-
Iqtisodiyot nazariyasi. Siyosiy iqtisod. Makro iqtisodiyot. Mikro iqtisodiyot,
-
Dinshunoslik,
-
Hududlаr ijtimoiy-iqtisodiy rivojlаnish ko‘rsаtkichlаrini ekonometrik tаdqiq etish usulini tаkomillаshtirish
A.O. O‘rozov,Iqtisodiy geografiya, -
Havaskorlik, folklor - etnografik ansamblarning ijodlari,
-
Maʼmuriy sud ishlarini yuritishda ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquqiy maqomi: qiyosiy-huquqiy tahlil
Madrahimova G.A,Ma’muriy huquq, -
Xorazm viloyatidagi kommunal va qishloq xo'jalik korxonalari oqova suvlarida yuksak suv o'simliklarini ko'paytirish va suvni tozalash
Yo'ldashev K.R.,Umumtexnikaviy fanlar, -
Sotsiologiya,
-
-
-
Tilshunoslik,
-
-
-
-
Siyosatshunoslik fani, uning mavzusi. Siyosatning nazariyasi,
-
Umumiy psixologiya,
-
Turizm sohasida mehmonxonalar xo'jaligini rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari
Z.O.Raximov,Turizm. Alpinizm, -
Transport asosiy masalalari,
-
Mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda inson kapitalidan samarali foydalanish
Yusubboyeva D.Q.,Iqtisodiyot, -
Қуйи Амударё минтақаси иқтисодиётини баркарор ривожланишида сув манбаларидан самарали фойдаланиш.
Баҳодир Бабаджанов,Iqtisodiyot,
-
Xorazmda bank va pul tizimining rivojlanish bosqichlari
B.K. Avezov,Insoniyat tarixida pul, moliya tizimi har doim ham katta rol oʻynab kelgan.Negaki, insonning kundalik yashash ehtiyoji, zarur hayotiy narsalarni xarid qilishi,bozor va pul muomalasi bilan hal boʻladi. Qudratli kuch boʻlmish pul - xalq farovonligi, davlatning jadal sur’atlar bilan yuksalishiga ulkan ta’sir koʻrsatadi.Mazkur monografiyada Xiva xonligi, Xorazm muzofotida pul muomalasi, moliya va bank tizimining faoliyati yoritilishi barobarida, mustaqilligimiz yillari viloyatda bank maqomining takomili, ravnaqi, istiqbollari tahlilga tortilgan. Monografiya bank, moliya va hisob-kitob ishlari bilan mashgʻul boʻlgan xalq xoʻjaligi mutaxassislari, tadqiqotchilar, ijtimoiy, moliya-iqtisod va bank ishi yoʻnalishlari talabalari foydalanishi uchun moʻljallangan.
-
Диний ақидапарастликнинг келиб чиқиши, моҳияти ва Ўзбекистонга кириб келиши
Абдуллажонов О.,Китобда диний ақидапарастлик ва унинг кўринишларидан бўлган ваҳҳобийликнинг келиб чиқиши, моҳияти, Ўзбекистонга кириб келиши туғрисида сўз юритилади. Китоб содда тил билан ёзилган. У лицей ва коллежлар, умумтаълим мактабларининг юқори синф ўқувчилари, олий ўқув юртлари талабалари ва диншуносликка қизиқувчи барча китобхонларга мўлжалланган.
-
Hududlаr ijtimoiy-iqtisodiy rivojlаnish ko‘rsаtkichlаrini ekonometrik tаdqiq etish usulini tаkomillаshtirish
A.O. O‘rozov,Ushbu monografiya hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini ekonometrik tadqiq etish usullarini takomillashtirish va ilmiy asoslash masalasiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda mintaqaviy rivojlanishni baholash tizimini modernizatsiyalashning obyektiv zaruriyati, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish va prognozlashda innovatsion konometrik yondashuvlar, shuningdek, rivojlangan davlatlar tajribasi Xorazm viloyati misolida yoritib beriladi.
-
Alisher Navoiy va Avaz O'tar: an'ana, izdoshlik, o'ziga xoslik
Matkarimova S.,Mazkur monografiyada Avaz O'tar ijodi misolida Alisher Navoiy an'analarining Xorazm shoirlari ijodidagi o'rni belgilangan hamda g'oya mavzu, mazmun va shakliy izlanishlarda Navoiyga izdoshlik masalalari atroflicha ochib berilgan. Shuningdek, Alisher Navoiy va Xorazm shoirlari ijodi misolida adabiy ta'sir va ifodadagi o'ziga xosliklar aniqlanib, tazkiranavislik va tarixnavislik tadqiqi orqali Xorazm adabiy muhitida badiiy nasr taraqqiyoti asoslangan, dostonnavislik va devon poetikasiga doir Navoiy an'analarining tadrijiy takomili yoritilgan.
