-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
Kompyuterli loyihalash fanidan amaliy ishlarni bajarish bo'yicha
J.M. Rajabov, O.T. Mirzayev,Ilmiy axborot faoliyati. Informatika, -
-
-
-
-
-
-
-
-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
Algoritm tillari va dasturlash 1
Mamadaliyev X, Turg'unov A, Matyakubov M, Sapayev Sh.,Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
Tizim va signallarni qayta ishlash
Matqurbanov To'lqin,Mazkur o'quv uslubiy koʻrsatma 60611000 - Telekommunikatsiya texnologiyalari ("Telekommunikatsiyalar") sirtqi ta'lim yo'nalishining o'quv jarayonida foydalanish uchun mo'ljallangan boʻlib, "Tizim va signallarni qayta ishlash" fani bo'yicha amaliyot mashg'ulotlarini o'tkazishni samarali tashkil etishda qo'llaniladi.
-
Mikroprotsessorlar
R.Abdurahmanov, Tojiyeva F.,Darslik telekommunikatsiya texnolodiyalari va radio va mobil aloqa bakalavrlari talabalari tomonidan o`quv jarayonida foydalanish uchun mo`ljallangan.
-
Tizim va signallarni qayta ishlash
To'lqin Matqurbanov,Ushbu qo'llanma yordamida talabalar signal va tizimlarni modellashtirish,svyortka va korrelyatsiya jarayonlarini hisoblash hamda natijalarni tahlil qilish bo'yicha zarur amaliy bilim va ko'nikmalarga ega bo'ladilar.
-
Tasvirlarni qayta ishlash
To'lqin Matqurbanov,Mazkur uslubiy qo'llanma talabalarda tasvirlarga ishlov berishning asosiy nazariy tushunchalarini shakllantirish hamda amaliy ko'nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan. Qo'llanmada tasvirlarni qayta ishlashning asosiy bosqichlari tizimli va ketma-ket tarzda yoritilgan bo'lib, har bir mavzu boyicha qisqa nazariy ma‘lumotlar, amaliy mashg'ulotlar, bosqichma-bosqich qo'llanmalar hamda natijalarni tahlil qilish uchun topshiriqlar keltirilgan
-
Kompyuterli loyihalash fanidan amaliy ishlarni bajarish bo'yicha
J.M. Rajabov, O.T. Mirzayev,Ushbu uslubiy qo'llanma oliy texnik ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar uchun "Kompyuterli loyihalash" fanidan amaliy ishlarni bajarishni o'rganishga mo'ljallangan. Qo'llanmada SolidWorks dasturida 3D model yaratish (eskiz chizish, o'lchamlash, Extrude/Revolve/Cut amallari orqali detal hosil qilish), parametrik modellashtirish hamda detal geometriyasini tahrirlash bo'yicha asosiy ko'nikmalar yoritilgan.
-
Tasvirlarni qayta ishlash
T.Matqurbanov,Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi natijasida raqamli ma‘lumotlar, ayniqsa tasvir va video ma‘lumotlar bilan ishlash muhim ilmiy-amaliy yo'nalishlardan biriga aylandi. Hozirgi kunda tasvirlarga ishlov berish usullari tibbiyot, sanoat, qishloq xo'jaligi, transport, xavfsizlik tizimlari, multimedia, sun‘iy intellekt va kompyuter ko'rish kabi ko'plab sohalarda keng qo'llanilmoqda. Shu sababli ushbu yo'nalishda chuqur bilim va amaliy ko'nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
-
Zamonaviy dasturlash tillari
Ashurov M. O‘,Ushbu darslik algoritm asoslari, ularning tavsifi, Python dasturlash tili, Python tarixi va rivojlanish tendentsiyasi, sinflar va sinflarda vorislik kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab olgan. Pythonda tarmoqlanish, takrorlash kabi algoritmlar, funksiyalar bilan ishlash, sinflar va obyektlar, obyektlar massivlari, sinflar va ko‘rsatkichlar, sinflar orasida munosabatlar, standart amallarni qo‘shimcha yuklash, funksiyalar va sinflar shablonlari, standart shablonlar, kutubxonalar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Mazkur darslik Matematika va informatika yo‘nalishda ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan.
