-
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism
N.Bozorboev, X.I. Yusupov, R.A. Narov, A.M. Ilmuradov, V. Rasulov, B.T. Xushnazarov, F.N. Bozorboev, A.T.Ilyasov,Arxitektura, -
-
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism
N.Bozorboyev, X.I.Yusupov, R.A.Narov, A.M.Ilmuradov, V. Rasulov, B.T.Xushnazarov, F.N.Bozorboyev, I.N.Salimova,Arxitektura, -
-
-
-
Arxitektura,
-
-
-
Турар-жой ва жамоат биноларини лойиҳалашнинг типологик асослари
Ҳ.М.Убайдуллаев, М.М.Иноғомова,Arxitektura, -
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism
N.Bozorboev, X.I. Yusupov, R.A. Narov, A.M. Ilmuradov, V. Rasulov, B.T. Xushnazarov, F.N. Bozorboev, A.T.Ilyasov,Darslik ikki qismdan iborat bo‘lib, ushbu ikkinchi qismida bino va inshootlarni yig‘ma konstruksiyalardan barpo etish (qolgan qismi); binolarni monolit temirbetondan barpo etish; ishlab chiqarishning tabiiy-noqulay sharoitlarida bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi yoritilgan
-
Gidrotexnika ishlarini bajarish
O'.Xusanxodjaev. G.Davronov, I.Axmedov,Mazkur darslikda gidrotexnika qurilishiga oid bo`lgan ish turlari va ularni bajarish to`g`risidagi ma`lumotlar yozilgan. Kitobda fan bo`yicha umumiy ma`lumotlar yer beton temir beton yig`ish gidroizolyatsiya o`zan rostlash va boshqa ishlar hamda qurilish transportini tashkil qilish haqida materiallar berilgan.
-
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 1-qism
N.Bozorboyev, X.I.Yusupov, R.A.Narov, A.M.Ilmuradov, V. Rasulov, B.T.Xushnazarov, F.N.Bozorboyev, I.N.Salimova,Darslikning 1-qismida sanoat va fuqaro bino va inshootlarini barpo etishning nazariy asoslari, usullari va yo‘llari berilgan. Ketma-ket ravishda qurilish texnologiyalarining umumiy masalalari, yer osti inshootlarini barpo etish, zavodda tayyorlangan konstruksiyalardan binolarni barpo etish texnologiyasi (bir qismi) berilgan.
-
Меъморий шаклларни уйғунлаштириш ва безаш
Ўролов А.С.,Меъморий обидалар ва гўзал иншоотларни кўриб хайратга тушамиз. Чунки уларнинг шаклий тузилишидаги махобатлилик, уйғунлик ва мунаккашлик бизни ўзгача нафосат олами ва гўзаллик дунёсига етаклайди. Хўш, бу гўзалликнинг мазмун-моҳияти, мўъжизакор меъморчилик санъатининг сир-асрорлари нимада? Уларга эришишнинг кандай услублари мавжуд? Қўлингиздаги дарслик нафакат меъморларни, балки хар бир инсонни қизиқтирувчи ушбу саволларга жавоб беришга, мъморий гўзаллик сирлари ва услубларини ёритишга, улардан ижодий фаолият ва амалиётда фойдаланиш йулларини кўрсатиб беришга қаратилган.
-
Архитектурная типология зданий и сооружений
С.Г.Змеул, Б.А.Маханько,Даны основные характеристики и классификация производственных, жилых и общественных зданий и их элементов, общие требования к наиболее распространенным типам и видам зданий и сооружений, определены их роль и место в градостроительной и природной среде. Показано влияние строительной техники, методов строительства и научно-технического прогрессана архитектуру зданий. Для студентов высших учебных заведений, обучающихся по направлению и специальности архитектура.
-
Metall konstruksiyalari
Q. Saydullayev, K. Shukurova,Metall konstruksiyalar darsligi 2002-yili «Po'lat qurilmalar» va 2004-yili nashr qilingan «Maxsus metall konstruksiyalari» o‘quv qo‘llanmalari asosida yaratildi, lekin shu soha mutaxassislari va professor o‘qituvchilari tomonidan bildirilgan taklif va fikr- mulohazalar inobatga olgan holda, mazmunan yangi ma’lumotlar bilan to’ldirildi. Darslik mavjud me’yoriy hujjatlar va yangi o‘quv dasturiari asosida yozildi hamda internetdan olingan ma’lumotlar bilan boyitildi.
