Sug'oriladigan tuproqlarning agrokimyoviy holatini GAT asosida baholash va o'g'itlardan samarali foydalanish (Xorazm viloyati Shovot tumani misolida)

Kitob mualliflari Djalilova G.T., Raximov X.N.,

Ushbu monografiyada Xorazm viloyati Shovot tumani sug'oriladigan o'tloqi-allyuvial tuproqlarining agrokimyoviy holati, gumus va asosiy ozuqa elementlarining makon bo'yicha taqsimlanishi, mineral hamda organik o'g'itlarning tuproq-o'simlik tizimiga ta'siri kompleks tarzda yoritilgan. GPS va geografik axborot tizimlari asosida dala konturlarini raqamlashtirish, laboratoriya tahlili natijalarini ArcGIS muhitiga integratsiya qilish hamda gumus, harakatchan fosfor va almashinuvchan kaliy bo'yicha raqamli agrokimyoviy xaritanomalar yaratish metodikasi bayon etilgan. Dala tajribalari asosida g'o'zaning "Xorazm-127" navi uchun mineral va organik o'g'itlarning maqbul nisbatlari, ularning o'simlikning o'sishi, oziqlanishi, quruq massa to'plashi, hosildorligi va iqtisodiy samaradorligiga ta'siri baholangan. Shuningdek, "Agrokimyoviy me'yor" ma'lumotlar bazasi hamda "Agrokimyoviy taqsimotchi" mobil ilovasini yaratish tamoyillari, ishlash algoritmi va differensial o'g'itlashda foydalanish imkoniyatlari ko'rsatilgan. Monografiya tuproqshunoslar, agrokimyogarlar, agronomlar, GAT mutaxassislari, doktorantlar, magistrantlar va qishloq xo'jaligi amaliyotchilari uchun mo'ljallangan.

Bilimlar sohasi: | Qishloq xo‘jalik melioratsiyasi |
UDK
Kitob nashriyoti nomi: Zuhro Baraka Biznes
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9910-297-44-1
Kitob nashr qilingan yili: 2026 Yil
Betlar Soni: 142
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Hujjat turi: Monografiya
Nashr tili: O‘zbekcha
Kataloglashtirish manbai: O'zbek lotin
Hujjat tipi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: YOPIQ KIRISH