Pedagogika

Kitob mualliflari J. Hasanboyev, X. A. To`raqulov, I. Sh.Alqarov, N. O`. Usmanov,

Mazkur darslik pedagogika nazariyasi kursining maqsad va vazifalari, fanning umumiy asoslari, pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari, tarbiya va ta'limning maqsadi, vazifalari, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, turlari, ta'lim-tarbiya jarayonida milliy merosdan foydalanish yo'llari, shakllari va vositalari, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, ta'lim oluvchilar bilimlarini tashkil etish, korreksion pedagogika haqidagi ma'lumotlar o'rin olgan. Darslik pedagogika oliy o'quv yurtlarining mutaxassis fakultetlari talabalari, pedagogika kollejlarining o'quvchilari uchun O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi yo'nalishlari bo'yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengashi tomonidan nashrga tavsiya etilgan. Mazkur darslik oliy o'quv yurtlari talabalari, magistrlar va aspirantlar, shuningdek, pedagog-mutaxassislarga mo'ljallab tayyorlandi. Ushbu darslik "Oliy ta'lim muassasalarida ijtimoiy faol shaxsni shakllantirishning pedagogik texnologiyalari"ni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish mavzusiga oid fundamental hamda "Oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilarining kasbiy, pedagogik va ma'naviy-ma'rifiy sohalar bo'yicha bosqichma-bosqich malaka oshirish texnologiyalarini ishlab chiqish" mavzusidagi amaliy tadqiqot doirasida ishlab chiqildi.

Fan yoʻnalishi: | Pedagogika va metodikalar |
UDK 371(075)
Kitob nashriyoti nomi: Noshir
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9943-353-59-6
Kitob nashr qilingan yili: 2011 Yil
Betlar Soni: 456
Kitob tashqi havolasi (to‘liq matni): Yuklab olish
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Turi: Darslik
Tili: O‘zbekcha
Kitob yozuvi: O'zbek lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH