Biologik preparat olish biotexnologiyasi
Kitob mualliflari
N.M. Ibragimova,
Sh.U. Norimov,
A.Y. Tadjiyev,
D.X. Otanazarov,
"Biologik preparatlarni olish biotexnologiyasi" faniga bag'ishlangan ushbu o'quv qo'llanma 70710201-Biotexnologiya ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan magistratura talabalari uchun mo'ljallangan. Qo'llanma Davlat ta'lim standarti va tegishli o'quv dasturlari asosida tayyorlangan bo'lib, magistrantlarga fan doirasidagi zarur nazariy bilimlarni o'zlashtirish hamda amaliy ko'nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi. O'quv qo'llanmada quyidagi mavzular: Biologik faol moddalar ishlab chiqarish uchun texnik vositalar va moslamalar, o'simlik xom ashyosidan biofaol moddalarni ekstraksiyalash, hayvon organlarini ekstraktsiyaga tayyorlash, mahsulotni quritish jarayoni o'rganish, oqsil miqdorini aniqlash, pepsin fermentining faolligini aniqlash, tuxum sarig'i tarkibidagi fosfolipidlar aralashmasini ekstraksiyalash, biologik faol moddalarni tahlil qilishda moddalarni tozalashda xromatografiya usullari klassifikatsiyasi, biologik faol moddalarni tahlil qilishda yupqa qatlamli va gaz xromatografiyalari, o'simliklarni kasalliklardan biologik usulda himoya qilish usullari, o'simlikshunoslikda tibbiyotda qo'llaniladigan antibiotiklardan foydalanish, entobakterin ishlab chiqarish texnologiyasi, suyuq ozuqada o'stirish usuli orqali boverin olish texnologiyasi, lipidlarni ajratib olish usuli, polifenollarni ajratib olish texnologiyasini o'rganish, flavanoidlarni ajratib olish texnologiyasini o'rganish, fosfobakterin olish texnologiyasini o'rganish, quruq azotobakterin olish texnologiyasini o'rganish, lipidlarni ajratib olish texnologiyasini o'rganish, fermentlarni ishlab chiqarish biotexnologiyasi, dorivor o'simlik xomashyolarini ekstraksiyaga tayyorlash, sirka kislota olish texnologiyasini o'rganish, tabiiy shirinlashtiruvchi biofaol qo'shimchalar olish texnologiyasi boʻyicha mavzular berilgan.
| Bilimlar sohasi: |
| Kimyoviy texnologiyaning asosiy jarayonlari va apparatlari |
|
| UDK |
|
| Kitob nashriyoti nomi: |
Durdona |
| Kitob nashr qilingan shahar:
|
Buxoro |
| ISBN: |
978-9910-291-00-5 |
| Kitob nashr qilingan yili: |
2026 Yil |
| Betlar Soni: |
216 |