-
-
-
Matematik analiz (egri chiziqli integrallar, sirt integrallari va Furye qatori)
Nishonova Sh.T., Tursunova E.G.,Matematika, -
-
Matematika,
-
Matematika,
-
-
Matematika,
-
-
Ҳисоблаш математикаси ва программалашдан лаборатория ишлари
А.А.Абдуқодиров, Э.И.Кузнецов,Matematika, -
-
-
-
-
-
-
Matematika,
-
Matematika,
-
-
-
Ehtimollar nazariyasi misol va masalalar 1-qism
T.M.Zuparov,Ushbu qo’llanma ehtimollar nazariyasidan misol va masalalarni o`z ichiga oladi. O`quv dasturining har bir bo`lagidan zaruriy nazariy tushuncha va tasdiqlar keltirilib, ehtimollar nazariyasi fanida foydalaniladigan usul va metodlarni oydinlashtiruvchi misol va masalalar yechilgan, hamda mustaqil yechish uchun masalalar javoblari bilan keltirilgan. O`quv qo`llanma matematika, amaliy matematika, fizika mutaxasisligi talabalari, magistrlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va o`qituvchilar uchun mo`ljallangan.
-
Ehtimollar nazariyasi
Abdumannopov M.M.,Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasalari kompyuter ilimlari va dasturlash texnologiyalari, boshlang’ich ta’lim yo’nalishlari uchun tasdiqlangan Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fani o‘quv dasturi asosida yozilgan. Qo‘llanma 2 ta bob, 10 ta paragrafdan iborat bo‘lib, u ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaning tasodifiy hodisalar va tasodifiy miqdorlar bo‘limlari bo‘yicha asosiy materiallarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, unda bu bo‘limlar bo‘yicha nazariy ma’lumotlar va ularga doir misollar yechib ko‘rsatilgan. Har bir paragraf va bandlarning oxirida nazorat topshiriqlari, mustaqil yechish uchun misollar keltirilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanmadan oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda matematika o‘qituvchilari foydalanishi mumkin.
-
Matematik analiz (egri chiziqli integrallar, sirt integrallari va Furye qatori)
Nishonova Sh.T., Tursunova E.G.,Mazkur qo‘llanma universitetning matematika, amaliy matematika va informatika hamda fizika yo‘nalishlari talabalari o‘quv rejalariga kiritilgan matematik analiz fani dasturlariga asosan berilgan mavzularni o‘z ichiga olgan. Unda matematik analiz fanining bir bo‘limiga oid mavzularning nazariy qismi berilib, ularga doir namuna sifatida misollar yechilib ko‘rsatilgan, o‘rganilganlik darajasini tekshirish uchun nazorat va test savollari berilgan hamda mustaqil yechish uchun misol va masalalar keltirilgan.
-
Ehtimollar nazariyasi misol va masalalar 2-qism
T.M.Zuparov,Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kursini o‘rganuvchi matematika, amaliy matematika, fizika mutaxassisligi talabalari va magistrantlariga mo‘ljallangan. O‘quv qo‘llanmada ehtimollar nazariyasining barcha bo‘lim materiallarini chuqur o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan misol va masalalar taqdim etilgan. Bunday masalalarni yechish jarayonida o‘quvchi ma’ruzalarda olgan ma’lumotlarni nafaqat chuqurlashtiradi va mustahkamlaydi, shu bilan birga u bu ma’lumotlar yordamida yangi matematik muammolarni qo‘yishga o‘rganadi va ularni muvaffaqiyatli yecha oladigan bo‘ladi. Shu sababli ushbu o‘quv qo‘llanma ehtimollar nazariyasi va matematik statistika sohasida ta’lim oluvchi doktorant va magistrantlar uchun ham foydali ekanligiga ishonchimiz komil. Oliy oʻquv yurtlarining matematika va tabiiy fanlar yoʻnalishidagi talabalari uchun ehtimollar nazariyasi fanidan amaliy mashgʻulotlar va mustaqil ishlar uchun moʻljallangan.
-
Геометриядан масалалар тўплами 1-Қисм
Х.Х.Назаров, Х.О.Очилова, Е.Г.Подгорнова,Ушбу масалалар тўплами педагогика институтларининг геометрия курси бўйича янги дастурига мувофиқ тузилган бўлиб, векторлар алгебраси элементлари, текисликдаги координаталар методи, текисликнинг алмаштиришлари ва иккинчи тартибли чизиқлар назарияси, евклид ва аффин фазолардаги тўғри чизиқлар, текисликлар ва квадрикаларга доир масалаларни ўз ичига олган. Кўп масалаларнинг жавоблари кўрсатмалар билан, баъзилари муфассал ечимлари билан берилган. Тўплам педагогика институтларининг талабалари учун мўлжалланган бўлиб, ундан шунингдек университетлар талабалари ҳам фойдаланишлари мумкин.
