-
Ўсимликлар физиологиясидан амалий машғулотлар
Абдуллаев P .А., Асомов Д .К ., Бекназаров Б .О ., Сафаров К.С.,Umumiy biologiya, -
-
Texnologik jarayonlarni boshqarish va pochta xizmati
Mo`minov N. A., Nazarova G .N.,Umumtexnikaviy fanlar, -
-
Texnologiya ta'limida ilg'or pedagogik texnologiyalar
Oʻ.Y. Qalandarova, A.N. Xudayberganov.,Pedagogika va metodikalar, -
-
-
Yengil sanoat ishlab chiqarishi,
-
Engil sanoat jihozlarini ta’mirlash va tiklash asoslari
Olimov Q.T. , Nurboyev R.X. , Uzoqova L.P., Bafoyev D.X.,Yengil sanoat ishlab chiqarishi, -
Yengil sanoat ishlab chiqarishi,
-
-
Yengil sanoat ishlab chiqarishi,
-
-
-
-
-
Ўзбекистон Республикаси қуролли кучлари умумҳарбий низомлари
Б.Б. Умурзаков., Ш.А. Таджиметов,Harbiy fanlar, -
Arxitektura,
-
-
Ўсимликлар физиологиясидан амалий машғулотлар
Абдуллаев P .А., Асомов Д .К ., Бекназаров Б .О ., Сафаров К.С.,Ушбу қўлланмада ўсимликлар физиологиясининг асосий бўлимлари ҳисобланган ҳужайра физиологияси, сув алмашинуви, фотосинтез, нафас олиш, минерал озиқланиш, ўсиш ва ривожланиш, ўсимликларнинг чидамлилиги, ҳужайранинг физиологик фаол моддаларига тегишли лаборатория ишларини классик ҳамда замонавий услубларда бажариш йўллари тўла баён қилинган
-
Logistika
Tairova M.M, Abdulloev A.J,O`quv qo`llanma mavjud namunaviy dastur asosida tuzilgan. Keskin raqobat kurashi sharoitida har qanday korxona faoliyatida logistika muhim ahamiyat kasb etadi, shu jihatdan, ushbu o`quv qo`llanma logistika faoliyatining asosiy usullari, amalga oshirish tartibi, firmaning raqobat sharoitida logistika strategiyasini tanlash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu o`quvqo`llanma dan o’qituvchilar, mustaqil izlanuvchilar, talabalar, tadbirkorlar va marketingga qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.
-
Janna D'ark haqida uning safdoshi va kotibi Ser Lui de Kontning esdaliklari
Mark Tven.,Atoqli Amerika yozuvchisi Mark Tvenning bu romani fransuz xalqining nomi tillarda doston, o‘n yetti yoshida Fransiya qurolli kuchlarining bosh qo‘mondoni boigan (1412-yilda tug'ilib, 1431-yilda Ruan shahrida o'tda kuydirib oidirilgan) Janna d’Arkning ajoyib hayot yo‘li haqida yozilgan. Bu shijoatli donishmand qizchani tarixda Orlean qizi, Fransiyaning haloskori va boshqa yuksak nomlar bilan atashadi. Mark Tven 1908-yilda yozgan maqolasida: «Yozgan kitoblarim ichida eng yaxshi ko'radiganim «Janna D’ark»dir... - deb ta’kidlagan edi.
-
Texnologik jarayonlarni boshqarish va pochta xizmati
Mo`minov N. A., Nazarova G .N.,Ushbu kitobda O'zbekistonda pochta xizmatini rivojlantirish yo'llari, soxaga oid texnologik jarayonlarni boshqarish, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari hamda robototexnologik kom plekslam ing qo'llanilishi berilgan. K ito b pochta xizm atini avtomatlashtirish soxasidagi mutaxassislar, aspirantlar va talabalar uchun mo'ljallangan.
