-
-
-
Bolalar adabiyoti,
-
-
-
Ona tili va bolalar adabiyoti
Hamidova M.,Mazkur o`quv qo`llanmada bolalar adabiyotining rivojlanishiga katta hissa qo`shgan o`zbek ijodkorlari, betakror iste‘dod egalari, badiiy adabiyot namoyandalarining hayoti va ijodi to`g`risidagi ma‘lumotlar berilgan.
-
Кичкинтойлар адабиётининг хусусиятлари
Иброхимова З.,Китобда мактабгача тарбия ёшидаги болалар адабиётининг ўзига хос хусусиятлари, асосан, насрий асарлар мисолида очиб берилган. Унда ўқувчига эмас, балки тингловчи, эшитувчи кичкинтойларга махсус ижод этилган эртак, ҳикоя ва бошқа жанрлардаги асарларнинг табиати, бадийлиги, ғоялар олами, маънавий –ахлоқий ҳамда эстетик аҳамияти таҳлил этилган, назарий, амалий хулосалар чиқарилган.
-
O`zbek bolalar adabiyoti antologiyasi
Т.Adashboyev, Akbar Abdurahmon,O`zbek bolalar she`riyatining bosh vazifasi bolajonlarni Ona-Vatanga mehr-muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalashdir. Shu ma`noda "O`zbek bolalar adabiyoti antologiyasi" ning mazkur I jildi bundan chorrak asr muqaddam nashr etilgan antologiyadan shaklan va mazmunan farq qiladi. Tuzib nashrga tayyorlovchilar bolalar she`riyatining bugungi ahvoli, yutuqlari, rivojlanish yo`llari haqida qayg`urib, mazkur ishga qo`l urganlar.
-
Bolalar adabiyotida zamonaviylik
Jamilova Bashorat,O‘zbek bolalar adabiyoti jahon adabiyotining ilg‘or an’analari ta’sirida rivojlandi va rivojlanmoqda. Ta’kidlash kerakki, har bir davr o‘z adabiyotini yaratadi. Hozirgi davr bolalar adabiyoti ham bundan mustasno emas. Bu adabiyotning iste`dodli adiblari ijod namunalarining jahondagi mavjud adabiy an’analardan ijodiy oziqlangani holda allaqachon o‘z qobig‘ini yorib chiqib, ko‘pgina jahon xalqlarining adabiy mulkiga aylangani qalbimizda faxr tuyg‘usini uyg‘otadi. O‘zbek adabiyotshunosligida Mustaqillikka erishilgandan keyin boshlangan ma`naviy tiklanish jarayoni o‘zbek bolalar adabiyotiga oid qadimiy va zamonaviy manbalarga xos poetik xususiyatlarni chuqur tadqiq etish ehtiyojini yuzaga keltirib, o‘zbek bolalar adabiyoti namunalarida poetik tafakkur yangilanishi evolyutsiyasini o‘rganish xalqimiz badiiy tafakkurining shakllanish tarixini yoritishga muayyan darajada xizmat qilishi bilan ham dolzarbdir. Bunday asarlarda aks etgan umuminsoniy g‘oyalar yosh avlodni buyuk ajdodlarimizning ezgu an`analari ruhida tarbiyalashda hamda ma`naviy kamolot sari etaklashda muhim badiiy-estetik hamda amaliy ahamiyatga egadir.
-
O'zbek bolalar adabiyoti
B.S. Jamilova,O'quv qo'llanmada bolalar adabiyoti tushunchasi haqida ma'lumot, uning tadrijiy taraqqiyot bosqichlari, bolalar folklori va umumadabiyot bilan mushtarak hamda farqli xususiyatlari, bolalar kitobxonligining ko'rinishlarilari yoritilgan.