-
-
-
-
Fizika,
-
-
-
-
-
-
Umumiy fizikadan masalalar va ularni yechishda dasturiy vositalardan foydalanish namunalari.
A. T. Xudoyberdiyev, N. A. Jumayev, S. J. To'rayev,Fizika, -
-
-
Fizika,
-
-
Физика курси
М.Исмоилов,Ушбу китобнинг мақсади талабаларни физиканинг асосий ғоя ва усуллари билан таништириб, физика қонун-қоидаларидан онгли равишда фойдаланишга ҳамда келгусида физикага асосланган фанларни яхши ўзлаштиришга қаратилган. Талабалар ўзлаштирган билимларини текшириш учун ҳар бир бобнинг охирида такрорлаш саволлари келтирилган. Ўқув қўлланма алоқа техника билим юртларининг муҳандис техник ихтисоси бўйича ўқувчи талабаларга мўлжалланган ягона қўлланмадир. Ундан педагогика олийгоҳлари талабалари ва физика ўқитувчилари ҳам фойдаланишлари мумкин.
-
Fizika
Abdurahmonova K.P., Egamov O',Darslik texnika yo’nalishida tahsil olayotgan talabalar, magistrlar va aspirantlarning fizika fanini chuqurroq o’zlashtirishlari, mustaqil shug’ullanishlari uchun mo’ljallangan bo’lib, quyidagi bo’limlardan iborat: mexanika, elektrostatika, elektromagnetizm, garmonik tebranishlar, to’lqinlar, akustika, elektromagnit tebranishlar, to’lqin optikasi, kvant mexanikasi, fizikaviy statistika, molekulyar fizika, termodinamika, qattiq jismlar fizikasi va yadro fizikasi.
-
Физика
Л.С.Жданов. Г.Л.Жданов,Дарсликда барча материаллар асосан Халқаро бирликлар системаси (СИ) да тушунтириладн. Ўқувчига қулай бўлиши учун қонунларнинг номлари, терминлар ва аниқланувчи тушунчалар очиқроқ қилиб, яъни разряд билан, қонунларнннг таърифи ва асосий таърифлар, шунингдек хулосалар курсив билан ёзилган.
-
Fizika
A.G.Gaibov, O.Ximmatkulov,Mazkur o'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining texnika ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, vazirlikda tasdiqlangan o'quv dasturi asosida tayyorlangan.O'quv qo'llanma "Fizika" fan dasturiga kiritilgan barcha qismlarni qamrab olgan, shuningdek laboratoriya ishlari va amaliy mashg'ulotlarining mavzulari nazariy qismlari keng yoritib berilgan. Fizika fani tabiat hodisalari va qonunlari haqidagi umumiy fan hisoblanib, boshqa fanlar bilan mantiqiy bog'langan hamda texnika fanlarining nazariy poydevorini tashkil etadi. Ushbu o'quv qo'llanma oily texnika ta'lim talabalari, o'qituvchilar va boshqa qiziquvchi mutaxassislarga tavsiya etiladi. Fizika kursi bo'yicha mualliflar tomonidan tuzilgan o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirilgi tomonidan fizika fani bo'yicha tasdiqlangan namunaviy o'quv dastur asosida tayyorlangan. Ushbu qo'llanma texnika yo'nalishida ta'lim olayotgan bakalavr bosqichi talabalariga mo'ljallab tuzilgan. O'quv qo'llanma umumiy fizika kursining mexanika, molekulalar fizika va termodinamika, elektromagnetizm, optika, atom fizikasi, kvant mexanikasi, qattiq jismlar, atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi bo’limlarini qamrab olgan. Qo'llanmani tuzishda chet el adabiyot manbalaridan foydalanilgan bo’lib, ikkita bob yangi texnologiyalarning fizik asoslari va olamning hozirgi zamon fizik manzaralari yoritishga bag'ishlangan.
-
Физика курси 1-қисм
Абдураҳманов Қ.П,Дарслик ахборот технологиялари ва техника йўналишида таҳсил олаётган талабалар, магистлар ва аспирантларни физика фанини чуқурроқ ўзлаштиришлари, мустақил шуғулланишлари учун мўлжалланган бўлиб, 2 қисмдан иборат.
-
ФИЗИКА КУРСИ ЭЛЕКТР ВА МАГНЕТИЗМ
О. А ХМ А Д Ж О Н О В,Ушбу дарсликда умумий физика курсининг «Механика» булими баён қилинган. У бўлажак физика ўқитувчиларининг эҳтиёжларини ҳисобга олган ҳолда талабаларнинг ўрта мактабда физика ва мате матикадан олган билимларига таяниб ёзилган бўлиб, кейинги вақт ларда бу фанлардаги ўзгаришлар ҳисобга олинди.
-
Elektrotexnika va elektronika asoslari
E.X.Abduraimov., M.U.Muminov., H.E.Yuldoshov.,Darslik 60710100 - Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar) bakalavriat yo‘nalishinig “Elektrotexnika va elektronika asoslari” fanining o'quv dasturi asosida tuzilgan bo‘lib, unda fanning o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok zanjirlari, transformatorlar, o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok elektr mashinalari, elektronika qismidan, yarim o‘tkazgichli asboblar, impulsli va raqamli texnika qurilmalari mavzulari batafsil yoritib berilgan. Darslik oliy o‘quv yurtlarining noelektrotexnik bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. Darslikdan magistrrantlar, doktorantlar va soha mutaxas- sislari ham foydalanishlari mumkin.