-
ARXITЕKTURAVIY KОMPОZITSIYA VA LОYIHALASH ASОSLARI
A.O`RОLОV, A.RAHIMОV, B.SAIDОVA,Mazmunan va mantiqan o`zarо bоg’langan, bir-birini to`ldiruvchi uchta fan "Arhitеkturaviy kоmpоzitsiya", "Arhitеkturaviy grafika" va "Arhitеkturaviy lоyixalash asоslari" fanlaridan yahlit bir uyg’un umumlashgan ilmiy-uslubiy o`quv adabiyoti shu chоqqacha yaratilmagan. Mazkur qo`llanma ushbu bo`shliqni to`ldirishga, bu fanlarning mazmunmоxiyatini, ularga hоs umumiylik va hususiylikni оchib bеrishga, mе’mоriy va badiiy ijоd jarayonida kоmpоzitsiyalar va lоyixalar ustida ishlash, ularni grafik tasvirlash, mе’mоriy-badiiy, kоmpоzitsiyaviy va grafik vоsitalardan samarali fоydalanishning malakaviy sir-asrоrlarini talabalarga o`rgatish va tushuntirishga qaratilgan. Qo`llanmada arhitеktura va kоmpоzitsiya xaqida umumiy ma’lumоtlar, arhitеkturaviy kоmpоzitsiyaning turlari, badiiy vоsitalari, arhitеkturaviy grafika va uning tasviriy uslublari, mе’mоriy chizmalar va bоshlang’ich o`quv lоyixalari ustida ishlashning uslubiy qоnuniyatlari bayon qilingan. Ilk bоr оstоna va badiiy tugallik kоmpоzitsiyalari xaqida fikr yuritilgan. Talabalarga o`z ijоdiy lоyixalarini ximоya va taxlil qilish asоslari xam оchib bеrilgan.
-
Landshaft dizayni studiya 6.
Baikulova N.A.,“LANDSHAFT DIZAYNI STUDIYA 6” fani tabiiy va sun’iy muhit elementlarini uyg‘unlashtirib, estetik, ekologik va funksional jihatdan mukammal tashqi makonlarni yaratishni o‘rgatuvchi fan hisoblanadi. Ushbu fan landshaft arxitekturasi, ekologiya, urbanistika va dizayn yo‘nalishlari kesishgan sohada joylashib, hududning tabiiy resurslari, relyefi, o‘simliklar qoplami, suv manbalari va iqlim sharoitlarini tahlil qilish orqali optimal rejalashtirish yechimlarini ishlab chiqishni o‘rgatadi. Landshaft loyihalashda asosiy maqsad inson faoliyati bilan tabiat o‘rtasida muvozanatni saqlagan holda, qulay yashash va dam olish hududlarini tashkil etishdir. Fan landshaft kompozitsiyasi, ekologik barqarorlik, dizayn metodlari, o‘simliklar joylashuvi, muhitni obodonlashtirish va landshaftni boshqarish tamoyillarini o‘rgatadi. Bu fan landshaft arxitekturasi, arxitektura, shaharsozlik, dizayn, ekologiya, bog‘dorchilik, turizmni tashkil etish va atmosfera muhitini boshqarish kabi mutaxassisliklar uchun zarurdir. Mazkur darslik Dizayn (landshaft dizayni) ta’lim yo‘nalishi davlat ta’lim standartlari va fan dasturi talablariga moslangan holda tayyorlandi. Дисциплина «ДИЗАЙН ЛАНДШАФТА СТУДИЯ 6» изучает создание гармоничных внешних пространств, объединяющих природные и искусственные элементы, обеспечивая их эстетическое, экологическое и функциональное совершенство. Эта наука находится на пересечении ландшафтной архитектуры, экологии, урбанистики и дизайна, обучая анализу природных ресурсов территории, рельефа, растительного покрова, водных источников и климатических условий с целью разработки оптимальных проектных решений. Основная цель ландшафтного проектирования сохранить баланс между деятельностью человека и природой, создавая комфортные зоны для проживания и отдыха. Дисциплина охватывает изучение ландшафтной композиции, экологической устойчивости, методов дизайна, размещения растений, благоустройства и принципов управления ландшафтом. Этот курс необходим для таких специальностей, как ландшафтная архитектура, архитектура, градостроительство, дизайн, экология, садоводство, организация туризма и управление атмосферной средой. Учебник подготовлен в соответствии с требованиями государственных образовательных стандартов и учебной программы по направлению «Дизайн (ландшафтный дизайн)». The subject “LANDSCAPE DESIGN STUDIO 6” teaches how to create harmonious outdoor environments that combine natural and artificial elements in an aesthetically, ecologically, and functionally balanced way. This discipline lies at the intersection of landscape architecture, ecology, urban studies, and design, focusing on analyzing natural resources, relief, vegetation cover, water sources, and climatic conditions to develop optimal planning solutions. The main goal of landscape design is to maintain harmony between human activity and nature while creating comfortable spaces for living and recreation. The course covers landscape composition, ecological sustainability, design methods, plant placement, environmental improvement, and landscape management principles. This subject is essential for specialties such as landscape architecture, architecture, urban planning, design, ecology, horticulture, tourism management, and environmental control. The textbook has been developed in accordance with the state educational standards and curriculum requirements for the “Design (Landscape Design)” program.