-
Dasturlash
J.Yusupova,―Dasturlash‖ fanidan oʻquv qoʻllanma Oliy ta‘lim muassasalari bakalavr birinchi bosqich talabalari uchun moʻljallangan boʻlib, Oliy va oʻrta maxsus ta‘lim vazirligi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Dj.Sultanov tomonidan 2024-yil 30-avgustdagi №138-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan oʻquv dasturi boʻyicha oʻrganish uchun moʻljallangan materiallarni oʻz ichiga oladi.
-
Innovatsiya va loyihalarni boshqarish
Sh. Yusupova.,Mazkur darslik "Innovatsiyalar va loyihalarni boshqarish" faniga bag'ishlangan bo'lib, unda innovatsion jarayonlarning mohiyati, turlari, strategik rejalashtirish, marketing tahlili hamda loyihalarni shakllantirish va boshqarishning zamonaviy usullari yoritilgan. Darslikda O'zbekiston Respublikasining innovatsion siyosati, ilmiy-texnik dasturlarni moliyalashtirish tartibi, davlat buyurtmasi asosidagi fundamental va amaliy loyihalar misolida milliy tajriba tahlil qilingan.
-
Latexga kirish
Allaberganova Muyassar,"LaTeXga kirish" o'quv qo'llanmasida LaTeX tizimining asosiy tushunchalari, rivojlanish tarixi, hujjat yaratish va formatlash tamoyillari yoritilgan. Qo'llanmada hujjat strukturasi va stili, sahifa parametrlarini sozlash, jadvallar, tasvirlar, grafik obyektlar hamda matematik formulalar bilan ishlash usullari nazariy va amaliy jihatdan bayon etilgan.
-
Multimedia aloqa tarmoqlari
M.Jumaboyeva,Ushbu o'quv qo'llanma 60611000- Telekommunikatsiya texnologiyalari ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan. Qo'llanmada an'anaviy kanal kommutatsiyali aloqa tarmoqlaridan zamonaviy paketli kommutatsiya (VoIP/NGN) tizimlariga o'tish tamoyillari tizimli ravishda yoritilgan. Kitobda jismoniy sathdagi raqamli signallar va El oqimini shakllantirish, UKS7 (SS7) signalizatsiya protokollari, multimedia signallarini paketli tarmoqlarda uzatish hamda Softswitch (ZTE ZXSS10) arxitekturasida amaliy xizmatlarni sozlash masalalari qamrab olingan. Shuningdek, teletrafik nazariyasi asosida multimedia tarmoqlarida yuklamani hisoblash usullari amaliy misollar bilan ko'rsatib o'tilgan.
-
Zamonaviy dasturlash tillari (1-qism)
Ashurov M.O‘.,Ushbu darslik algoritm asoslari, ularning tavsifi, Python dasturlash tili, Python tarixi va rivojlanish tendentsiyasi, sinflar va sinflarda vorislik kabi masalalarni o‘z ichiga qamrab olgan.
-
Dasturlash asoslari
Ashurov M.O‘.,O'quv qo'llanma ommalashib borayotgan yuqori darajadagi C++ tilida dasturlash asoslarini qamrab olgan va unda algoritmlar, dasturlash tillari haqidagi ma’lumotlar ham keltirilgan.
-
Film va video uchun yuqori sifatli ovoz yozish. II jild
Jey Rouz,"Film va video uchun yuqori sifatli ovoz yozish" darsligining to'rtinchi nashrida ovoz yozish sohasi mutaxassisi Jey Rouz yuqori sifatli audioyozuv va saundtreklar yaratish, audio bilan bog'liq muammolarni hal qilish, film yaratish uchun amaliy, vaqtni tejaydigan usullarni o'rgatadi. Qo'lingizdagi kitobdan siz ochiq havo va studiyada ovoz yozish, tahrirlash, ovoz effektlari va musiqa, ovozni qayta tiklash va qayta ishlash kabi saundtrek yaratishning barcha jihatlari bo'yicha amaliy maslahatlar olasiz. Ishonchli texnik ma'lumotlar va aniq, bosqichma-bosqich yondashuv ushbu kitobni prodyuserlar va kino yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun qimmatli manbaga aylantiradi.
