-
-
-
Arxitekturaviy grafik va kompyuterda modellash (Kompyuterda modellash)
S.Elmurodov, Z.Raxmatillayeva,Arxitektura, -
Arxitektura,
-
-
Shaharlarni rejalashtirish, qurilish va rekonstruksiya qilish
O.A.Bader, B.I.Mutalova,Arxitektura, -
Ўзбекистон шароитида энергия самарали биноларни лойиҳалаш
Маракаев Р.Ю., Норов Н.Н.,Arxitektura, -
-
Inter'yer va jihozlash: zamonaviy interyerda yoritish va axborot tizimlari
Qodirova Surayyo Adilovna, Raximov Lazizbek Shahnazarovich,Arxitektura, -
-
Bino va inshootlar restavratsiyasi
N.A. Samig'ov, A.A. To'laganov, Χ.Χ. Komilov, N.Z. Tolipova,Arxitektura, -
Arxitektura,
-
-
-
-
-
-
-
-
Zаmonaviy shaharsozlik nazariyasi
ISAMUHAMEDOVA DILOROM UCHQUNOVNA , MIRZAYEV MURAT KUSHATOVICH,Arxitektura,
-
Arxitekturaviy qalamtasvir
A.Sulaymonov, F.Berdiyev, A.Ergashev,Mazkur o'quv qo'llanma 60730200-"Arxitektura" (turlari bo'yicha) yo'nalishida ta'lim olayotgan bakalavr talabalar uchun belgilangan amaldagi o'quv dasturi asosida tayyorlangan.
-
Arxitekturaviy kompozitsiya tarixi va usullari.
A.O'rolov, T.Qodirova,Qo‘llanmada 0‘rta Osiyoning o‘tmishdagi ta’lim-tarbiya, ilm-fan maskanlari, diniy imoratlar, davolash va shifobaxsh-gigienik muassasalar, savdo inshootlari va bozorlar tarixi, ularning me’morchiligi, to‘liq va yaxlit tipologiyasi bayon etilgan. Mazkur yodgorliklarning qadimiy ko'rinishlaridan tortib, to ularning 0‘rta Osiyoda sobiq sho‘ro hukumati joriy etilgunicha va nihoyat mustaqillik yillarida qaytadan shakllanib ta’mirlangan yodgorliklarga doir materiallar umumlashtirilib, ilmiy tahlil qilingan. Qo‘llanmada yodgorliklarni loyihalashdagi umumiy me’moriy qoidalar, me’moriy uyg‘unlik va handasaviy mutanosiblik qonuniyatlariga ham e’tibor qaratilgan.
-
Arxitekturaviy grafik va kompyuterda modellash (Kompyuterda modellash)
S.Elmurodov, Z.Raxmatillayeva,Ushbu O'quv qo'llanma "Arxitektura" va "Dizayn" sohasi yo'nalishida ta'lim oluvchi barcha oliy va o'rta maxsus bilim yurtlarining talabalari uchun mo'ljallangan. O'quv qo'llanmada AutoCad dasturi yordamida me'morchilik chizmalarini 2D (ikki o'lchamli), hamda 3D (uch o'lchamli) modellash va ularni render qilish jarayonlarini bosqichma bosqich yaratishni o'z ichiga oladi. Mazkur o'quv qo'llanma bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda, me'morchilik va dizayn sohasi yo'nalishidagi talaba va o'quvchilarga auditoriyada va mustaqil o'rganish uchun tavsiya etiladi.
-
Архитектура ёдгорликларидан замонавий мақсадларда фойдаланиш усуллари
Салимов О.М.,Ўқув қўлланмада архитектура ёдгорликларини сақлаш ва улардан замонавий мақсадлapдa фойдaланиш бўйича Ўзбекистон ва хорижий мамлакатларда орттирилган бой тажрибалар тўпланиб умумлаштирилган ва комплекс таҳлил қилинган.
-
Yog'och va plastmassa konstruksiyalari
S.J.Razzoqov,O'quv qo'llanma «Binolar va sanoat inshootlari qurilishi» ta'lim yo'nalishi o'quv dasturi asosida tayyorlandi. Qo'llanmada yog'och va plastmassa konstruk- siyalari tarixi, qurilish materiali sifatida ishlatilishi, ulardan bino va inshootlar uchun tayyorlanadigan turli xil konstruksiyalarning turlari, qo'llanishi, hisoblash asoslari va uslublari, misollar hamda ilovalar o'z aksini topgan. Ushbu o'quv qo'llanma «Binolar va sanoat inshootlari qurilishi» yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan
-
Shaharlarni rejalashtirish, qurilish va rekonstruksiya qilish
O.A.Bader, B.I.Mutalova,Mazkur qo'llanmada shaharlarni rejalashtirish, qurish va rekonstruksiyalash tasnifi, ularning shahar xo'jaligini obodonlashtirishdagi o'rni, konstruktiv yechimlari, ulardan samarali foydalanish masalalari ochib berilgan. Unda har bir muayyan holda samarali usullar qo'llash, murakkab hollarda loyihalashning muqobil usullaridan foydalanish va shu asosda sharsozlikning oqilona yechimlarini topish masalalari ko'rilgan.