-
Maʼmuriy sud ishlarini yuritishda ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquqiy maqomi: qiyosiy-huquqiy tahlil
Madrahimova G.A,Monografiya Maʼmuriy sud ishlarini yuritishda ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquqiy maqomini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda maʼmuriy sud ishlarini yuritishda ishda ishtirok etuvchi shaxslar huquqiy maqomining nazariy-huquqiy tavsifi, maʼmuriy sud ishlarini yuritishda ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari hamda uni amalga oshirish mexanizmlari, maʼmuriy sud ishlarini yuritishda bir nechta arizachi va javobgarning ishtirok etishining ayrim protsessual jihatlari tahlil qilingan. Bundan tashqari, olib borilgan tadqiqotlar natijasida milliy qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
-
Xorazm viloyatidagi kommunal va qishloq xo'jalik korxonalari oqova suvlarida yuksak suv o'simliklarini ko'paytirish va suvni tozalash
Yo'ldashev K.R.,Monografiyada yuksak suv o'simliklarining Xorazm viloyati suv iqlim sharoitiga moslanish xususiyatlari, ularning oqova suvlarda o'sishi, rivojlanishi, ko'payishi hamda suvlarni organo-mineral moddalardan tozalash darajalarining yoʻqoriligi ko'rsatilgan. Shu bilan birga parrandachilikda tejamkor texnolgiyalarni joriy qilish asosida azolla o'simligi biomassasidan qo'shimcha ozuqa sifatida foydalanish hamda yuksak o'simliklar ta'sirida biologik tozalanib chiqqan oqova suvlardan qishloq xo'jaligi ekinlarini sug'orishda qayta foydalanish asosida suvni tejash samaradorligi bayon qilingan.
-
Мустақиллик шароитида қуйи амударё ҳудудидаги ижтимоий-иқтисодий аҳвол (1991-2001 йиллар)
Шихов О.,Ушбу монографияда мустақиллик йилларида Қуйи Амударё ҳудудидаги ижтимоий аҳвол, жамиятда кечган жараёнлар тадқиқ қилинган.
-
Хоразм фольклори X том
С. Рўзимбаев,Мазкур кўп жилдлик илмий мажмуа ўзбек халқ оғзаки ижодининг энг қадимий ва ўзига хос йўналишларидан бири бўлган Хоразм фольклори дурдоналарини ўзида жамлаган. Тўпламдан воҳа ҳудудидан асрлар давомида куйланиб ва айтилиб келинаётган бетакрор бахшичилик мактаби намуналари, қаҳрамонлик ва ишқий-романтик мазмундаги халқ достонлари («Гўрўғли» туркуми, «Ошиқ Ғариб ва Шоҳсанам» ва б.), халфачилик қўшиқлари, урф-одат ва маросим фольклори ҳамда болалар оғзаки ижоди намуналари ўрин олган.
-
Инсон фалсафаси
Хажиева Максуда,Мазкур монографияда инсон фалсафасига оид ғояларнинг шаклланиши, инсон фалсафасининг предметига оид назариялар ва концепцияларга эътибор қаратилиб, инсоннинг жамият ҳаётидаги ўрни, инсон ва фуқаролик жамияти акс эттирилган.
-
Oʻzbek adabiyotida Abu Rayhon Beruniy obrazi talqinlarining qiyosiy tahlili
A.Allambergenov,Jahon adabiyotshunosligi nazariyasi va estetikasida tarixiy haqiqatni tiklash, shaxs falsafasi, zamon psixologiyasi va badiiy ifoda yo'nalishini ochib berish bo'yicha boy tajriba to'plangan. Shunday bo'lsa ham buyuk tarixiy siymolar hayoti va faoliyatini, xususan, ularning badiiy adabiyotdagi qiyofasini adabiyotshunoslik qonuniyatlari asosida baholash jahon va milliy adabiyotshunosligimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan hisoblanadi.
