-
-
Ўзбекистон Республикаси қуролли кучлари умумҳарбий низомлари
Б.Б. Умурзаков., Ш.А. Таджиметов,Harbiy fanlar, -
-
-
-
-
-
Миллий армиямиз - мустақиллигимизнинг, тинч ва осойишта ҳаётимизнинг мустаҳкам кафолатидир
И. А. Каримов,Harbiy fanlar, -
-
Harbiy fanlar,
-
-
-
-
Hayotiy faoliyat kursi
O.Q. Qudratov, A. G'aniyev, O'. Yuldashev , G'.Yo. Yormatov, N. Habibullayev, A.D. Xudoyev,Harbiy fanlar, -
Favqulodda vaziyatlar uchun tibbiy hamshiralar tayyorlash
Ramazonova R., Sodiqova H.,Harbiy fanlar,
-
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi nazariyasi
A.A.Tavkkalov,Ushbu o'quv qo'llanmada harbiy vatanparvarlik tushunchasi, obyekti, predmeti, maqsadi, vazifalari va turkumlari, harbiy vatanparvarlik tarbiyasi fan sifatida yuzaga kelishi va rivojlanish bosqichlari o'rganilgan. Harbiy xizmatchilarni tarbiyalashda ofitserning nutqi va uning tarbiyaviy ahamiyati. harbiy vatanparvarlik asoslari yoritilgan. Ushbu orqali ularda fanning nazariy qoidalarini amaliyotga joriy qilish yo'llarini ishlab chiqish, komandirlar, pedagoglar, boshliqlarni samarali va ta’sir ko'rsatadigan pedagogik, psixologik vositalar va usullar bilan qurollantirish, ularda ta'lim oluvchilar, qo'l ostidagilami o'qitish va tarbiyalay olish, ularni tinchlik payti bilan bir qatorda jang vaqtida boshqara olish qobiliyatlarini shakllantirishga qaratilgan. O'quv qo'llanma Oliy harbiy ta ’lim muassasalari hamda kichik komandirlami tayyorlash markazi kursantlari, Oliy ta’lim muassasalarining harbiy ta’lim fakultetlari va O'zbekiston Milliy universiteti harbiy tayyorgarlik o'quv markazi talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Ўзбекистон Республикаси қуролли кучлари умумҳарбий низомлари
Б.Б. Умурзаков., Ш.А. Таджиметов,Ушбу маърузалар курси Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари Умумҳарбий Низомлари таркибига кирувчи Ички тартиб, Интизом, Гарнизон ва қоровуллик хизматлари ва Саф Низомлари ҳамда Ички ишлар органларининг Интизом устави талабларини ўз ичига қамраб олган. Маърузалар курсидаги мавзуларда Ички тартиб, Интизом, Гарнизон ва қоровуллик хизматлари ва Саф Низомларининг умумий қоидалари, ҳарбий хизматчилар ва ички ишлар идоралари ходимларининг ҳуқуқлари, мажбуриятлари, жавобгарликлари ҳамда улар ўртасидаги ўзаро муносабатлар, рағбатлантириш ва интизомий жазоларнинг турлари ҳамда уларни қўллаш бўйича командир (бошлиқ)ларнинг ҳуқуқлари, қоровуллик ва патруллик хизматларини ўташ тартиби, қуролсиз бажариладиган саф амаллари ва ҳаракатлари, ҳарбийча салом бериш тартиби, ҳарбий хизматчиларнинг сафга туришдан олдинги ва сафдаги мажбуриятлари бўйича етарли маълумотлар берилган бўлиб, бугунги кунда тегишли норматив-ҳуқуқий хужжатларга киритилган ўзгариш ва қўшимчаларни инобатга олган ҳолда тайёрланган. Маърузалар курси Ўзбекистон Республикаси ИИВ Малака ошириш институтида Ички ишлар органларига қабул қилинган бошланғич касбий тайёрлаш курси ҳамда Касбий тайёргарлик факультетига қабул қилинадиган тингловчилар учун мўлжалланган.
-
Hayot faoliyati xavfsizligi
M.S.Sapayev, F.M.Qodirov,Mazkur o'quv qo'llanma hayot faoliyati xavfsizligini va ekologik xavfsizlikni ta`minlash bilan bog'liq bo'lgan tadbirlarning huquqiy-me`yoriy hujjatlar doirasida tashkil eta oladigan nazariy bilim va amaliy ko'nikmaga ega bo'lgan mutahassisni tayyorlashga mo'ljallangan mavzular, ma`lumotlar, tavsiyalar, misol va topshiriqlar atroflicha muhokama etilgan holda yaratilgan.
