-
-
-
-
-
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
-
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
-
Umumtexnikaviy fanlar,
-
-
-
-
-
-
Физика курси III-том (ОПТИКА, АТОМ ВА ЯДРО ФИЗИКАСИ)
О. Аҳмаджонов,Ушбу дарслик СССР Олий ва Ўрта махсус министрлигининг Олий таълим бўйича Уқув-методик бошқармаси тасдиқлаган укув программаси асосида кайта ишланди. Унда физика курсининг квант статистикаси ва қаттиқ жисмлар физикасига оид маълумотлар ҳам акс эттирилди. Дарслик олий техника Уқув юртларининг инженер-техник ихтисоси бўйича уқувчи студентлари учун мулжалланган бўлиб, ундан педагогика институтларинилг студентлари ва физика укитувчилари ҳам фойдаланишлари мумкин.
-
Гидравлика, гидромашиналар ва гидроюритмалар
Қ.Ш.Латипов,Дарслик уч қисмдан иборат. Биринчи қисмда суюқликлар, уларнинг физик хоссалари, гидростатика масалалари баён қилинган. Иккинчи қисмда ҳажмий ва марказдан қочма насослар, уларда суюқликларнинг ҳаракат қилиш қонунлари баён этилган. Учинчи қисм ҳажмий ва парракли гидроузатмалар, гидродвигателлар, гидроузатмаларда ишлатиладиган турли гидроаппаратларга ва уларнинг қисмларига бағишланган.
-
Materiallar qarshiligi
N.S.Bibutov, A.X.Hojiyev,Materiallar qarshiligi konstruksiya elementlarini mustahkamlikka, birlikka va ustuvorlikka muhandischa hisoblash asoslarini tashkil etuvchi fandir. Darslikda materiallarni fiziko-mexanik xossalari, toʻg'ri sterjenlarni cho'zilish, siljish, buralish. egilish, murakkab qarshilikda va egri sterjenlardagi kuchlanish va deformatsiyalar o'rganiladi. Kitobda materiallar qarsbiligida masalalarni echish metodikasi keltirilgan, nazariy matuni qisqartirish evaziga echilayotgan masalatarning soni kupaytirildi. Darslik qurilish, transport va mashinasozlik mutaxassisligida ta'lim olayotgan bakalavrlar uchun mo'ljallangan.
-
Materialshunoslik
E.O. Umarov,Mazkur darslik «Materialshunoslik» o'quv fani bo'yicha yaratilgan. Darslik sanoatda ishlatiladigan materiallarning turlari va xossalarini, ulaming xossalarini yaxshilash usullarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda an ’anaviy konstruksion materiallar bilan bir qatorda, hozirgi zamon yangi materiallari, kompozitsion materiallar va nanomateriallar xususiyatlari hamda olish texnologiyalari yoritilgan.
-
Vektor va tenzor tahlil
U.Dalabayev,"Vektor va tenzor tahlil" darsligi oliy o`quv yurtlarining fizika va astranomiya yo`nalishlari bo`yicha bakalavrlar tayyorlash uchun bu fanning tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida yaratilgan. Darslikda Vektor va tenzor tahlili kursiga oid asosiy tushuncha va tasdiqlar yoritilgan bo`lib, ularning fizik mazmuni va tadbiqlari ko`rstilgan. Mavzular bo`yicha talabalar mustaqil ishi uchun topshiriqlar va ularni Maple tizimida yechish texnologiyasi ham berilgan.
-
Допуски и посадки 1 справочник
Мягков В.Д. Палей А.Б. Брагинский В.А.,Справочник содержит материалы по расчету и применению допусков и посадок в машино и приборостроении с учетом единой системы допусков и посадок (ЕСДП), обязательной в странах членах СЭВ.