-
Matematik analizdan misol va masalalar to'plami II qism
B.Xodjaev, V.A.Erzin,Mazkur qo`llanma universitetlaming fizika fakultetlari uchun mo`ljallangan. Undagi misol va masalalami tanlashda Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nazariy fizika kafedrasida ishlab chiqilgan o`quv dasturiga amal qilindi. Qo`llanmada keltirilgan misol va masalalar matematik analizning sonli va funksional qatorlar, ko`p argumentli funksiyalar, ikki va uch karrali integral I ar, egri chiziqli va sirt integrallari, Fure qatori va parametrga bog`liq bo`lgan integrallar kabi bo`limlariga taaluqlidir.
-
Matematik tahlil 3 qism
Sh.Alimov, R.Ashurov,Ushbu matematik analiz kitobi unversitetlarning Matematika, Amaliy matematika va informatika, informatika va axborot texnologiyalari yo'nalishlari bo'yicha ta'lim oluvchi hamda oliy matematika chuqur o'rganiladigan texnika oliy o'quv yurtlarida ta'lim oluvchi talabalar uchun mo'ljallangan.
-
Kompleks o'zgaruvchili funksiyalar nazariyasi
G.Xudayberganov, B.A.Shoimqulov,Ushbu "Kompleks o'zgaruvchili funksiyalar nazariyasi" o'quv qo'llanma universitetlarning matematika, mexnika va matematik modellashtirish yo'nalishlari bo'yicha ta'lim oluvchi va hamda matematika, oliy matematika chuqur o'rganiladigan texnika oliy o'quv yurtlarida ta'lim oluvchi talabalar uchun mo'ljallangan.
-
Matematik tahlil 1-qism
Alimov Shavkat , Ashurov Ravshan,Ushbu kitob matematik tahlil bo'yicha o'quv qo'llanma bo'lib,u bir haqiqiy o'zgaruvchili funksiya differensial va integral hisobining klassik kursiga kiruvchi bo'limlarini o'z ichiga olgan.
-
Ҳисоблаш математикаси ва программалашдан лаборатория ишлари
А.А.Абдуқодиров, Э.И.Кузнецов,Ушбу қўлланма "ҳисоблаш математикаси ва дастурлаш" курсига донр лаборатория ишлариии ва уларни ечишга оид қисқача назарий маълумотларни ичига олади. Қўлланмадаги лаборатория ишларини бажаришда БЕЙСИК дастурлаш тилидан фойдаланилган.
-
Oliy matematika (2-qism)
D.A. Qalandarova, M.D. Ne’matillayeva,Mazkur o‘quv qo‘llanma “Oliy matematika” fani bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarining 60510100 – Biologiya (turlari bo‘yicha), 60530100 – Kimyo (turlari bo‘yicha), 70530101 – Kimyo (fan yo‘nalishi bo‘yicha), shuningdek, kimyo muhandisligi, geologiya, seysmologiya hamda seysmometriya ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 1-bosqich talabalari va professor-o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanmaning ikkinchi qismida qatorlar nazariyasi, differensial tenglamalar, ehtimollar nazariyasi hamda matematik statistika elementlariga oid nazariy ma’lumotlar tizimli ravishda bayon etilgan.gan.
-
Дифференциал геометрия курси
М.А.Собиров, А.Ё.Юсупов,Бу китоб университетларга педагогика институтларининг дифференциал геометрия программалари асосида ёзилди. Бироқ, кўп эҳтиёжлар назарда тутилиб, айрим пунктларда программадан четга чиқилди. Бу пунктлар ва параграфлар (*) ишораси билан кўрсатилди ёки майда шрифт билан терилди. Ушбу дифференциал геометрия курсининг чизиқлар назариясига доир( 1 —X) бобларини авторлар биргаликда тузди. Сиртлар назариясига бағишланган (XI—XIII) бобларни М.А.Собиров ёзди.
-
Мактаб математика тили
Ж.Икромов,Математиканинг ўрганиш объекти ҳисобланган ҳақиқий дунёнинг миқдорий муносабатлари ва фазовий формалари ўзида тушунчаларни гавдалантиради. Ҳақиқатан, фан асосларини, жумладан математикани эгаллаш, уни ташкил қилувчи илмий тушунчалар системасини эгаллаш демакдир.
-
Дифференциал тенгламалар
Қ.Б.Бойқўзиев,Ушбу китобда дифференциал тенгламалар назарияси педагогика институтлари программасига мослаб баён этилган. Ундаги айрим материалллрдан юқори курс студентлари факультетив курс ишларида фойдаланишлари ҳам мумкин. Назарий материал билан бир қаторда кўплаб мисоллар ёчилишлари билан берилган. Ҳар қайси бобда мустақил ечиш учун мисол ва масалалар келтирилган. Китоб педагогика институтларининг талабаларига мўлжалланган.