-
Chizmachilik
E.I.Ro'ziyev, R.A.Latipov,O'quv qo'llanmada kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun chizmachilik fani bo'yicha grafik topshiriqlar variantlari keltirilgan. Topshiriqlar chizmachilik fanining asosiy mavzulari bo'yicha tuzilgan boʻlib, ta'lim mazmunining majburiy minimumiga to'la mos keladi. Ushbu qo'llanmada chizmachilik fanining asosiy vazifalaridan boʻlgan texnika ta'limi yo'nalishini kuchaytirish, grafik tasvirlarning rivojlanishi va zamo-naviy grafikada milliylik komponentlari bilan tanishtirish maqsadida ilk bora o'quvchilarning konstruksiyalash va ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan topshiriqlar variantlari alohida bo'limlar sifatida kiritildi. Bu bo'limlar materiallaridan fan o'qituvchilari chizmachilikdan olimpiada topshi-riqlarini tuzishda, shuningdek, fakultativ va to'garak mashg'ulotlarida ham sama-rali foydalanishlari mumkin.
-
Texnologiya ta'limida ilg'or pedagogik texnologiyalar
Oʻ.Y. Qalandarova, A.N. Xudayberganov.,Ushbu darslik hozirgi zamon talablaridan kelib chiqib tayyorlandi, unda pedagogika, psixologiya, umumkasbiy hamda maxsus fanlardan olgan bilim va ko'nikmalarini amalga tadbiq etish, texnologiya ta'limi darslarini samarali hamda no'ananaviy tarzda tashkil etishni o'rgatishdan iborat. Texnologiya ta'limi dars jarayonlarida texnologiyalashtirish va ilg'or pedagogik texnologiyalami qo'llashni tadbiq etishni o'rgatishdan iborat.
-
Саодат саройининг калити
Тохир Малик,Ёзувчи Тоҳир Маликнинг ахлод-одобга доир рисолалари китобхонларга яхши таниш. Унинг уч фаслдан иборат “Одамийлик мулки” ахлоқ китоби кўпчилик диққатини тортди. Бу рисола асосида тартиб берилган “Келинлар дафтарига”, “Куёв бола, сизга айтар сўзим бор” китоблари ҳам нашр этилган. Адиб китобхонлар, хусусан, ота-оналар, мактаб, лицей, коллеж устозларининг таклифларини инобатга олиб, “Одамийлик мулки” асарини қисқартириб, тадқиқ қилиб, ўсмирларнинг талаби ва дидига, қизиқишига мослаган ҳолда қўшимчалар киритиб, “Умидимиз юлдузларига” тарзида нашрга тайёрлади.
-
Tikuv buyumlarini ishlab chiqarish jihozlari
Xojiyev A.,Ushbu darslik ilg‘or yengil sanoat korxonalaridagi brend kompaniyalarning takomillashtirilgan zamonaviy jihozlari, o‘quv va ilmiy adabiyotlar, ma’ruza matnlari asosida yozilgan bo‘lib, materiallarni tikuv korxonasiga qabul qilib olish, omborlarga joylashtirish, nuqsonlarini, o‘chamlarini nazorat qilish, bichish va ularni tikuv mashinasida ip bilan biriktirish jarayonini amalga oshiradigan, tayyor buyumga ishlov beradigan individual texnologik jarayonlarni hisobga olgan holda tikuv ishlab chiqarishining texnologik jarayonlari, mashinalarning tuzilishi, tavsifi va ulardagi sozlashlar haqida ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.
-
Tikuvchilik korxonalarining uskunalari
X.H.Samarxo'jayev,Мазкур маълумотнома-ўқувқўлланмасида мамлакатимиз корхоналаридаги ва турли чет эл фирмаларидаги тикувчилик ишлаб чиқаришининг барча босқичларига мўлжалланган ускуналар тўғрисида маълумот берилган.
-
Engil sanoat jihozlarini ta’mirlash va tiklash asoslari
Olimov Q.T. , Nurboyev R.X. , Uzoqova L.P., Bafoyev D.X.,Ushbuo‘quv qo‘llanmasi yengil sanoat sohasiga doir mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim olayotgan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undayengil sanoatkorxonalaridaqo‘llanadigan mashina vajihozlarining mustahkamligini oshirish, ularni montaj qilish va sinovdan o‘tkazish qoidalari, detallaming yeyilishi va nuqsonlari, mashinalarda sodir bo‘ladigan titrash va undan muhofazalash usullari, jihozlarni ishlatish va ta’miriash texnologiyasi hamda detallami qayta tiklash usiublari bayon etilgan.
