-
Tarix,
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Amerika va Yevropa davlatlarining zamonaviy tarixi
S.Davletov, I.Nurmetov, U.Tajiyeva,Mazkur darslikda Amerika va Yevropa davlatlarining XX asr ikkinchi yarmi hamda XXI asr boshlaridagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va xalqaro munosabatlar tizimidagi rivojlanish jarayonlari kompleks tarzda tahlil etilgan. Asarda "sovuq urush" davri, ikki qutbli tizimning shakllanishi, G'arb mamlakatlarida farovonlik davlatining yuzaga kelishi, Yevropa integratsiyasi jarayonlari, global muammolar hamda barqaror taraqqiyot konsepsiyasining shakllanish bosqichlari yoritilgan.
-
O‘zbekistonning eng yangi tarixi
S.R.Davletov, I.A.Nurmetov,Mazkur o‘quv adabiyotida “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” o‘quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari; O‘zbekistonda mustaqillik g‘oyalarining tarixiy asoslari; mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar; mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati; O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li; O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar; iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi, O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi; O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o‘zgarishlar, mustaqillik yillarida O‘zbekistondagi ma’naviy va madaniy taraqqiyot; O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar, O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o‘rni va roli; Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy islohotlarning xalqaro reyting va indekslarda aks etishi; Prezident Sh. M. Mirziyoyev rahbarligi va tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlar; Yangi O‘zbekistonda xalqchil va insonparvar davlat barpo etishning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati masalalari tahlil qilingan.
-
Raqamli tarix
Yusupov Axmedjon,Mazkur darslik 60220300-Tarix (mamlakatlar va yo'nalishlar bo'yicha) ta'lim yo'nalishi o'quv rejasida belgilangan 2-bosqich bakalavr talabalari uchun Raqamli tarix fani bo'yicha tayyorlangan o'quv adabiyoti bo'lib, unda tarixiy jarayonlarni anglashda raqamli texnologiyalarining o'mi, fan masalalarini aniqlashda zamonaviy yondashuvlar, tarixiy voqeliklarni, faktlarni o'rganishda, tarixiy tadqiqotda elektron manbalarning hamda internetning ilmiy va amaliy ahamiyatini shuningdek, fan doirasidagi zamonaviy loyihalar, tarixiy tadqiqotda kompyuter manbashunosligi, internetning ilmiy-amaliy ahamiyati haqida so'z yuritiladi. Darslikda rasmlar, jadvallar keltirilgan bo'lib, bu kitobxonga mavzularni o'zlashtirishni qulay qilish maqsadida keltirilgan.
-
O`zbekiston tarixi (XVI-XIX asrning birinchi yarmi) (8-sinf)
Norqulov Naim,8-sinfda Siz Vatanimiz tarixining XVI asrdan XIX asrning o`rtalarigacha bo`lgan davrini qisqacha o`rganasiz. Unda Siz Shayboniylar davlatining tashkil topishi, shayboniylar bilan temuriylar o`rtasidagi kurashlar, Shayboniyxon va Bobur mirzo o`rtasidagi kurashlar, Shayboniyxon va Bobur mirzo o`rtasidagi kurash voqealari bilan tanishasiz.