-
Xoreografiya va raqs san'ati asoslari
Saitova E.Y., Abraykulova N.E.,Xoreografiya va raqs san'ati asoslari nomli darslik san'at va madaniyat instituti talabalari uchun mo'ljallangan. Unda xoreografiya va raqs san'ati asoslarini o'rgatuvchi barcha fanlar yoritib berilgan. Xoreografiya va raqs san'ati asoslari, tarixi, xususiyatlari, qonuniyatlari kabilarga batafsil to'xtalingan. Negaki bo'lajak san'atshunos, teatrshunoslar xoreografiya va raqs san'ati nazariyasini bilishlari kerak hamda klassik va milliy raqslarni ijro eta olishlari zarur. Shu bilan birga, har bir millat harakteri va davr etikasi, madaniyati, raqs liboslari va bezaklarini bir-biridan ajrata olish imkoniyatini ham beradi. Shu sababli, darslikda xoreografiya va raqs san'atini batafsil o'rgatishga harakat qilingan. Darslikdan barcha qiziquvchilar ham foydalanishlari mumkin.
-
Турар-жой ва жамоат биноларини лойиҳалашнинг типологик асослари
Ҳ.М.Убайдуллаев, М.М.Иноғомова,Турар жой ва жамоат биноларининг типология предмети мазкур ихтисосликнинг (5580100-"Архитектура") ўқув режасига мувофиқ олий архитектура мактабида иккинчи курс, тўртинчи семестрда ўқитиладиган назарий материални ўз ичига олади
-
Arxitektura ashyoshunosligi
E.U.Kasimov,Kitobda pardozbop qurilish ashyolarni tanlashda va ishlatishda ularning rangiga, tuzilishiga va fakturalariga qarab qo'llash usullari, ishlab chiqarish texnologiyasi, xossalariga doir ma'lumotlar o'quv dasturiga koʻra qisqa mazmunda yoritilgan. Shuningdek, darslikda Arxitektura yo'nalishida ishlatilayotgan zamonaviy pardozbop rangli-bezakli qurilish ashyolari va kelajakda istiqboli baland asr fani deb ataluvchi nanotexnologiyani qo'llab, sifatli pardozbop ashyolar olish to'g'risida han qisqa tushunchalar berilgan.
-
ARXIТEКТURA ASНYOSHUNOSLIGI
E.U. QOSIMOV, Т.А. NIZOMOV,O'zbekiston RespubIikasi Davlat standartlari talabIariga ko' га arxitektura yo' nalishida o'qiyotgan oliy o'quv yurti talabalari uchun ilk bог yaratilgan ushbu darslikda qurilish ashyolarining arxitektura, dizayn sohasida ishlatilishi уа tarixiy yodgorliklarni ta'mirlashdagi o'rni hamda ahamiyati to'g' risida o'quv dasturi doirasida ma'lumotlar yoritilgan.
-
Bino va inshootlar zilzilabardoshligi
Saidiy S.A.,Darslik seysmik hududlarda barpo etiladigan bino va inshootlarni loyihalash va qurishga bag'ishlangan. Unda zilzilalar va uning oqibatlari haqida qisqacha ma'lumotlar keltirilgan. Zilzilabardoshlik nazariyasining asoslari bayon etilgan, bino va inshootlarni zilzilalar ta'siriga hisoblash metodikasi berilgan. Juda keng tarqalgan tipdagi binolarning yuk ko'taruvchi konstruksiyalarining zilzilabardoshligini ta'minlash masalalari ko'rib chiqilgan. Kitob qurilish oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan.
