-
-
-
-
Musiqa va tomosha san’ati,
-
Musiqa va tomosha san’ati,
-
-
Саҳна асарларидаги қаҳрамон характерини талқин қилишда замонавий коммуникатив технологиялардан фойдаланиш услубияти
Г.Холиқулова,Musiqa va tomosha san’ati, -
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Доира дарслиги
О.Камолхўжаев, А.Ливиев,Бу қўлланма маданиятинститутлари студентлари ва ўқитувчиларига мўлжалланган бўлиб, шунингдек, ундан музика тайёргарлигида доира бўйича таҳсил берувчи бошқа олий ўқув юртларида ҳам фойдаланиш мумкин. Қўлланма этюд ва машқларнинг мураккаблашиб бориши асосида тузилган бўлиб, бу талабаларнинг доира чалиш техникасини ўзлаштиришида, малакали ижрочи бўлиб етишишида катта аҳамият касб этади.
-
Ўзбек миллий кийимлари XIX-XX асрлар
Содиқова Н.,Кийим - кечаклар ўзбек халқи тарихи билан узвий боғлиқ бўлиб, у моддий - маданий ёдгорликлар ичида халқларнинг миллий ўзига хослигини акс эттириб, этник белгилари билан ажралиб туради. Кийимларда бирон - бир эл - элат тарихига бориб тақала-диган анъаналар, ижтимоий муносабатлар, маърифий, дин ва эстетик шаклларнинг айрим унсурлари ифодаланади. Жамият турмуши, иқтисодиёти ва сиёсатида ўзгаришлар бўлиб туриши билан бир вақтда кийим шакллари ҳам ўзгариб боради, унда халқнинг моддий аҳволи, кишиларнинг диди, гўзаллик тўғрисидаги идеаллари, хўжалик юритишнинг ўзига хос жиҳатлари ҳам-да оилавий турмушнинг баъзи томонлари ҳам кўзга яққол ташланади. Ўзбек халқининг кийим - кечаклари жуда хилма - хил, ранг - баранг ва жозибалидир. Маълумки, кийимлар бирон - бир байрамларда, маросимларда кийиладиган ҳамда кўчалик, уй-лик, кундалик кийимларга ажратилади. Кийимлар ўз навбатида ички, устки, бош - оёқ кийимларга бўлинади. Асосий мақсад: Мустақил Ўзбекистон Республикаси халқига миллий ўзлигини англатиш, унинг қадимдан то ҳозирги давргача бўлган анъана-вий, бетакрор кийимларини кўрсатиш, туман, қишлоқ ва шаҳарларда сақланиб келаётган фарқларни акс эттириш ва уларнинг давомийлигини англатишдан иборатдир. Ушбу асар мусаввирлар, театршунослар, кино арбоблари, санъатшунослар, этнограф олимлар, халқ ижодий ҳаваскорлар гуруҳлари раҳбарлари ва маданий меросимизга қизиққан кенг китобхонлар оммасига мўл-жалланган.
-
Cholg‘u ijrochiligini o‘qitish uslubiyoti
Abdugapparov А.,Ushbu kitob musiqiy oliy o‘quv yurtlarining An’anaviy ijrochilik ixtisosligi bakalavr bosqichi talabalariga “Cholg‘u ijrochiligini o‘qitish uslubiyoti” fani uchun asosiy darslik sifatida mo‘ljallangan. Darslikda O‘zbek milliy cholg‘ularining kelib chiqish tarixi, qo‘llanilishi, turlari, jismoniy va ruhiy asoslari, ularda tovush hosil qilish, ijrochilik nafasi, ijro imkoniyatlari, turli hajmdagi asarlar ustida ishlash va ansambl ijrochiligi xususida so‘z yuritiladi.
-
Aktyorlik san'ati va badiiy o'qishda ijro mahorat
Rollo Anson Tallkott,Ushbu o'quv qo'llanma aktyorlik san'ati va havaskorlik ijrosiga erishish yo'lida qilinishi lozim bo'lgan ishlarni o'z ichiga oladi. Bu esa talabadan o'qish va nutq texnikasini mukammal egallashni talab qiladi. O'quv qo'llanma oddiy o'quvchilar, kollej talabalari, nutq san'ati bo'yicha professional maktablar va shaxsiy studiyalar uchun mo'ljallangan.