-
O`zbekiston tarixi
Qamariddin Usmonov,“Oʻzbekiston tarixi” darsligi Oʻzbekiston xalqining qadimgi davrlardan bugungi kungacha bo‘lgan tarixiy taraqqiyotini yorituvchi o‘quv adabiyotidir. Unda mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanish bosqichlari ilmiy manbalar asosida bayon etilgan. Darslik talabalarga Oʻzbekiston tarixini chuqur o‘rganish va tarixiy dunyoqarashni shakllantirishda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
-
O'zbekiston tarixi. Umumta'lim maktablarining 8-sinf o'quvchilari uchun darslik
O‘tgan o‘quv yilida Siz “O‘zbekiston tarixi” fanini Xorazmshoh-anushteginiylar davlati mavzusi bilan yakunlagan edingiz. Endi 8-sinfda mazkur davlat o‘rnida barpo etilgan ikkita yirik davlat tarixi bilan yaqindan tanishasiz. Bular: XIII asrning 20-yillarida Xorazmshohlar davlatini egallab olgan Chingizxon imperiyasi va bu yerda hukm surgan uning avlodlari davlati (Chig‘atoy ulusi) bo‘lsa, ikkinchisi yemirilayotgan Chig‘atoy ulusi o‘rnida XIV asrning 70-yillarida tashkil topgan Amir Temur va temuriylarning Turon davlati edi. Demak, mazkur darslikni o‘qish davomida mamlakatimiz va unga yondosh hududlarning XIII-XV asrlari tarixi bilan tanishasiz.
-
Jahon tarixi
Farmonov R., Jo`rayev U., Ergashev Sh.,Umumiy o`rta ta'lim maktablarining VIII sinf o`quvchilari uchun darslik
-
Raqamli tarix
X.Mo'minov,Darslik tarixiy tadqiqotlar metodologiyasi va zamonaviy usullarini oʻrganishga bagʻishlangan. Unda tarix fanining maxsus usullari bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlarning umumiy usullari, shuningdek, boshqa fanlardan tarix faniga oʻtgan usullar tahlil qilinadi. Bundan tashqari, darslikda jahon tarixshunosligida XX asrning oʻrtalaridan boshlab paydo boʻla boshlagan hamda tarixiy bilimlarning yangi paradigmalariga aylangan yangi yoʻnalishlarga alohida e'tibor qaratiladi. Talabalar bu oʻquv kursidan, birinchidan, tarixiy tadqiqot usullari va yo'nalishlari haqidagi nazariy bilimga ega boʻlsa, ikkinchidan, ularni zamonaviy tarixiy tadqiqotlarda qanday qoʻllash mumkinligini oʻrganadi.
-
O‘rta osiyo shaharlari tarixiy topografiyasi
Y.A.Karimov,Ushbu o‘quv qo‘llanma O‘rta Osiyoning qadimgi va o‘rta asr shaharlari tarixining qadimgi davrlardan, o‘rta asrlar davomida amalga oshirilgan bunyodkorchilik ishlar hamda bu davrda shaharlarning topografik tuzulishi va joylashish o‘rni holati haqida ma’lumot yetkaziladi.
-
Қаҳрамонлар мангу яшайди
Аъзамов А,Асарда юрт озодлиги, халқ фаровонлиги учун курашган жасур инсонларнинг ҳаёти, жасорати ва фидойилиги бадиий образлар орқали тасвирланади. Муаллиф қаҳрамонлар тақдири мисолида ватанпарварлик, мардлик, садоқат ва инсонпарварлик ғояларини илгари суради. Китобда қаҳрамонларнинг жасорати нафақат тарихий воқеа сифатида, балки ёш авлод учун ибрат мактаби сифатида кўрсатилади. Асар ўқувчини Ватанни севишга, унинг тинчлиги ва тараққиёти учун масъулият билан яшашга ундайди. Асарнинг асосий ғояси — қаҳрамонлар номи ва жасорати халқ хотирасида мангу яшайди.
