-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
-
-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
Kompyuter ko`rinishini mikroprotsesslar asosida dasturlash
Djumanazarov O, O‘razmatov T, Quzibayev X,Ilmiy axborot faoliyati. Informatika, -
-
-
Maple7 dasturi yordamida oliy matematika masalalarini yechish 2-qism
E.M.Mirzakarimov,Ilmiy axborot faoliyati. Informatika, -
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
Ilmiy axborot faoliyati. Informatika,
-
-
Kompyuter tarmoqlari
O'. Matyoqubov, J.Matsapayev, M.Xatamova, S.Matlatipov,Darslikda kompyuter tarmoqlari tuzilishi, kompyuter tarmoqlarining asosiy tushunchalari, ularning turlari va arxitekturasi, OSI hamda TCP/IP modellari, tarmoq apparat vositalari va protokollarining ishlash prinsiplari bayon etilgan. Shuningdek, Internet texnologiyalari, tarmoq xavfsizligi, IP manzillash va tarmoqni boshqarish masalalari amaliy misollar asosida yoritilgan. Darslik 60610200 Axborot xavfsizligi (Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va servis), 60610300 - Kompyuter injiniring ("Kompyuter injiniring", "AT-servis", "Multimedia texnologiyalari"), 60610400 Dasturiy injiniring yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan bakalavrlar uchun mo'ljallangan.
-
Mashinali tarjima texnologiyalari
G‘.R. Matlatipov,Mazkur darslik mashinali tarjima texnologiyalarining nazariy asoslari,rivojlanish bosqichlari va zamonaviy yondashuvlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Unda qoidaviy, statistik va neyron mashinali tarjima modellarining ishlash tamoyillari, shuningdek, transformer arxitekturasi va katta til modellari yoritilgan. Darslikda mashinali tarjimaning lingvistik va texnologik jihatlari tahlil qilinib, uning afzalliklari va cheklovlari ko‘rsatib berilgan. Darslik oliy ta’lim muassasalari talabalari, “Kompyuter lingvistikasi” mutaxassislik magistrantlari, tadqiqotchilar hamda sun’iy intellekt va kompyuter lingvistikasi yo‘nalishida faoliyat yurituvchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.
-
Dasturlash
F. Yusupov, D.F.Y Usupov, I.Sh. Nafasov.,Ushbu o'quv qo'llanma Axborot tizimlari va texnologiyalari ta'lim yo'nalishi talabalariga "Dasturlash" faniga oid ma'ruza mashg'ulotlari, amaliy ishlar va mustaqil ishlash uchun topshiriqlar ham keltirilgan. O'quv qo'llanmada C# dasturlash tilinining tarixi, dastur tuzish va uni ishlatish, uning strukturasi, ma'lumotlar turlari va berilganlar, operatorlar, sikllar, massivlar va obyektga yo'naltirilgan dashturlashga oid mavzular boʻyicha nazariy mashg'ulotlarni tashkil etish uchun mo'ljallangan bo'lib, har bir nazariy ma'lumotlar majmuasi, mavzular boʻyicha nazorat savollari, fanga doir glossariy va adabiyotlar ro'yxatidan iborat.
-
Pochta aloqasi infrastrukturasi
Samandarov B., Omonov I., Matsapayev J.,Darslikda pochta aloqasi tarmoqlari va ularni qurish, zamonaviy pochta infrastrukturasini modernizatsiyalash va rivojlantirish, pochta aloqasi korxonalarini transformatsiya qilish, pochta aloqasi xizmatlaridan foydalanuvchilarga samarali va sifatli xizmat ko'rsatishi uchun zarur bo'lgan maxsus bilim va ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Darslik 60611400- Pochta aloqasi texnologiyasi yo'nalishi bo'yicha tahsil olayotgan bakalavrlar uchun mo'ljallangan.
