-
-
-
-
-
Ўзбекистон миллий энциклопедияси 12-жилд Ўзбекистон Республикаси
А.Азизхўжаев ва бошқалар,Siyosiy madaniyat, -
-
-
-
Ijtimoiy siyosat. Iqtisodiy siyosat,
-
Siyosatshunoslik fani, uning mavzusi. Siyosatning nazariyasi,
-
Siyosatshunoslik fani, uning mavzusi. Siyosatning nazariyasi,
-
Iqtisodiyot nazariyasi. Siyosiy iqtisod. Makro iqtisodiyot. Mikro iqtisodiyot,
-
Qishloq xo‘jalik biologiyasi,
-
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimini rivojlantirishda innovatsion yondashuvoo mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman materiallar
Mazkur to'plamga O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lirn muassasalarining harbiy ta'lim o'quv bo'linmalari, Respublika oliy harbiy bilim yurtlari professoro'qituvchilari, umumta'lim va o'rta maxsus o'quv muassasalarining chaqiruvga qadar boshlang'ich tayyorgarlik rahbarlari, shuningdek, harbiy-vatanparvarlik tarbiyasi yo'nalishida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning "Yoshlami harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimini rivojlantirishda innovatsion yondashuv" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani uchun tayyorlangan ilm iy- tadq iq ot ma' ruzalqr i kiriti ldi.
-
"Lazgi raqsining shakllanish tarixi va tendensiyasi" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari
Mazkur anjuman O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 18-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-iyuldagi PQ-200 qarori ijrosini ta’minlash” to‘g‘risida 16-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filialida o‘tkazilmoqda. Anjuman ilmiy to‘plamida san’atshunos olimlar, ilmiy izlanuvchilar, magistrantlar, iqtidorli talabalar va raqs san’atiga qiziquvchilarning ilmiy maqolalari jamlangan.
-
Мusiqa arbobi, kompozitor, etnograf, pedagog, sanʼatshunoslik fanlari doktori, professor VIKTOR ALEKSANDROVICH USPENSKIY tavalludining 145 yilligiga bagʻishlangan Respublika ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami. 1-jild
Ushbu to‘plam O‘zbekiston va Turkmaniston xalq artisti, san’atshunoslik fanlari doktori, etnograf olim va pedagog, kompozitor, Markaziy Osiyo musiqiy folkloristikasi asoschilaridan biri Viktor Aleksandrovich Uspenskiy tavalludining 145-yilligi munosabati bilan tayyorlangan maqolalar majmuidir. Unda olimning serqirra faoliyati, jumladan, milliy musiqa merosini avaylab-asrash va hujjatashtirishga qo‘shgan ulkan hissasi, O‘zbekiston musiqa ta’lim tizimidagi faoliyati, salmoqli va faol kompozitorlik ijodi xususida so‘z boradi. Mazkur to‘plam Oliy va o‘rta maxsus musiqa o‘quv yurtlari o‘qituvchi va talabalari, musiqashunoslik sohasida ilmiy faoliyat olib boruvchi mutaxassislar, shuningdek, barcha madaniyat va san’at ahli uchun mo‘ljallangan.
-
Tarjimada til,ta'lim va madaniyat mushtarakligi.(Respublika ilmiy-amaliy anjuman)
Ushbu to'plam tarjimashunoslikning til,ta'lim va madaniyat bilan bog\liq dolzarb masalalarga bag'ishlangan bo'lib,unda jahon tarjimashunosligi va tarjima metodologiyasining ayrim muammolari ham o'z yechimini topgan.To'plam o'zbek,rus va ingiliz tillariga qiziquvchilar,talabalar,magistrantlar va ilmiy izlanuvchilarga mo'ljallangan.
-
Васиятнома
Ғиждувоний Хожа Абдулхолиқ,Бутун дунёда жунайдия, қодирия, мавлавия, нақшбандия, кубравия, чиштия, сухравардия тариқати маълум. Аммо, тариқатларнинг энг машҳури ва мўътабари нақшбандиядир. Мазкур тариқатга Хожа Абдулхолиқ Ғиждувоний асос солган. Ҳурматли китобхон, ушбу рисола Сизни бутун шарқ олимининг ифтихори бўлмиш буюк бобокалонимиз Хожа Абдухолиқ Ғиждувоний таълимоти билан таништириб, нақшбандия тариқатига ошна қилади, деган умиддамиз.
