Bolalar adabiyotida zamonaviylik

Kitob mualliflari Jamilova Bashorat,

O‘zbek bolalar adabiyoti jahon adabiyotining ilg‘or an’analari ta’sirida rivojlandi va rivojlanmoqda. Ta’kidlash kerakki, har bir davr o‘z adabiyotini yaratadi. Hozirgi davr bolalar adabiyoti ham bundan mustasno emas. Bu adabiyotning iste`dodli adiblari ijod namunalarining jahondagi mavjud adabiy an’analardan ijodiy oziqlangani holda allaqachon o‘z qobig‘ini yorib chiqib, ko‘pgina jahon xalqlarining adabiy mulkiga aylangani qalbimizda faxr tuyg‘usini uyg‘otadi. O‘zbek adabiyotshunosligida Mustaqillikka erishilgandan keyin boshlangan ma`naviy tiklanish jarayoni o‘zbek bolalar adabiyotiga oid qadimiy va zamonaviy manbalarga xos poetik xususiyatlarni chuqur tadqiq etish ehtiyojini yuzaga keltirib, o‘zbek bolalar adabiyoti namunalarida poetik tafakkur yangilanishi evolyutsiyasini o‘rganish xalqimiz badiiy tafakkurining shakllanish tarixini yoritishga muayyan darajada xizmat qilishi bilan ham dolzarbdir. Bunday asarlarda aks etgan umuminsoniy g‘oyalar yosh avlodni buyuk ajdodlarimizning ezgu an`analari ruhida tarbiyalashda hamda ma`naviy kamolot sari etaklashda muhim badiiy-estetik hamda amaliy ahamiyatga egadir.

Fan yoʻnalishi: | Bolalar adabiyoti |
UDK
Kitob nashriyoti nomi: Bukhara hamd print
Kitob nashr qilingan shahar: Buxoro
ISBN: 978-9943-9667-9-6
Kitob nashr qilingan yili: 2023 Yil
Betlar Soni: 269
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Fayl formati: pdf
Fayl format turi: application/pdf
Fayl hajmi: 2.41 MB
Turi: O‘quv qo‘llanma
Tili: O‘zbekcha
Kitob yozuvi: O'zbek lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH