| To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart | |
|---|---|
| Fayl formati: | |
| Fayl format turi: | application/pdf |
| Fayl hajmi: | 6.71 MB |
| Hujjat turi: | To‘plamlar |
| Nashr tili: | O‘zbekcha |
| Kataloglashtirish manbai: | O'zbek lotin |
| Hujjat tipi: | Elektron shaklda |
| Kirish huquq turi: | OCHIQ KIRISH |
O‘zbekistonda inklyuziv o‘sish va barqaror rivojlanish istiqbollari: ijtimoiy – iqtisodiy sohada strategiyani ishlab chiqish mavzusidagi xalqaro anjuman materiallari
Inklyuziv tarraqqiyotning yana bir muhim yo‘nalishlaridan biri bu Korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish. Odamlar hukumatga ishonsagina, ta’lim, infrastruktura, soliq va moliyaviy siyosatda rivojlanish bo‘ladi. Korrupsiya odatiy holga aylansa, ta’lim sifati eng past darajaga tushib ketadi, mamlakatning investorlarni jalb qilish va ish o‘rinlarini yaratish borasidagi imkoniyatlari yo‘qoladi. Buni yoshlar hammadan yaxshi anglaydi. Tegishli tashkilotlar tomonidan o‘tkazilgan global so‘rovnomadan ma’lum bo‘lishicha, yoshlar o‘z mamlakatlarida ish o‘rinlarini yaratish yoki ta’lim yetishmovchiligini emas, balki aynan korrupsiyani birinchi navbatda hal etilishi lozim bo‘lgan masala, deb hisoblaydi. Menimcha, bu juda o‘rinli. Negaki, odamlar o‘z kundalik hayotida duch keladigan aksariyat adolatsizliklarning ildizi korrupsiyaga borib taqaladi. Muammoning naqadar dolzarb ekaniligini hukumatimiz anglab korrupsiyaga qarshi juda jiddiy kurash boshlagan. Islohotlar jarayonida birinchilardan bo‘lib “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi" qonunning qabul qilinishi bunga yaqqol misoldir.
| Bilimlar sohasi: | | |
|---|---|
| UDK | |
| Kitob nashriyoti nomi: | |
| Kitob nashr qilingan shahar: | Urganch |
| ISBN: | |
| Kitob nashr qilingan yili: | 2024 Yil |
| Betlar Soni: | 777 |