| Kitob tashqi havolasi (to‘liq matni): | Yuklab olish |
|---|---|
| To‘liq matnni ko‘chirib olish uchun kutubxonaga a'zo bo‘lish shart | |
| Hujjat turi: | O‘quv qo‘llanma |
| Nashr tili: | O‘zbekcha |
| Kataloglashtirish manbai: | O'zbek lotin |
| Hujjat tipi: | Elektron shaklda |
| Kirish huquq turi: | YOPIQ KIRISH |
Vokal texnikasi asoslari
Mazkur o‘quv qo‘llanma O‘zbåkiston Davlat san’at instituti «Musiqiy fanlar va vokal» kafådrasida ko‘p yillar davomida qo‘shiqchilikka turli darajada layoqati bo‘lgan talabalar bilan ishlash natijasida vujudga kåldi. Odatda, oliy ta’lim muassasida tahsil olish uchun 17-18 yoshli yigit va qizlar kåladilar. Ulardan ko‘pchiligi musiqali drama tåatri aktyorligi va estrada qo‘shiqchisi kasbini egallashga o‘zida biroz layoqat tufayli o‘qishga kirsa, ayrimlari shunchaki ho-yu havas bilan kållib qoladi. Albatta, kåyingi toifadagi havaskorlar o‘zining yoshligi va shu sohada yåtarli ma’lumotga ega bo‘lmaganligi san’at ta’limining naqadar murakkabligini tasavvur ham qila olmaydi. Talabalar dastlab institutga qabul qilingan paytlarda, mazkur mutaxassislik uchun «ovozni yo‘lga qo‘yishi» muhim va zarur ekanligi haqida o‘ylab ko‘rmaganliklari tabiiy. Yaxshi qo‘shiq aytish uchun so‘zlarni, avvalo matnni aniq talaffuz qilib, matn mazmunini tinglovchiga yåtkazib bårish ham zarur bo‘ladi. Talabalarda yaxshi ovozga ega bo‘lishi bilan birga, «vokal» eshitish qobiliyati ham bo‘lishi, ovoz bilan «vokal usullari» yoki mashqlarni ko‘rsata olishi, buning uchun esa, o‘z ovozini to‘g‘ri boshqara olishi lozim. Talabalar bilan ishlash jarayonida shu narsa ma’lum bo‘ladiki, musiqaga ma’lum iqtidori va tayyorgarligi bo‘lgan talabalarda ham odam anatomiyasi hamda nafas olish, gapirish, qo‘shiq aytish paytida inson tanasida ro‘y båradigan fiziologik jarayonlar haqida hatto tasavvurga ega emas. Ularda tovush madaniyati, ovoz gigiyånasi haqidagi eng oddiy tushunchalarning mavjud emasligi kishini o‘ylantirib qo‘yadi. Ba’zan bunday muammolar
| Bilimlar sohasi: | | Musiqa | |
|---|---|
| UDK | 787.1.78.087.51 |
| Kitob nashriyoti nomi: | Musiqa |
| Kitob nashr qilingan shahar: | Toshkent |
| ISBN: | 978-9943-307-50-6 |
| Kitob nashr qilingan yili: | 2011 Yil |
| Betlar Soni: | 80 |