yuritish faoliyatida eng ko'p qo'llanadigan hujjatlar, ularni tuzish tartib-qoidalari masalalariga to'xtalindi, ular tegishli namunalar bilan ko'rsatildi, ish yuritishga oid lug'at berildi
-
Иқтисодий ва молиявий таҳлил
Е.Ергешев,Субъектларнинг хўжалик ва молиявий фаолиятини иқтисодий ва молиявий таҳлил қилиш усуллари тегишли қонунлар, низом ва кўрсатмалар, халқаро ва миллий стандартларга таянган ҳолда баён этилган ушбу дарслик ўзига хос аҳамият касб этади.
-
Arxivshunoslik
Saidboboyev Z. A.,Darslik O'zbekistonda arxiv sohasining rivojlanishi tarixi, uning huquqiy-me'yoriy asoslari va arxiv ishining tashkil qilinishi, arxiv muassasalarida fondlarni jamlash, hujjatlar bilan ishlash, ularni turkumlash, sharhlash, kataloglashtirish, ro'yxatdan o'tkazish, qayd qilish, ulardan foydalanish va mazkur jarayonlarga taalluqli bo`lgan hujjatlarni rasmiylashtirish, shuningdek, arxiv sohasini boshqarish hamda avtomatlashtirish mavzusiga oid nazariy va amaliy ma`lumotlar o`rin olgan.
-
Ma'naviyat asoslari
S.H.Nosirxo'jayev, M.F.Lafasov, M.Z.Zaripov,O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi kollejlari va akademik litseylar uchun darslik sifatida tavsiya etilgan.
-
Ona tili ma'ruzalar to'plami
О.Hamroyeva,Aziz abituriyent! Oliy ma’lumotli bo'lishni istagan bar bir inson ona tilimiz - o'zbek lisonining grammatik xususiyatlarini bilishi shart. Mazkur ma’ruzalar to'plami ham ushbuni inobatga olgan holda va sizning oliy o'quv yurtiga kirish imtihoniga ona till tanidan bar tomonlama mukammal tayyorlanishingiz uchun qulaylik yaratish maqsadida yaratilgan. U umumta'lim maktablari va o'rta maxsus kasb-hunar ta'limi muassasalari darsliklaridagi ma'lumotlar, shuningdek, so'nggi yillarda test sinovlarida berilgan savollar asosida tayyorlandi. Ushbu qo'llanma ma'lumotlaming aniqligi, foydalanishga qulayligi bilan ham ahamiyatlidir.
-
Dehqonchilik va tuproqshunoslik va agrokimyo asoslari
S.A.Azimboyev,Dehqonchilik va tuproqshunoslik ilmi - egizak tushuncha. Binobarin, tuproq sharoitini bilmasdan turib, dehqonchilik fanini taraqqiy ettirish mumkin emas. Mazkur darslikda dehqonchilik, tuproqshunoslik va agrokimyo fanining ba'zi jihatlari o'z aksini topgan. Xususan, tuproqning paydo bo'lishi, mexanik tarkibi, klassifikatsiyasi, agrofizik xossalari, dehqonchilikning rivojlanish tarixi, tuproqqa ishlov berishning usullari, begona o'tlarga qarshi kurash, agrokimyo fani asoslari, o'g'it turlari kabi bir qator masalalar borasida ilmiy mulohazalar yuritiladi. Muxtasar shaklda aytganda, ushbu o'quv darsligida zamonaviy dehqonchilik ilmi sir-asrorlari yoritib berilgan.
-
Umumiy pedagogika
Ruzimova F.M., Kalandarova M.A., Qolandarova D.K,Mazkur darslikda "Umumiy pdagogika" fanining mavzulari bo'yicha asjsiy ma'lumotlar keltirilgan. Darslik mavzulari 3 bo'limdan iborat. "Umumiy pedagogika" nazariyasi va tarixi", Ijtimoiy pedagogika", "Maxsus pedagogika" mavzusiga doir barcha ma'lumotlar berilgan.
-
Иссиқлик алмашиниш қурилмаларини ҳисоблаш ва лойиҳалаш
Нурмуҳаммедов Ҳ. С.,Ушбу ўқув қўлланма кимёвий технологиянинг иссиқлик алмашиниш жараёни, қисқа назарияси, типик қурилмалар конструкциялари, ҳамда уларни ҳисоблаш услублари баён этилган.
