-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Контроль качества и стандартизация лекарственных средств
Учебно-методическое пособие по производственной практике посвящено вопросам контроля качества, эффективности и безопасности лекарственных средств. В издании приведены теоретические основы, мастер-классы и индивидуальные практические задания по современным методам анализа нормативной документации и лекарственных препаратов.
-
DORI VOSITALARINI STANDARTLASHTIRISH
Mazkur darslik tibbiyot o'quv yurtlari talabalari, xususan Samarqand davlat tibbiyot universitetining Farmatsiya fakulteti talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, dori vositalarini standartlashtirish fani bo'yicha nazariy va amaliy bilimlarni o'z ichiga oladi. Kitobda dori vositalarining sifati, samaradorligi va xavfsizligini ta'minlash, standartlashtirishning rivojlanish tarixi hamda farmatsiyadagi roli batafsil yoritilgan. Shuningdek, talabalar uchun amaliy mashg'ulotlarni bajarish namunalari,
-
Dori vositalarini standartlashtirish
Ushbu o'quv qo'llanma dori vositalarini standartlashtirish fanidan tayyorlangan bo'lib, farmatsiya yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarga laboratoriya mashg'ulotlarini o'tkazish uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada dori vositalarining sifati, samaradorligi va xavfsizligini ta'minlash, sifatni nazorat qilish hamda laboratoriya ishlarini bajarish bo'yicha texnika xavfsizligi qoidalari va amaliy ko'nikmalar keltirilgan.
-
Стандартизация и сертификация медицинской и фармацевтической продукции
Учебное пособие посвящено вопросам стандартизации, сертификации и метрологии медицинской и фармацевтической продукции. В издании изложены современные подходы к организации систем качества, нормативно-правовая база Республики Узбекистан и международная практика в сфере обращения лекарственных средств. Пособие предназначено для студентов, преподавателей медицинских и фармацевтических учебных заведений, а также специалистов фармацевтической отрасли.
-
Bioorganik kimyo. Laboratoriya mashg‘ulotlari uchun elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanma
Ushbu elektron o‘quv-uslubiy qo‘llanma universitetlarning kimyo yo‘nalishi bakalavr bosqichi talabalari uchun amaldagi DTS va namunaviy o‘quv dasturiga muvofiq, bioorganik kimyo fani bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlari bajarish uchun uslubiy tavsiyalar yoritilgan. Qo‘llanmada oqsillar, uglevodlar, nuklein kislotalar va lipidlarni ajratish va sifat hamda miqdoriy aniqlashga doir laboratoriya ishlari keltirilgan.
-
Farmakognoziya
Darslik tibbiyot oliygohlarining xalq tabobati yoʻnalishi talabalari uchun moʻljallangan boʻlib, dorivor oʻsimliklardan olinadigan dorivor mahsulotlarni oʻrgatadi. Kitobda oʻsimliklarning oʻzbekcha va lotincha nomlanishi, oʻsish sharoiti, geografik tarqalishi, fizik va kimyoviy tarkibi hamda tibbiyotda qoʻllanilishi haqida batafsil maʼlumotlar keltirilgan.
-
TOKSIKOLOGIK KIMYO fanidan laboratoriya mashgʻulotlari
Mazkur o'quv qo'llanma oliy ta'limning farmatsiya yo'nalishi o'qituvchi va talabalari foydalanishi uchun mo'ljallangan bo'lib, toksikologik kimyo fanidan laboratoriya mashg'ulotlarini bajarish tartib-qoidalari, laboratoriya jihozlari va usullarini o'z ichiga oladi.
-
Toksikologik kimyo
Mazkur darslik farmatsevtika va tibbiyot institutlarining farmatsevtika fakultetlarida tahsil olayotgan talabalar uchun toksikologik kimyo fanidan mashg'ulotlar olib borishga mo'ljallangan. Unda zaharli moddalarni har xil biologik obyekt tarkibidan ajratish, tozalash, ularning sifatini va ayrim hollarda miqdorini aniqlashning asosiy usullari ko'rsatilgan.