-
An’anaviy cholg‘u ijrochiligi (dutor)
I. S. Toshpo'latova,Mazkur o‘quv qo'llanma O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “Cholg‘u ijrochiligi (an’anaviy cholg'ular)” bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. “Shashmaqom” tarkibidagi dutor cholg‘u ijrochiligiga xos bo‘lgan 24 ta maqom kuylari cholg'uga mos holda notaga olingan va ulardan 4 yil mobaynida kontsert-pedagogik repertuarlarni boyitishda foydalanish mumkin.
-
Musiqa pedagogikasi
Rauf Qodirov,Ushbu o'quv qo'llanma oliy maxsus musiqa ta'limi davlat standarlari va "Musiqa pedagogikasi" fani o'quv dasturiga muvofiq
-
Саҳна асарларидаги қаҳрамон характерини талқин қилишда замонавий коммуникатив технологиялардан фойдаланиш услубияти
Г.Холиқулова,Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Фан ва технологияларни ривожлантиришни мувофиқлаштириш кўмитасининг А1-ФҚ-0-59992, А-1-007 "Саҳна асарларидаги қаҳрамон характерини талқин қилишда замонавий коммуникатив технологиялардан фойдаланиш услубияти" лойиҳаси доирасида тайёрланган мазкур монографияда ўзбек театр санъатитараққиётида саҳна нутқининг аҳамияти, унинг шаклланиши ва ривожланиш тарихи, актёр ва режиссёр тарбюиялашда саҳна нутқининг ўрниҳақида сўз боради.
-
Хонандалик услубияти асослари
Галина МУХАМЕДОВА,Қўлланмада ашулачилик жараёнининг турли масалалари ёритилган. Вокал педагогикасининг асосий тамойил ва услублари, овоз ҳосил бўлишининг психологик, физиологик ва акустик асослари, ашулачилик малакалари шаклланишининг асосий йўллари кабилар шулар жумласидандир. Шу билимлар талабага замонавий илмий- услубий адабиётлар билан яқиндан танишиб олишга имкон яратиб беради.
-
Dirijyorlik san’ati
G‘ayrat Abrorov,Данное учебное пособие предназначено для студентов высших учебных заведений в области музыкального искусства. В нем изучаются навыки оперно-симфонического дирижерского исполнительства и даны сведения об истории дирижирования. На основе методических комментариев приведен ряд музыкальных произведений для расширения репертуара дирижера исполнителя.
-
Qalamtasvir
Boymetov B.,Qalamtasvir nomli darsligining 1 -qismi pedagogika oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun moijallangan bo'lib, unda tasviriy san’atning asosi hisoblangan qalamtasvir fani bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar mazmuni yoritilgan. Xususan, kitobdan qalamtasvirning nazariy asoslari, tasviriy san’atda perspektiva, kompozitsiya qonunlari, chiziqli konstruktiv qurilish, yorug‘-soya qonuniyatlari, odam bosh suyagi va muskullarining plastik anatomiyasi, badiiy ta’limda qalamchizgi bajarishning o‘ziga xos xususiyatlari va boshqatar o‘rin olgan. Darslikda berilgan vazifalar talabalarning bilim va malakalarini hisobga olgan holda oddiydan-murakkabga usulida ishtab chiqilgan. Kitobdan pedagogika oliy o‘quv yurtlari talabalari bilan bir qatorda kasb-hunar kolleji o‘quvchilari hamda tasviriy san'at bilan shug'ullanuvchi barcha mutaxassislar foydalanishlari mumkin.
-
SHARQ XALQLARI MAQOMLARI
Yunusov, Ravshan,Ushbu o‘quv qo‘llanma xorijiy Sharq xalqlari musiqa merosidan o‘rin olgan maqomot qamrovidagi janrlaming ilmiy asoslarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Ko’zlangan maqsadda ulaming yuzaga kelish omillari bilan tarixiy rivojlanish yo‘llarini yoritish barobarida tuzilish qonimiyatlari, ifoda vositalari, uslubiy va ijroviy xususiyatlari mumtoz milliy musiqa namunalari misolida ko‘rib chiqiladi.