-
Ichki yonuv dvigatellari
TATU,Kitobning I qismida ishchi jarayonlar va ularni IYOD ning energetik, tejamkorlik va ekologik ko'rsatkichlariga, shuningdek, ishonchlilik parametrlariga ta'siri ham ko'rib chiqilgan. Dvigatellarning konstruksiyasi va ishlatilishining o'ziga xosligini ish jarayonlarining kechishiga ta'siri tahlil qilinadi. Kitobdning II qismida krivoship-shatun mexanizmi kinematikasi va dinamikasi bo'yicha ma'lumot berilgan, IYOD va ularning qismlarini muvozanatlash, tebranishi. shovqini va titrashi masalalari yoritilgan; IYOD delallari va tizimlarining ishlash sharoiti konstruksiyalarining o'ziga xosligini tahlili va hisobi keltirilgan. EHM dan foydalanib IYOD ning loyihalash asosi ko'rib chiqilgan
-
Quymakorlik metallurgiyasi
S.A.Rasulov V.A.Grachev,Quymakorlik mashinasozlikning asosiy tayyorlov bazasi hisoblanadi. Quymakorlik — zarur mexanik va ekspluatatsion xususiyatlarga ega bo'lgan muayyan shaklli zagotovkalar olishning eng universal usulidir. Mashina va asboblardagi detallaming ko‘p qismi quyma qilib ishlangan. Zagotovka tayyorlashning boshqa usullaridan quymakorlikning farqi shundaki, quymakorlikda metall va qotishmalar suyuqlantirib olinib, undan sifatli quyma detallar olinadi
-
Gidrotexnika inshootlari
M.Bakiyev I .Majidov B.Nosirov R. Xo 'jaqulov M.Rahmatov,Mazkur darslik 1 jildda suv resurslari suv xo`jaligi vaa uning tarmoqlari gidrotexnika inshootlari haqida umumiy ma`lumotlar ularning zaminlari va ishlash sharoitlari gidrotexnika inshootlarining zaminlarda va qirg`oqqa tutashgan qismlaridagi filtratsiya.
-
Termodinamika 1
O. S. Ablyalimov,Óquv qóllanmada texnik termodinamika asoslari va issiqlik almashinuvi nazariyalari haqida qisqacha málumot berilgan. Shuningdek, olingan mavzular bóyicha formulalar va ulardga doir misollar kórsatilgan.
-
Механизм ва машиналар назарияси
К.В.Фролов., С. Л. Попов., Б. К. Мусатов,Дарслик икки бўлимдан иборат. Бўлимлардан олдин мазкур фан олдидаги муаммоларга бағишланган 1-боб берилган. 1 бўлимда(2-10 боблар) механизмлар, машиналар ҳамда машиналар системаларининг кинематик ва динамик хусусиятларини аниқлашнинг умумий усуллари,бўғинлари эластиклигини ҳисобга олган ҳолда механизмларни ҳисоблаш,кинематик жуфтликлардаги ишқаланиш ва ейилиш, тебраниш активлиги ва тебранишга қарши ҳимоя баён этилган.
-
Payvand birikmalarining sifat nazorati
M.M.Abralov N.S.Dunyashin,Darslikda payvand birikm alarni sifatini buzm asdan va buzib nazorat qilishni nazariy asoslari k o ‘rib chiqilgan. Zam onaviy ishlab chiqarishda payvand birikraalardagi nuqsonlam i (ichki va tashqi) aniqlash va belgilashni usuilari tasvirlangan, jih o zlar v a qurilm alar, ishlab chiqarishda nuqsonlarni aniqlash texnika va texnologiyasi xaqidagi m a’lum otlar keltirilgan, payvand chok v a birikmalardagi nuqsonlar turlari keng yoritilgan
-
Nazariy mexanika fanidan qisqa masalalar to‘plami
Kepe O., Viba Ya., Grapis O.,Kitobda nazariy m exanikaning barcha qismlariga oid bo‘lgan, jami bo'lib 1757 ta, shu jumladan, statika qismida 449 ta, kinematika qismida 434 ta va dinamikada 874 ta masalalar mavjud
-
Muhandislik va kompyuter grafikasi
Nurmetov M. R.,Darslikda fanning tarkibiga kiruvchi chizma geometriya va mashinasozlik chizmachiligi qismlaridan asosiy mavzular kiritilgan, Fanni o'qitishda innovatsion yechim sifaiida mavzular, fanni modulli o'qitish tizimi asosida o'zlashtirish qulay bo'lishi uchun, maqbul ketma-ketlikda joylashtirilgan bo'lib, har bir mavzuga doir xorijly adaiyotlardan havolalar va fanning ilmiy sohasi bo'lmish geometrik modellashtirish bo'yicha qo'shimcha materiallar bilan boyitilgan.