-
Ўзбекистон шароитида энергия самарали биноларни лойиҳалаш
Маракаев Р.Ю., Норов Н.Н.,Ўқув услубий қўлланмада иссиқлик тежаш имконини берувчи биноларни лойиҳалаш ва тадқиқ қилиш тўғрисидаги назарий ва илмий-амалий маълумотлар, конструктив ечимлар, уларга баҳо бериш ва турли хил гелиосистемаларни қўлланиши ҳақида маълумотлар берилган. Бугунги кунда қуёш нуридан бинони иситишда ва иссиқ сув билан таъминлашда фойдаланиш бўйича тадқиқот, тажриба синовлар ва амалий ишлар олиб борилмоқда.
-
Urbanistika va shaharsozlik
Oripova Sarvinoz Abduqaxor qizi,Mazkur o‘quv qo‘llanma urbanistika va shaharsozlik fanining mazmun-mohiyati, rivojlanish bosqichlari hamda zamonaviy urbanizatsiya jarayonlarining ilmiy asoslarini o‘rganishga qaratilgan. Unda shaharlarning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik ahamiyati, barqaror shahar rivojlanishi tamoyillari, shahar rejalashtirishning zamonaviy usullari va texnologiyalari keng yoritilgan. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasida urbanizatsiya jarayonlari, shaharsozlik sohasida kuzatilayotgan dolzarb muammolar, ularni hal etish yo‘llari hamda davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratilgan.
-
Inter'yer va jihozlash: zamonaviy interyerda yoritish va axborot tizimlari
Qodirova Surayyo Adilovna, Raximov Lazizbek Shahnazarovich,Mazkur darslik zamonaviy interyerda yoritish va axborot tizimlari loyihalashda talabalarga oson tushunarli tarzda ma'lumotlar keltirilgan. Arxitekturaviy loyihalashda "Interyer va jihozlash" boshlang'ich me'moriy asos bo'lib, zamonaviy va me'yoriy qoidalarga asoslanib tushuntiriladi. Barchamizga ma'lumki, har qanday ichki tuzulishini zamonaviy va me'yoriy qoidalarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Ya'ni arxitekturaviy loyihalashda "Interyer va jihozlash" bosqichma-bosqich amaliy ravishda to'liq o'tilishi natijasida yangi ichki tuzilishlar yuzaga keladi.
-
Uyg'onish davri me`morchiligi
Miryusupova M.X.,Ushbu o'quv qo'llanma arxitektura yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalarga mo'ljallangan bo'lib, arxitektura va shaharsozlik tarixi bo'limiga kiruvchi "Uyg'onish davri arxitekturasi" ni aks ettiradi. O'quv qo'llanma uyg'onish davri me'morchiligi, butun Yevropa me'morchiligida qanday va qachon boshlanganligi haqida to'liq ma'lumot beradi.
-
Bino va inshootlar restavratsiyasi
N.A. Samig'ov, A.A. To'laganov, Χ.Χ. Komilov, N.Z. Tolipova,Ushbu o'quv qo'llanmada arxitektura yodgorliklarida ishlatilgan qurilish materiallari, restavratsiya usullari va restavratsiya loyihasini tayyorlash, restavratsiya va konservatsiya ishlarini olib borish hamda restavratsiya uchun eng zamonaviy qurilish materiallari yaratish haqida ma’lumotlar berilgan. Mazkur o’quv qo’llanma 5340300- “Shahar qurilishi va xo’jaligi” yo’nalishi, 5111000 -“Kasb ta’limi” (Shahar qurilishi va xo’jaligi } yo'nalishlari bo'yicha ta’lim olayotgan bakalavrlarga, 5A340301 “Binolar va shahar hududlarini qayta qurish, tiklash, obodonlashtirish va ulardan foydalanish” mutaxassisligi magistrlariga, bino va inshootlar restavratsiyasi bilan shug’ullanuvchi boshqa qurilish yo’nalishlarida ta’lim olayotgan talabalarga, shuningdck, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va loyiha instituti xodimlari hamda malaka oshirish tinglovchilari uchun mo’ljallangan.
