Tasviriy san'atda afsona va rivoyatlar

Kitob mualliflari Akilova K., Abdurahmonov I.,

Mazkur o`quv qo`llanma Kamoliddin Behzod nomidagi Miiliy rassomlik va dizayn instituti bakalavriat bosqichining 5151200 - san'atshunoslik (muzeyshunoslik: konservatsiya va badiiy yodgorliklami saqlash); 5150800 - rangtasvir (dastgohli rangtasvir) ta'lim yo`nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo`ljallangan. Unda jahon tasviriy san`atidagi afsona va rivoyatlarga oid barcha ma'lumotlar ilk bor jamlanib, umumlashtirilgan. Kitob uch bobdan iborat. Birinchi bobda Qadimgi Sharq hududlari qamrab olingan. Jumladan, Qadimgi Misr, Qadimgi Old Osiyo va Qadimgi Xitoy buddaviylik dinida tilga olingan afsonalarning tasviriy san'at rivojidagi o`rni va ahamiyati o'rganilgan. Ikkinchi bobda esa Qadimgi G'arb afsona va rivoyatlari tahlil qilingan. Unda Qadimgi Yunon, Qadimgi Rim mifologiyasi, nasroniylik va yahudiylik dini bilan bog`liq holda yaratilgan afsona va rivoyatlarning tasviriy san'at asarlaridagi ifodasi ko`rib chiqilgan. Qo`lIanmaning alohida bobi O`zbekiston hududida yaratilgan afsonaviy obrazlar tarixiga bag`ishlangan. Unda dastlab Qadimgi dunyo tasavvurlari asosida shakllangan ibtidoiy tasvirlar, zardushtiylik e'tiqodi, Firdavsiyning "Shohnoma"dostonida aks etgan afsonaviy lavhalar, islom dini, xonliklar davri, sobiq ittifoq va Mustaqillik davri tasviriy san'atida afsonaviy mavzular har tomonlama jiddiy va chuqur o`rganilgan. Qo`llanmadan tasviriy san’at tarixi, diniy kult va mifo epik mavzularni o`rganishni istagan bo`lajak san'atshunoslar, rassomlar va barcha qiziquvchilar ham keng foydalanishlari mumkin.

Fan yoʻnalishi: |
UDK
Kitob nashriyoti nomi: Cho`lpon
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9943-05-893-4
Kitob nashr qilingan yili: 2016 Yil
Betlar Soni: 216
Kitob tashqi havolasi (to‘liq matni): Yuklab olish
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Turi: O‘quv qo‘llanma
Tili: O‘zbekcha
Kitob yozuvi: O'zbek lotin
Matn turi: Bosma shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH