-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Tarix. Tarix fanlari
-
-
-
-
Tarix. Tarix fanlari
-
-
-
Tarix. Tarix fanlari
-
-
-
Иммунология: Тиббиёт ин-тлари талабалари учун дарслик
Darslik tibbiyot institutlari talabalari va immunologiya sohasida ish olib boradigan xodimlar uchun mo'ljallangan bo'lib, immunologiya va uning ayrim masalalariga taalluqli ma'lumotlarni o'zida mujassamlashtiradi. Kitobda immunologik tizim, timus, Fabricius xaltasi, suyak ko'rigi va limfatik tugunlar haqida batafsil ma'lumot berilgan.
-
Asab kasalliklari
Mazkur darslik tibbiyot ta'lim tashkilotlarining barcha bakalavriat bosqichi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, asab kasalliklariga tashxis qo'yish va davolashga oid yangi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Undan nevrologiya va neyroxirurgiya mutaxassisligi bo'yicha tahsil olayotgan magistrlar, klinik ordinatorlar hamda malaka oshirish fakultetlari tinglovchilari ham foydalanishlari mumkin.
-
Nevrologiya
Ushbu darslik tibbiyot ta'lim tashkilotlarining barcha bakalavriat bosqichi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, asab kasalliklariga tashxis qo'yish va davolashga oid yangi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Undan nevrologiya va neyroxirurgiya mutaxassisligi bo'yicha tahsil olayotgan magistrlar, klinik ordinatorlar hamda malaka oshirish va ixtisoslashtirish fakultetlari tinglovchilari ham mustaqil foydalanishlari mumkin.
-
Ichki kasalliklar propedevtikasi
Mazkur kitob ichki kasalliklar propedevtikasi o`quv rejasiga mos ravishda yozilgan va talabalar uchun mo`ljallangan. Unda ichki kasalliklar propedevtikasi fanining negizini tashkil etuvchi bemorlarni ob'yektiv tekshirish ko'nikmalari suratlarda koʻrsatilgan va jadvallar koʻrinishida keltirilgan.
-
Matnshunoslik
Mazkur oʻquv qoʻllanma respublika oliy oʻquv yurtlari oʻzbek tili va adabiyotini oʻqitish yoʻnalishidagi talabalar uchun moʻljallangan boʻlib, unda matnshunoslikka oid dastlabki bilimlar majmuasi, qo’lyozma manbalarni tavsif va tasnif qilish, matn tuzishning asosiy prinsiplari, shakllari va uslubiy yoʻl-yoʻriqlari haqida ma’lumotlar jamlangan.
-
Markaziy Osiyo zamonaviy tarixshunosligi konsepsiyalari
Mazkur darslik magistratura mutaxassisligi talabalari va Markaziy Osiyo xalqlari tarixini o‘rganishning zamonaviy konsepsiyalari haqida qo‘shimcha ma’lumot olishni xohlovchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, mintaqa tarixi va uni o‘rganishning nazariy-metodologik asoslarini yoritadi.
-
Manbashunoslik va tarixshunoslik
Mazkur darslik respublikamizda faoliyat koʻrsatayotgan barcha oliy oʻquv yurtlari bakalavr tarixchilari tomonidan tarixshunoslik va manbashunoslik fanini oʻrganish uchun moʻljallangan.
-
Rossiya va O‘rta Osiyo xonliklari o‘rtasida savdo-diplomatik aloqalar
Ushbu o'quv qo'llanma O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarining tarix ta’lim yo‘nalishi va gumanitar fanlari talabalari hamda o‘qituvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, Rossiya va O‘rta Osiyo xonliklari o‘rtasidagi savdo-diplomatik aloqalar tarixini yoritadi.
-
Tarixiy rekonstruksiya masalalari
Mazkur darslik respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha Oliy o‘quv yurtlarining tarix, tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari, arxeologiya, etnogenez, etnologiya, etnografiya va antropologiya magistratura mutaxassisligida tahsil olayotgan magistrantlar tomonidan Tarixiy rekonstruksiya masalalari fanini o‘rganish uchun mo‘ljallangan.
-
Xorijiy mamlakatlar tarixshunosligi
Mazkur darslik respublikamizda faoliyat ko'rsatayotgan barcha oliy o'quv yurtlarining 60220300 – Tarix bakalavriatura ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar tomonidan Xorijiy mamlakatlar tarixshunosligi fanini mukammal o'rganish uchun mo'ljallangan.
-
Paleografiya va matnshunoslik nazariyasi
Mazkur darslik oliy o‘quv yurtlarining tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari magistratura mutaxassisligida tahsil olayotgan talabalar uchun paleografiya va matnshunoslik nazariyasi fanini o‘rganishga mo‘ljallangan. Shuningdek, undan qo‘lyozma matni ustida ishlovchi muharrirlar va amaliyotchilar ham foydalanishlari mumkin.
-
TARIX O‘QITISH METODIKASI
Ushbu darslikda tarix o'qitish metodikasi predmeti, maqsad va vazifalari shuningdek, tarix darslarining turlari, tuzilishi va ularga bo'lgan zamonaviy talablar, dars jarayonida tarix darslari samaradorligini oshirish yo'llari, ilmiy-uslubiy, didaktik negizlari, tarixiy bilimlarni shakllantirish jarayonlari, tarix darsliklari va ularga qo'yiladigan zamonaviy talabalar, maktabdan va sinfdan tashqari ishlarning o'rni va ahamiyati xususida ma'lumotlar berilgan.
-
Muzeyshunoslik va arxivshunoslik
Mazkur o'quv qo'llanma muzeylar va arxivlarning jamiyat rivojida tutgan o'rni, tushunchalari, tarixi, faoliyati, taraqqiyoti, muzeyshunoslik va arxivshunoslikning zamonaviy uslublari, shuningdek, muzeyshunoslik va arxivshunoslikning dolzarb masalalari, uy muzeylari, viloyat muzeylari, muzey pedagogikasi, arxiv fondlari, hujjatlar bilan ishlash, zamonaviy muzeyshunoslik va arxivshunoslik taraqqiyotidagi yangi an'analar keng talqin etilgan.
-
Ta’lim tizimi tarixini yorituvchi manbalar
Mazkur darslik respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha oliy o‘quv yurtlarining Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari magistratura mutaxassisligida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ta’lim tizimi tarixi va uning manbashunoslik asoslarini yoritishga bag‘ishlangan.
-
Tarix o‘qitish metodikasi
Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlarining tarix ta’lim yo‘nalishi va gumanitar fanlari blokidagi “Tarix o‘qitish metodikasi” fani namunaviy o‘quv dasturiga mos ravishda bakalavriat talabalari va o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanmada tarix o‘qitish metodikasining predmeti, maqsad va vazifalari, ta’lim jarayonining tarkibiy qismlari hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalar yoritilgan.
-
RAQAMLI TARIX
Mazkur darslikda Raqamli tarix fanining mohiyati manbalar asosida yoritib berilgan. Fan axborot texnologiyalari bilan bog‘liq bo‘lib, tarixni o‘rganishda raqamli texnologiyalarining o‘rni, fan sohasidagi xalqaro tajribalar, zamonaviy yondashuvlar, tarixiy voqeliklarni, faktlarni o‘rganishda, tarixiy tadqiqotda kompyuter manbashunosligi hamda internetning ilmiy va amaliy ahamiyati haqida so‘z yuritiladi.