-
Amaliy mexanika
Muxamedsaidov B.K., Daminova R.B., Kadirov X.Sh., Pardaboyev J.E.,Mazkur darslikda nazariy ma`lumotlar, mavzuga oid masala yechim namunalari, chizmalari, talabalar bilim darajasini sinash uchun test savollari, asosiy atamalarning qisqacha ma`nosi keltirilgan.
-
Fizika
Ashirov Sh.A.,Darslikni yaratishdan asosiy maqsad, talabalarni asosiy fizik hodisalar, ularning mehanizmlari, qonuniyatlari va amaliy qo;llanilishlaribilan tanishtirish, tralabalarda ilmiy-amaliy dunyoqarashni, amaliy mashg'ulot darslaridan foydalana olish ko'nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
-
Fizika
N.S.Matjanov, G.E.Karlibaeva, A.A.Ibadullaev,Mazkur darslik 6 bo'limdan iborat bo'lib,“Fizika” fanidan 5140100 - Gidrologiya, 5140700 - Gidrorneteorologiya, 5311500 -Geodeziya, kartogratiya va kadastr ta'lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan.Ushbu 414 sahifalik darslik Nukus davlat texnika universiteti tomonidan tayyorlangan bo'lib, o'zbek tilida, fizika fanidan ta'lim olishga mo'ljallangan
-
Физика умумий курсидан масалалар тўплами
В.С.Волькенштейн,Ушбу масалалар тўпламининг мазмуни олий техник ўқув юртларининг физика курси программасига мувофиқ бўлиб, бундан педагогика институтлари ва университетларинингфизик бўлмаган факультетларида ҳам фойдаланиш мумкин.
-
Классик электродинамика. 1-қисм
Р.Х.Маллин,Китобнинг муҳим ғоялари, материални баён қилиш усуллари, мустақил машғулотлар учун таклиф қилинган масалалар ва уларга доим кўрсатмалар авторнинг кўп йиллик ўқувчилик тажрибаси синовида бўлди.
-
Физикадан савол ва масалалар тўплами
Р.А.Гладкова,Китоб ўрта махсус ўқув юртларининг ўқувчилари учун мўлжалланган; ундан ўрта умумий таълим мактаб ўқувчилари, олий ўқув юртларининг тайёрлов бўлими тингловчилари, шунингдек, мустақил ўқиб тайёрланаётганлар ҳам фойдаланишлари мумкин.
-
Молекуляр физика
О. Д. Шебалин,Китобда газ ҳолатдаги, қаттиқ ва суюқ ҳолатдаги моддаларнинг хоссалари ва табиати ҳақидаги ҳозирги замон тасаввурлари баён этилган. Асосий назарий масалалар (газлар кинетик назариясининг асосий тенгламасини келтириб чиқариш, мoлекyлaлap тезликларининг Максвелл тақсимоти ва бошқа) умумий физика курсидагига нисбатан анча қатъий баён этилган.
-
Umumiy fizikadan masalalar va ularni yechishda dasturiy vositalardan foydalanish namunalari.
A. T. Xudoyberdiyev, N. A. Jumayev, S. J. To'rayev,Ushbu o'quv qo'llanma 3 bobdan iborat bo'lib uning birinchi bobi fiziakning mexanika, elektr, molekulyar, optika, atom va yadrto fizikasi kabi bo'limlarni o'rgatadi.
-
Statistik fizika
Fayzullayev B.A.,Mazkur darslik universitetlarning fizika fakultetida o'tiladigan nazariy fizika kursining ohirgi qismi bo'lgan Statistik fizika faniga bag'ishlangan bo'lib, unda Liouville teoremasi, entropiya, mikrokanonik, kanonik va makrokanonik taqsimotlar va shu kabi mavzular ko'rib chiqilgan.
-
Umumiy fizika kursidan masalalar to‘plami
Volkenshteyn V. S.,Mazkur masalalar to'plami oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi oliy texnika o'quv yurtlari talabalari uchun fizika kursi bo'yicha amaldagi dastur asosida tuzilgan. Har bir bo'limga tartib raqamlari mos ravishda ortib boruvchi yetarli miqdordagi masalalar kiritilgan. Har bir paragrafning boshida asosiy qonun-qoidalar va formulalar keltirilgan, tipik masalalarni yechishga doir misollar berilgan. Ilovadan esa talaba mexanika, molekular fizika, elektromagnetizm, optika va atom fizikasidan masalalarni yechishda ko'mak beradigan barcha ma'lumotlardan foydalanishi mumkin.
-
Umumiy fizikadan masalalar to`plami
Polvonov S., Daliyev X, Bozorov E.H, Polvonova G.S,Ushbu darslik fizikaning barcha bo'limlariga oid masalalarni o'z ichiga olgan. Har bir bo'limga tegishli asosiy formulalar, uslubiy ko'rsatmalar va masalalrni yechishga doir misollar keltirilgan.
-
Statistik fizika va termodinamika.
Musayev P.,Ushbu darslikda klassik statistik fizikaning asosiy vazifasini talqin etish uchun konfiguratsiyali - ko‘p o'lchamli muhit tushunchasi, ehtimoliyat nazariyasidan asosiy ma’lumotlar berildi. Gibbs metodiga asoslangan statistik taqsimot ko‘rinishlari, ulaming klassik bir atomli ideal gazga tatbiqlari yoritildi. Shuningdek, tennodinamikani statistik asoslashga bag‘ishlangan alohida bob yozildi.