-
Farmatsevtika ishini tashkil qilish. I qism
Mazkur o'quv qo'llanmada “Farmatsevtika ishini tashkil qilish” fanini o'qitish bo'yicha o'quv va ishchi dasturlar, me'yoriy hujjatlar, ta'lim texnologiyalari, ularni qo'llash bo'yicha tavsiyalar keltirilgan. O'quv qo'llanma o'qituvchilar va Farmatsiya yo'nalishi talabalari uchun «Farmatsevtika ishini tashkil qilish» fanidan ma'ruza, amaliy va seminar mashg'ulotlarini o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan holda qo'llash uchun tuzilgan.
-
Фармацевтика ишини ташкил қилиш
Дарсликда фармацевтика соҳасининг ривожланиш тарихи, фармацевтика бозори ва уни тартибга солиш бўйича халқаро амалий тажриба, ҳуқуқий асослар, дорихона ташкилотларида чакана савдони ташкил қилиш, рецептларни қабул қилиш, дори воситаларини тайёрлаш ва сифатини назорат қилиш ишлари ёритилган. Шунингдек, стационар шароитда даволанаётган беморларни дори воситалари билан таъминлаш ҳамда гиёҳвандлик воситалари ва психотроп моддалар муомаласи масалалари ҳам кўриб чиқилган.
-
Farmatsevtika ishini tashkil qilish
E.R. Toshmuhamedov, X.S. Zaynutdinov, A.M. Komilov, R.A. Muhamedova, Ye.B. Juravlyova, M.Z. IslomovaDarslikda O'zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyatini va sog'liqni saqlash ishlarini rivojlantirish asoslari, dorixona muassasalari ishini tashkil qilish, dori vositalarini tayyorlash va sifatini nazorat qilish masalalari bayon qilingan.
-
Organik sintez fanidan o‘quv qo‘llanma. I qism
Mazkur o‘quv qo‘llanma oliy ta’limning farmatsiya yo‘nalishi o‘qituvchi va talabalari foydalanishi uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanmada organik sintez fanining maqsadi, vazifalari, organik moddalar olish reaksiyalari kimyosi va texnologiyasi yoritilgan.
-
Farmatsevtik kimyo: [2 qismli]
Mazkur darslik farmatsevtik kimyo fanining amaldagi dasturi asosida yozilgan boʻlib, aromat va geterosiklik birikmalar guruhiga kirgan dori vositalarining fizik-kimyoviy xossalari, tahlil usullari, saqlanishi va qoʻllanishi haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Kitob farmatsevtika oliy ta'lim muassasalari talabalari, magistrantlar, stajyor-tadqiqotchilar va dori vositalarining sifatini nazorat qilish bilan shug'ullanuvchi mutaxassislar uchun moʻljallangan.
-
Farmatsevtik kimyo
Mazkur darslik farmatsevtika institutining bakalavriatura bosqichida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda farmatsevtik tahlilning umumiy usullari, tibbiyot amaliyotida keng qo'llanilayotgan dori vositalarining olinishi, fizik-kimyoviy xossalari, tahlil usullari, saqlanishi va qo'llanishi haqida batafsil ma'lumot keltirilgan.
-
Tibbiy kimyo 1—II tom
Mazkur darslik tibbiyot institutlari uchun tasdiqlangan yangi dasturga asoslangan bo‘lib, stomatologiya mutaxassisliklarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, shuningdek, xorijiy manbalardan foydalangan holda stomatologiya instituti talabalari uchun tuzilgan. Darslikda muhim reaksiyalar mexanizmiga katta e’tibor qilingan, atomlar yoki atomlar guruhi o‘zaro ta’sirining elektron mexanizmlari haqida tushunchalar keltirilgan.
-
Farmatsevtik kimyo fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari
Mazkur o'quv qo'llanma oliy ta'limning farmatsiya yo'nalishi o'qituvchi va talabalari foydalanishi uchun mo'ljallangan bo'lib, dori vositalarining umumiy tahlil usullari, fizik konstantalari va sifat reaksiyalarini o'rganishga bag'ishlangan.