-
Maqom ritmlari - Solfedjio darslarida
S.K.Matyakubova,Professional musiqiy ta'lim sohasida solfedjio fanining ma’no-mazmuniga bo'lgan e’tibor so'ngi yillarda tobora chuqurlashib va jiddiylashib bormoqda. Ayniqsa, musiqiy ixtisoslashuvning ichki ehtiyojlariga qarab, har bir sohaning o'ziga xos tomonlariga alohida ahamiyat berilmoqda. Muallifning konservatoriyadagi an’anaviy ijrochilik va boshqa fakultetlarida o'tkazgan ko‘p yillik o'quv tajribasi orqali solfedjio kurslarida o'zbek mumtoz musiqasi va ayniqsa, maqom (cholg'u va ashula) namunalarini tadbiq etishga jazm qilindi. Maqomlardagi jiddiy metroritmik xususiyatlar, lad ko'rinishlari va shunga o'xshash unsurlar talabaning musiqiy qarashlarini boyitadi. Bundan tashqari ayni shu holat hozirgi zamonaviy ta’lim tizimidagi o'quv darslariga mosdir. Ritm - Sharq monodiyasining fundamental asoslaridan biridir. Amaldagi o'quv jarayonida, solfedjio darslarida ritm masalalariga afsuski kam ahamiyat berilayapti va xususan, maqom tafakkurining ritm tamoyillari chetda qolib ketmoqda. Ana shu jihatdan «Solfedjio darslarida ritm mashqlari» (2009) hamda «Maqom ritmlari solfedjio darslarida» o'quv qo'llanmalarini yuzaga kelishi mazkur sohadagi ijobiy siljishlardan darak beradi. «Maqom ritmlari solfedjio darslarida» o'quv-uslubiy qo'llanmasida amaldagi vazn va ritm malakalarini uslubiy asoslarini o'zlashtirish va ularni o'quv jarayonida yanada takomillashtirilish masalalariga qaratilgan. Qo'llanmadagi nota misollari talabalar tomonidan kuy va ohanglarning ritmik tuzilishiga ongli munosabatda bo'lish, ichki eshitish yo'li bilan ularning ma’no-mazmunini chuqur o'zlashtirish hamda nota matnlarini izchil va ravon o'qiy bilish maqsad qilingan. «Maqom ritmlari solfedjio darslarida» nomli o'quv qo'llanma talabalarning ritmik malakalarini oshirish yo'lida, «Solfedjio darslarida ritm mashqlari»ning davomi sifatida, o'z qatoridagi ikkinchi o'quv qo'llanmasi bo'lib xizmat qiladi. «Maqom ritmlari»da oldingi qo'llanmadagi kabi ritm tuzilmalari tovushlarning baland-pastlik jihatlaridan alohida ajratilgan tarzda o'zlashtiriladi. Bunday yo'l tanlanishiga sabab, o'zbek musiqasida, xususan, maqomlarda ritm tuzilmalarining ustivor ahamiyati bilan bog'liq. Maqomlarda va umuman o'zbek musiqasida ritm ikkita nisbatan mustaqil qatlamlar tarzida namoyon bo'ladi: birinchi qatlam - usul, ikkinchi qatlam - kuy yo'lining ritmi. Ma’lumki, maqomlar azaldan og'zaki ravishda o'zlashtirilib kelinmoqda. Shunday bo‘lsa-da talabalarning bilim va tajribalarini oshirishda nota matnlarini o'qiy bilish hamda ularga qarab kuy sudurini tasawur etish juda muhim. Bu xususiyat solfedjio fanida ana shu ikki uslub - og'zaki va nota matniga qarab, kuy va ashulalarni ijro eta bilishlik juda katta ahamiyatga ega. Aks holda maqomlarni og'zaki o'rganish va nota matnlariga qarab, bilim va malakalar oshirish bir-biridan ajralib qoladi.
-
Ansambl sinfi
Buriyeva Komilaxon,Mazkur o'quv qo'llanma musiqiy san at yo'nalishidagi Oliy ta'lim muassasalarida ansainbl sinfi bo'yicha saboq olayotgan bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan. O‘quv qo'llanma fan dasturi asosida yaratilgan bo'lib. unda talabalaniing jo'mavozlik, ansainbl bo ‘lib ijro etishlariga oid asosiy ma'lumotlar bayon etilgan.