-
Film va video uchun yuqori sifatli ovoz yozish. I jild
Jey Rouz.,"Film va video uchun yuqori sifatli ovoz yozish" darsligining to'rtinchi nashrida ovoz yozish sohasi mutaxassisi Jey Rouz yuqori sifatli audioyozuv va saundtreklar yaratish, audio bilan bog'liq muammolarni hal qilish, film yaratish uchun amaliy, vaqtni tejaydigan usullarni o'rgatadi. Qo'lingizdagi kitobdan siz ochiq havo va studiyada ovoz yozish, tahrirlash, ovoz effektlari va musiqa, ovozni qayta tiklash va qayta ishlash kabi saundtrek yaratishning barcha jihatlari bo'yicha amaliy maslahatlar olasiz. Ishonchli texnik ma'lumotlar va aniq, bosqichma-bosqich yondashuv ushbu kitobni prodyuserlar va kino yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun qimmatli manbaga aylantiradi.
-
Axborot texnologiyalari: nazariya va amaliyot
Ma'lumotlarni uzatish va qayta ishlashda kompyuterlardan foydalanish ax-borot texnologiyalari sohasining asosini tashkil etadi. Ushbu yo'nalish kompyu-ter texnikasi, dasturiy ta'minot, elektron tijorat, internet va telekommunikatsiyani qamrab oladi.
-
Kompyuterli matematik tizimlar
Madatov Xabibulla,Mazkur o'quv qo'llanma "Kompyuterli matematik tizimlar" fanini o'rganayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda zamonaviy kompyuterli matematik tizimlarining nazariy asoslari, matematik va dasturiy imkoniyatlari hamda amaliy qo'llanilishi batafsil yoritilgan. Qo'llanmada kompyuterli matematik tizimlarining sinflari va tuzilmasi, MATLAB tizimining tarkibi, arifmetik, mantiqiy va simvolik ma'lumotlar sinflari, tuzilmalar va yacheykalar massivi, ma'lumotlar sinfini tekshirish, vektorlar, skalyar ko'paytma va vektor normasi kabi mavzular ilmiy-uslubiy jihatdan izchil bayon qilingan. Shuningdek, nazariy tushunchalar amaliy misollar, MATLAB dasturlash muhiti elementlari, nazorat savollari hamda test topshiriqlari bilan boyitilgan. Mazkur o'quv qo'llanma talabalar, magistrantlar, ilmiy izlanuvchilar hamda kompyuterli matematik tizimlari, matematik modellashtirish va ilmiy hisoblash texnologiyalari bilan shug'ullanuvchi mutaxassislar uchun foydali manba hisoblanadi.
-
Big data va berilganlar tahlili
Bekchanov Sh.K.,Mazkur "Big data va berilganlar tahlili" darsligi raqamli iqtisodiyot, sun'iy intellekt va ma'lumotlarga asoslangan boshqaruv texnologiyalarining jadal rivojlanishi sharoitida katta hajmdagi ma'lumotlarni saqlash, qayta ishlash, tahlil qilish va ulardan samarali foydalanish bo'yicha nazariy hamda amaliy bilimlarni shakllantirishga qaratilgan.
-
Raqamli axborot texnologiyalari
Madatov Xabibulla, Allaberganova Muyassar.,Ushbu darslik 60310300 Psixologiya ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, psixologik faoliyatda qo'llaniladigan raqamli axborot texnologiyalarini o'zlashtirishga xizmat qiladi. Shuningdek, undan pedagogika, psixologiya va axborot texnologiyalari sohasida tahsil olayotgan talabalar, magistrantlar, o'qituvchilar hamda ilmiy tadqiqotchilar kasbiy kompetensiyalarini oshirishda foydalanishlari mumkin.
-
Algoritm tillari va dasturlash 1
Mamadaliyev X, Turg'unov A, Matyakubov M, Sapayev Sh.,Mazkur o'quv qo'llanma 60540200 Amaliy matematika ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda zamonaviy dasturlash texnologiyalari va C++ dasturlash tilining nazariy hamda amaliy asoslari yoritilgan. Qo'llanmada dasturlash tillarining rivojlanishi, C++ tilining tuzilishi, Net platformasi, Microsoft Visual Studio muhiti, shuningdek tilning asosiy tushunchalari, operatorlari va ma'lumotlar turlari keng bayon etilgan. Amallar ustivorligi, mantiqiy va razryadli operatorlar, matematik funksiyalar hamda tur almashtirish qoidalari amaliy misollar asosida tushuntirilgan. Har bir mavzu bo'yicha masalalar, ularni yechish algoritmlari, C++ va Python dasturlash tillarida tuzilgan dasturiy namunalar keltirilgan. Shuningdek, talabalar bilimini mustahkamlash va baholash uchun nazorat savollari berilgan.