-
Табаррук зиёратгоҳлар
С.С.Бухорий,Бухорий шарифнинг тирик қалъаси ким булган, жаҳонгир Амир Темур қай авлиёдан фотиҳа олган, разалига куй басталаган хон булганми?... Бу ва шунга ухшаш саволларга жавоб топмақчи булсангиз, марҳамат, «Табаррук зиёратгохлар»ни мутолаа қилинг. Ҳазрат Абдулхолиқ Ғиждувоний. Хазрат Баҳоуддин Нақшбанд, Шайх Нажмиддин Кубаро каби азиз авлиёларнинг ҳикматлари, биз ҳанузгача билмаган кароматлари ҳақида ҳам мазкур рисолада хабарлар берилган. Зукко шоир, олим Садриддин Салим Бухорийнинг рисоласи орқали авлиё, олим, амир, шоирларни Сиз қайтадан кашф қиласиз. Ва, уларнинг табаррук зиёратгоҳларини тавоф қилган янглиғ рухиятиигизда ажиб бир мискинлигу мағрурликни ҳис этасиз. Умид қиламизки, мутолаадан сунг, иймону эътиқодингиз янаям бақувватроқ булиб, улур боболаримиз каби ёниб яшамоқ орзуси тозарган кунглингизни қамраб олади.
-
Жо Витале: Энг сара асарлари
Витале Жо,Қўлингиздаги ушбу асарлар муаллифи Жо Витале ўзининг психологияга оид рисолалари билан миллионлаб китобхонлар эътиборини қозонган. Аксарият инсонлар унинг китобларини мутолаа қилиб, муваффақиятларга эришиб келишади. Муаллифнинг, айниқса, ушбу тўпламдаги "Пул топишнинг буюк сири", "Калит" , "Жалб қилиш сири" каби асарлари кўплаб китобхонларга манзур бўлган. Мазкур асарлар жамланиб, такрор эътиборингизга ҳавола қилинмоқда. Ёзувчининг тўпламдаги асарлари Сиз азизларга ҳам манзур бўлади, деган умиддамиз.
-
Innovatsiontexnologiyalar asosida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash: muammo vayechimlar mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjuman materiallari
[],O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son farmoni ijrosini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 4-iyuldagi PQ-200 qarori 9-bandi beshinchi xatboshisida belgilangan vazifalar ijrosi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yilga mo‘ljallangan xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi 2024-yil 18-yanvar 16-sonli buyrugʻi 1-ilovasiga, shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limivazirligi tasarrufidagi Jizzax viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi” kafedrasi ish rejasiga asosan 2024-yil 15-iyun kuni “Innovatsion texnologiyalar asosida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash: muammo va yechimlar” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjumani o‘tkazildi. Mazkur konferensiyani tashkil etishdan maqsadimiz tadqiqotchilarning, soha mutaxassislarining, ta’lim sohasida ishlayotgan pedagoglarning ilm-fanni rivojlantirish borasidagi islohotlarini muhokama qilish, dolzarb masalalarni hal qilishning samarali usullarini ishlab chiqishga taklif etishdir. Biz uchun muloqot, tajriba almashish va hamkorlik muhim.
-
O‘zbekistonda yashil iqtisodiyot: barqaror rivojlanishning yangi modeli mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
R.Y.Ruzibayev,2025-yil “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot” yili Davlat dasturi doirasida o‘tkazilgan “O‘zbekistonda yashil iqtisodiyot: barqaror rivojlanishning yangi modeli” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘zbek xalqining faxri, ardoqli davlat va jamoat arbobi, serqirra ijod sohibasi, fidokor va xalqparvar ayol Xo‘janiyozova Shakarjon Yusupovna tavalludining 70 yilligi munosabati bilan uning xotirasiga bag‘ishlanadi.
-
O‘zbekistonda inklyuziv o‘sish va barqaror rivojlanish istiqbollari: ijtimoiy – iqtisodiy sohada strategiyani ishlab chiqish mavzusidagi xalqaro anjuman materiallari
R.Y.Ruzibayev,Inklyuziv tarraqqiyotning yana bir muhim yo‘nalishlaridan biri bu Korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish. Odamlar hukumatga ishonsagina, ta’lim, infrastruktura, soliq va moliyaviy siyosatda rivojlanish bo‘ladi. Korrupsiya odatiy holga aylansa, ta’lim sifati eng past darajaga tushib ketadi, mamlakatning investorlarni jalb qilish va ish o‘rinlarini yaratish borasidagi imkoniyatlari yo‘qoladi. Buni yoshlar hammadan yaxshi anglaydi. Tegishli tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan global so‘rovnomadan ma’lum bo‘lishicha, yoshlar o‘z mamlakatlarida ish o‘rinlarini yaratish yoki ta’lim yetishmovchiligini emas, balki aynan korrupsiyani birinchi navbatda hal etilishi lozim bo‘lgan masala, deb hisoblaydi. Menimcha, bu juda o‘rinli. Negaki, odamlar o‘z kundalik hayotida duch keladigan aksariyat adolatsizliklarning ildizi korrupsiyaga borib taqaladi. Muammoning naqadar dolzarb ekaniligini hukumatimiz anglab korrupsiyaga qarshi juda jiddiy kurash boshlagan. Islohotlar jarayonida birinchilardan bo‘lib “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi" qonunning qabul qilinishi bunga yaqqol misoldir.
