-
Tilshunoslik,
-
-
Мустақиллик даврида Ўзбекистонда фуқаролик жамияти институтларининг шаклланиши ва ривожланиши тарихи
Жуманиязов Бекзод Очилович,Sotsiologiya, -
-
Adabiyot,
-
-
-
Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va apparatlari,
-
Tabalar qadriyat yo'nalganligining kasbiy motivatsiyasiga ta'siri
Xudayberganov Azizbek Obidjonovich,Pedagogika va metodikalar, -
-
-
O'tloqli-allyuvial tuproqlar sharoitida sho'r yuvish me'yorlarining tuproqning sho'rlanish darajasiga ta'siri
Kadirov Sh. Yu.,Qishloq xo‘jalik biologiyasi, -
Tabiiy fanlar,
-
Faollashtirilgan bentonit va opokasimon gillar kompozitsiyasida o'simlik moylarini oqlash texnologiyasini takomillashtirish
Boyjanov N.I.,Umumtexnikaviy fanlar, -
“Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi va shaxsiy kolleksiyalardagi Xorazm amaliy san’ati namunalari
G.O.Sultanova,Tasviriy san’at va arxitektura, -
-
Psixologiya,
-
Investitsion faollikni oshirishda moliya-kredit takomillashtirishning metodologik asoslari
Madaminov I.0.,Iqtisodiyot, -
-
Xalq og‘zaki ijodi asarlari matnining janriy-lisoniy va lingvostatistik tadqiqi
D.Urinbayeva,Monografiyada matnning lingvostatistik xususiyatlari, jumladan fonetik, leksik va morfologik birliklarning folklor matnlarida qo‘llanishi, folklor asarlari tilini kompyuter yordamida statistik qayta ishlash natijasida chastotali lug‘atning turli zonalarida ehtimoliy va kam qo‘llangan so‘z shakllari asosida matnni to‘ldirish yo‘llari, so‘z shakllarining o‘rtacha qaytalanishi va sintetizm koeffisentlari asosida matnda ijodkorning so‘z qo‘llash mahorati, matnni lingvistik individualligi haqida fikrlar o‘z aksini topgan. Tanlanma matnlardagi so‘z turkumlari va ularning grammatik ko‘rsatkichlari kvantitativ tahlili etilib, o‘ziga xos tipologik tabiati, janriy xususiyatlari yoritilgan va doston, maqol, topishmoq, ertak va qo‘shiqlar matnlardagi so‘zshakllarning lingvopoetik imkoniyatlari aniqlanib, badiiy-estetik qimmati isbotlangan. Monografiya oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan professoro‘qituvchilar, tadqiqotchilar, kompyuter tilshunosligi bo‘yicha qiziquvchilar, talabalarga mo‘ljallangan.
-
Сўғдиёна Давлат халқ чолғулари камер оркестри
Азатгул Ташматова,Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Мацкамаси цузуридаги Фан ва технологияларни ривожлантиришни мувофиқлаштириш қфмитасининг А-I–068 “XX-XXI аср Ўзбекистон мусиқа маданиятида халқ шолғулари оркестри” лойицаси доирасида тайжрланган мазкур монографияда ”Сфғдижна” давлат халқ шолғулари камер оркестрининг илк шаклланиш давридан бошлаб бугунги кунга қадар давом этажтган серкфлам фаолияти цақида сфз юритилади. Санъатшунослар, оркестр дирижжрлари ва созандалари ушун мфлжалланган ушбу китобдан олий ва фрта махсус таълим муассасаларида фқув қфлланма сифатида фойдаланиш мумкин.
-
Мустақиллик даврида Ўзбекистонда фуқаролик жамияти институтларининг шаклланиши ва ривожланиши тарихи
Жуманиязов Бекзод Очилович,Ушбу монографияда Ўзбекистонда мустақиллик йилларида фуқаролик жамияти институтларининг шаклланиши ва ривожланиш босқичлари тарихий нуқтаий назардан ўрганилган.Мазкур монография Мустақиллик йилларида фуқаролик жамияти институтлари тарихи билан шуғулланаётган тадқиқотчилар ва "Тарих" таълим йўналиши ва мутахассислиги бўйича таҳсил олаётган талабалар ва магистрантлар учун мўлжалланган.