-
Quyi Amudaryo mintaqasining demografik rivojlanishi
Sadullayev A,Monografiyada Quyi Amudaryo mintaqasining XX asr boshidan to hozirgi kungacha bo`lgan davrdagi demografik rivojlanishi ilmiy jihatdan yoritib berilgan. Mintaqaning demografik rivojlanishi o`rganilayotgan davrda aholining tug`ilish, o`lim,oilalar tarkibi,nikohlar va ajralishlar,migratsiya ko`rsatkichlarining o`zgarib borishi tahlil qilingan.
-
Хоразм фольклори XII том
С.Р. Рузимбоев,Мажмуа фольклоршуносликнинг турли муаммоларини ёритишга бағишланган бўлиб, унга олимлар, тадқиқотчилар ва аспирантларнинг турли мақолалари жамланган. Мажмуа халк ижодиёти билан қизиқувчи барча китобхонларга мўлжалланган
-
Ўзбек классик шеъриятида халқчилик
Холид Расулев,Мазкур илмий монография ўзбек мумтоз адабиётининг энг муҳим тамойилларидан бири — халқчилик масаласини тадқиқ этишга бағишланган. Асар бой фактик материаллар ва тарихий манбалар асосида ўтмиш мутафаккирлари ҳамда шоирлари ижодининг халқ оғзаки санъати, фольклор анъаналари ва даврнинг жонли тили билан узвий боғлиқлигини ёритиб беради.
-
Хоразмдаги ижтимоий-сиёсий жараёнлар ва ҳаракатлар
Отамурод Қўшжонов,Мазкур монографияда ХІХ асрнинг иккинчи ярми ва ХХ асрнинг биринчи чорагида Хоразм воҳасидаги ижтимоий-сиёсий жараёнлар ва ҳаракатлар кўрсатилган. Муаллифлар архив ҳужжатлари, қўлёзма асарлар, хотиралар ва бошқа манбалар асосида ушбу даврда Хива хонлиги ва Хоразм республикасида юз берган муҳим тарихий воқеаларни ёритишган. Туркистон тарихининг ажралмас қисми ҳисобланган Хоразм воҳаси тарихининг муайян даври яхлит манзараси ўқувчи кўз ўнгида намоён бўлган. Асар кенг китобхонлар оммасига, юрт тарихи билан қизиққан барча ўқувчиларга мўлжалланган.
-
Turli yosh davrlarida perfektsionizmning psixologik xususiyatlari
I.K.Jumaniyazova,Ushbu monografiya inson psixologiyasida keng tarqalgan, ammo murakkab va ko‘p qirralik xususiyatga ega bo‘lgan perfektsionizm fenomenining turli yosh davrlaridagi namoyon bo‘lish xususiyatlarini ilmiy asosda tahlil qilishga bag‘ishlangan. Perfektsionizm, odatda, muvaffaqiyatga erishish va yuqori standartlarni qo‘yish bilan bog‘liq ijobiy fazilat sifatida qaraladi. Biroq, bu xususiyatning nosog‘lom shakllari insonning ruhiy sog‘lig‘iga, hayot sifati va ichki qoniqish darajasiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Mazkur monografiyada perfektsionizmning yosh davrlarida namoyon bo‘lishi, uning psixologik omillari, oilaviy tarbiya, madaniy muhit va individual xususiyatlar bilan o‘zaro bog‘liqligi chuqur o‘rganiladi. Shuningdek, bolalik, o‘smirlik, o‘rta yosh va keksalik davrlarida perfektsionistik tendensiyalarning shakllanish dinamikasi va o‘ziga xos jihatlari tahlil qilinadi. Monografiya nazariy yondashuvlar, zamonaviy tadqiqotlar va amaliy psixologiya usullari asosida yozilgan bo‘lib, nafaqat akademik tadqiqotchilar, balki psixologlar, pedagoglar, ota-onalar va shaxsiy rivojlanish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun ham foydali manba bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur ilmiy ish perfektsionizm fenomenini chuqur tushunish, uning yosh davrlariga xos jihatlarini aniqlash va uni boshqarish strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
-
Qoraqalpog'iston Respublikasida zamonaviy mediamarkazlarning ijtimoiy fikrni shakllantirishdagi o'rni
Arziyev R.,Ushbu monografiyada Qoraqalpog'iston Respublikasida zamonaviy mediamarkazlarning ijtimoiy fikrni shakllantirishdagi o'rni ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Mediamarkazlarning axborot tarqatish, ijtimoiy ongni boshqarish, jamoatchilik fikrini shakllantirishdagi funksional vazifalari ochib berilgan. Hududda faoliyat olib borayotgan ommaviy axborot vositalari va raqamli platformalarning faoliyati o'rganilib, ularning ijtimoiy hayotga ta'sir darajasi baholangan.