-
Arxitekturaviy bionika
S.A. Qodirova, L.SH. Raximov,“Arxitekturaviy bionika”darsligi oliy arxitektura maktabida o‘quv rejasiga muvofiq birinchi bosqich (kurs)magistrlarining birinchi va ikkinchi bo‘limi (semestri)da o‘tiladigan nazariy kursni o‘z ichiga oladi. Darslikning mazmuni 5340100 – “Arxitektura” mutaxassisligi bo‘yicha tuzilgan kompleks o‘quv dasturining bo‘limi hisoblangan “Arxitekturaviy bionika”kursining dasturiga to‘liq mos keladi.Ta’limning maqsadi–magistrlarni arxitekturaviy bionika fanida o‘rganadigan nazariy bilimlarni arxitekturaviy loyihalashda amaliy jihatdan qo‘llash, birgalikda to‘g‘ri ijodiy yondashishga o‘rgatishdir.
-
Qurilish materiallari va buyumlari
N.A.Samig'ov,Mazkur darslikda qurilish kompleksida keng miqyosda ishlatiladigan mineral va polimer bog'lovchilar va ular asosida tayyorlanadigan betonlar , qorishmalar, kompazitsion materiallar hamda tabiiy tosh materiallari.
-
Aholi yashash joylarini ko`kalamzorlashtirish
A.Q.Qayimov,Darslikda O'zbekistonda aholi yashash joylarini ko'kalamzorlashtirish, daraxt, buta va manzarali o'simliklarni alohida obyektlar uchun tanlash uslublari keltirilgan. Bundan tashqari, ko'kalamzorlashtirish tarixi, daraxtzorlarning mikroiqlimga ta'siri, rejalashtirish turlari, har xil ranglar kompozisiyasidan foydalanish, daraxtlarni me'yorlashtirish haqida ma'lumotlar keltirilgan. Har xil obyektlar: istirohat bog'lari, o'rmon parklar, ko'cha, kasalxona, maktab, bolalar bog'chasi, yo'llar, sanoat korxonalari xududini ko'kalamzorlashtirish bilan bog'liq kompleks masalalar yoritilgan. Shu bilan birga ko'kalamzorlashtirishda ishlatiladigan daraxt va buta turlariga ta'rif berilgan. Xududni texnologik tayyorlash, ekilgan ko'chatlarni parvarishlash agrotexnik ishlarini tashkil etish va o'tkazish bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan.
-
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi
Sayfiddinov S.,Ushbu darslikning maqsadi–talabalar binolarni loyihalash asoslari va qurish metodikasi hamda jamoat binolarining turli xil turlarini ishlab chiqishda vujudga keladigan asosiy masalalarning me’yoriy talablari va ularni loyihalash metodlari bilan tanishtirishdan iborat.
-
Ўзбекистон обидаларидаги битиклар Бухоро 3-жилд
Бобожонов Б,Ушбу альбомлар туркуми Ўзбекистон маданий меросини сақлаш, илмий ўрганиш ва оммалаштиришни давлат сиёсати даражасига кўтарган Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёевнинг қатор ташаббусларига тўлиқ мос келади.
-
Landshaft arxitekturasi
A.Uralov,Mazkur darslik 5341000 — «Qishloq hududlarini arxitektura-loyihaviy tashkil etish» ta’lim yo'nalishining DTS va ushbu yo‘naIishning o‘quv rejasiga kiritilgan «Landshaft arxitekturasi fanining o ‘quv dasturi asosida yozilgan bo‘lib, unda landshaft arxitekturasi va bog'dorchilikning ilk shakllanish asoslari va genezisi, bog'-park san’ati va landshaft arxitekturasining tarixi, landshaft arxitekturasining zamonaviy yo'nalishlari va tajribalari, landshaft arxitekturasining shaharsozlik asoslari va nazariyasi, qishloq aholi punktlari hududlarini m e’moriy landshaft tashkil etish, landshaft arxitekturasi elementlari va landshaft qurilmalari, landshaft arxitekturasi obyektlarini loyihalash tartibi va tarkibi, ularga qo'yiladigan asosiy talablar, landshaft arxitekturasi fanidan bajariladigan kurs loyihasining mavzulari va ularni bajarish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar bayon qilingan.
-
Arxitektura ashyoshunosligi
E. Qosimov,Kitobda o‘quvchilarni pardozbop qurilish ashyolarini tanlashda va ishlatilishida ularning rangiga, tuzilishiga va fakturalariga qarab qo‘llash usullari va boshqalar berilgan