-
Тил назарияси ва лингвометодология
Шаҳриёр Сафаров,Дархақиқат, илмий тафаккур бир жойда тўхтаб қола олмайди, унинг ривожисиз ижтимоий хаётда, иқтисодий, маданий жабхаларда ижобий ўзгаришлар юзага келишини тасаввур қилиш қийин.
-
Kadzuo isiguro distopik romanlarining badiiyati
Begmatova Sohiba Mustafoyevna,Monografiya atoqli ingliz adibi, adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti sohibi Kadzuo Isiguro distopik asarlarining oʻziga xosligini badiiylik mezonlari asosida ilmiy-nazariy jihatdan tahliliga bag'ishlangan. Distopiyaning tadrijiy taraqqiyoti, turlar va janrlar tizimidagi o'rni, oʻziga xos xususiyatlari ochib berilgan hamda ingliz adabiyotida distopik asarning oʻziga xos jihatlari va vazifalari ilmiy-nazariy tahlil qilingan. Kadzuo Isiguro distopik asarlarida shaxs va jamiyat masalalarini muallif g'oyasining mantiqiyligi hamda ijodiy fantaziyasining kengligini badiiy mezonlar asosida tadqiqi o'z ifodasini topgan. Monografiya G'arb adabiyoti, qiyosiy adabiyotshunoslik, ingliz va amerika adabiyoti tarixi va adabiyotshunoslik ixtisosligi bilan shug'ullanib kelayotgan tadqiqotchilar, filologiya yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan.
-
Badiiy asarda ijodkor fenomeni: ruhiyat va mohiyat
Fеruzа Sаpаеvа,Ushbu mоnоgrаfiyа Аbdullа Qаhhоrning “Sаrоb” rоmаnidа psixоlоgizm vа psixоlоgik tаhlilning nаzаriy аsоslаri, аsаrdа xаrаktеrlаr psixоlоgizmining ilmiynаzаriy vа аmаliy jihаtlаri mаsаlаlаrigа bаgʻishlаngаn. Аsаrning о‘zigа xоsligi, ijоdkоr fеnоmеni: ruhiyаt vа mоhiyаt, ruhiy tаhlil vа ruhiy qiyоfа, аsаr qаhrаmоnlаri xаrаktеri misоlidа оchib bеrildi. Аdаbiyоtshunоs Fеruzа Sаpаеvаning mаzkur tаdqiqоtidа muаyyаn аsаr sujеti mоhiyаti shаrhlаnib, uning gʻоyаsi, muаllifning mаqsаdi vа bаdiiy mаhоrаti аtrоflichа yоritib bеrilgаn.
-
Меҳнат бозори ва Хоразм вилоятида ишчи кучидан фойдаланиш
И.Ш.Атаджанов,Мазкур монографияда иқтисодий ислоҳотлар жадаллашган шароитда мамлакатимизда меҳнат бозорининг шаклланиши ва ривожланиши, Хоразм вилоятидаги демографик вазият ва меҳнат ресурсларининг шаклланиши вилоятда ишчи кучидан самарали фойдаланиш масалалари тадқиқ қилинган.
-
Paxtani havodan ajratib olishda aerodinamik qarshilik va chigit shikastlanishini kamaytiruvchi separator konstruksiyasini yaratish
Q. Xodjayev,Mazkur monografiyada paxta tozalash korxonasida pnevma transport tizimlaridagi paxtani havodan ajratuvchi separator uskunasida tajribalar o'tkazilib, unda havoning qarshiligi va chigit shikastlanish darajasi aniqlangan. Tajribalarda tolaning separatordan oldin va keyin namunalar tanlab olinib jinlashdan o'tkazilib, HVI ko'rsatgichlari kalta tolalar indeksi, iflos aralashmalar miqdori, uzunlik bo'yicha bir xillik indeksi aniqlangan. Aerodinamik qarshilikni aniqlashda turli xil foydali yuzali setkalarni o'rnatib, turli nuqtalarda havo tezliklari o'lchangan va aerodinamik qarshilik koeffitsentining turli qiymatlarida havo hamda paxtaning o'lchamsiz tezliklari aniqlangan. Chigit shikastlanishini olingan namunalar laboratoriya sharoitida aniqlangan va yangi takomillashtirilgan separator uskunasi yaratilgan.