-
Yengil sanoat jihozlari puxtaligi
F. A. Qurbonov, Sh. X. Behbudov,Ushbu o„quv qo„llanmada yengil sanoat mashinalarining ishonchliligi, mashinalarning puxtaligi va ularni ta‟mirlash haqida asosiy tushunchalar, texnik xizmat ko„rsatish, mashina va apparatlarning barqarorligi, mashina detallarini tiklash texnologik jarayonlari, detallarning yeyilishi va uning sabablari, jihozlarni ta‟mirlash, mashinalarni qismlarga ajratish to„g„risida umumiy ma‟lumotlar berilgan. Bundan tashqari tayyor mahsulotning tarkibi tajribalar o„tkazish jarayonlari orqali tahlil qilingan va nazariy usullari bayon etilgan.
-
Анна Каренина I қисм
Толстой Лев,Анна тимсоли орқали ёзувчи ҳаёт-мамот, инсон тақдири, яшашдан мақсад, одамзотнинг маънавий камолоти, аъмоли кабиларга ўзининг ҳаққоний ва самимий муносабатини билдиради.
-
Yengil sanoat jihozlariga texnik xizmat ko'rsatish
A.R.Amonov, J.O.Sharipov,Ushbu o'quv qo'llanmada ishlab chiqarish jarayonida yengil sanoatda qo'llaniladigan mashina va apparatlarga servis faoliyati, uning turlari, yengil sanoat korxonalarida mashina va uskunalarining tuzilishi va ularni tiklashda texnik xizmat ko'rsatishni tashkil qilish usullari to'g'risida umumiy ma'lumotlar berilgan.
-
Metall konstruksiyalari
Q. Saydullayev, K. Shukurova,Metall konstruksiyalar darsligi 2002-yili «Po'lat qurilmalar» va 2004-yili nashr qilingan «Maxsus metall konstruksiyalari» o‘quv qo‘llanmalari asosida yaratildi, lekin shu soha mutaxassislari va professor o‘qituvchilari tomonidan bildirilgan taklif va fikr- mulohazalar inobatga olgan holda, mazmunan yangi ma’lumotlar bilan to’ldirildi. Darslik mavjud me’yoriy hujjatlar va yangi o‘quv dasturiari asosida yozildi hamda internetdan olingan ma’lumotlar bilan boyitildi.
-
Шунча шингани ким еган?
Пак Ван Со,Бу асарда қишлоқ хаёти, очарчилик, арпа донларнинг танқислиги ва ҳакозаларни сўзлайди.
-
Turar-joy binolarini loyihalash
М.Абдужаббарова,Ushbu o'quv qo'llanmada kam, o'rta va ko'p qavatli turar-joy binolarini loyihalashning umumiy qoidalari, arxitektura bilan uzviy bog'lanish jarayoni ko'rsatib berilgan. Turar-joy binolarining tipologiyasi, ularni umumiy muammolari, uy-joy qurish masalalari, uy-joylarning turlari (klassifikatsiyasi), xonadon va uning tarkibi hamda funksional-texnologik bog'liqligi yoritilgan bo'lib, bunda jamiyat taraqqiyoti, iqlim sharoiti, aholining demografiyasi, funksional joylashish vazifasi, yechimi, tashqi ko'rinishiga ta'siri ko'rsatilib, ularni asoslab berilgan.
-
JAMOAT BINOLARINI LOYIHALASH
S.A.Qodirova.,Ushbu o'quv qo'llanmada jamoat binolarini loyihalashning umumiy qoidalari, arxitektura bilan uzviy bog'lanish jarayoni ko„rsatib berilgan. Barcha jamoat bino va inshootlarining arxitekturasiga universal quyidagi: ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy, ekologik, shaharsozlik, funksional, kompozitsion, hajmli – rejali, konstruktiv, me‟moriy-badiiy omillar ta‟siri keng yoritilgan. Mazkur o'quv qo'llanma 5340100 – “Arxitektura” ta‟lim yo„nalishining o„quv rejasi va dasturiga muvofiq keladi, oliy arxitektura maktabida o'qitiladigan nazariy va amaliy materiallarni o„z ichiga olib, “Turar joy va jamoat binolarini loyihalash” faoliyatini o„rganishda tavsiya etiladi.