-
Математик логика элементлари
Т.Ёқубов,Мазкур ўқув қўлланмаси педагогика институтларнинг математика факультетлари студентларига мўлжалланган. Китобда мулоҳазалар алгебраси, предикатлар алгебраси ва алгоритмлар назаряси элементлари баён қилинади. Назарий материални баён қилишда мисоллардан кенг фойдаланилган. Ҳар қайси боб сўнгида мустақил ечиш учун машқлар келтирилган.
-
Diskret tuzilmalar
X.A.Madatov, B.J.Matchanov,Mazkur o'quv qo'llanmada diskret tuzilmalarning asosi bo'lgan matematik mantiq va diskret matematikaning muhim bo'limlari izchil va tizimli ravishda yoritilgan. Qo'llanmada to'plamlar, fikrlar algebrasi, mantiqiy ifodalar va ularni soddalashtirish usullari, mukammal normal shakllar (MDNSh, MKNSh), Karno kartalari, yechimlar daraxti, chekli avtomatlar hamda mantiqiy sxemalarda analiz va sintez masalalari keng yoritilgan. Har bir mavzu nazariy asoslar, tushuntirishlar va amaliy misollar bilan boyitilgan bo'lib, talabalarda mantiqiy fikrlash, tahlil qilish va modellashtirish ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Qo'llanmada keltirilgan materiallar raqamli texnologiyalar, dasturlash, avtomatlashtirish va axborot xavfsizligi sohalarida zarur bo'lgan bilimlarni egallashga yordam beradi.
-
Геометрия 9-10 синфлари учун
В. М. Клопский, З. А. Скопец, М. И. Ягодовский,Геометрия курси планаметрия билан стереометрияни ўз ичига олади. 6-7 синфларда геометрия дарсларида сиз кўпроқ планаиетрия билан шуғулланган эдингиз. Планаметрияда ўрганиладиган объектлар битта текисликда ётувчи фигуралардан иборат, масалан, бурчак, учбурчак, параллелограмм, айлана. Бу фигуралардан ҳар бирининг ҳамма нуқталари текисликка қарашлидир.
-
Differensial operatorlarning spektral nazariyasi
U.A. Xoitmetov, Sh.Q. Sobirov,O'quv qo'llanmada dastlab, differensial operatorlarning elementar, ammo chuqur mazmunli nazariyasi yoritilgan bo'lib, ikkinchi qismida esa differensial operatorlarni Gilbert fazosidagi abstrakt operatorlar sifatida qaragan holda yondoshuvni amalga oshirilgandir. Bundan tashqari mazkur darslikda har bir mavzuga oid misollar yechib ko'rsatilgan va mustaqil yechish uchun mashqlar keltirilgan.
-
Тригонометриядан мисол ва масалалар ечиш
Обид Каримий,Обид Каримийнинг 1972 йилда нашр этилган «Тригонометриядан мисол ва масалалар ечиш» китоби тригонометриянинг асосий формулаларини ўзлаштириш, тенглама ва тенгсизликларни ечиш ҳамда мураккаб геометрик масалаларни тригонометрия ёрдамида ҳал этиш бўйича муҳим ўқув қўлланма ҳисобланади. Обид Каримийнинг 1972 йилда нашр этилган «Тригонометриядан мисол ва масалалар ечиш» китоби тригонометриянинг асосий формулаларини ўзлаштириш, тенглама ва тенгсизликларни ечиш ҳамда мураккаб геометрик масалаларни тригонометрия ёрдамида ҳал этиш бўйича муҳим ўқув қўлланма ҳисобланади. Обид Каримийнинг 1972 йилда нашр этилган «Тригонометриядан мисол ва масалалар ечиш» китоби тригонометриянинг асосий формулаларини ўзлаштириш, тенглама ва тенгсизликларни ечиш ҳамда мураккаб геометрик масалаларни тригонометрия ёрдамида ҳал этиш бўйича муҳим ўқув қўлланма ҳисобланади.
-
Математикадан практикум
Т.Толаганов, А.Норматов,Мазкур қўлланма педагогика институтларида ўқиладиган "Математикадан амалий машғулотлар" курси программаси бўйича ёзилган бўлиб, математиканинг арифметика, алгебра, тригонометрия, геометрия бўлимларини қамраб олгандир. Қўлланманинг максади талабаларнинг математикадан олган назарий билимларини урта мактаб математикаси билан боглаш уларда масала ва мисоллар ечиш малакасини такомиллаштириш хамда ривожлантиришдан иборат. Қўлланмадан шунингдек математика билан кизиккан юкори синф укувчилари хам фойдаланишлари мумкин.