-
Mashinali o'qitish
Jumanazarov O, O`razmatov T, Nurmetova B, Xo'jayev O, Quzibayev X,Sanoat inqilobidan keyin mashinalar uzoq yo'lni bosib o'tdi. Ular zavod maydonchalari va ishlab chiqarish korxonalarini to'ldirishda davom etmoqdalar, ammo endi ularning imkoniyatlari qo'lda ishlashdan tashqari, yaqin vaqtgacha faqat odamlar bajarishga qodir bo'lgan kognitiv vazifalarni qamrab oladi. Qo'shiq musobaqalarida hakamlik qilish, avtomobillarni haydash va professional shaxmatchilar bilan polni tozalash hozirda mashinalar taqlid qilishga qodir bo'lgan aniq murakkab vazifalarning uchta misolidir. Ammo ularning ajoyib harakatlari ba'zi kuzatuvchilarda qo'rquvni uyg'otadi.
-
Raqamli axborot texnologiyalari
Burxiyev Olimjon,Raqamli axborot texnologiyalari kursi bo'yicha nazariy ma'lumotlar fanning har bir inson hayotidagi va jamiyatning rivojidagi rolini ochib berish, kompyuterning texnik va dasturiy vositalarining imkoniyatlari, axborot tizimlari ba texnologiyalarini qo'llash haqida ma'lumotlar berilgan
-
Ma'lumotlar muhandisligi
U.I. Salayev,Mazkur o'quv qo'llanma 70610304-"ma'lumotlar ilmi (Data Science)" magistratura ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, katta hajmdagi ma'lumotlarni yig'ish, saqlash, qayta ishlash va tahlil qilish uchun samarali ma'lumot infratuzilmasini loyihalash va boshqarishni o'rgatadi. Ushbu qo'llanmada Ma'lumotlar muhandisligi (Data Engineering) fani va uning komponentlari, O'zbekistonda fanning rivoji, uzluksiz ta'lim tizimi, davlat ta'lim standartlari, didaktik tamoyillar, elektron resurslardan foydalanish usullari, dars va amaliyotlarning tashkiliy shakllari, nazorat va baholash metodlari hamda zamonaviy ma'lumotlarni qayta ishlash, tahlil qilish yondashuvlari va dasturiy ta'minot bilimlari batafsil tahlil qilinadi. Ushbu qo'llanma muhandis-dasturchi, pedagog-tadqiqotchi, magistratura talabalari uchun muhim nazariy asos hamda amaliy ko'rsatmalar manbai hisoblanadi.
-
Matlab asoslari
M.Muxiddinov, T.Dadajanov,Mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishida informatika va axborot texnologiyalarining о‘mi beqiyos. Hozirgi kun talabalari axborot texnologiyalari bo‘yicha zamonaviy dasturlash tizimlari bilan ishlashni bilishlari davr talabidir. Bunda dars darayonida foydalaniladigan o‘quv, o’quv-uslubiy qo‘llanmalaming mavjud bo‘lishi, o‘quvjarayoni samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
-
Dasturiy ta`minot qurilmasi va evalyusiyasi
M.F.Ibragimov,Ushbu “Dasturiy ta’minot qurilmasi va evolyutsiyasi” fanidan o‘quv qo‘llanma bakalavriatning “Dasturiy injiniring” yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 3-kurs talabalari uchun o‘zbek tilidagi o‘quv dasturi bo‘yicha o‘rganish uchun mo‘ljallangan zamonaviy materiallar, savol va topshiriqlarni hamda boshqa zaruriy maʼlumotlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, ushbu o‘quv qo‘llanma hozirda yirik hajmli dasturiy tizimlarning ichki tuzilishi asoslarini, kod darajasidagi sifat standartlarini va tizimlarni uzoq muddatli moslashtirish hamda rivojlantirish algoritmlarini o‘rgatishni o‘zida qamrab olgan bo‘lib, bundan tashqari axborot texnologiyalari sohasiga oid barcha yaratiladigan dasturiy mahsulotlar evolyutsiyasini, ularni refaktoring qilish va modernizatsiyalash jarayonlarini tahlil qilish qobiliyatlarini shakllantiradi hamda bilim, ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi.