-
Механизм ва машиналар назарияси
А.Жураев, М.Мавлявиев, Т.Абдукаримов,Механизм ва машиналар назарияси (ММН) механизмларнинг тузилишини, кинематикасини ва динамикасини ўргатувчи хамда уларни лойиҳалаш усулларини тушунтирувчи фандир. Дарслик унинг кўпгина бўлимларини замонавий ёндашиш асосида баён қилиниши билан ажралиб туради. Назарий материаллар умумий машинасозликка тегишли бўлиб, хусусан, енгил ва тўкимачилик соҳасига боғлик, масалаларни ва вазифаларни ечиш билан биргаликда баён килинган.
-
Yerosti kommunikatsiyalarini planga olish
A. Qodirov,Darslikda yerosti kommunikatsiyalarini planga olish masalalari bayon etilgan. Yerosti kommunikatsiyalarining turlari va joylashishi haqida umumiy ma`lumotlar berilgan. Ularni loyihalashda, loyihadan joyga ko`chirish-rejalashda, tarmoqlarni qurishda va ulardan geodezik ishlar ko`rib chiqilgan. Geodezik planga olish natijalarini planda va boshqa texnik huiiatlarda qanday ko'rsatilishi haqida tushunchalar berilgan. Darslik "Geodeziya, kartograliya va kadastr" bakala vrlik yo' na lishi bo' yicha ta' Iim olayotgan talabalarga mo'ljallangan bo'lib, undan geodeziya, kadastr va qurilish sohasidagi xodimlar ham foydalanishlari mumkin.
-
Гидравлика
Умаров А.Ю.,Мазкур китобда назарий қисмнинг, асосан очиқ ўзанлар (каналлар) гидравликаси сохасидаги гидравликаси сохасидаги гидравликанинг амалий тадбиқларига, чунончи, суюқликнинг барқарор текис ва нотекис илгариланма харакати, келтирилган.
-
Hayot faoliyati xavfsizligi
Yuldashev O.R. Jabborova Sh.G.,Darslikka xavfsizlikni ta'minlashning asosiy va zamonaviy vositalari, elektr xavfsizligi masalalari, favqulodda hodisalar va fuqaro muhofazasi hamda yong'in xavfsizligi masalalari kiritilgan. Darslikdan hamma texnika yo'nalishidagi oliy o'quv yurtlari bakalavrlari, shuningdek, ishlab chiqarish korxonalarida xavfsizlikni ta'minlash masalalari bilan shug'illanayotgan mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin
-
Материалшунослик
Илҳом Носир,Дарслик Олий ўқув юртларининг машинасозлик ва бошқа техника йўналишларидаги бакалаврлар учун мўлжалланган бўлиб, ундан магистрлар ҳам фойдаланишлари мумкин. Дарсликда металл ва котишмаларнинг атом-кристалл тузилиши, унинг нуқсонлари, хосса ва тузилишларини кристалланиш ва бошка усуллар билан бошқариш кенг ёритилган. Материалларнинг физик-механик хоссаларини бошқаришда катта ўрин тутган термик ва кимёвий-термик ишлаш маҳоратлари келтирилган. Кейинги пайтда металл бўлмаган материаллар техникада ишлатилаётганини ҳисобга олиб. полимер асосидаги материалларнинг таркиби, тузилиши ва хоссаларига дарсликда кенгроқ ўрин берилган.
-
O'zaro almashuvchanlik metrologiya va standartlashtirish
K.K.Nuriev,Darslik mashinasozLikda o‘zaro almashinuvchanlikning qo'llanilish turlari, detallar sirtlarining o‘zaro joylashishi va shakllarining og‘ishi, silliq silindrik, podshipnikli, shponkali, shlitsali, rezbali, konusli, tishli birikmalarga joizlik va o'tqazishlami aniqlash, selektiv yig'ish masalalariga qaratilgan. Unda na’munaviy detallami o'lchash va yaroqliligini aniqlashga doir hamda universal va maxsus o'lchash vositalari va nazorat asboblarini qo‘llash, o'lchamlar zanjirlarini hisoblashning uslublari bayon qilingan. Shuningdek, standartlashtirish, me’yorlashtirish hamda afzal sonlar tizimiga aloqador tushunchalar, mahsulot sifatini baholash, ulaming iqtisodiy samaradorligini aniqlash masalalari ham o‘z aksini topgan.