-
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Қонунчилик палатаси
Сафаева М,Ушбу материал Ўзбекистон парламентаризм, икки палатали тизимга ўтиш жараёни, қуйи палата тузилиши ва унинг фаолият кўрсатиш тартиби тўғрисидаги умумий ахборотдан иборат
-
Ўзбекистон миллий энциклопедияси 12-жилд Ўзбекистон Республикаси
А.Азизхўжаев ва бошқалар,ЎзМЭнинг ушбу 12-жилдини тайёрлашда булар эътиборга олинди. 12-жилдга киритилган мақолалар, олдинги жилдлардаги каби алифбо тартибида эмас, муайян мавзу бўйича жойлаштирилган. Жуда зарур ҳолларда-такрорга ўрин бермаслик, у ёки бу мавзу батафсил маълумот олишга ўқувчини йўналтириш мақсадида алифболи жилдлардаги мақолаларга ҳавола берилган.
-
Ватан-менинг ғурурим
Носиржон Ж,Ушбу қўлланма маънавий ва жисмоний баркамол авлодни вояга етказиш, улар онгида миллий ғурур ва Она-Ватанга фидойилик туйғусини шакллантириш, иймон-эътиқодлилик, ота-боболар меросива панд-насиҳатларига садоқатли бўлиш, миллий истиқлол мафкураси руҳида тарбиялаш мавзуларини қамраб олган.
-
Ватанимни куйлайман
Ғофур Ғулом,Ушбу китобга она диёрни мадҳ этувчи шеърлар, қўшиқлар, замонамизнинг долзарб масалаларини ёритувчи драматик асарлар киритилди. Тўплам кенш китобхонлар оммасига мўлжалланган.
-
Шайх Нажмиддин Қубро
Ўрта Осиё халқларининг бой маданий меросини тасаввуф тарақатларисиз тўла тасаввур этиб бўлмайди.Совет тоталитар тузуми даврида тасаввуф тариқати бидъат ва ҳурофот сифатида талқин этилар,шунинг учун ҳам халқимиз ушбу тариқат йўнилишларидан бирига асос солган Нажмиддин Қубро каби буюк мутафаккир олимлар меросидан бебаҳра эдилар.
-
Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунча ва тамойиллар
Т.Рисқиев, Ж.Раматов,Ушбу тўплам миллий истиқлол ғоясининг асосий мавзулари бўйича тайёрланган кўргазмали воситалар ва уларнинг маъно-мазмунига бағишланаган.
-
Рустам Қосимов замондошлари хотирасида
[],Яхшиларнинг иккинчи умри бўлади, деганлари рост. Улар дунёдан ўтсалар-да, бу ҳаётда амалга оширган эзгу ва хайрли ишлари, нурли хотиралари одамлар қалбида яшайверади. Таниқли давлат ва жамоат арбоби, шарқшунос олим, моҳир педагог ва дипломат Рустам Собирович Қосимов ҳаёт бўлганида бу йил 70 ёшки қаршилар эди.
-
Rustam Qosimov zamondoshlari xotirasida
[],Yaxshilarning ikkinchi umri bo'ladi, deganlari rost. Ular dunyodan o'tsalar-da, bu hayotda amalga oshirgan ezgu va xayrli ishlari, nurli xotiralari odamlar qalbida yashayveradi. Taniqli davlat va jamoat arbobi, sharqshunos olim, mohir pedagog va diplo mat Rustam Sobirovich Qosimov hayot bo'lganida bu yil 70 yoshni qarshilar edi.
-
Қишлоқ хўжалигида иқтисодий ислоҳотларни чуқурлаштириш асослари
А.Жўраев ва бошқалар,Мазкур тўпламга қишлоқ хўжалигида ислоҳотларни чуқурлаштиришнинг янги босқичига оид фармон, қарор ва меъёрий ҳужжатлар жамланган.
-
Istiqbolli dorivor o'simliklarni introduksiya qilish masalalari
X.K.Karshiboev.,Ushbu to’plamda istiqbolli dorivor introdutsent o’simliklarni tanlash, dastlabki materiallarni yig’ish, introduktsion sinov tajribalarini o’tkazish va uning natijalarini baxolash, introdutsentning reproduktsiya jarayonini tadqiq etish, keyingi bosqich sinovlarini o’tkazish va yakuniy baxolash, introdutsent o’simliklar ontogenezining o’ziga xos tomonlari tug’risidagi ma’lumotlar keltirilgan. Materiallar biologiya va dorivor o’simliklar etishtirish texnologiyasi ta’lim yo’nalishidagi talabalariga qo’shimcha o’quv manbalari sifatida mo’ljallangan. Qo’llanma Guliston DU ning Ilmiy - metodik kengashi ( 6 -bayonnoma, 16- yanvar 2021 yil) tomonidan nashrga tavsiya qilingan.