-
Tabalar qadriyat yo'nalganligining kasbiy motivatsiyasiga ta'siri
Xudayberganov Azizbek Obidjonovich,Mazkur monografiyada talabalarning qadriyat yo'nalganligi va kasbiy motivatsiyasi o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik muammosi psixologik nuqtai nazardan tadqiq etilgan. Asarda talabalik davrida kasbiy motivatsiyani shakllantirishning ilmiy-nazariy asoslari, qadriyatlarning shaxs mehnat faoliyatini samarali tashkil etishdagi o'rni, shuningdek, kasbiy motivatsiyaning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari yoritilgan.
-
Хоразм фитонимлари
Х.А. Наримов,Ушбу монография ўзбек фитонимиясининг ўрганилиши ва таҳлили бўйича муҳим манба ҳисобланади. Китобда Хоразм минтақасига хос ўсимлик номлари (фитонимлар)ни ўрганиш, уларнинг тарихи ва маданий аҳамиятини аниқлаш, ўзбек ономастикасининг ўзига хос хусусиятларини чуқур таҳлил қилишга алоҳида эътибор қаратилган.
-
Xorazm viloyatidagi kommunal va qishloq xo‘jalik korxonalari oqova suvlarida yuksak suv o‘simliklarini ko‘paytirish va suvni tozalash
Yo‘ldashev K.R.,Monografiyada yuksak suv o‘simliklarining Xorazm viloyati suv iqlim sharoitiga moslanish xususiyatlari, ularning oqova suvlarda o‘sishi, rivojlanishi, ko‘payishi hamda suvlarni organo-mineral moddalardan tozalash darajalarining yo‘qoriligi ko‘rsatilgan. Shu bilan birga parrandachilikda tejamkor texnolgiyalarni joriy qilish asosida azolla o‘simligi biomassasidan qo‘shimcha ozuqa sifatida foydalanish hamda yuksak o‘simliklar ta’sirida biologik tozalanib chiqqan oqova suvlardan qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda qayta foydalanish asosida suvni tejash samaradorligi bayon qilingan.
-
Ўзбек тилида гапнинг коммуникатив турлар
А. Аҳмедов,Ўзбек тилида гаплар айтилиш мақсадига кўра (коммуникатив турлари бўйича) тўртта асосий турга бўлинади. Ҳар бир тур маълум бир вазифани бажаради ва ўзига хос оҳанг (интонация) билан айтилади.
-
O'tloqli-allyuvial tuproqlar sharoitida sho'r yuvish me'yorlarining tuproqning sho'rlanish darajasiga ta'siri
Kadirov Sh. Yu.,Monografiyada Xorazm viloyatining o'tloqi-allyuvial tuproqlari sharoitida sho'r yuvish me'yorlarining tuproq sho'rlanish darajasiga ta'sirini o'rganish va optimal sho'r yuvish me'yorlarini ilmiy asoslash yuzasidan amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari keltirilgan. Shuningdek, sho'r yuvish me'yorlarining tuproqlarning suv-fizik xossalariga ta'sirini o'rganish, sho'r yuvish jarayonida sarf bo'lgan suvning tuproqdagi tuzlarni yuvish samaradorligiga ta'sirini baholash, sho'r yuvish tadbirlarining iqtisodiy samaradorligini aniqlash, optimal sho'r yuvish me'yorlarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga tavsiya etish kabi masalalar ham yoritilgan.
-
Xorazm vohasi agrotsenozlari holatining ekologik xususiyatlari
Masharipov Adambay.,Bugungi kunda tabiiy resurslardan samarali foydalanish va ekologik muvozanatni saqlashga katta e'tibor qaratilmoqda, chunki iqlim o'zgarishlari, suv yer resurslarining tanqisligi, antropogen bosimning kuchayishi hamda chegaralanganligi qishloq xoʻjaligi ekotizimlarning hosildorligiga bevosita ta'sir etib, agrotsenozlarning barqarorligini izdan chiqarmoqda. Shuningdek, so'nggi yillarda kuzatilayotgan global iqlim o'zgarishlari mintaqada suv taqchilligi muammosini keltirib chiqarmoqda, bu esa o'z navbatida suv ko'p talab qiladigan qishloq xoʻjaligi tarmog'ida qator ekologik vaziyatlarni yuzaga keltirmoqda. Shu sababli ekinlarning ekologik xususiyatlarini o'rganish va tuproq-iqlim omillari bilan oʻzaro aloqalarini baholash katta ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
-
Faollashtirilgan bentonit va opokasimon gillar kompozitsiyasida o'simlik moylarini oqlash texnologiyasini takomillashtirish
Boyjanov N.I.,Tadqiqot materiallaridan "Oziq-ovqat texnologiyasi" va "Kimyoviy texnologiya" bakalavriat ta'lim yo'nalishlari uchun darsliklar va o'quv qo'llanmalarni tayyorlashda foydalanish mumkin.
