O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI TARIXI

Kitob mualliflari Sultonbek Normamatov,

O‘quv qo‘llanmada o‘zbek tilshunosligining zamonaviy fan yo‘nalishi darajasida shakllanishi va rivojlanishining ilk sahifasi sifatida tarixda qolgan XIX asr oxiri – XX asrning 20-30-yillaridagi sotsiolingvistik sharoit, davr tili va tilshunosligi haqida ma’lumotlar berilgan. XX asr boshlaridagi lisoniy jarayon, bu davr o‘zbek tili va tilshunosligining taraqqiyoti, shuningdek, o‘zbek dialektologiyasi, grammatikasi, leksikografiyasiga oid ma’lumotlar davr ziyolilari hisoblangan jadidlarining tilshunos sifatida olib borgan faoliyati misolida yoritilgan. Bunda Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Elbek, Vadud Mahmud, Is’hoqxon Ibrat, G‘ozi Olim Yunusov kabi adib va olimlarning tilshunos sifatida olib borgan faoliyati ilk bor alohida mavzu sifatida belgilangan. O‘quv qo‘llanma оliy o‘quv yurtlarining 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili, 60111400 – O‘zbek tili va adabiyoti bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitilayotgan “O‘zbek tilshunosligi tarixi” fanining o‘quv dasturiga muvofiq yaratilgan. Undan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari, magistrantlar hamda mazkur davr tilshunosligi bo‘yicha izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar foydalanishi mumkin.

Fan yoʻnalishi: | Tilshunoslik |
UDK 811.512.133(091)"XIX/XX"
Kitob nashriyoti nomi: Bookmany print
Kitob nashr qilingan shahar: Toshkent
ISBN: 978-9943-8268-9-2
Kitob nashr qilingan yili: 2022 Yil
Betlar Soni: 102
To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart
Fayl formati: pdf
Fayl format turi: application/pdf
Fayl hajmi: 1.05 MB
Turi: O‘quv qo‘llanma
Tili: O‘zbekcha
Kitob yozuvi: O'zbek lotin
Matn turi: Elektron shaklda
Kirish huquq turi: OCHIQ KIRISH