-
Turizm sohasida mehmonxonalar xo'jaligini rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari
Z.O.Raximov,Ushbu monografiya iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida turizm sohasida mehmonxonalar xo'jaligini rivojlanlirishning ijlimoiy-iqiisodiy muammolarini o 'rganishga bag 'ishlangan, Monograjlyada turizm sohasida mehmonxonalar xo 'jaligini rivojlanlirishning nazariy asoslari, mehmonxona xo'jaligining innovatsion boshqaruvining ijtimoiy mohiyati, mehmonxonalar xo’jaligini rivojlantirishda qo'shimcha xizmatlar assortment oshirishning asosiy yo’nalishlari, turizm sohasi mehmonxonalar xo jaligini rivojlantirishda bronlashtirish tizimining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va turizm rivojlanishida mehmonxona xo'jaiigida ntrisllarning hayoti xavfsizlikni ta 'miniash masalalari yoritib berilgan. Monografiya Oliy o quv yurtlarining turizm va mehmonxona yo'nalishlari va mutaxassisliklarida ta lim olayotgan talabaluriga va magistrlariga shuningdek, turizm va mehmonxona faoliyati ixtisosligi radqiqotchilariga mo jjallangan. Undan turizm va mehmonxona yo'nalishida ta'lim berayotgan texnikum o'qituvchilari va mehmonxona sohasida Faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislar xam foydalanishi mumkin.
-
Transport vositalarining gidravlik tizimlariva ularning ishlash samaradorligi
I.B.Erkinov,Mazkur monografiya transport vositalarida qo'llaniladigan gidravlik tizimlar. ulaming tuzilishi, ishlash prinsipi va ekspluatatsiya xususiyatlarini o'rganishga bag‘ishlangan. Unda avtomobil va traktorlarning gidravlik jihozlari, gidronasoslar, gidrotsilindrlar, tortish-tirkash qurilmalari hamda gidravlik tizimlarda qo'llaniladigan ishchi suyuqliklaming asosiy xossalari va vazifalari batafsil yoritilgan. Shuningdek, transport vositalarining umumiy tuzilishi, asosiy agrcgatlari va mexanizmlarining o‘zar o bog'hqligi, texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlari hamda gidravlik tizimlaming samarali ishlashini ta’minlash masalalari ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilingan. O‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasalarining transport vositalari muhandisligi, avtomobilsozlik va qishloq xo‘jaligi texnikasi yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalar, magistrantlar, ilmiy tadqiqotchilar hamda ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun mo'ljallangan.
-
Mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda inson kapitalidan samarali foydalanish
Yusubboyeva D.Q.,Ushbu monografiya mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda inson kapitalidan samarali foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish masalasiga bag'ishlangan bo'lib, unda inson resurslarini rivojlantirish tizimini modernizatsiyalashning obyektiv zaruriyati, inson kapitalini shakllantirish va samarali ishlatishda innovatsion yondashuvlar, shuningdek, rivojlangan davlatlar tajribasi Xorazm viloyati misolida yoritib beriladi.
-
Қуйи Амударё минтақаси иқтисодиётини баркарор ривожланишида сув манбаларидан самарали фойдаланиш.
Баҳодир Бабаджанов,Мазкур рисола Қуйи Амударё минтақасида бугунги кунда юз берган сув захиралари етишмаслиги муаммолари сабабларининг таҳлилига ва минтақа аҳолисининг келажакда ҳам ўзларининг азалий ерларида яшаб қолишлари учун зарур бўлган оби ҳаёт манбаи билан таъминлашга қаратилган бир қадар таклифлар ва минтақа иқтисодиётининг барқарор ривожланишида сув манбаларидан самарали фойдаланиш масалаларига бағишланади. (Хоразм вилояти мисолида) Монография сув муаммолари билан қизиқадиган мутахассислар, қишлоқ хўжалиги ходимлари, олий ўқув юртларининг иқтисодиёт, қишлоқ хўжалиги, география таълими йўналишидаги илмий тадқи қотчилар, изланувчилар, бакалавриат ва магистратура босқичи талабалари ва шу фанлар ўқитувчилари, раҳбарлар ва кенг китобхон-лар оммасига мўлжалланган.