-
Umumiy pedagogika
Salayeva M.S.,Mazkur darslik pedagogika ta'lim sohasi bakalavriat ta’lim yo`nalishlari uchun mo`ljallangan bo`lib, u o`z ichiga pedagogikaning uchta - pedagogika nazariyasi, pedagogika tarixi va pedagogik mahorat kurslarini qamrab olgan. Darslik pedagoglar va oliy o`quv yurtlari pedagogika ta'lim sohasi bakalavriat ta'lim yo`nalishlari talabalari uchun Umumiy pedagogika fanidan tavsiya etiladi.
-
Pedagogika
Toxtaxodjayeva M. X.,Darslik pedagog kadr tayyorlashga qaratilgan ta'lim yo‘nalishlariga mo‘Ijallangan, unda pedagogika fanining asoslari, maqsad, vazifalari, tadqiqot metodlari, didaktika va tarbiya nazariyasining umumiy mazmuni (chunonchi, tamoyil, shakl, metod va vositalari, ijtimoiy tarbiya turlari, ularning о ‘ziga xos jihatlari, samarali tashkil etish omillari, О ‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta'lim tizimi, ta'lim muassasasi menejmenti, shuningdek, korreksion (maxsus) pedagogikaning mohiyatlari) xususida so‘z yuritiladi. Darslik Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlagan namunaviy dastur talablariga muvofiq yaratildi.
-
Pedagogika
J. Hasanboyev, X. A. To`raqulov, I. Sh.Alqarov, N. O`. Usmanov,Mazkur darslik pedagogika nazariyasi kursining maqsad va vazifalari, fanning umumiy asoslari, pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari, tarbiya va ta'limning maqsadi, vazifalari, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, turlari, ta'lim-tarbiya jarayonida milliy merosdan foydalanish yo'llari, shakllari va vositalari, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, ta'lim oluvchilar bilimlarini tashkil etish, korreksion pedagogika haqidagi ma'lumotlar o'rin olgan. Darslik pedagogika oliy o'quv yurtlarining mutaxassis fakultetlari talabalari, pedagogika kollejlarining o'quvchilari uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi yo'nalishlari bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan. Mazkur darslik oliy o'quv yurtlari talabalari, magistrlar va aspirantlar, shuningdek, pedagog-mutaxassislarga mo'ljallab tayyorlandi. Ushbu darslik "Oliy ta'lim muassasalarida ijtimoiy faol shaxsni shakllantirishning pedagogik texnologiyalari"ni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish mavzusiga oid fundamental hamda "Oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilarining kasbiy, pedagogik va ma'naviy-ma'rifiy sohalar bo'yicha bosqichma-bosqich malaka oshirish texnologiyalarini ishlab chiqish" mavzusidagi amaliy tadqiqot doirasida ishlab chiqildi.
-
Адабиёт ва ҳуқуқ
Саидов А,Жаҳон адабиётида ёрқин из қолдирган Ғарб муаллифларининг кўпчилиги ихтисослиги бўйича юрист бўлган юксак истеъдод соҳибларидир. Мисол учун, буюк немис шоири ва қомусий илм соҳиби - Йоҳанн Вольфганг Гёте Лейпциг ва Страсбург университетларининг юридик фвкультетларида таҳсил олган. Гёте ва бошқа шу каби Ғарб юрист-адибларининг насрий асарларида судьялар, адвокатлар, нотариуслар ҳамда ҳуқуқшуносликка доир бошқа кўплаб соҳалар мутахассисларининг фаолияти маҳорат билан тасвирланган.
-
Silikat materiallar ishlab chiqarishda issiqlik jarayonlari va qurilmalari
D.I.Alimdjanova, M.X.Aripova, B, R, Ro`ziboyev, Sh.M.abdusattorov,Ushbu darslikda keng turdagi silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar ishlab chiqarish texnologiyasida material va buyumlarga issiqlik ishlovi berish jarayoni bilan bogTiq bo'lgan muammolar o‘z aksini topgan.Unda issiqlik texnikasi va texnik termodinamikaning asosiy qonuniyatiari, silikat materiallar ishlab chiqarishda qo'llaniladigan quritkich va pechlaming turlari, tuzilishi, ishiash tartibi, ularda kechadigan fizik-kimyoviy jarayonlar, issiqlik qurilmalarini hisoblash va nazorat qilish masalalariga oid ma’lumotlar to'liq holda berilgan. Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi asosida pech va quritgichlami tanlash va mahsulotga issiqlik berish tartibini ishlab chiqish, issiqlik qurilmalari ishini takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor berilgan.Ushbu darslikdan texnika oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar, magistrantlar, professor-o'qituvchilar, kimyo texnoiogiya yo'nalishi bo'yicha qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari harnda shu sohaning mutaxassislari foydalanishi mumkin.