-
Harbiy hikmatlar - ma’naviy qurol
Sh. S. Ro‘zimov,Ushbu to'plamda bcvosita harbiy sohaga taalluqli hikmatlar to'plangan. Hikmat, maqol va rivoyatlar insonni ixcham fikrlashga va o*z fikrlarini aniq ifodalashga xizmat qiladi. Hikmatlarda har bir xalqning uzoq o'tmishidan buyon ortti-rib kelayotgan hayotga, mehnatga, kasbga va insonlararo munosabatlaridagi tajribalari, urf-odat va an’analari, turmush tarzi, hayot quvonchlari, shodlik va g*amgin, dard alam-lari, orzu umidlari, falsafiy, diniy, axloqiy va estctik his tuyg‘ulari. ijobiy fazi-lat va salbiy illatlari, aql-zakovati o*z ifodasini topib kelishi bilan o'z avlodlariga katta xizmat qiladi.
-
Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги. Экология
О.Д.Рахимов, И.Х.Сиддиқов, М.О.Муродов,Дарсликда фаннинг мақсади, вазифалари, асосий бўлимлари ва уларда ўргатиладиган масалалар, ривожланиш тарихи бошқа фанлар билан ўзаро боғлиқлиги келтирилган. Фаннинг назарий асослари, ишлаб чиқаришда ва фавқулотдда вазиятларда ҳаёт фаолият хавфсизлиги ҳамда экологияга оид материаллар ёритилган
-
Harbiy-Tibbiy Tayyorgarlik
D.R.Sabirov, E.E.Axmedov,Ushbu darslik Harbiy-tibbiyot fakulteti kursantlari, zaxira va rezervdagi ofitserlarini tayyorlash kursi tinglovchilari uchun umumharbiy tayyorgarlik fanini o'qitish uchun mo'ljallangan. Darslik tibbiy-profilaktika, stomatologiya va farmatsiya yo'nalishlaridagi zahira va rezervdagi tibbiy xizmat ofitserlarining umumqo'shin janglarida tibbiy ta'minotni tashkillashtirishda jangovar tayyorgarlik fanlaridan.
-
Ўзбекистонда ҳарбий иш тарихидан
Зияева Д.,Ушбу монографияда Ўзбекистонда кадимдан то хозирга кадар харбий иш тарихи, яъни .харбий тактика, кўшинлар. уларнинг тузилиши ва қурол-яроғларининг ривожланиб бориши тарихий жараёнлар билан уйгунликда, боскичма-боскич ёритилган. Монография тарихчилар, харбийлар ва кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
-
Миллий армиямиз - мустақиллигимизнинг, тинч ва осойишта ҳаётимизнинг мустаҳкам кафолатидир
И. А. Каримов,Эътиборингизга ҳавола этилаётган ушбу китобдан Ўзбекистон Республикаси Президенти, Қуролли Кучлар Олий Бош қўмондони Ислом Каримовнинг Ватан ҳимоячиларига байрам табриги ҳамда миллий армиямизда маънавий-маърифий тарбия ишларини такомиллаштириш масалаларига бағишланган рисоласи ўрин олган.
-
Ҳарбий токсикология ва тиббий муҳофаза
И. И. Маматов,Дарсликда харбий токсикология ва тиббий муҳофаза доир ишончли маьлумотлар келтирилган. Унда даволаш-эвакуация чораларини кўриш, тиббий ёрдам кўрсатиш, замонавий қуроллардан одамларни мухофаза этиш, захарли моддаларни аниқлашй билиш каби масалалар кўриб чиқилган.
-
Фавқулодда вазиятлар ва фуқаро муҳофазаси
М.Тожиев, И.Неъматов, М.Илҳомов,Ушбу қўлланма олий ва ўрта-махсус таълим муассасаларида " Фавқулодда вазиятлар ва фуқаро муҳофазаси" номи билан ўқитилаётган фан дастури асосида яратилганбўлиб, унда замонавий қирғин қуроллари, уларнинг зарарли оқибатлари, фуқароларни ҳимоялаш воситалари ҳақидаги маълумотлардан ташқари, фавқулодда вазиятларда фуқароларни, халқ хўжалиги тармоқларини, миллий ресурсларни, атроқ-муҳитни зарарланишдан сақлаш,шикастланган ҳудудларда қутқариш ва тиклашишларини амалга оширишмасалалари мужассамланган.