-
Ўзбекистон Республикаси қуролли кучлари умумҳарбий низомлари
Б.Б. Умурзаков., Ш.А. Таджиметов,Ушбу маърузалар курси Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари Умумҳарбий Низомлари таркибига кирувчи Ички тартиб, Интизом, Гарнизон ва қоровуллик хизматлари ва Саф Низомлари ҳамда Ички ишлар органларининг Интизом устави талабларини ўз ичига қамраб олган. Маърузалар курсидаги мавзуларда Ички тартиб, Интизом, Гарнизон ва қоровуллик хизматлари ва Саф Низомларининг умумий қоидалари, ҳарбий хизматчилар ва ички ишлар идоралари ходимларининг ҳуқуқлари, мажбуриятлари, жавобгарликлари ҳамда улар ўртасидаги ўзаро муносабатлар, рағбатлантириш ва интизомий жазоларнинг турлари ҳамда уларни қўллаш бўйича командир (бошлиқ)ларнинг ҳуқуқлари, қоровуллик ва патруллик хизматларини ўташ тартиби, қуролсиз бажариладиган саф амаллари ва ҳаракатлари, ҳарбийча салом бериш тартиби, ҳарбий хизматчиларнинг сафга туришдан олдинги ва сафдаги мажбуриятлари бўйича етарли маълумотлар берилган бўлиб, бугунги кунда тегишли норматив-ҳуқуқий хужжатларга киритилган ўзгариш ва қўшимчаларни инобатга олган ҳолда тайёрланган. Маърузалар курси Ўзбекистон Республикаси ИИВ Малака ошириш институтида Ички ишлар органларига қабул қилинган бошланғич касбий тайёрлаш курси ҳамда Касбий тайёргарлик факультетига қабул қилинадиган тингловчилар учун мўлжалланган.
-
ARXITЕKTURAVIY KОMPОZITSIYA VA LОYIHALASH ASОSLARI
A.O`RОLОV, A.RAHIMОV, B.SAIDОVA,Mazmunan va mantiqan o`zarо bоg’langan, bir-birini to`ldiruvchi uchta fan "Arhitеkturaviy kоmpоzitsiya", "Arhitеkturaviy grafika" va "Arhitеkturaviy lоyixalash asоslari" fanlaridan yahlit bir uyg’un umumlashgan ilmiy-uslubiy o`quv adabiyoti shu chоqqacha yaratilmagan. Mazkur qo`llanma ushbu bo`shliqni to`ldirishga, bu fanlarning mazmunmоxiyatini, ularga hоs umumiylik va hususiylikni оchib bеrishga, mе’mоriy va badiiy ijоd jarayonida kоmpоzitsiyalar va lоyixalar ustida ishlash, ularni grafik tasvirlash, mе’mоriy-badiiy, kоmpоzitsiyaviy va grafik vоsitalardan samarali fоydalanishning malakaviy sir-asrоrlarini talabalarga o`rgatish va tushuntirishga qaratilgan. Qo`llanmada arhitеktura va kоmpоzitsiya xaqida umumiy ma’lumоtlar, arhitеkturaviy kоmpоzitsiyaning turlari, badiiy vоsitalari, arhitеkturaviy grafika va uning tasviriy uslublari, mе’mоriy chizmalar va bоshlang’ich o`quv lоyixalari ustida ishlashning uslubiy qоnuniyatlari bayon qilingan. Ilk bоr оstоna va badiiy tugallik kоmpоzitsiyalari xaqida fikr yuritilgan. Talabalarga o`z ijоdiy lоyixalarini ximоya va taxlil qilish asоslari xam оchib bеrilgan.
-
Biomexanika
Yusupova Z.X.,O’quv qo’llanmada odam harakat apparatining ishini tushunish uchun zarur bo‘lgan biomexanika sohasidagi ma’lumotlar bayon qilingan. Umuman odam gavdasi va uning alohida bo’g’inlari harakatlarining kuch va energetik jihatlari ko‘rib chiqilgan. Jismoniy tarbiyaning, sport trenirovkasining an’anaviy vositalarini qo‘llash bilan noan’anaviy biomexanik texnologiyalar va mashqni bajarish paytida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan harakat samarasi o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘rsatilgan. O’quv qo’llanmada jismoniy tarbiya va sport universiteti talabalari, maxsusixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internati o’quchilari hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat yuritadigan professor-o‘qituvchilar, mutaxassislar uchun mo‘ljallangan