-
Kompyuter ko`rinishini mikroprotsesslar asosida dasturlash
Djumanazarov O, O‘razmatov T, Quzibayev X,Kompyuter ko`rinishini mikroprotsesslar asosida dasturlash nomli darslik 06610500 Kompyuter injiniringi 4- kurs talabalariga o‘qituvchi Kompyuter ko‘rinishini Raspberru pi bilan dasturlash bo‘yicha nazariy bilimlar va amaliy misollar bilan tushuntirish, Raspberry Pi, Python 3 va opencv tadbiq qilishdan iborat.
-
Bоshqаrish nаzаriyasi
X.Z.Igamberdiyev, J.U.Sеvinоv,Darslik оliy o‘quv yurtlаrining 5312700 – «Intellektual muxandislik tizimlari», 5312600 – «Mexatronika va robototexnika», 5330200 – «Informatika va axborot texnologiyalari» (sanoat ishlab chiqarishida) va 5311000 – «Texnоlogik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish» (kimyo, neft-kimyo va oziq ovqat sanoati) ta’lim yo‘nаlishlari hаmdа ungа turdоsh bаkаlаvr ta’lim yo‘nаlishlari tаlаbаlаri uchun mo‘ljаllаngаn. Darslik bоshqаrish nаzаriyasining asosiy tushuncha va ta’riflari, avtomatik boshqarish tizimlarining matematik ifodalash usullari; chiziqli, nochiziqli va diskret avtomatik boshqarish tizimlarining turg‘unligini tahlili, rostlash sifatini baholash va sintezlash, shuningdek, tasodifiy avtomatik boshqarish tizimlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.
-
Kompyuter tarmoqlari
S.T.Qilichev,Ushbu o'quv qo'Ilanmada "kompyuter tarmoqlari'' faniga tegishli bo'lgan, kompyuter tarmoqlari haqida umumiy tushunchalar, kompyuter tarmoqlarida qo'llanilgan kommunikatsion qurilmalar, tarmoq topologiyalari, axborot o'tkazish muhitlari, mobil tarmoqlari, global tarmoq internet haqida asosiy ma'lumotlar keltirilgan.
-
Maple7 dasturi yordamida oliy matematika masalalarini yechish 2-qism
E.M.Mirzakarimov,Ushbu uslubiy qo‘llanma, barcha oliy o‘quv yurtidagi texnika yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarning, 1-semestrdagi Oliy matematika fanidan, mustaqil ishlarni MAPLE7 dasturidan foydalanib bajarishlari uchun mo‘ljallangan. Uslubiy qo‘llanma Oliy matematika fanidan bir va bir necha o‘zgaruvchili funktsiyalarning limiti, hosilalari va ularning tadbiqlariga bag‘ishlamgan. Har bir bo‘limda nazariya bo‘yicha zaruriy ma’lumotlar keltirilgan, ularga mos namunaviy masalalarning yechimlari berilgan va bu yechimlarni MAPLE7 dasturi yordamida bajarish yo‘llari ko‘rsatilgan, shuningdek mustaqil ishlash uchun variantlar tuzilgan.
-
Maple7 dasturi yordamida oliy matematika masalalarini yechish
E.M.Mirzakarimov,Ushbu uslubiy qo‘llanma, barcha oliy o‘quv yurtidagi texnika yo‘nalishlari bo‘yicha tahlim olayotgan talabalar uchun, 1-semestrdagi Oliy matematika fanidan, mustaqil ishlarni MALE7 dasturidan foydalanib bajarishlari uchun mo‘ljallangan. Uslubiy qo‘llanma Oliy matematika fanidan analitik geometriya bo‘limining chiziqli tenglamalar sistemasini echish usullari, vektorlar, tekislikda to‘g‘ri chiziq, egri chiziq, fazoda tekislik, to‘g‘ri chiziq va ikkinchn tartibli sirtlar masalalariga bag‘ishlangan. Нar bir bo‘limda nazariya bo‘yicha mahlumotlar keltirilgan, ularga mos namunaviy masalalarni MALE7 dasturi yordamida echish yo‘llari ko‘rsatilgan, shuningdek mustaqil ishlash uchun variantlar tuzilgan.