-
Ўрта Осиё архитектура ёдгорликларининг типологик асослари
А. Ўролов, T.Қодирова,Қўлланмада Ўрта Осиёнинг ўтмишдаги таълим - тарбия, илм - фан масканлари, диний иморатлар, даволаш ва шифобахш - гигиеник муассасалар, савдо иншоотлари ва бозорлар тарихи, уларнинг меъморчилиги, тўлиқ ва яхлит типологияси баён этилган
-
Perspektiva
Xo'janiyozov Sh.R,Mazkur o'quv qo'llanma 60730100-Arxitektura (turlari bo'yicha), ta'lim yo'nalishi talabalar uchun mo'ljallangan. O'quv rejada fanning nomi "Chizma geometriya va perspektiva" bo'lib "Perspektiva" bo'limi bo'yicha tayyorlangan, malaka talablari va fan dasturiga to'liq mos keladi. Shuningdek, qoʻllanmada egallanishi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirish bo'yicha ma'lumotlar yig'ilgan bo'lib 190 betdan tashkil topgan.
-
Interyer loyihalash va arxitekturaviy grafika
G'.A.Zoyirov,Kadrlar tayyorlash milliy modelida Oliy ta‘lim maxsus o'rin egallaydi, hamda uzluksiz ta‘lim tizimining mustaqil turi hisoblanadi. Oliy ta‘limning maqsadi Respublikamizning ijtimoiy – iqtisodiy va madaniy rivojini ta‘minlashga, o'zi tanlagan mutaxassislik bo'yicha bozor iqtisodiyoti sharoitida mustaqil ishlashga layoqatli, yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdan iboratdir. Kadrlar tayyorlash milliy dasturida oliy ta‘lim oldiga qo'yilgan vazifalarning ijrosi sobiq Sho'rolar davridan qolgan munosabatlarga chek qo'yadi.
-
Архитектуранинг махсус масалалари
Шукуров Ғ.Ш.,Ушбу ўқув қўлланмада бино ва иншоотлар ҳамда уларнинг ташқи тўсиқ конструкцияларини иссиқлик-физик жиҳатдан лойиҳалашнинг назарий асослари ёритилган. Биноларда мажбурий микроиқлим яратишнинг назарий услублари баён этилган.
-
Архитектуравий конструкциялаш
Юсупов Р.А.,Архитектуравий конструкциялар фани бошқа техник фанлар билан ҳам ўзаро боғлиқдир, айниқса "Архитектуравий материалшунослик", "Асос ва заминлар", "Темирбетон конструкциялари" ва ҳ.к. фаннинг назарий асослари ва принциплари икки семестрга мўлжалланган.
-
Arxitektura falsafasi
M.B.Setmamatov,Mazkur o'quv qo'llanmadan magistrantlar, bakalavrlar, tadqiqotchilar, shuningdek, estetika va falsafa tarixi sohalari mutaxassislari foydalanishlari mumkin.
-
Bino va inshootlar tipologiyasi
Sh.X.Yunusov,Ushbu o'quv qo'llanmada past, o'rta va yuqori qavatli binolarni loyihalash jarayonining umumiy qoidalari va tipologiyasi bayon qilingan. Jamoat va turar-joy binolari tipologiyasi, xonadon turlari, ularning tarkibi, asosiy tushunchalar hamda binolarni loyihalashning ijtimoiy, iqlimiy va demografik xususiyatlari keltirilgan.
-
Beton texnologiyasi 1 qism
H.A.Akramov, H.N.Nuritdinov,O`quv qo`llanmada beton va temir-beton buyumlarni tayyorlashda ishlatiladigan beton turlari va xususiyatlari, beton qorishmasini tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallar, ularning sifati, tarkibini hisoblash, beton qorishiasining xossalari va ularga ta`sir еtuvchi omillar batafsil tahlil qilingan.
-
Zаmonaviy shaharsozlik nazariyasi
ISAMUHAMEDOVA DILOROM UCHQUNOVNA , MIRZAYEV MURAT KUSHATOVICH,Ushbu o'quv qo'llanma kirish, 7 ta bob, xulosa, adabiyotlar ro'yxatdan iborat. Kirish qismida shaharsozlik nazariyasining shaharsozlik faoliyatidagi o'rni, boshqa turdosh fanlar bilan aloqasi, shaharsozlik nazariyasi maqsadi yoritilgan. I-bobda zamonaviy shaharsozlikning tug'ilishi, II-bob aholi joylashuvi va tumanni rejalashtirish, III-bob esa, shaharni tarhiy tashkil etishga bag'ishlangan. IV-bobda O'zbekiston zamonaviy shaharozligining xususiyatlari va muammolari ochib berilgan bo'lsa, V-bobda shaharning me‘moriy-badiiy kompozitsiyasi haqida so'z yuritiladi.