-
Mard o'g'lonlar nomi barhayot
Ashurov S.,Ushbu kitobda vatanimiz mustaqilligini yovuz kuchlardan himoya qilishda fidoyilik ko'rsatgan mard va dovyurak o'g'lonlarimizning jasoratlari haqida hikoya qilinadi. Xalqimizning asl farzandlari fidoyiliklari hozirgi tinch va osoyishta zamonda yashayotgan yurtdoshlarimiz, ayniqsa, o'sib kelayotgan yoshlarimiz uchun el-yurtga sadoqatli bo'lish borasida namuna bo'lib xizmat qiladi degan umiddamiz. Necha - necha yillar, asrlar osha ko'hna tarix isbotlagan haqiqat shuki, inson o'zini anglash uchun, avvalo, shaxs sifatida ozod yashashi kerak.
-
Турон халқлари ҳарбий санъати
Ф.Ҳасанов,Ушбу китоб муаллиф туркий халқларнинг ҳарбий санъати соҳасига қўшган ҳиссалари ҳақида ҳикоя қилади. Кўплаб тарихий манбалар, илмий адабиётлар асосида тўпланган бой манбаларга таянган ҳолда муаллиф Туронзамин халқларининг милоддан аввалги 1-минг йилликдан милодий XV асргача, яъни, Амир Темур давригача бўлган вақт оралиғида ҳарбий санъат соҳасида эришган ютуқлари, олиб борган жанглари тафсилоти, қурол-яроғлари, қўшин тузилиши, сиёсий-ҳарбий тизими ҳақида ноёб илмий маълумотларни китобхонга тақдим этади.
-
Avariya-qutqaruv ishlari
S.Gazinazarova, O.R.Yuldashev,Mazkur o‘quv qo'llanma tabiiy va ijtimoiy favqulodda vaziyatlarning turlari, tavsifi, muhofaza tadbirlari haqida tushuncha berilgan. Asosiy e’tibor favqulodda vaziyatlarda avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo'lmaydigan ishlarnl olib borish, tashkillashtirish tnasalalariga qaratilgan. Shuningdek, avariya-qutqaruv ishlarini tashkil qilishda qutqaruv- chilarning faoliyati va jabrlanganlarning hayot xavfsizligi, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, aholini evakuatsiya qilish kabi masalalar yori- tilgan.
-
Hayotiy faoliyat kursi
O.Q. Qudratov, A. G'aniyev, O'. Yuldashev , G'.Yo. Yormatov, N. Habibullayev, A.D. Xudoyev,Mazkur ma'ruzalar to'plamida sanoat korxonalarida «Hayotiy faoliyat xavfsizligi» fanining tarixi, kelib chiqishi va uning inson uchun ahamiyati keltirilgan. Hayotiy faoliyat xavfsizligi fanining diqqat markaziga qo'yilgan maqsad - bu insonni jamiyat taraqqiyotidagi roli. Unda sanoat korxonalarida mehnat muhofazasi insonni ishlab chiqarishdagi ahvoli bilan shug'ullanadi. Hayotiy faoliyat xavfsizligi-bu har qanday sharoitdagi inson faoliyatidir. Insonning barcha faol harakati-mehnat jarayonida, dam olishda, uyda hamda sportdagi faoliyatini tashkil qiladi. Unda mehnat muhofazasiga qisqacha kirish, mehnat qonunchiligi, mehnat gigiyenasi va sanoat sanitariyasi, sexlarni yoritish, shovqin va titrash, elektr xavfsizligi, og'ir qo'l mehnatini mexanizatsiyalash, korxona hududini obodonlashtirish, yong'in xavfsizligini ta'minlash va boshqa dolzarb muammolar o'rganiladi.
-
Favqulodda vaziyatlar uchun tibbiy hamshiralar tayyorlash
Ramazonova R., Sodiqova H.,Ushbu qo‘llanma pedagogika universitet va institutlari hamda boshqa gumanitar oliy o‘quv yurtlari talabalaridan «Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi» uchun tibbiy hamshiralarini tayyorlashga mo‘ljallangan.