-
ссср тарихи II-том
Л.М.Иванов,Университетлар ва педагогика институтларининг тарих факультетлари учун чикарилган СССр тарихи дарслигининг иккинчи томи Россияда капитализмнинг хукмронлик килган даврини уз ичига олади
-
Ўрта асрлар тарихи
Е В Агибалова,Ўрта тарих ёки кўпроқ ўрта асрлар тарихи деб аталган тарихнинг хронологик чегаралари турли вақтларда турлича белгиланиб келган. Баъзи тарихчилар ўрта асрлар тарихи Константин Буюк подшолик қилган даврдан ғ аср бошларидан бошланиб 1453 йилда Константинополнинг қулаши билан тамом бўлади деб хисоблаганлар. XIX аср тарихчилари ўрта асрлар тарихининг хронологик чегаралари 476 йилдан-ғарбий Рим империяси қулаган йилдан бошланиб, 1492 йил Америка кашф қилинган йил билан тамом бўлади, деб хисоблаганлар. Ўрта аср Европаси тарихи Рим қулдорлик империясининг қулашидан бошланади, бу империя ички қарама-қаршиликлар натижасида, яъни қулдорлик хўжаликнинг кризиси, синфий курашнинг \оят кескинлашиб кетганлиги, Италиянинг ва унинг вилоятларининг заифлашиб кетганлиги ҳамда иқтисодий ва сиёсий алоқаларнинг узилиб кетганлиги натижасида,шунингдек, ташқи шароитлар натижасида-варварларнинг оммавий хужум қилиши натижасида қулади.
-
Қадимги шарқ тарихи
Собиров Қ, Абдуллаев Ў,Қадимги шарқ тарихига доир маърузалар баён қилинган. Қадимги Бобил подшолиги. Икки дарё оралиғи маданияти. Ўрта, янги ва кеч шохликлар. Кичик осиё ва кавказорти давлатлари.
-
Авесто афсоналари
Ф.Иброхимова,Манография авестошинослик сахасида тадкикот олиб борувчи илмий ходимлар ва кенг укувчилар оммасига мулжаланган.
-
Tarix o‘qitish metodikasi
Mansurov Uktamjon,Ushbu darslikda tarix o'qitish metodikasi predmeti, maqsad va vazifalari shuningdek. larix darslarining turlari, tuzilishi va ularga bo'lgan zamonaviy talablar, dars jarayonida tarix darslari samaradorligini oshirish yo'llari, ilmiy-uslubiy, didaktik negiziari, tarixiy bilimlarni shakllantirish jarayonlari, tarix darsiiklari va ularga qo'yiladigan zamonaviy talabalar, maktabdan va sinfdan tashqari ishlarning o‘rni va ahamiyati xususida ma’Iumotlar berilgan.
-
O'zbekistonning eng yangi tarixi
R.H.Murtazayeva,Mazkur o'quv adabiyoti O'zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo'lgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy ma`naviy-ma`rifiy jarayonlar hamda o'zgarishlarni, ushbu davrda ro'y bergan tarixiy voqeliklarni bevosita qamrab olgan.
-
КАТТА ЎЙИН
Питер Ҳопкирк,Қўлингиздаги китобда Марказий Осиёнинг яқин ўтмишига оид саҳифалариевропалик муаллиф талқинида баён этилган. Кўплаб қаҳрамонларнинг кундаликлари асосида ёзилган ушбу китобда ўтмишдаги сиёсий хаёт, минтақани бўлиб олиш учун икки қудратли мамлакат ўртасида кечган можаролар акс этган.
-
Жахон мамлакатлари
А.ХАЗРАТКУЛОВ,Ўзбекистон Республикаси мустақилликка эришган- дан буён ўтган вақт ичида жаҳон ҳамжамиятида ўз ўрнига, дунё сиёсати майдонида ўз мустақил овозига эга бўлган давлат сифатида тан олинди. Республикамиз Президенти И. А. Каримов олиб бораётган оқилона ташқи сиёсат туфайли юртдошларимиз жаҳон мамла- катлари буйлаб эркин сафар қилиш имкониятига эга булдилар.
-
Темур тузуклари
Қарши шаҳрининг 2700 йиллиги ҳамда " Темур тузуклари " ёзилганининг 600 йиллигига бағишланади.
-
O'zbekistonning eng yangi tarixi
Rajabova Z.S,O'quv qo'llanmada mustaqillikka erishish arafasida O'zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi,ijtimoiy-iqtisodiy,siyosiy va manaviy hamda boshqa sohalardagi islohatlarning maxmun-mohiyati o'ziga xos xususiyatlari izchil yoritib berilgan.