-
Algoritmik tillar va dasturlash asoslari
Q.I. Jo‘rayev,Ushbu o‘quv qo‘llanma - amaliy matematika ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda bo‘lajak mutaxassislarga jamiyatni informatizatsiyalashni mos holda informatsion resurslardan foydalanish asosida informatsion talablarni qondirishning algoritmik nazariyasini rivojlantirish va savodxonligini oshirish, takomillashtirish yuzasidan amaliy malaka hosil qilishda o‘z ifodasini topgan.
-
Algoritmik tillar va dasturlash
T.Q.Xojiyev, I.O.Xajiyev,Ushbu o'quv qo''lanma Amaliy matematika va Matematik injiniring yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, o'quv rejadagi Algoritmik tillar va dasturlash predmeti dasturlariga mos keladi. Mazkur o'quv qo'llanma C# da dasturlash bo'yicha talabalarda nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash bilan bir qatorda, dasturlashni endi o'rganayotganlar uchun ham foydali adabiyot bo'lib xizmat qiladi.
-
Algoritmik tillar va dasturlash C# tilida dasturlash asoslari
U.E.Adambayev, Yu.S.Yusupov,Darslik dasturlashni o'zlashtirish bilan bog‘liq barcha ta’Iim yo'nalishlaridagi bakalavriat talabalari hamda shu yo'nalishlar negizidagi magistratura talabalari, doktorantlar, shuningdek, dasturlashni mustaqil o‘rganuvchilar uchun mo'ljallangan. Darslik “Algoritmik tillar va dasturiash” fanining l-kursda o‘tiladigan asosiy mavzularini qamrab olgan bo‘lib, konsol ilovalarini yaratish bo'yicha asosiy ma’lumotlar keltirilgan. Unda dasturlash tillari, C# tili haqida umumiy ma’lumotlar, C# tilining boshqaruv operatorlari, massivlar, satrlar, metodlar, kortejlar va sanab o‘tiluvchi tur, fayliar bilan bir qatorda C# tilida obyektga yo‘naltirilgan dasturiash texnologiyasini amalga oshirilishi uchun sinflar va obyektlar qaraladi. Talabalar fanning nazariy va amaliy materiallarini o‘zlashtirishda foydalanishlari mumkin.
-
Geografik axborot tizimlari
Mirmaxmudov E.R., Abdumo`minov B.O., Hasanov Sh.I.,Ushbu uslubiy qo'llanmada GIS PANORAMA dasturida klassik topografik xaritalardan foydalanib, relycfning fazoviy raqamli modelini yaratishning asosiy bosqichlari ko`rib chiqilgan. Gauss-Kruger ko’ndalang silindrsimon proyeksiyasida ma’lum masshtab uchun trapetsiya ramkalarini hosil qilish usullari va topografik xaritaning rastr tasvirini o’zgartirish usuli ko’rsatilgan. Raqamli modelni shakllantirish va balandliklar matritsasini qurishda optimallashtirish usullarini shakllantirish, shuningdek, ulami fazoviy koordinatalar tizimi bilan bog'lash uchun asosiy e’tibor izoliniyalarni scgmentatsiyalashga qaratilgan.
-
Ta'limda axborot texnologiyalari
T.Yu.Turayev,O'quv qo'llanma bakalavriat darajasi uchun maktabgacha tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish usullari ofis dasturlaridan foydalanishning yaxlit tizimini yaratishga qaratilgan bo'lib, davlat organlarining aholi bilan muloqot qilishining yangi mexanizmlarini joriy etishning imkoniyatlari, afzalliklari axborotlarni qayta ishlash va hisob-kitoblarni amalga oshirish, hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirish tamoyil va ulardan samarali foydalanishning ahamiyati haqida ma'lumotlar berilgan.
-
Коммуникация тизимлари
М.Х.Нуруллаева,Телекоммуникациялар сўзи масофадан туриб мулоқат қилиш воситаси деганини англатади (яъни ахборот алмашинувини) ва бундай мулоқотнинг турли усулларини амалга оширувчи технологиялар йиғиндисини кўзда тутади. Телефония ва телекоммуникациялар деган атамалар билан аталувчи тушунчаларни баъзида адаштиришади.