Fizika

Kitob mualliflari A.G.Gaibov, O.Ximmatkulov,

Mazkur o'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining texnika ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, vazirlikda tasdiqlangan o'quv dasturi asosida tayyorlangan.O'quv qo'llanma "Fizika" fan dasturiga kiritilgan barcha qismlarni qamrab olgan, shuningdek laboratoriya ishlari va amaliy mashg'ulotlarining mavzulari nazariy qismlari keng yoritib berilgan. Fizika fani tabiat hodisalari va qonunlari haqidagi umumiy fan hisoblanib, boshqa fanlar bilan mantiqiy bog'langan hamda texnika fanlarining nazariy poydevorini tashkil etadi. Ushbu o'quv qo'llanma oily texnika ta'lim talabalari, o'qituvchilar va boshqa qiziquvchi mutaxassislarga tavsiya etiladi. Fizika kursi bo'yicha mualliflar tomonidan tuzilgan o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirilgi tomonidan fizika fani bo'yicha tasdiqlangan namunaviy o'quv dastur asosida tayyorlangan. Ushbu qo'llanma texnika yo'nalishida ta'lim olayotgan bakalavr bosqichi talabalariga mo'ljallab tuzilgan. O'quv qo'llanma umumiy fizika kursining mexanika, molekulalar fizika va termodinamika, elektromagnetizm, optika, atom fizikasi, kvant mexanikasi, qattiq jismlar, atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi bo’limlarini qamrab olgan. Qo'llanmani tuzishda chet el adabiyot manbalaridan foydalanilgan bo’lib, ikkita bob yangi texnologiyalarning fizik asoslari va olamning hozirgi zamon fizik manzaralari yoritishga bag'ishlangan.

Bilimlar sohasi: | Fizika |
UDK 53(075.8)
Kitob nashriyoti nomi: Fan va texnologiya
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9943-5837-9-5
Kitob nashr qilingan yili: 2019 Yil
Betlar Soni: 520
Kitob tashqi havolasi (to‘liq matni): Yuklab olish
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Fayl formati: pdf
Fayl format turi: application/pdf
Fayl hajmi: 12.87 MB
Hujjat turi: Darslik
Nashr tili: O‘zbekcha
Kataloglashtirish manbai: O'zbek lotin
Hujjat tipi: Elektron shaklda
Kirish huquq turi: YOPIQ KIRISH

Kitobga aloqador kitoblar