-
“Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi va shaxsiy kolleksiyalardagi Xorazm amaliy san’ati namunalari
G.O.Sultanova,Ushbu monografiyada “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi va shaxsiy kolleksiyalardagi Xorazm amaliy san’ati asarlari o‘rganilgan hamda muzey ekspozitsiyalarini tashkil qilishdagi ahamiyati yoritilgan. “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasidagi Xorazm amaliy san’at namunalarining muzeylashtirilishi ilmiy adabiyotlar, arxiv hujjatlari, muzey hisobotlari, jonli suhbatlar orqali o‘rganildi. Shaxsiy kolleksiyalarda saqlanayotgan Xorazm amaliy san’ati namunalari tadqiq etildi. Xorijiy ko‘rgazmalarda namoyish qilingan muzey eksponatlari o‘rganilib, ilmiy tahlil qilindi. Xorazm vohasida madaniy turizmning rivojlanishi jarayonlarida amaliy san’at asarlarining ahamiyati ochib berildi.
-
Марказий осиё меъморчилигида интерьер
Д.А.Нозилов,Мазкур монографияда маданий,диний обидалар ва турар жой хоналари интерьери-ички кўриниши ҳақида фикр юритилади. Интерьер вазифасини белгиловчи қисмлари, жиҳозлари,уларнинг хона кўринишига таъсири ҳамда махобати санъат асарлари мавзуси, композияси ва бадиий безакларнинг рамзий ифодасини ёритишга ҳаракат қилинган.
-
O'smirlik davrida aybdorlik hissi namoyon bo'lishning psixologik xususiyatlari
Atamuratova Z.I.,Mazkur monografiyada o'smirlik davrining o'ziga xos psixologik xususiyatlari, tadqiqotlarda oʻrganlik holati va o'ziga xosligi ilmiy-nazariy manbalar yordamida tahlili, o'smirlik davrida aybdorlik hissi namoyon bo'lishi, uning kichik va katta o'smirlik yosh davrida emperik o'rganish natijalari, tadqiqotning metodologik asosi va metodikalar tavsifi, o'smirlarda aybdorlik hissining psixodiagnostik tahlili keltirilgan.
-
Investitsion faollikni oshirishda moliya-kredit takomillashtirishning metodologik asoslari
Madaminov I.0.,Ushbu monografiyada investitsion faollikni oshirishning moliya-kredit mexanizmlarining iqtisodiy mazmuniga bo'lgan qarashlar evolyutsiyasi, moliya-kredit dastak va vositalarining o'rni, xorijiy davlatlar amaliy tajribasi va uni mamlakatimizga qo'llash jihatlari, investitsion faollikni oshirishda moliyaviy dastak va vositalari ta'siriga bo'lgan uslubiy yondashuvlari, investitsion faollikka ta'sir etuvchi moliya-kredit omillari va ularning ko'rsatkichlar tizimini yangicha talqini, investitsion faollikni oshirishga qaratilgan moliya siyosatining joriy holati tahlili, O'zbekiston Respublikasida investitsion faollikni ta'minlashga yo'naltirilgan kredit siyosatini tahlili, moliya-kredit vositalarining boshqa manbalari holati, global miqyosda investitsion faollikni oshirishda yashil moliyalashtirish yo'nalishlari, hududlar moliyaviy barqarorligini ta'minlashda investitsion faollikni baholash uslubiyotini takomillashtirish bo'yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Monografiya oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilari, ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy xodimlari, doktorantlar, ilmiy izlanuvchilar va magistrantlar uchun mo'ljallangan.
-
Хоразм эртаклари поэтикаси
Жумабой Юсупов,Мазкур монография Хоразм халк эртакларини регионал ўрганиш,яъни муайян ҳудудда яратилиб,ўша жойнинг тарихий-этнографик хусусиятлари билан узвий алоқадорликда таҳлил этишни кўзда тутади.Бу-ўзбек фольклоршунослигида ҳалигича амалда қўлланилмаган ижодий тажриба сифатида муайян илмий аҳамият касб этади.