-
Sahna nutqi
Maxsuma Hojimatova,Ushbu qo`llanma so`z san`atida mukammalikka erishishning dastlabki bosqichi - nutq texnikasi haqidagi so`z yuritiladi. U to`gri talaffuz, nafas olish, ertikulyatsiya, ovoz sozlash, va yaxshi diksiyani yo`lga qo`yishdagi mashqlar hamda multimediya bilan to`ldirilgan.
-
Sahna nutqi
U.Boltaboeva,Mazkur o’quv qo’llanma asosan Qo’g’irchoq teatri aktyorligi yo’nalishlarida “Sahna nutqi” fanining nazariy – amaliy tizimlarini o’rganish va o’zlashtirishning uslubiy asoslarini o’qitish uchun mo’ljallangan bo’lib, unda nutq texnikasi, artikulyatsiya, diktsiya nafas va ovoz ustida ishlash bo’yicha umumiy mashqlar kiritilgan. O’quv qo’llanmaning so’z ustida ishlash boblarida esa turli janrdagi adabiy matnlar tahlili, manzaraviy parchalar, tez aytish, maqol va matallar ijrosida nutqiy ohangdorlikka erishish, monolog, dialoglar, she’r, masal, ruboiy va g’azallar ustida ishlash natijasida nutqda ifodaviylikka erishish usullari bo’yicha tavsiyalarni o’z ichiga olgan. O’quv qo’llanma san’at va madaniyat institutlari hamda kollejlari talabalari, shuningdek, sahna nutqi bilan qiziquvchi san’at ixlosmandlariga mo’ljallangan.
-
Sahna nutqi
Alimjonova Z., To'laganov A.,Mazkur kо‘llanma sо‘z san’ati muallimlarini kо‘p yillik ish tajribalarining hosilasidir. Mualliflar sо‘z, talaffuz, vazifasi va uning о‘rnini anglatish bilain birga, unga qanday erishish yо‘lidagi izlaiishlar, oddiylikdan murakkablikka о‘tish mashqlari haqida bayon qiladilar.
-
Qo'shiq-la ko'raman olamni
U. Djumaniyazov,Ushbu o'quv-uslubiy qo'llanma san`at yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda imkoniyati cheklangan bo'lishiga qaramasdan o'zbek san`atiga munosib hissa qo'shgan va qo'shib kelayotgan san`at vakillari xususida so'z boradi.
-
Бир юракнинг юз жасорати
С.Махудова,Ушбу китобда машҳур ўзбек актрисаси Сора Эшонтўраеванинг машаққатли ҳамда шарафли ҳаёт йўли ҳақида ҳикоя қилинади.
-
Musiqa yaratish asoslari
Aventuras De Viaje,Ushbu kitob musiqani yaratish, bastalash va kompozitsiya qilish jarayonining nazariy hamda amaliy asoslarini o‘rgatishga bag‘ishlangan. Unda musiqaning tuzilishi, ohang va ritm uyg‘unligi, akkordlar tizimi, hamda professional musiqiy asar yaratishda qo‘llaniladigan usullar haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Kitob musiqaga qiziqqan o‘quvchilar, talabalar va bastakorlik yo‘nalishida o‘zini sinab ko‘rmoqchi bo‘lganlar uchun foydali qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Unda nazariy bilimlar bilan birga amaliy mashqlar, misollar va ijodiy topshiriqlar ham joy olgan.
-
Мақомот
Отаназар Матёқубов,Ушбу китоб тарихан шаклланган Бухоро, Хоразм, Фарғона-Тошкент макомлари ҳамда Ўзбекистон ва Тожикистонда юзага келган Шашмақом намуналарини умумий илдизларга мансуб мақомот тизими сифатида урганишга қаратилган илмий тадқиқот. Муаллиф мақомотнинг туб масалаларини кенг маданий-тарихий, фалсафий-эстетик ва илмий-амалий жараён билан узвий боғлаган холда кўриб чиқишга интилади.